Baholash ishi fanidan savollar Baholash faoliyati bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlar


Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə3/28
tarix03.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#172359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Baholash ishi savollar

4. Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish.
Shartnomani tuzish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: birinchi bosqich oferta, ikkinchi bosqich aksept deb ataladi. Shartnoma tuzishni taklif qiluvchi taraf oferent, taklifni qabul qiluvchi taraf esa akseptant hisoblanadi.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shartnomaviy-huquqiy munosabatlarga kirishish haqidagi har qanday taklif ham oferta deb tan olinmaydi. Taklif oferta xususiyatlariga javob berishi uchun u FKning 367-moddasiga muvofiq yetarli darajada aniq bo‘lishi va shaxsning shartnoma tuzish niyatini aniq ifoda etishi, shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga olishi va bir yoki bir necha muayyan shaxslarga yuborilgan bo‘lishi lozim.
Agar shartnoma tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy bo‘lgan, shartnoma tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan qonun qabul qilingan bo‘lsa, tuzilgan shartnomaning shartlari o‘z kuchini saqlab qoladi, qonunda avval tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan munosabatlarga ham tatbiq etilishi ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno. FK 365-moddasining birinchi qismiga muvofiq oferta yo‘llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Ofertada aksept muddati ko‘rsatilgan bo‘lsa, aksept oferta yo‘llagan shaxs tomonidan unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida olinsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida kelishuv ham shunday shaklda tuziladi, basharti qonun hujjatlaridan, shartnoma yoki ish muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiqmasa.
shartnoma sudning hal qiluv qaroriga binoan faqat quyidagi hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:

  • ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;

  • boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga hollarda.

Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga u shartnoma tuzishda umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladigan qilib zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.
Shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda ko‘rsatilgan yoxud qonunda yoinki shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmaganida esa — o‘ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin. Bunda o‘ttiz kunlik muddat taklif olingan paytdan, agar taklif olingan muddat noma’lum bo‘lsa, ikkinchi taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifni olishi uchun normal zarur bo‘lgan vaqt o‘tgan paytdan boshlab hisoblanadi.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin