Baholash ishi fanidan savollar Baholash faoliyati bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlar


Baholash obyektlari va baholash obyektining bozor qiymati



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə6/28
tarix03.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#172359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Baholash ishi savollar

8.Baholash obyektlari va baholash obyektining bozor qiymati
Baholash obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • alohida moddiy obyektlar (ashyolar);

  • shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmui, shu jumladan muayyan turdagi (ko‘char yoki ko‘chmas) mol-mulk;

  • mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;

  • talab qilish huquqlari, majburiyatlari (qarzlar);

  • ishlar, xizmatlar, axborot;

  • intellektual mulk obyektlari va qonunchilikka fuqarolik muomalasida bo‘lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik huquqlari obyektlari.

Baholash obyektining bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, unga ko‘ra mazkur baholash obyektining ochiq bozorda raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega bo‘lgan holda o‘z manfaatlarini yo‘lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, bitim narxining baland-pastligida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qo‘shilish majburiyati aks etmaydi.
Agar biron-bir baholash obyektining baholashda majburiy o‘tkazish talabi mavjud bo‘lgan normativ hujjatda yoki baholash obyektining baholash to‘g‘risidagi shartnomada (matnda bundan buyon shartnoma deb yuritiladi) qiymatning aniq turi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, mazkur obyektning bozor qiymati belgilanishi lozim. Mazkur qoida normativ hujjatda baholash obyekti qiymatining turini aniqlovchi, ushbu Qonunda yoki baholash standartlarida nazarda tutilmagan atamalarda foydalanilgan taqdirda ham qo‘llanishi kerak.
9.Baholash o‘tkazishning majburiyligi
Baholashni o‘tkazishni davlatga to‘la yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan:

  • baholash obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda;

  • baholash obyektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda;

  • baholash obyektlari sotilayotganda yoki o‘zga shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazilayotganda;

  • baholash obyektlari bilan bog‘liq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz kechilayotganda;

  • baholash obyektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir.


Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin