Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
falsafa


Kino.  Eng  miqyosli  zamonaviy  san‘at  turi,  bu  –  kino.  Bugungi  kunda  u  hamma  erda  «hoziru  nozir».  Uni 
kinoteatrlarda jamoaviy, televidenie va videomagnitafon orqali esa oilaviy yoki individual tomosha qilish mumkin. 
Hozirgi  paytda  kino  o‘zining  dastlabki  «harakatdagi  fotografiya»  holatidan  shu  qadar  uzoqlashib  ketganki,  endi 
uning  ovozsiz  davridagi  montaj  dramaturgiyasiga  suyanib  qolgan  san‘at  sifatida  tasavvur  ham  qilish  qiyin.  Hozir 
aktyorlar  yaratgan,  murakkab  psixologizmga  asoslangan  badiiy  qiyofalar,  adabiy  sstenariy  zaminida 
ekranlashtirilgan  real  hayotni  badiiy  aks  ettiradigan  davomli,  ko‘pchiziqli  syujet  birinchi  o‘rinda  turadi.  Kinoda 
teatrdagidek  dinamik  dramatizm  hamda  uning  asosini  tashkil  etgan  harakat,  harakat  va  yana  harakat  (bunda  fikriy 
harakat  ham  nazardan  qochirilmasligi  lozim)  asarning  moyasini  tashkil  etadi.  Biroq  kino,  teatrdan  farqli  ravishda, 
kadrlar  orqali  zamondan-zamonga  «sakrab»  o‘tish  imkoniga  ega,  biroq  bu  «sakrash»,  agar  film  rejissurasi  puxta 
bo‘lsa, tomoshabinga sezilmaydi, u hozirgi voqealarning ibtidosi, sababchisi – avval bo‘lib o‘tgan voqealar ekanini 
his  qilib  turadi.  Chunki    o‘tgan  voqealarning  eng  muhim,  qahramonlar  taqdirini  belgilaydigan  holatlari  kadrlarda 
bugungi voqealar bilan tabiiy ulanib ketadi, ya‘ni kecha – bugunga, bugun – kechaga o‘tib turishi ekran imkoniyati 
doirasidagi  «oddiy  gap», kino san‘ati  usullaridan biri.  Sahnada  esa  bunday imkoniyat  yo‘q, unda  mazkur holatlar 
tomoshabinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki dekorastiya va musiqa o‘zgarishlari yordamida aktyorlar monologlarida, 
ba‘zan diologlarida nutq (so‘z) orqaligina shartli ravishda etkazib beriladi. 
Ekranning  imkoniyatlari,  haqiqatan  ham  nihoyatda  keng:  u  rassomlik,  teatr,  adabiyot,  stirk,  musiqa,  estrada 
v.b.  san‘at  turlaridan  bemalol  foydalana  oladi,  ularning  zarur  jihatlarini  o‘ziga  «qo‘shib  oladi».  Bundan  tashqari 
kinoda  kinematografiya  tili  bilan  aytganda  «plan»lar  bor:  umumiy.  o‘rta,  yirik  M.,  umumiy  planda  film 
qahramonlari  yoki  asosiy  ob‘ekt  atrof-muhitdan  alohida  ajratib  olinmaydi,  umumiy  tasvirning  bir  qismi  sifatida, 
o‘rta  planda  –  u  ajratib,  lekin  atrof-muhit  unga  fon  sifatida  xizmat  qilgan  holda  tasvirlanadi.  Yirik  planda  esa 
qahramon  yoki ob‘ektning  faqat  eng  muhim tomonlari  –  inson  yuz-ko‘zi  va  undagi ruhiy evrilishlar  yoki,  deylik, 
bayroqning  butun  ekranni  tutib  hilpirashi  kabi  holatlar  «tomoshabinga  qarab  keladi».  Bunda  va  umuman,  kinoda 
rejissyor  g‘oyasi  bilan  birga  tasvirchi  –  operatorning  roli  katta.  Agar  muqim  suratga  olishda  asosan  rejissyorning 
«degani-degan» bo‘lsa, harakatdagi kamera orqali tushiriladigan tasvirlarda tasvirchining  mahorati, tajribasi, ijodiy 
fikrlash  qobiliyati  muhim.  SHu  bois  iste‘dodli  tasvirchilarning  keyinchalik  taniqli  rejissyorlarga  aylanganini  kino 
tarixida uchratishimiz mumkin. Mashhur rejissyor Malik Qayumov ko‘p yillar tasvirchi bo‘lib ishlagani bunga misol 
bo‘la oladi. 
Jahon  kinosi  bilan    deyarli  bir  vaqtda  vujudga  kelgan,  Hudoybergan  Devonov  asos  solgan  o‘zbek 
kinematografiyasi bugungi kunda katta tarix va salohiyatga ega. N.G‘anievning «Tohir va Zuhra», K.YOrmatovning 
«Alisher  Navoiy»  kabi  filmlari  kino  san‘atidagi  mumtoz  asarlar  hisoblanadi.  Bugungi  kunda  xususiy 
kinostudiyalarning ko‘plab vujudga kelishi, ijod erkinligi tufayli o‘zbek kinosi ravnaqi uchun har tomonlama etarli 
sharoit mavjud. 
Televidenie. Agar estrada «san‘atdagi jurnalistika» bo‘lsa, televidenieni «jurnalistikadagi san‘at» deyishimiz 
mumkin. Hozir uni faqat ommaviy axborot vositasi va san‘at targ‘ibotini texnikaning eng  Yangi yutuqlari asosida 
amalga oshiruvchi zamonaviy omil sifatida olib qarash uni kamsatishdan boshqa narsa emas. To‘g‘ri, telejurnalistika 
mavjud  va  uni  inkor  etish  aqlga  to‘g‘ri  kelmaydi.    Lekin  ayni  paytda  ana  shu  real  hayot  real  voqealar  va  real 
odamlar  ishtirokidagi  «jurnalistik»  syujetlarning  san‘at  darajasiga  ko‘tarilganini,  ularning  estetik  ahamiyat  kasb 
etganini yaqqol ko‘ramiz. M., Farhod Bobojonning «Bir o‘lkaki...» turkumidagi ko‘rsatuvlarini olaylik. Ularni oddiy 
jurnalistik  televizon  reportaj  deyish  mumkinmi?!  Bu  ko‘rsatuvlarning  deyarli  har  biri  o‘ziga  xos  film,  shunday 
filmki,  oldiga  oddiy  «hujjatli»  degan  sifatlashni  qo‘yish  nohaqlik.  Ularda  real  haqiqat  telekamera  orqali  badiiy 
haqiqatga  aylangani,  real  odamlar  badiiy  qiyofalar  darajasiga  ko‘tarilganini,  ko‘rsatuvni  olib  boruvchining  o‘zi 
qahramonlardan  biri  bo‘lib  xotiramizda  qolishi  bilan  ajralib  turadi.  Teleko‘rsatuv  muallifi,  telerejissyor,  tasvirchi 
mahorati  hamda  harakatdagi  kamera  imkoniyatlari  televidenieni  san‘at,  ta‘bir  joyiz  bo‘lsa,  «hujjatli  san‘at» 
sifatidagi o‘rnini belgilab beradi. 
                                                 
204
 Михалкович В.И., Стигнеев В.Т. Поетика фотографии. М., Искусство, 1989. С. 122. 

Albatta,  bu  –  televidenie  faqat  hujjatlilikka  tayanadi  degan  gap  emas.  Uning  imkoniyatlari  (agar  bu  san‘at 
kelajagini  ham  inobatga  olsak)  tasavvur  qilib  bo‘lmaydigan  darajada  keng.  Zero  televidenie  oilaviy  va  individual 
estetik idrok etiladigan san‘at turi, u bizning uydagi kinoteatirimiz, uydagi stirkimiz, uydagi  teatrimiz v.h. Ayniqsa, 
uning  kinodasturlari alohida ahamiyatga ega M., davomli teleseriallarni, deylik, uch oy  yoki  yil  mobaynida  qaysi 
kinoteatrda ko‘rishimiz mumkin? Kinoteatrlarda bunday imkoniyat yo‘q. Bundan tashqari telekamera hamma erda - 
quruqlikda ham, suv ostida ham, osmonda ham ishlay oladi, qo‘limiz, oyog‘imiz, nigohimiz etmaydigan joylardan 
badiiylik darajasiga ko‘tarilgan reallikni. bizga etkazib beradi. Biroq, buning uchun eshittirish muallifi yoki yolg‘iz 
teletasvirchi, Yu.Borev aytganidek, ham aktyor, ham jurnalist, ham rejissyorlik bo‘lib ishlash xususiyatlarini o‘zida 
mujassamlashtirishi, bir so‘z bilan aytganda, katta iste‘dod va bilimga. hozirjavoblik va o‘tkir nigohga ega bo‘lishi 
lozim.
205
        
Agar ta‘bir joyiz bo‘lsa, televidenieni «tashviqotchi san‘at» yoxud «estetik tashviqotchi» deyishimiz mumkin. 
Ekran orqali biz  sho‘rolar davrida oddiy «urf-odatlar» atamasi ostida qolib ketgan asl ma‘naviy qadriyatlarimizning 
qanday  qadrlanishi  zarurligini  anglab  etamiz.  M.,  o‘zbek  televideniesining  baxshilik  san‘atiga  bag‘ishlangan 
dasturlari ko‘pchilik tomoshabinlar uchun xalq og‘zaki ijodi an‘analaridan shunchaki bahramand bo‘lish emas, balki 
haqiqiy  san‘at  bayrami  sifatida  qabul  qilinadi  yoki  «Ming  bir  rivoyat»  kabi  «lahzalik»  ko‘rsatuvlardagi 
falsafiylikning  badiylik  bilan  uyg‘unlashib  ketishi  katta  tassurot  qoldiradi.  SHunday  qilib,  televidenie  san‘atlar 
ichida misli yo‘q qudratli tarbiya quroli. 
Biroq,  shuni  taassuf  bilan  ta‘kidlash  kerakki,  bu  qurol  «teskarisiga»  ishlashi,  ya‘ni  televidenie  xalqning 
estetik didini hamma vaqt yuksaltirishga emas, balki pasaytirishga, jo‘nlashtirishga ham xizmat qilishi mumkin. M., 
O‘zbek  milliy  televideniesidagi  (yuqoridagi  yutuqlarini  ta‘kidlagan  holda)  ba‘zi  bir  amallab  ishga  kirib  olgan 
saviyasi  past  jurnalistlarning  real  voqelikni  badiylashtirib  ko‘rsatish  o‘rniga  «o‘zini  ko‘rsatish»  uchun  urinishlari 
shular  jumlasidan.  Ayniqsa,  televideniedagi  estrada  qo‘shiqchiligi  saviyasining  pastligi  jihatidan  ajralib  turadi. 
Ekranda  Xudo  ovozdan  qisgan  (  barmoq  bilan  sanarli  iste‘dod  egalaridan  tashqari)  horijiy  qo‘shiqlar  musiqalarini 
o‘g‘irlab, kompyuter orqali  «ovoz  yasab»  mashhurlikka  intilayotgan  kimsalarni ko‘rib, hayratga  tushasan. Chunki  
ular  yoki  tushunib-tushmay,  yoki  surbetlarcha  o‘zlarini  «biz  san‘atkorlar»  deb  ataydilar  va  Nitstshe  aytganidek, 
o‘zining suvarak darajasidagi kichginagina «men»ini butun O‘zbekistonga yoyishga harakat qiladi. Ularning asosiy 
maqsadi  «televizorda  chiqib»,  shuhrat  qozonish  va  shu  orqali  to‘ylardagi  otarchiligiga  balandroq  narx  so‘rashdan 
iborat. Bundaylar haqida suhbatlaridan birida buyuk xonandamiz Muyassar Razzoqova «San‘atni to‘ydagi qistiriqqa 
sotadigan  kimsalardan  hazar  qilaman»,  degan  edi.  Afsuski,  televideniemiz  ana  shu  «suvarak-san‘atkorlar»ning 
ko‘payishiga xizmat qilayotgani bor gap. 
Televideniemizdagi  yana  bir  nojoyiz  narsa,  bu  –  klip  muammosi.  Klip,  bir  qaraganda,  texnikaviy  mo‘‘jiza, 
ammo  ikkinchi  tomondan,  san‘at  asarini  idrok  etishda  zararli  hodisa.  YA‘ni  klipda  rejissyor  o‘z  tasavvuridagi 
manzaralarni, (ba‘zan xonandaning taklifini ham) qo‘shiqqa ilova qiladi, ko‘p hollarda qo‘shiqning o‘zi emas, ana 
shu  «ilova»  tinglovchi-tomoshabin  diqqatini  tortib  ketadi.  Demak,  klipda  estetik  idrok  etishdagi  demokratiya 
yo‘qoladi,  rejissyor  o‘zining  tasavvurini  tinglovchi-tomoshabinga  «tiqishtiradi»  Afsuski,  ko‘pchilik  hozir 
ishlanayotgan  kliplar  ana  shunday  salbiy  tabiatga  ega.  Bundan  tashqari,  bizdagi  kliplarning  aksariyatini  o‘ta 
beodoblik  deb  atash  mumkin.  Gap  «go‘zal  ma‘shuqalar»ning  ba‘zan  salkam  yarim  yalang‘och  chiqishida  emas, 
balki  klipda  «buyuk  san‘atkor»ning  dang‘illama  hovli-joyi,  qimmatbaho  ashyolari,  avtomobili  v.h.  ko‘z-ko‘z 
qilinadi. Endi o‘ylab ko‘ring-chi, qishloqdagi qurbi bir mahallik issiq ovqatu non-choyga etadigan jo‘jabirday jon 
oilaning  boshlig‘i  bunday  klipni  ko‘rgandan  keyin  qanday  ahvolga  tushishi  mumkin?  Maqsad  qo‘shiqmi  yoki 
kimlarnidir o‘ksitishmi? 
Xullas,  televideniening  buyuk  qudratidan,  qay  tarzda  foydalana  bilish  nihoyatda  muhim  masala.  Uni 
ko‘pyoqlama, miqyosli san‘at turi va estetik tarbiya maktabi darajasiga ko‘tarishi ham televidenie hodimlariga, ham 
biz – tomoshabinlarga bog‘liq. 
Endi  ikki  og‘ir  so‘z  ―ommaviy  madaniyat‖  haqida.  Uning  kelib  chiqishi,  ta‘siri,  tahdidi  borasida  mazkur 
anjuman  ishtirokchilarining  barchasi  habardor,  desam  Yanglishmagan  bo‘laman.  Lekin,  bir  narsaga  g‘oyatda 
tahdidli, u ham bo‘lsa, ommaviy madaniyat insonni ―qiyofasiz‖ oqimning bir qismiga aylantirib qo‘yishidadir.  
Bu  illat  aksariyat  hollarda  haqiqat,  go‘zallik,  ezgulik  singari  muqaddas  tushunchalarni  umumiste‘molchilik 
ehtiyoji  bilan  bog‘lab,  iste‘mol  va  tovar  sifatida  xaridorgir  bo‘lishiga  qaratilgan  maqsadni  targ‘ib  qiladi.  Bu  esa 
pirovardida  ―bozor  adabiyoti‖,  ―bozot  san‘ati‖  degan  ma‘naviyatga  tahdid  soluvchi  hodisalarning  ―gullab-
yashnashi‖uchun  imkon  yaratadi.  Bugun  turli  arzonbaho  ishqiy  yoki  detektiv  sarguzashtlarning  bozori  chaqqon. 
Didsiz, saviyasiz, ―millati‖ning tayini yo‘q ―badiiy‖filmlar ham ko‘payib ketgan. ―Bozor san‘ati‖deganda, birinchi 
navbatda, ana shunaqa filmlar  va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi 
XXI  asr  ommaviy  madaniyati  zamonaviy  qiyofada  go‘yo  rivojlangan  madaniy  dunyoga  integratsiyalashish 
niqoblariostida  namoyon  bo‘lmoqda.  Bu  niqoblar  ostidagi  salbiy  holatlar  va  ular  shakllantirish  mumkin  bo‘lgan 
illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir. 
Ommaviy  madaniyat  eng  avvalo,  milliy  axloqqa  zarba  berib,  jamiyatning  g‘oyaviy  tizimini  izdanchiqarishi 
bilan  xatarli  ekanligini  ham  to‘g‘ri  tushnish  kerak.  Bu  xavf-xatarga  qarshi  qatiy  tura  oladigan  shaxsni 
shakllanririshda  tarbiyaning  barcha  ko‘rinishlarini  uyg‘un  holda  olib  borishlari  shart.  Etetik  tarbiya  aynan  shu 
                                                 
205
 Qarang: Борев Ю. Эстетика. М., 2003. С. 305. 

maqsad yo‘lida yosh avlodni milliylikka zid bo‘lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli qilib tarbiyalash bilan 
dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.  
―Ommaviy madaniyat‖ning asl maqsadi har kuyga  solish mumkin bo‘lgan olamonni shakllantirish bo‘lgani 
bois,  u  ma‘naviy  oziq  beradigan,  badiiy  yuksak,  o‘quvchini  mushohadaga  undab,  tasavvur  olamini  kengayishiga 
xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo‘latmaydi. Shuning uchun ―ommaviy madaniyat‖ namunalarini badiiy –estetik 
qimmatga  ega  emas.  Ommaviy  madaniyat  xoh  G‘arb  xoh  Sharq  bo‘lsin  uning  ma‘naviy  hayotiga  sezilarli  ta‘sir 
ko‘rsatmoqda. U yildan-yilga inson shaxsiga, uning estetik tafakkuriga juda katta kuch bilan daxl qiluvchi hodisaga 
aylanib  bormoqda.  Bu  ayniqsa,  estetik  tarbiyaning  eng  muhim  vositasi  bo‘lgan  san‘at  orqali  jamoatchilikka  ta‘sir 
etmoqda.  Bu  hodisa  san‘atda  behayo  filmlar  tuturiqsiz  musiqalar  ko‘rinishida  namoyon  bo‘lib,  ularning  asosida 
fahsh,  zo‘ravonlik,  shafqatsizlik  kabi  axloqiy  illatlar  yotishini  bugungi  kunda  jamiyatimizning  ziyoli  qatlami 
tushunib yetmoqda. 
 Bu borada XX asrning 70-yillarida amerikalik bir qator sotsiologlar, faylasuflar, san‘atshunoslar ―ommaviy 
madaniyat‖ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa  umumadaniy jarayonlarga ta‘siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib 
borgan edilar. Xususan, sotsiolog Ch.Reych o‘zining ―Gullayotgan Amerika‖ kitobida ―isyonkor yoshlar o‘zlarining 
shaxsiy ―madaniyat‖larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda. 
Yosh        ―isyonkor‖  madaniyatning  ijtimoiy  taraqqiyot  bilan  bog‘liq  falsafiy  axloqiy,  estetik  ahamiyatidan  hamda 
muomala va muloqat madaniyatidan yuz o‘girgan holda o‘zlariga mos qadriyatlarni yaratmoqdalar va ularni himoya 
qilmoqdalar.  Bu  kabi  ―Yangi  odam‖  uchun  maskur  qadriyatning  asosi  –bu  o‘zini  mavjud  tizimdan  tashqarida  his 
qilishga bo‘lgan layoqatidir‖,-degan fikrni bayon etgan edi.        
San‟at turlarining o‟zaro aloqadorligi va ularda – janr muammosi 
         San‘at  turlarining  o‘zaro  aloqadorligi.  Biz  estetikaning  asosiy  tushunchalari  haqida    fikr  yuritganimizda, 
ularning  o‘zaro  dialektik  aloqadorligi  mavjud  ekanini  aytib  o‘tgan  edik.  SHunday  holatni  san‘at  turlarida  ham  
uchratamiz. O‘z holicha «sof» mavjud bo‘lgan san‘at turi yo‘q. Muayyan san‘at turi boshqasidan yoki boshqalaridan 
nimalarnidir  o‘ziga  oladi  va  nimalarnidir  unga  yoki  ularga  beradi,  bu-san‘at  turlarining  yashash  sharti.  M., 
me‘morlik san‘ati haykaltaroshlikdan, rassomlikdan, ko‘rgazmali-amaliy san‘atdan «foydalanadi». Biz go‘zal bino 
peshtoqida  bo‘rtma  haykallarni,  yaproqnusxa  bezaklarni,  devoriy  rasmlarni  –  pannolarning  me‘moriy  uyg‘unlik 
asosidagi  yaxlitligini  ko‘rib  estetik  zavq  olamiz,  yoki  Alisher  Navoiy    nomidagi  Davlat  akademik  katta  opera  va 
balet teatri binosi foyesining devoriga  buyuk rassomimiz Chingiz Ahmarov chizgan go‘zal monumental rasmlarni 
xuddi «ikkinchi teatr»dek tomosha qilamiz. Musiqa bilan badiiy adabiyotning, teatr bilan rassomlikning v.b. san‘at 
turlarining ham o‘zaro aloqadorligi shu  tartibda. 
Bunday aloqalarni estetikada  sintezlashuv – omuxtalik deb ham atashadi. San‘at turlari sintezida bir g‘oyaviy 
niyat,  bir  uslub  va  bir  ijro  yaxlitligida  uyushgan  badiiy  qiyofa,  yoki  badiiy  qiyofalar  tizimi  har  xil  san‘at  turlari 
qonun-qoidalarga  binoan    yaratilgan  bo‘ladi,  ya‘ni  unda  turli  san‘atlar  badiiy  vositalari  va    majoziylik  unsurlari 
estetik  idrok  uchun  uyg‘un  bir  yaxlitlikni  tashkil  etadi.  Hozirgi  paytda  biz  san‘at  turlarining  uch  xil  sintezini 
uchratishimiz mumkin. Bular: plastik san‘atlar sintezi (ko‘rib o‘tganimiz me‘morlikda haykaltaroshlik, rassomlik va 
ko‘rgazmali-amaliy  san‘at  turlarining  omuxtaligi);  san‘atlarning  teatrlashgan  sintezi  (musiqa,  rassomlik,  raqs, 
san‘atlarining  teatr  orqali,  sahnadagi  omuxtalashuvi);  san‘atlarning  kinomatografik  sintezi  (deyarli  barcha  san‘at 
turlarining montaj tamoyili asosida ekrandagi omuxtalashuvi). 
Sintezlashuv  jarayonlari  fan-texnika  taraqqiyoti  natijasida  ma‘lum  ma‘noda  Yangi  san‘at  shakllarini, 
Yangicha ijod turlarini vujudga keltirdi. Ularni biz sintetik san‘atlar deb ataymiz. Teatr, musiqa, raqs, estrada, stirk 
v.b.  shular  jumlasidan.  Ularda  deyarli  boshqa  barcha  san‘at  turlari  aktyor  ijrosi,  sahna  dinamikasi  asosida 
sintezlashadi.  Kino  va  televidenie  esa  ―eng  sintetik‖  san‘at  turlari  hisoblanadi,  zero  ularda  sintetik  badiiy  qiyofa 
yaratiladi.  Umuman,  sintetik  san‘at  turlarini  estetik  idrok  etar  ekanmiz,  bir  vaqtning  o‘zida  ularni  ham  tomosha 
qilishimiz, ham tinglashimiz mumkin. 
Shunday  qilib,  ko‘rib  turibmizki,  san‘at  turlarining  o‘zaro  aloqalari  shu  qadar  mustahkam,  xilma-xil  va 
miqyosliki, bu aloqadorlik hatto turli san‘at unsurlaridan Yangi san‘at turini yaratish qudratiga ham ega. 
San’atda janr muammosi. Biz yuqorida san‘atning xillarga va turlarga bo‘linishini hamda har bir san‘at turi 
voqelikni  estetik  in‘ikos  ettirishda  o‘ziga  xos  mavqega  ega  ekanini  ko‘rib  o‘tdik.  San‘at  turlarining  o‘zi  ham  ana 
shunday  muayyan  qismlarga  bo‘linadi  –  ularni  biz  janrlar  deb  ataymiz.  Estetikaga  doir  adabiyotlarda  janrni 
san‘atshunoslik fanlarining muammosi deb hisoblash va uning estetik mohiyati to‘g‘risida engil-elpi to‘xtalib o‘tish 
hollari ko‘p uchraydi. Bu – noto‘g‘ri yondashuv: estetika san‘at xilini, undan kelib chiqadigan turlarni, badiiy asarni 
atroflicha o‘rgangani holda, san‘at turi bilan badiiy asar oralig‘idagi janr muammosiga jiddiy e‘tibor qilmay, o‘tib 
ketolmaydi.  Chunki    hech  bir  san‘at  turi  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  o‘zini  namoyon  eta  olmaydi,  faqat  janr  vositasidagina 
muayyan san‘at turiga oid badiiy asar vujudga keladi. 
San‘at turlarining janrlarga bo‘linishi ularni tasniflashtirish singari murakkab, ―motorni yig‘ganda, doimo bir 
necha murvat ortib qoladigan‖ estetik muammo, sababi, bir tomondan janrlarning nihoyatda rang-barangligi bo‘lsa, 
ikkinchi  tomondan,  ularning  san‘at  turlaridagi  mavqeini  belgilashdagi  fikrlar  xilma-xilligi,  ya‘ni  ko‘p  hollarda 
muayyan janr haqiqatan ham  janrmi  yoki  uning  ko‘rinishlaridan birimi  degan  masala  estetiklar oldida  ko‘ndalang 
turadi.  Masalan,  badiiy  adabiyotdagi  –  janrlar  bo‘linishi  eng  murakkab  bo‘lgan  san‘at  turidagi  she‘r  janrini  olib 
ko‘raylik. She‘r o‘zi, qissa yoki dostondan farqli o‘laroq, alohida janr, lekin ayni zamonda u intim, ijtimoiy, falsafiy, 
manzaraviy, hajviy janrlarda yozilishi mumkin. Demak, she‘r janri yana janrlarga bo‘linadi. Bunday janriy bo‘linish 
ko‘proq g‘oyaviy-hissiy tabiatga ega: intim she‘r – lirik qahramonning ishqiy, sub‘ektiv kechinmalarini aks ettiradi, 
falsafiy  she‘rda–hikmatli  xulosaga,  donishmandlikka  moyillik  birinchi  o‘rinda  turadi  v.h.  Ayni  paytda  bunday 

she‘rlar har xil ko‘rinishlarda yozilishi mumkin; g‘azal, sonet, ruboiy, masal v.b. Endi savol tug‘iladi: she‘r  – janr, 
falsafiy she‘r – janr bo‘lsa, unda hikmatli satrlardan iborat g‘azal shaklidagi she‘r nima? Uni janr nuqtayi nazaridan 
falsafiy  she‘r  deymizmi,  yoki  g‘azalmi?  SHuningdek,  Oybekning  ―Navoiy‖  asari  romanmi  yo  tarixiy  roman 
janridagi badiiy ijod mahsulimi? 
Bu  boradagi  tadqiqotlarning  so‘nggi  xulosasi  tizimli  tahlil  natijalari  bo‘lib,  unga  ko‘ra  janrlar  bosqichma-
bosqich  bo‘linish  tabiatiga  ega
206
.  YA‘ni,  roman  ham  janr,  tarixiy  roman  ham  janr,  hajviy  roman  ham  janr  v.h. 
Darhaqiqat,  hozircha  san‘at  turlarining  bundan  qulayroq  janriy  bo‘linishini  tasavvur  qilish  qiyin.  To‘g‘ri,  ba‘zi 
estetiklar,  janr  va  uning  ko‘rinishlari  degan  atamani  qo‘llashni  taklif  etishadi,  komediya  –  janr,  kinokomediya  – 
janrning  bir  ko‘rinishi  yoki  shakli.  Lekin  bunday,  deylik,  tarixiy  romanni–roman  janrining  tarixiy  ko‘rinishi  deb 
atashimiz noamaliy va sun‘iy ekanini hamma yaxshi his qilsa kerak. Buning ustiga, shunday asarlar borki, ular bir 
necha janrga birvarakay taalluqli bo‘lishi mumkin. Masalan, Fitratning ―Qiyomat‖ asarini ham hikoya, ham hajviy 
hikoya,  ham  xayoliy  hikoya  tarzida  janrlarga  bo‘lishimiz  mumkin.  Ba‘zan  ikki  alohida,  hatto  bir-biriga  qarama-
qarshi  janr  birlashib,  Yangi  janrni  tashkil  etganini  ko‘ramiz.  Masalan,  teatr  san‘atida  tragikomediya  janri  mavjud. 
SHuningdek, bir janr ikki  va  undan ortiq san‘at turiga  ―xizmat‖ qilishi  mumkin. Masalan, telefilm  ham  kino,  ham 
televidenie  san‘atida,  manzara  janri  esa,  ham  rassomlik  ham  badiiy  adabiyotda  qo‘llaniladi.  Farq  shundaki,  ular 
badiiy asarni o‘zlari taalluqli bo‘lgan san‘at turlari talablari vositasida yaratilishini ta‘minlaydilar. 
Umuman, san‘at tarixida janrlarning doimiy o‘zgarib turishi–Yangilanishi, eskirishi, ko‘payishi, iste‘moldan 
chiqib  ketishi  kabi  hollarni  tabiiy  deb  hisoblash  kerak.  Chunki    jamiyat  taraqqiyoti,  inson  shaxsining  cheksiz 
darajadagi o‘zgarib borishi an‘anaviy janrlardan kechish va Yangilarini yaratishni talab qiladi. Masalan, keyingi ikki 
asr mobaynida she‘riy roman, she‘riy qissa, she‘riy novella janrlari vujudga kelgani holda, o‘nlab ―eskirgan‖ she‘riy 
janrlar iste‘moldan chiqib ketdi. Biroq, bunday hodisalarning hech biri qandaydir ko‘rsatmalar yoki qonunlar talabi 
asosida  ro‘y bermaydi,  balki  san‘atning demokratik xususiyatidan kelib chiqqan  holda,  san‘atkor va badiiy asarni 
idrok etuvchi o‘rtasidagi bir-birini tushunishning pirovard natijasi sifatida voqe bo‘ladi. 
Shunday  qilib,  biz  mazkur  bob  mobaynida  san‘at  xillari,  turlari  va  janrlarini  tasniflashtirishdek  murakkab 
masalalarni  baholi  qudrat  ko‘rib  o‘tdik.  Bizning  ba‘zi  mulohazalarimiz,  ilmiy  xulosalarimiz  umumjahoniy  ildizga 
ega  bo‘lgan  milliy  estetikamizda  bu  boradagi  dastlabki  nazariy  yondashuvlardir.  Biroq  ularni  mutlaqlashtirishdan 
yiroqmiz, asosiy maqsad talabalar va domlalarda mustaqil fikrlash malakasini yuksaltirishdan iborat.  
 Sport-  estetik  tarbiyaning  zamonaviy  vositasi.  Sport  estetik  tarbiya    vositasi  sifatida  zamonaviy  insonni  
kamol toptirishda alohida  e‘tiborga  ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda  davlat  siyosati  darajasiga 
ko‘tarildi.  Bundan  ko‘zlangan  asosiy  maqsad    avlodni  jismonan  baquvvat,  sog‘lom,  vatanning  jasur  himoyachisi 
qilib    tarbiyalashdir.  Hozirda  yurtimizda  sportni  rivojlantirishga  doir  ko‘plab  dasturlar  ishlab    chiqilgan    va  ular 
jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O‘zbekiston  ko‘plab sport turlari bo‘yicha 
jahon    musobaqalarni    uyushtiruvchi  va  o‘tkazuvchi  mamlakat  sifatida  jahon    hamjamiyatda  ko‘zga  ko‘rinib 
bormoqda.  Ana  shularning  barchasi  muayyan  ma‘noda    inson  nafosatli  dunyoqarashini,  tafakkurini  
sog‘lomlashtirishga  qaratilgan.  Bir  so‘z  bilan  aytganda,  sport  estetik      tarbiyaning  muhim  vositasi  sifatida 
―Farzandlari sog‘lom yurtning kelajagi porloq bo‘ladi‖,- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo‘shadi.                                   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                 
206
 Qarang: Эстетика. Словар. М., Политиздат, 1989. С.89. 

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin