Baholash ishi fanidan savollar Baholash faoliyati bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlar


Baholovchi tashkilot huquq va majburiyatlari



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə7/28
tarix03.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#172359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Baholash ishi savollar

10. Baholovchi tashkilot huquq va majburiyatlari
Baholovchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:

  • qonunchilikda belgilangan baholash usullarini mustaqil qo‘llash;

  • baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlardan foydalanish erkinligi ta’minlanishini buyurtmachidan talab qilish, yozma shaklda tushuntirishlar va qo‘shimcha ma’lumotlar olish;

  • baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni uchinchi shaxslardan talab qilib olish. Agar mazkur axborotni berishning rad etilishi baholashning ishonchliligiga jiddiy ta’sir etadigan bo‘lsa, baholovchi buni baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatib o‘tadi;

  • baholash obyektlarini baholashdan o‘tkazishda ishtirok etishga boshqa baholovchilarni va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;

  • buyurtmachi shartnoma shartlarini buzgan hollarda baholash obyektini baholashdan o‘tkazishni rad etish.

  • Baholovchi tashkilot qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Baholovchi tashkilot majburiyatlari:

    • baholash faoliyatini amalga oshirishda qonunchilikda belgilangan litsenziya talablariga va shartlariga rioya etishi;

    • baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani, baholovchining (baholovchilarning) malaka sertifikatini shartnoma tuzilishi oldidan buyurtmachining talabiga ko‘ra ko‘rsatishi;

    • baholash obyektini baholashdan o‘tkazishda ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan, xolisona baholashni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi oqibatida o‘zining ishtirok etish imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risida buyurtmachiga xabar berishi;

    • buyurtmachining so‘rovnomasiga ko‘ra baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablari haqida axborot taqdim etishi;

    • baholash obyektini baholashdan o‘tkazish davomida olinadigan hujjatlarning but saqlanishini ta’minlashi;



    • baholash obyektini baholashdan o‘tkazish davomida aniqlangan zarar yetkazilganligi, shuningdek qonunchilikning boshqacha tarzda buzilganligi faktlari to‘g‘risida baholash obyekti mulkdoriga va (yoki) buyurtmachiga xabar berishi;

    • baholash to‘g‘risidagi hisobotning nusxasi uch yil mobaynida saqlanishini ta’minlashi;

    • baholash obyektini baholashdan o‘tkazish davomida buyurtmachidan olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi;

    • baholovchilarning har yili malaka oshirish kurslarida belgilangan tartibda o‘qishini ta’minlashi;

    • baholovchi tashkilotlar faoliyatining reytingini baholash uchun baholovchi tashkilotlar va baholovchilar birlashmalarining so‘rovnomasiga ko‘ra axborot taqdim etishi shart;

    • Baholovchi tashkilotning zimmasida qonunchilikka va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin