Iniy tashkilotlar faoliyati mavzusida esse tayyorlash Diniy tashkilotlar faoliyati mavzusida esse tayyorlash



Yüklə 27,53 Kb.
səhifə1/6
tarix14.10.2023
ölçüsü27,53 Kb.
#155561
  1   2   3   4   5   6
Iniy tashkilotlar faoliyati mavzusida esse tayyorlash-fayllar.org


Iniy tashkilotlar faoliyati mavzusida esse tayyorlash

Diniy tashkilotlar faoliyati mavzusida esse tayyorlash


Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda muhim va murakkab masala bo’lib kelgan. Chunki uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog’lom va barkamolligiga bevosita ta`sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o’rni va bajaradigan vazifalari g’oyat muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib, barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o’z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o’z dini yoki e`tiqodini o’zgartirish erkinligini, o’z dini yoki e`tiqodiga o’zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o’z ichiga oladi.

Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisani - turli dunyoqarash, e`tiqodda bo’lgan kishilar o’rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta`minlanishini ham nazarda tutadi.


Odamlar doim turli dunyoqarash va e`tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Har kimning o’z ichki dunyosi, o’z e`tiqodi bo’ladi.
Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u albatta ma`lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo’ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob`ektiv va sub`ektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari «vijdon erkinligi» tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni ham albatta nazarda tutish kerak.
Mustaqillik, yangilanish jarayoni hamma sohalar kabi vijdon erkinligi, davlat va din, dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar o’rtasidagi munosabatlar sohasini ham o’z ichiga oldi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida asrlar osha qaror topgan vijdon erkinligiga yuksak va samimiy hurmat ifodalangan. 1992 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 31-moddasida har bir fuqaro uchun vijdon erkinligi huquqi kafolatlanadi.
Shuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, keyingi yillarda davlat bilan diniy tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda juda katta o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Dinning jamiyatdagi o’rni tiklanmoqda. Diniy uyushma va tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o’tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda.
Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi printsiplarini tiklash va unga og’ishmay amal qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. 1991 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunni qabul qildi. 1998 yilda bu qonunning yangi tahriri qabul qilinib, 15 may kuni matbuotda e`lon qilindi va shu kundan e`tiboran u kuchga kirdi.
Mazkur Qonun 23 moddadan iborat. Uning 1-moddasida ushbu qonunning maqsadi nimalardan iborat ekanligi ochiq va ravshan bayon etilgan: «Ushbu Qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e`tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat`inazar, fuqarolarning tengligini ta`minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat».
Qonunning 3-moddasi vijdon erkinligi huquqi haqida bo’lib, unda har bir fuqaro dinga munosabatini o’zi mustaqil aniqlashi, u har qanday dinga e`tiqod qilish yoki hech qanday dinga e`tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi va bu huquq esa O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi ta`kidlandi.
4-moddada fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat`inazar, teng huquqliligi haqida so’z boradi. Rasmiy hujjatlarda fuqaroning dinga munosabati ko’rsatilishiga yo’l qo’yilmasligi ta`kidlanadi.
Vijdon erkinligi haqidagi qonunning 5-moddasida O’zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi ko’rsatilgan. Bu degani davlat diniy masalalar bilan shug’ullanmaydi, diniy tashkilot va diniy boshqarma ishlariga aralashmaydi. Din va diniy tashkilotlar ham davlat ishlariga aralashmasligi lozim. Lekin diniy tashkilotlar jamoat ishlarida ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Shuningdek, mazkur moddada davlat turli diniy konfessiyalar o’rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo’llab-quvvatlashi, konfessiyalar o’rtasida adovatni avj oldirishga, xususan, bir diniy konfessiyadagi dindorni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlarga, missionerlikka yo’l qo’ymasligi ta`kidlangan.
Diniy tashkilotlarga O’zbekiston Respublikasida diniy xarakterga ega bo’lgan partiyalar tuzish, respublikadan tashqaridagi diniy partiyalarning bo’lim yoki filiallarini ochish man etiladi.
Dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ’ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg’otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo’hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatishda, aholi o’rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko’maklashadigan, shuningdek boshqa g’arazli maqsadlarni ko’zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning bunday faoliyatlari taqiqlanadi.
Fuqarolar dinga bo’lgan munosabatlaridan qat`inazar, ta`limning xilma-xil turlari va darajalarini egallashi mumkin. Qonunning 9-moddasida ko’rsatilishicha, diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylarni va o’zlariga zarur bo’lgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy o’quv yurtlari tuzishga haqli. Diniy o’quv yurtlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxat o’tkazilib, tegishli litsenziya olganidan keyin faoliyat ko’rsatish huquqiga ega bo’ladi.
Oliy va o’rta diniy o’quv yurtlarida ta`lim olish uchun fuqarolar O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq umumiy majburiy o’rta ta`lim olganidan keyin qabul qilinadi.
Diniy ta`lim beruvchilar maxsus diniy ma`lumoti bor kishilar bo’lib, bolalarni o’qitish uchun diniy boshqarmaning yoki markazning ruxsatnomasiga ega bo’lishi kerak. Xususiy diniy ta`lim berishga yo’l qo’yilmaydi. Bu qonun-qoidalarni buzganlar qonun oldida javobgardirlar.
Diniy tashkilotlar diniy ta`lim olish uchun fuqarolarni chet elga yuborishlar va chet el fuqarolаrini ta`lim olish uchun qabul qilishlari mumkin.
Diniy tashkilot - bu ma`lum dinga ishonuvchilar va ularning jamoalarining uyushmasidir (masjid, cherkov, sinagoga, diniy o’quv yurtlari va h.k. kabi). Uni tashkil etish uchun unga bir xil e`tiqodga ega bo’lgan kamida 100 kishi a`zo bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasining har qanday fuqarosi 18 yoshga to’lganidan keyin ma`lum diniy jamiyatga a`zo bo’lishi mumkin.
Diniy tashkilotlar o’z mulklariga ega bo’ladilar. Binolar, din bilan bog’liq buyumlar, ishlab chiqarish va xayriya ishlariga mo’ljallangan inshootlar, pul mablag’lari hamda diniy tashkilotlar faoliyatini ta`minlash uchun zarur bo’lgan boshqa mol-mulk diniy tashkilotlarning mulki hisoblanadi. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mulkiy xayriyalardan, shuningdek fuqarolardan tushgan mablag’lardan davlat solig’i undirilmaydi.
Ibodat, diniy rasm-rusum va marosimlar o’tkazish mahalliy hokimiyat tomonidan taqiqlanmaydi. Qonunning 3-moddasida ko’rsatilishicha, dinga e`tiqod qilish yoki o’zga e`tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinligini ta`minlash uchun zarur bo’lgan darajadagina cheklanishi mumkin.
Diniy tashkilotlar fuqarolarni ishga olishga haqlidirlar. Ular davlat, jamoat korxonalari va tashkilotlarining ishchi xizmatchilari bilan baravar soliq to’laydilar, ijtimoiy ta`minlanish va sug’urta qilish xizmatlaridan foydalanadilar. Umumiy asosda nаfаqа olishga haqlidirlar.
Qonunning oxirgi 23-moddasida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunni buzgan kishilar qonun oldida javob berishlari ko’rsatilgan.
Konstitutsiyada hurfikrlilik, vijdon va diniy e`tiqod erkinligi masalalariga katta e`tibor berilgan. Unda dinning tarbiyaviy ahamiyatiga yanada ko’proq e`tibor berilishi lozimligi ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Uning hududida 15 ta diniy konfessiya vakillari istiqomat qiladilar. Þqoridagi qonunda keltirilganidek, ular Konstitutsiya oldida huquq va majburiyat yuzasidan tengdirlar. Konstitutsiyaning 12-moddasida ta`kidlanishicha, hech qanday mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas. Shunga ko’ra, hech qanday konfessiya boshqalaridan ustun deb qaralishi yoki ularga o’z ta`sirini o’tkazishi mumkin emas.

Yüklə 27,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin