Baholash ishi fanidan savollar Baholash faoliyati bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlar


Baholash xizmati to‘g‘risidagi shartnoma, uni tuzish va bajarish tartib-qoidalari



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə2/28
tarix03.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#172359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Baholash ishi savollar

2. Baholash xizmati to‘g‘risidagi shartnoma, uni tuzish va bajarish tartib-qoidalari
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‘rtasidagi shartnoma yozma shaklda qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi. Shartnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: baholash obyektining nomi; baholash obyektini baholashning maqsadi; baholash obyektining aniqlanadigan qiymati turi; baholash obyektini baholashdan o‘tkazish muddati; baholash obyektini baholashdan o‘tkazgani uchun pul mukofoti miqdori. Shartnomaga baholovchi tashkilotda baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu litsenziyaning tartib (ro‘yxatdan o‘tkazilganlik) raqami va berilgan sanasi ko‘rsatilgan holda, shuningdek baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi haqidagi ma’lumotlar kiritilishi shart. Baholash obyektini baholashdan o‘tkazganlik uchun pul mukofotining miqdori shartnomada belgilab qo‘yiladi va u baholash obyekti qiymatining balandpastligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Shartnomaga baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan, buyurtmachi yoki uning vakili taqdim etadigan hujjatlar ro‘yxati ilova qilinishi ham mumkin. Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to‘lash majburiyatini oladigan kelishuv xo‘jalik shartnomasi deyiladi.
3.Shartnomaga qo‘shimcha va o‘zgaririshlar kiritish
Xo‘jalik shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, taraflarning uni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.
Xo‘jalik shartnomasini bajarishdan bir taraflama bosh tortishga yoki xo‘jalik shartnomasining shartlarini bir taraflama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflardan birining talabi bilan xo‘jalik shartnomasi iqtisodiy sudning qaroriga binoan faqat ikkinchi taraf xo‘jalik shartnomasini jiddiy ravishda buzgan yoxud qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Talabnoma yozma shaklda bildiriladi.Talabnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • talabnoma bildirgan xo‘jalik yurituvchi subyektning va talabnoma bildirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning nomi;

  • talabnoma bildirilgan sana va uning raqami;

  • talabnoma bildirish uchun asos bo‘lgan holatlar;

  • talabnomada bayon etilgan holatlarni tasdiqlovchi dalillar;

  • arz qiluvchining talablari; talabnoma summasi va uning hisob-kitobi, arz qiluvchining to‘lov va pochta rekvizitlari(korxona maqomi, ya`ni,korxona nomi, manzili, pechati, shtampi, bankdan schyoti va boshqalar);

  • talabnomaga ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin