Baholash ishi fanidan savollar Baholash faoliyati bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlar



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə14/28
tarix03.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#172359
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Baholash ishi savollar

Kutish tamoyili xaridorning (investorning) hozirgi paytda ob’ektni sotib olish yoki yaratish uchun o‘z mablag‘larini kiritish hamdaushbu ob’ektga kelajakda egalik qilishdan daromad (foyda) olishni kutishga tayyorligini ta’kidlaydi. Ushbu tamoyil hozirgi vaqt paytidagi ob’ektqiymatini ob’ektdan foydalanishda bo‘lg‘usi daromadlarning prognoziva xaridor (investor) uchun maqbul bo‘lgan kiritilgan kapital uchun daromadlilikning me’yori asosida aniqlash imkoniyatini ochib beradi. SHu bilan, baholashda daromad yondashuvini amalga oshirish uchun metodologik zamin yaratiladi.
25. Mulk qiymatini baholash yondashuvlari.
Qiyosiy yondashuv - baholanayotgan ob’ektni unga o‘xshash bo‘lgan, ular yuzasidan bitimlarning narxlari haqidagi ma’lumot mavjud bo‘lgan ob’ektlar bilan taqqoslashga asoslangan ob’ekt qiymatini baholash usullarining jamuljamligidir. Qiyosiy yondashuv yuqorida ko‘rsatilgan o‘rnini bosish tamoyildan kelib chiqadi, uning yordamida hosil qilinadigan qiymat ko‘pincha o‘rnini bosish qiymati deyiladi. Qiyosiy yondashuvning usullari taqqoslanadigan ob’ektlarning faol bozori mavjud bo‘lganda ayniqsa samarali bo‘ladi. Agar bozor ma’lumoti juda kam bo‘lsa, oldi-sotdi bitimlari muntazam bo‘lmasa, bozor o‘ta monopollashgan bo‘lsa, ushbu usullar bilan baholash ishonchsiz bo‘ladi, ba’zan esa mumkin bo‘lmaydi.
Xarajat yondashuvi - ob’ektning eskirishini hisobga olib, uni tiklash yoki o‘rnini bosish uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni aniqlashga asoslangan ob’ekt qiymatini baholash usullarining jamuljamligidir. Ob’ektni yaratish va keyin uni sotish yuzasidan xarajatlar - qiymatni shakllantirishdagi juda muhim omildir. Xarajat yondashuvining usullari ob’ektni yaratishning ehtimoliy to‘liq tannarxini hamda ishlab chiqaruvchi va sotuvchi amalga oshiradigan boshqa xarajatlarni majburiy baholashni ko‘zda tutadi.
Daromad yondashuvi - baholash ob’ektidan kutiladigan daromadlarni aniqlashga asoslangan ob’ekt qiymatini baholash usullarining jamuljamligidir. Daromad yondashuvining nuqtai nazaridan baholashda, ob’ektdan foydali foydalanish muddati davomida undan foydalanishdan olinadigan bo‘lg‘usi daromadlar, ob’ekt qiymatining hozirgi kattaligini belgilaydigan asosiy omil sifatida, diqqat markazida turadi. Ob’ektning bir qator faoliyati yillari davomida undan olingan jami daromadni hisoblashda, daromad yondashuvining usullari murakkab foizlar nazariyasidan ma’lum bo‘lgan usullardan foydalanadi.
26. Mulk qiymatiga ta’sir etuvchi omillar tasnifi va tavsifi
Mulkning bozor qiymatini aniqlashda baholash jarayonining turli bosqichlarida vujudga keladigan qiymatga ta’sir etuvchi omillar mavjud. Narxga ta’sir etuvchi barcha omillarni sub’ektiv va ob’ektiv omillarga bo‘lishimiz mumkin. Sub’ektiv omillarga bitim tizish vaqtidagi xaridor, sotuvchi va vositachi shaxslarning xulq-atvori, kayfiyati, halolligi, temperament, shaxsiy o‘ziga xos xususiyatlari va boshqa psixologik omillar kiradi.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin