Baholash ishi fanidan savollar Baholash faoliyati bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlar


Baholovchi tashkilotlar va ularning javobgarligi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə8/28
tarix03.12.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#172359
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Baholash ishi savollar

11.Baholovchi tashkilotlar va ularning javobgarligi
Baholovchi tashkilotlar baholash to‘g‘risida noto‘g‘ri hisobot tuzish oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazganligi uchun uning oldida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Baholashni sifatli yoki zarur darajada o‘tkazmaganlik natijasida baholash ishlari buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda baholovchi tashkilotdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
Baholovchi baholashni sifatsiz o‘tkazganlik, tijorat sirini oshkor qilganlik va baholovchi tashkilot uchun zarar keltirgan boshqa xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zarar uchun baholovchi tashkilot oldida qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
12. Baholovchi tashkilotlar faoliyati.
“Baholash faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan baholovchi tashkilotlar faoliyatini ta’minlash sohasida, eng avvalo, baholash ishlarini tartibga soluvchi standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda tatbiq etish, bajarilayotgan baholash ishlarining xolisligi va sifati ustidan nazorat o‘rnatish masalalarida olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz deb topilsin.
2. Belgilansinki, 2008-yilning 1-iyulidan baholash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagilarni:
qimmatbaho qog‘ozlar, ulushlar, intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari ko‘char mol-mulkni baholovchi tashkilotlar — eng kam oylik ish haqining kamida 1500 barobariga teng miqdorda ustav kapitaliga, shuningdek shtatida kamida ikkita baholovchiga ega bo‘lishi;
mulkiy kompleks sifatidagi korxonadan tashqari ko‘chmas mulkni baholovchi tashkilotlar — eng kam oylik ish haqining kamida 2000 barobariga teng miqdorda ustav kapitaliga, shuningdek shtatida kamida uchta baholovchiga ega bo‘lishi;
biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholovchi tashkilotlar — eng kam oylik ish haqining kamida 2500 barobariga teng miqdorda ustav kapitaliga, shuningdek shtatida kamida to‘rtta baholovchiga ega bo‘lishi shartligi belgilab qo‘yilsin.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin