Ikkinchi jahon urushi. 1939-1945 yillardagi urush harakatlari



Yüklə 25,54 Kb.
tarix29.01.2020
ölçüsü25,54 Kb.
#30341
ikkinchi jahon urushi. 1939 1945 yil

IKKINCHI JAHON URUSHI. 1939-1945 YILLARDAGI URUSH HARAKATLARI

Ikkinchi jahon urushi !939-yilning l-sentabridan 1945-yilning 2-sentabrigacha, ya'ni 6 yil davom etdi. Bu urush dunyoning 61 davlatini o'z domiga tortdi. Ularda dunyo aholisining 80 foizi yashar edi. Armiya saflariga jami 110 mln. kishi safarbar etildi. Ikkinchi jahon urushi tarixda eng dahshatli, eng ko'p talafot va katta vayrongarchilik keltirgan urush sifatida iz qoldirdi. Chunonchi, maxsus adabiyotlarda qayd etilishicha, bu urushda 65—67 mln. kishi halok bo'lgan. Ularning yarmi tinch aholi edi.

Vayrongarchilikdan ko'rilgan zarar va urush xarajati birgalikda 4 trillion dollarni tashkil etdi. Bu urush ayni paytda eng dahshatli qurollar ishlatilgan urush ham edi. Urush oxirida hatto raketa quroli hamda atom bombasi yaratildi va ular insoniyatga qarshi ishlatildi. Fashizmning dunyoga hukmron bo'lishga intilishi va insoniyat boshiga keltirishi mumkin bo'lgan kulfati antifashistik kuchlarni birlashtirdi. Erksevar xalqlar birgalikda fashizmga qarshi kurashdilar. Va, nihoyat, g'alaba ham qozondilar. Biroq bu g'alaba-ga osonlikcha erishilmadi.

Ikkinchi jahon urushining boshlanishi

Avvalgi mavzuda qayd etilgandek, 1939-yilning 1-sentabrida Germaniya Polshaga hujum qildi. Bunga javoban Buyuk Britaniya va Fransiya Ger-maniyaga qarshi urush e'lon qildilar va shu tariqa urush boshlanib ketdi. Polsha armiyasi kam sonli va yaxshi qurollanmagan edi. Shunday bo'lsa-da, u jasorat bilan qarshilik ko'rsatdi. Lekin kuchlar teng bo'lmagani uchun Polsha armiyasi ikki hafta ichida tor-mor etildi. 17-sentabr kuni Polsha hukumati Prezident Ridz Smigli boshchiligida mamlakatni tashlab, chet elga chiqib ketdi.

Xuddi shu kuni Germaniya bilan kelishuvga binoan sovetlarning 200 mingdan ortiq jangchi va zobitlari Polshaga bostirib kirdi hamda 28-sentabr kuni Moskvada Sovet davlati va Germaniya o'rtasida «Do'stlik va chegara to'g'risida» shartnoma imzolandi. Unga ko'ra, mustaqil Polsha davlati tugatildi va bo'lib olindi. Ayni paytda G'arbiy Ukraina va G'arbiy Belorussiya Sovet davlatiga berildi.
Polshaning Germaniya bilan chegaradosh bo'lgan yerlari Germaniya-ga o'tdi. U yerda nemis general-gubernatorligi tuzildi. 1939-yilning 28-sentabrida imzolangan sovet-german shartnomasiga ko'ra, sovet hukumati Boltiqbo'yi respublikalaridan Sovetlar armiyasini bu respublikalarda joy-lashtirish va o'zaro yordam to'g'risida shartnoma imzolashni talab etdi. Boltiqbo'yi respublikalarining bu talabga bo'ysunmaslikka ilojlari yo'q edi. 30-noyabr kuni sovet armiyasi Finlandiyaga hujum qildi. Bu qilmishi uchun Sovet davlati Millatlar Ligasidan chiqarildi. (Millatlar Ligasiga 1934-yilda qabul qilingan edi.)
G'arbiy frontdagi ahvol

Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qilgan bo'lsalar-da, biroq faol harbiy harakatlar boshlamadilar. Germaniya armiyasining asosiy kuchlari Polsha bilan band bo'lib qolgan paytda bunday imkoniyat bor edi. Buyuk Britaniya va Fransiyaning bu pozitsiyasi 1940-yilning bahorigacha davom etdi. Ularning faolsizligi urush tarixiga «g'alati urush» nomi bilan kirdi.

Buyuk Britaniya va Fransiya o'zlarining qudratli harbiy-dengiz flotlari kuchi bilan Germaniyani blokada iskanjasiga olishni rejalashtirgan edilar. Ayni paytda ular Fransiya — Germaniya chegarasida Fransiya bunyod etgan kuchli mudofaa inshootlari Germaniyaning g'arbga hujumga o'tishiga yo'l qo'ymaydi, bordi-yu hujumga o'tganda ham, uni yorib o'ta olmaydi, deb ishondilar.

Bu orada Sovet qo'shinlari Finlandiya armiyasini mag'lubiyatga uchratdi. 1940-yil 12-martda sovet-fin tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga ko'ra, Kareliya bo'g'ozi Viborg shahri bilan birgaiikda Sovet davlatiga o'tdi. Ap-rel oyida Germaniya armiyasi G'arbiy frontda hujumga o'tdi. 9-aprel kuni Daniya va Norvegiya bosib olindi. 14-may kuni Gollandiya, 28-may kuni esa Belgiya taslim bo'ldi. Shimoliy Fransiyada joyiashgan ingliz-fransuz harbiy qismlari qurshovga tushib qoldi. Biroq ularning katta qismi ko'p talafotlar bilan Buyuk Britaniyaga o'tib ketishga muvaffaq bo'ldi.

O'z ittifoqchisi Germaniyaning birin-ketin zafarli g'alabalaridan ruhlangan Italiya 10-iyun kuni Fransiya va Buyuk Britaniyaga qarshi urushga kirdi. Qisqa muddat ichida Fransiya qo'shinining katta qismi tor-mor etildi. 14-iyunda nemislar Parijni egalladi. 22 iyun kuni Kompen o'rmonida Germaniya va Fransiya o'rtasida yarash bitimi imzolandi. 25-iyun kuni shunday yarash bitimi Italiya bilan Fransiya o'rtasida ham imzolandi. Bu bitimlarga, ko'ra Fransiya harbiy harakatlarni to'xtatdi. Armiya va flotni qurolsizlantirdi. Pol Reyno hukumati iste'fo berdi.

Germaniya Fransiya hududining uchdan ikki qismini okkupatsiya qildi. Parij shahri ham okkupatsiya hududi tarkibida edi. Okkupatsiya qilinmagan hududda marshal Peten boshchiligida qo'g'irchoq hukumat tuzildi va uncha katta bo'lmagan Vishi shahrida joylashdi hamda Peten hukumati Germaniya bilan hamkorlik qilish majburiyatini oldi.

Sovet davlati hududining yanada kengayishi

Asosiy raqiblari G'arbiy frontda bandligidan foydalangan Sovet davlati o'z hududini yanada kengaytirishga kirishdi. 1940-yilning 14—16-iyunida Sovet hukumati Boltiqbo'yi respublika-lariga ultimatum topshirdi. Unda hukumat tarkibini o'zgartirishga va Sovetlarning qo'shimcha harbiy kuchlarini kiritishga rozilik berish talab etilgan edi. Ular noiloj rozi bo'ldilar. Sovet hukumati shu tariqa Boltiq-bo'yini bosib oldi.

Boltiqbo'yi respublikalari amalda o'z mustaqilligini yo'qotdilar. Litva, Latviya va Estoniya Sovet respublikalariga aylantirildi va 1940-yilning avgustida bu respublikalar Sovet davlati tarkibiga «qabul qilindi». 26-iyun kuni Sovet davlati Ruminiyadan Bessarabiyani zudlik bilan qaytarishni va Shimoliy Bukovinani berishni talab etdi. Ruminiya bu talablarni bajarishga majbur bo'ldi va bu joylarda Moldova Respublikasi tuzildi va hamda Sovet davlati tarkibiga «qabul qilindi».

Buyuk Britaniyaga qarshi harbiy harakatlar

Fransiya taslim bo'lgach, Germaniya va Italiyaga qarshi yolg'iz Buyuk Britaniya urush harakatlari olib borardi. Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cher-chill Germaniyaga taslim bo'lishdan bosh tortdi. Endi Germaniya harbiy-dengiz floti kuchi bilan Buyuk Britaniyani biryoqli qilishga bel bog'ladi. Biroq buning uddasidan chiqa olmadi. Buyuk Britaniya floti dunyoda eng qudratli flotligicha qolmoqda edi.

Germaniya 1940-yil 15-avgustda harbiy-havo kuchlarini Buyuk Britaniya­ga qarshi tashladi («Dengiz sheri» operatsiyasi). Biroq Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari ham Germaniyanikidan qolishmas edi. Shunday qilib, Germaniya Buyuk Britaniyani mag'lubiyatga uchratishga erisha olmadi. Ayni paytda AQSH Buyuk Britaniyaga yordam bera boshladi.

1941-yilning bahorida AQSH Kongressi Qo'shma Shtatlar hayotiy manfaatlari uchun mudofaasi muhim bo'lgan davlatlarga lend-liz asosida yordam berish haqida qonun qabul qildi. Buyuk Britaniya davlati mudofaasi AQSH hayotiy manfaatlari uchun muhim edi.

Shimoliy Afrikada urush harakatlari

Italiya 1940-yilning yozida Sharqiy va Shimoliy Afrikadagi dengiz mustamlakalariga qarshi harbiy harakatlar boshladi. Birinchi nishon Somali va Misr bo'ldi. Italiya armiyasi dastlab muvaffaqiyatga erisha boshladi. Biroq 1940-yilning oxiriga kelganda Buyuk Britaniya armiyasi Italiya armiyasi harakatini to'xtata oldi. 1941-yil bahorida Buyuk Britaniya armiyasi Efiopiya partizanlari bilan birgalikda Italiya armiyasini Somali va Efiopi-yadan surib chiqarishga va ayni paytda Liviyaning bir qismini egallashga muvaffaq bo'ldi.

Bolqondagi urush harakatlari. Fashistlarning yangi tartibi

1940-yilning 28-oktabrida Italiya Gretsiyaga hujum qildi. 1941-yilning 6-aprelida Germaniya armiyasi Italiyaga yordamga keldi va natijada 17-aprelda Yugoslaviya, 23-aprelda Gretsiya taslim bo'ldi. Buyuk Britaniya hukumati Gretsiyadagi ingliz korpusini Misrga evakuatsiya qilishga majbur bo'ldi. 1941-yilning yozigacha Germaniya va Italiya Yevropaning 12 davlatini zabt etishga ulgurdilar.

Bosib olingan davlatlarda fashistlarning okkupatsiya tartibi o'rnatildi. Fashistlar o'zlarining bu tartibini «yangi tartib» deb atadilar. Yangi tartibga ko'ra, demokratik erkinliklar tugatildi; siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari faoliyati taqiqlandi. Ish tashlash va mitinglar o'tkazish man etildi. Bo'ysunmaganlar o'lim lagerlariga tashlandi. Polsha va Germaniyada tashkil etilgan konsentratsion lagerlar aslida o'lim fabrikalari edi.

Fashistlarning jinoyatchi rahbarlari millionlab kishilarni qirib yuborish uchun maxsus rejalarni ishlab chiqdilar. Rejaga ko'ra, o'lim fabrikalarida 11 mln. kishining yostig'ini quritdi. Bosib olingan davlatlar iqtisodiyoti bosqinchilar manfaati uchun mahsulot ishlab chiqara boshladi.

Sovetlarga qarshi urushning boshlanishi

Buyuk Britaniyani mag'Iubiyatga uchratish rejasi barbod bo'igach, Germaniya endi Sovet davlati-ni bosib olishga qaror qildi. Bu ikki davlat o'rtasidagi o'zaro hujum qilmaslik to'g'risida shartnoma tub manfaat oldida oddiy bir qog'oz bo'lib qoldi. Berilgan va'da va lafzga xiyonat qilindi. Germaniya allaqachon sovet davlatiga qarshi urush rejasiga ega edi. U tarixga «Barbarossa rejasi» nomi bilan kirgan (Fridrix 1 Barbarossa davlat yerlarini Sharq hisobiga kengaytirish tashkilotchilaridan biri edi).

Germaniya Sovet davlatiga hujum qilish oididan o'z ittifoqchilari bilan aloqalarni yanada mustahkamladi. Shu maqsadda 1940-yilning 27-sentabrida «Uchlar ittifoqi» (Germaniya — Yaponiya — Italiya) shartnomasi tuzildi. Bu shartnoma amalda dunyoni qayta bo'lish shartnomasi edi. Tez orada bu shartnomaga Ruminiya, Vengriya va Bolgariya ham qo'shildi va ular hududiga Germaniya armiyasi joylashtirildi.

Har tomonlama puxta hozirlik ko'rgan Germaniya 1941-yilning 22-iyunida erta tongda urush e'lon qilmay Sovet davlatiga hujum qildi. Shu tariqa, Sovet-Germaniya urushi boshlandi (bu urush sovet davri adabiyot-larida «Ulug' Vatan urushi» deb talqin etilgan).

Germaniya o'z qurolli kuchlarining deyarli 80 foizini sovetlarga qarshi tashladi. Bu front amalda Ikkinchi jahon urushining asosiy frontiga aylandi. Germaniya dastlab Sovet armiyasiga qaqshatqich zarba bera oldi. Bunga armiyaning 40 mingga yaqin rahbarlar tarkibi repressiya qilinganligi, I. Stalinning Germaniya Buyuk Britaniyaga qarshi urushni tugallamay turib, ikkinchi frontda urush qilolmaydi, degan ishonchi sabab bo'ldi. Shuning uchun ham u armiyani to'la harbiy tayyorgarlik holatiga keltirish haqida buyruq bermagan edi. I. Stalin hatto Sovet razvedkasining aniq ma'lumot-larini ig'vogarlik, deb hisoblagan edi. Sovetlar armiyasi mardlarcha qarshilik ko'rsatib, qadamba-qadam chekinishga majbur bo'ldi. lekin juda katta ta-lafotlar berildi.



1941-yilning qishiga kelib nemis armiyasi Boltiqbo'yi, Moldova, Ukraina, Belorussiyani egalladi, Leningrad shahrini blokada qildi. Moskvaga esa

Ta'sis konferensiyasi ochildi. Uning ishida Germaniyaga qarshi urush e'lon qilgan 42 ta davlat delegatsiyasi qatnashdi. Shu tariqa BMT vujudga keldi. 24-oktabr BMT tashkil etilgan kundir. Uning qarorgohi Nyu-York shahri deb belgilandi.
Foydalaniladigan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati:

1.Kabirov.A.Jahon tarixi(eng qadimgi davrlardan milodning V asrigacha).T.:”O’qituvchi”.2001.

2.Salimov.T.U.,Maxkamov S.Jahon tarixi.T.:”Sharq” 1999.

3.Farmonov.R.Sodiqov.O. Jahon tarixi T.: ”O’qituvchi”.2001.

4.Lafasov.M.Xoliqov.E.Qodirova.D. Jahon tarixi . T.: ”O’qituvchi”.2001.

5.Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 1999.



6. Xidoyatov .G. Jahon tarixi.T.:”Sharq” 2001

7.Lafasov.M. Jahon tarixi.T.:”Turon-Iqbol” 2005. 139-157 bet
Yüklə 25,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin