Baholash ishi fanidan savollar Baholash faoliyati bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlar



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə28/28
tarix03.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#172359
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Baholash ishi savollar

Inflyatsiya xatari - bu narxlar o‘sishi sur’atlarining bashorat qilib bo‘lmaydigan o‘zgarishi xatari.
Iqtisodiy o‘sish sur’atlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq xatar. Ishdagi faollik susaygan davrlarda olinadigan foyda miqdori ham pasayadi va bankrot bo‘lish ehtimoli oshadi.
Foiz stavkasi miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘liq xatar. Foiz stavkasining harakati amalga oshirilayotgan makroiqtisodiy tartibga solish choratadbirlariga munosabat bildirish hisoblanadi.
Valyuta kursining o‘zgarishi bilan bog‘liq xatar. Valyutalar kurslari iqtisodiy va siyosiy omillar ta’siri ostida o‘zgaradi.
Siyosiy xatar - davlat organlarining xatti-harakati yoxud uyushgan shaxslar guruhining siyosiy talab bo`yicha chiqishi natijasida vujudga keladigan xavf. Siyosiy riskga urush harakatlari, siyosiy hokimiyatning yoki tuzumning o`zgarishi, qonun hujjatlaridagi o`zgarishlar, fuqarolarning ommaviy chiqishlari va ish tashlashlari, milliylashtirish, konfiskatsiya kiradi. Siyosiy risk ro’y bergan vaqtda sug’urta kompaniyasi javobgarlikdan ozod bo’ladi. Chunki siyosiy risklar, faqat, davlatga qarashli maxsus sug’urta kompaniyalari tomonidan sug’urtalanishi mumkin.
50. Ko‘chmas mulkning eskirish turlari.
Ko‘chmas mulkning qiymatini pasaytiruvchi omillarga bog‘liq holda eskirish jismoniy, funksional va tashqi (iqtisodiy) turlarga bo‘linadi.
Jismoniy va funksional eskirish bartaraf etiladigan va bartaraf etilmaydigan turlarga bo‘linadi. Iqtisodiy eskirish odatda bartaraf etilmaydi. Agar eskirishni jismoniy jihatdan bartaraf etish imkoni bo‘lsa va u iqtisodiy tomondan maqsadga muvofiq bo‘lsa unda eskirishni bartaraf etish mumkin deb hisoblanadi.
Jismoniy eskirish ko‘chmas mulkning jismoniy xususiyatlarini vaqt doirasida o‘zgarishini aks etadi (masalan, qurish elementlaridagi kamchiliklar). Jismoniy eskirish ishlatish omillari yoki bo‘lmasa tabiiy omillar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin.
Mulk qiymatining pasayib ketishi funksional eskirishga kiritiladi. Funksional eskirish konstruktiv va rejali qarorlarning bir biriga mos kelmasligi, qurilish standartlari, dizayin sifatlari, materiallar zamon talablariga javob bera olmasligiga borib taqaladi. Eskirishning bartaraf etish miqdori baholash sanasida yangilangan binoning potensial qiymati va baholash sanasida yangilanmagan binoning qiymati o‘rtasidagi farq ko‘rinishda belgilanadi (binoning tiklash qiymati va uning almashtirish qiymati o‘rtasidagi farq). Kamchiliklarni bartaraf etishga sarflangan harajatlarning maqsadga nomuvofiqligi funksional eskirishning bartaraf etilmasligi belgisidir.
Tashqi (iqtisodiy) eskirish – ob’ektning qimmatsizlanishi. Bunda tashqi muhitning ob’ektga nisbatan salbiy ta’siri, ya’ni: ob’ektning joylashgan joy, bozordagi holat, ko‘chmas mulkni ishlatishda servitutlarning ta’siri, atrof infratuzilmaning o‘zgarishi, soliqqa oid qarorlarning yangilanib turilishi va b. SHu bilan birga aksariyat holatlarda tashqi eskirish amalda bartaraf etilish mumkin emasligiga qaramasdan bozor muhitining ijobiy o‘zgarishlari ta’sirida u o‘z-o‘zidan bartaraf etilishi mumkin.
Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin