Andijon mashinasozlik instituti


  ikkinchi muammo.  Estetika fani san'atning   mazmun va shakli singari masala ham  muxim o‘rin tutadi.  Estetika fani.  3



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
falsafa


2.  ikkinchi muammo.  Estetika fani san'atning   mazmun va shakli singari masala ham  muxim o‘rin tutadi. 
Estetika fani. 
3.  Estetikaning yana bir muxim   muammolardan biri badiiy obraz muammosidir. Badiiy obraz hayotni aks 
ettirishni , uni   umumlashtirishning san'atga xos spesifik xususiyatidir. 
4.  Va nixoyat yana bir muammo badiiy diddir. 
Badiiy  did-kishining  adabiyot  va  san'at  asarlaridan  ma'naviy  quvonch  olishi  uning  badiiy  didida  namoyon 
bo‘ladi.  Negaki,  kishilar  san'at  va  adabiyotni  sevadilar.  Badiiy  ijodiyotsiz  insoniyat  hayotini  tasavvur  etish  qiyin. 
San'at asarlarini idrok etganda inson ko‘ngil ila vujudga kelgan tuyg‘ular o‘zini kuchli turkuni , ijtimoiy mazmuni 
bilan  ajralib  turadi.  Chunki, 
 
badiiy  ijodiyotdagi  har  bir  obraz,  har  bir  xarakter  ma'lum  ijtimoiy  idealni  ifodalaydi, 
ma'lum  axloqiy  va  estetik  g‘oyani  ilgari  suradi.  Bu  jihatdan  san'atning  ijtimoiy  ong  formalaridan  biri  sifatida 
kishilaming  tushunchasiga,  ijtimoiy  faoliyatiga  ko‘rsatadigan  ta'siri  nixoyatda  kattadir.  San'at  universal 
xususiyatlarga ega bo‘lib, barcha ijtimoiy guruxlarni, voqe'likni estetik jihatdan o‘zlashtirishga da'vat etadi. 
Estetika  tuyg‘ularning  ma'naviy  tus  olishi  uchun  yetakchi  omilga  aylanadi.  Estetika  ishlab  chiqarish, 
kishilarning  mehnatiga  tobora      ko‘proq  kirib  bormoqda.  Endilkda  korxonalarda  Yangi  xil  stanoklar,  sex 
jihozlarining  estetik  sifatini  ta'minlash,  korxonalarning    barcha  binolari  estetik    talablarga  javob  berishi,  go‘zallik 
tuyg‘ularini uyg‘ota olishi va qondirish uchun g‘amxo‘rlik qilish bilan bevosita mutaxasislar paydo bo‘lmoqda. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitidagi  talabalaridan  yana  biri  o‘quv
 
yurtlari,  binolari    va  o‘quvxonalarini  yosh 
avlodning  badiiy   didiga, hamda  estetik ehtiyojlariga javob beradigan tarzda jixozlantirishdir. 
Maxsus  fan  ishlab  chiqarish  estetikasi,  texnika  estetikasi  fani  paydo  bo‘ldi.  Ilgari  ishlab  chiqarishda 
uchramagan «texnika estetikasi», «dizayn» kabi tushunchalar hayotimizga kirib keldi. 

Hozirgi zamon sanoat ishlab chiqarishning estetik tomonining o‘rganadigan fani texnika estetikasi deyiladi. 
Bu bilan mutaxassis rassomlar shug‘ullanadi. Ularning san'ati «dizayn» degan nom bilan yuritiladi. 
Dizayn  nima?  Dizayn-  bu  ishlab  chiqarishda  rassomlar,  «dizaynerlar»    tomonidan  bo‘lajak  buyum 
loyixasining yaratilishini o‘z ichiga oladigan estetik faoliyatning turi hamda ijod natijasi sifatga, ega bo‘lgan tayyor 
sanoat buyumi. 
Predmetlartarning  vazifasi:  1)  Predmetlartar  tibsizligiga  barham  berish    2)  predmetlar  olamini  tartibga 
keltirish 3) texnika estetikasi va dizayn, uning nazariya va amaliyotining vazifasi ana shubdan iborat. 
   Har qanday texnik shaklga dizayn tomonidan qo‘yiladigan asosiy talab - foydalilik qulaylik  va go‘zallikdir 

Masalan  :  Dastlabki  avtomobil  shakl  jixatidan  oddiy  qadimgi  ekipajni  eslatgan.  Uning  havo  qarshiligiga 
kamroq  uchraydigan,  o‘qlarining  past  tushishi  kabi  sifatlari  bilib  olingandan  so‘ng,  bizning  bugungi  kunda 
zavqlantiradigan va ko‘zimizni quvontiradigan o‘sha dinamik shakli yaratilgan . 
Hozirgi zamon avtomobilining go‘zalligini uning amaliy vazifasidan ajratib bo‘lmaydi . 
Yaqin  kelajak  texnikasi  yanada  mukammalroq  va  go‘zalroq  mashinalar  yaratadi.  Buning  guvohi  qudratli 
kemalar va laboratoriyalarda ranglar tanlab, operatorlik posti signalizasiyasini soddalashtirib, dizayner unga  Yangi, 
go‘zal qiyofa beradi. U avtomobil, samolyot, teploxod, sex, zavodning ichki salonining jihozlashi mumkin. 
 
18-mavzu: Estetikaning zamonaviy muammolari. 
Reja: 
1. Estetik tarbiyaning turlari va yo'nalishlari. 
2.  Insonning  tabiiy,  axokiy  va  estetik  didining  mutanosibligi.  ―Ommaviy  madaniyat‖ning  yoshlar  estetik  didiga 
ta'siri.  
3. Sport va uning ma'naviy-estetik jihatlari.  
4. Olamni estetik anglashda texnologiyalarning roli. Reklamaning estetik jihatlari va g'ayriestetik xolatlar. 
 
Estetik tarbiya – jamiyatda ma‘naviy muhitni paydo qilishga  ko‘mak beruvchi  muhim unsur bo‘lib, u inson 
didini  shakllantiruvchi,  rivojlantiruvchi    hamda  ana  shu  orqali  insonni  jamiyat    munosabatlariga  yaqinlashtiruvchi 
kuchdir. 
        Hozirda  estetik  tarbiyaning    ko‘lami  tobora  kengaymoqda.  Shunga  ko‘ra,  u  o‘z  oldiga  talaygina  muhim 
vazifalarni  qo‘ygan.  Bular:  -kishilarda  san‘at  asarlari,  badiiy  ijod  namunalarini  nafaqat  faol  o‘zlashtirish  balki, 
ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish
    -jamiyat    a‘zolarining  ijodiy  imkoniyatlarini  namoyon    qildirish  va    ulardan  foydalana  bilishga  ishonch 
tuyg‘usini uyg‘otish; 
    -  tabiat  hamda  jamiyat  ijtimoiy  jarayonlariga  sof  tuyg‘u  bilan    munosabatda  bo‘lishga  va  ularni  ravnaq 
toptirish yo‘lida astoydil faoliyat olib borish ko‘nikmalarini hosil qilish;  
     -  o‘tmish  ma‘naviy  merosimizga  hurmat  hissini  uyg‘otish,  milliy  g‘urur,  milliy  iftixor  tuyg‘ularini 
shakllantirish uchun zamin yaratish; 
     -  ijodning  barcha  turlarini  taraqqiy  ettirib  jahonga  yuz  tutish  va  ularni  millat  manfaatlari  uchun  naf 
keltiradigan tomonlarini targ‘ib qilishga undashdir. 
        Estetik  tarbiyaning  asosiy  vositalari  tarkibiga-  san‘at,  information  texnologiyalar,  tabiat,  mehnat,  sport 
kabi sohalarni kiritish mumkin. 
       San‘at-  estetik  tarbiyaning  muhim  vositasi.  Bugungi  kunda    jamiyatimizda  inson    faoliyatini  boshqarib 
borishdan ko‘ra, ushbu jarayonni insonning o‘zi  tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda  san‘at 
mohiyatan shaxsning his-tuyg‘ulariga ta‘sir ko‘rsatishga qodir  bo‘lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o‘ziga 
jalb etib  kelgan. San‘at insonning ehtiroslar va tuyg‘ular olamiga singib borib ularni  yig‘latadi, kuldiradi, o‘ylashga 
majbur qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak san‘at barcha  davrlarda   insonga hamroh bo‘lib kelgan. 
       San‘at    o‘zining  estetik  bisotini  to‘laligicha    namoyon  qilishi  uchun    ham  tarbiya  jarayoni  bilan  chambarchas 
bog‘lanadi.  Chunonchi,  inson    tafakkurini  go‘zallashtirish  estetikaning  tadqiqot  obyekti  hisoblansa,  estetik 
tarbiyaning predmeti esa ma‘naviy  dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan  belgilanadi. 
San‟at xillari va turlarini tasniflashtirish muammosi 
Tasniflashtirish avvalo san‘atni xillashdan boshlanadi. San‘at an‘anaviy tarzda uch xilga bo‘lib kelinadi: 1) epos; 2) 
lirika; 3) drama. 
«Epos»  atamasi  qadimgi  yunonchadan  olingan  bo‘lib,    so‘z,  hikoya,  qissa  ma‘nolarini  anglatadi.  Unda 
muallifning  o‘zi  aralashmagan  holda  voqeanavislik    qilishi,  ya‘ni  ijodkor-sub‘ektdan  voqelik-ob‘ekt  alohidalik 
tabiatiga  egaligi  eng  muhim  belgi  hisoblanadi.  U  dastlab  badiiy  adabiyot  doirasida  qo‘llanilgani  uchun  hozir  ham 
ba‘zilar  uni  faqat  og‘zaki  va  yozma  adabiyot  namunalariga  nisbatan  tadbiq  etishga  urinadilar.  Bunga  qo‘shilib 
bo‘lmaydi.  Chunki    san‘at  turlari  ravnaq  topib  borishi  natijasida  hozir  eposni  epiklik  ma‘nosida  qo‘llash,  boshqa 
san‘at  turlariga  ham  nisbat  berish  mumkin.  Endilikda  faqat  Homerning  «Iliada»si,  «Alpomish»,  «Kalevala» 
dostonlarigina,    roman  janrining  vujudga  kelishi  bilan,  L.Tolstoyning  «Urush  va  tinchlik»,  Abdulla  Qodiriyning 
«O‘tgan  kunlar»  romanlari  singari  asarlar  ham  san‘atning  epos  xiliga  kiradi.  Bugina  emas,  keyingi  paytlarda 
rangtasvir,  musiqa  v.b.  san‘at  turlariga  ham  eposni  tadbiq  etish  mumkin  bo‘lib  qoldi.  M.,  Rixard  Vagnerning 
«Nibelunglar  uzugi»  operasini,  Bahodir  Jalolovning  panno-polotnolarini,  xalq  qahramonligiga  bag‘ishlagan 
haykaltaroshlik  majmularini v.b. shu kabi miqyosli  asarlarni misol qilib keltirish mumkin. 

Lirika  eposdan  ko‘pincha  qat‘iy  syujet  chiziqlariga  ega  emasligi,  voqelikni  ob‘ektda  emas,  sub‘ektda 
berilishi, bevosita muallifning «aralashuvi» bilan shartlanganligi tufayli vajralib turadi. Ayni paytda ko‘lam nuqtayi 
nazaridan ham uni farqlash mumkin; lirikadagi voqelik muallifning  hissiyotlari prizmasidan o‘tib, idrok etuvchiga 
etib  boradi;  unda  hajm  eposdagidek  katta  ham  bo‘lishi  mumkin,  lekin  miqyos,  ko‘lam  sub‘ektlashtirilgan  ob‘ekt 
tarzida, sub‘ektning bir qismi sifatida nisbatan torayadi va kichrayadi. Lekin idrok etuvchi dunyosini eposdagidan 
kam  boyitmaydi,  voqeiylikning  kambag‘allashuvi  hissiyotlarning  mo‘lligi  orqali  o‘z  rasamadini  topadi.  Xullas, 
eposda  muallif  idrok  etuvchini  olisdan  kuzatib  borsa,  lirikada  u  bilan  yonma-yon  «suhbatlashib»  boradi.  SHuning 
uchun muallifni odatda  «lirik qahramon» deb ataydilar. Lekin lirik qahramonni muallif «men»i bilan hamma  vaqt 
ham  aynanlashtirish  maqsadga  muvofiq  emas.  Bu  «men»  umuman  inson,    m.,  u  yo  kosib,  yo  qari,  yoki  yosh,  yo 
o‘tkinchi, yo bevafo sevgilisini o‘ldirgan kishi v.h. Muallif esa, aslida ularning birortasi ham emas, butunlay boshqa 
odam  bo‘lishi  mumkin.  Bu  erda  «men»ning  kimligi  masalani  hal  qilmaydi,  balki  uning  idrok  etuvchiga  beradiga 
lirik  kayfiyati  muhim.  Zero  lirikaning  asosiy  vazifasi  aynan  ana  shu.  Mohiyatan  lirik  kayfiyat  bag‘ishlashga 
qaratilgan asarlarni biz faqat she‘riyatda, badiiy adabiyotda emas,  san‘atning rangtasvir, qo‘shiqchilik, musiqa kabi 
turlarida  ham  uchratamiz.  Ya‘ni,  lirikani  yaratishda  so‘zdan  tashqari  rang,  ohang,  ovoz  singari  badiiy  asar 
«tillari»ning ishtiroq etishini e‘tirof qilmoq lozim. 
Drama (yunonchada-harakat degani) sahnada ijro etishga mo‘ljallangan, matni qatnashuvchilarning dialog va 
monologlari  asosiga  qurilgan,  voqelikdagi  hayotiy  qarama-qarshiliklarni  zididiyat  holati  (konflikt)  orqali 
ifodalaydigan,  san‘atning  nisbatan  «sof»  adabiy  xili.  Dramada  lirikadagi  sub‘ektivlashish  hodisasi  yo‘q,  eposdagi 
voqeanavislikni  ham  uchratmaymiz:  hamma  narsani  ishtirok  etuvchilarning  xatti-harakatlari  va  nutqlari  hal  qiladi. 
SHuningdek, unda eposdagi «og‘ir karvonlikni», lirikadagi «oniy kayfiyatni» ham ko‘rmaymiz: qahramonlar taqdiri 
dinamik  tarzda  rivojlanib  boradigan  fojeaviy  azob-uqubatlar,  og‘ir  ko‘rgiliklar  yoki  tanqidiy  kulgi  vositasidagi 
echim bilan nihoya topadi. Kino san‘ati vujudga  kelganidan keyin kinokomediya, kinodramaturgiya kabi atamalar 
ham estetikaga kerib keldi. 
San‘at o‘ziga xos yaxlitlikka ega ekanini ko‘rib o‘tgan edik. SHu jihatdan olganda, uning bu uch xilini juda 
qat‘iy chegaralab, ajratib tashlash mumkin emas: ular muayyan yaxlitlikning uch qismi sifatida harakat qiladi, bir-
biri bilan dialektik aloqada  voqe  bo‘ladi.  Eposda lirika  va  drama  unsurlarini,  lirikada  epik va  dramatik  holatlarni, 
dramada  –  lirizmni  ko‘p  uchrtamiz.  Chunonchi,  «liro-epik  doston»,  «lirik  drama»,  «dramatik  doston»,  «she‘riy 
darama», singari janriy ko‘rinishlar, epik asarlardagi lirik chekinishlar  – ularaning o‘zaro aloqadorlignini ta‘kidlab 
turadi. 
Shunday qilib, san‘atni xillash borasida qisqacha fikrlashib oldik. Endi eng og‘ir muammo  - san‘at turlarini 
tasniflashtirishga  o‘tamiz.  Bu  haqda  o‘nlab  ilmiy  taklif-mulohazalar  mavjud.  Ba‘zi  olimlar  -    voqelikning  in‘ikos 
ettirilishi,  boshqalar  -  asarning  idrok  qilinishi,  yana  birovlar  -  badiiy  mazmunning  o‘ziga  xos  «til»da  ifodalanishi 
nuqtayi nazaridan tasniflashtirshga yondashganalar. M., so‘z san‘ati, tovush san‘ati, plastik san‘at yoki tomoshaviy 
san‘at,  tasviriy  san‘at,  ifodaviy  san‘at  v.h.  Eng  so‘nggi  Yangilik  sifatida  ularning  bor-yo‘g‘i  ikki  turkumga 
bo‘linishini  keltirish  mumkin.:  tasviriy  san‘at  va  notasviriy  san‘at.  Afsuski,  bularning  birortasini  ham 
turkumlashtirishdagi to‘g‘ri yo‘l deb atash qiyin. M., badiiy adabiyot – so‘z san‘ati. Lekin mohiyatan u so‘z orqali 
tasvirlash san‘ati. Xuddi shuningdek, musiqa – ohang orqali, haykaltaroshlik – substrat orqali, raqs – harakat orqali 
tasvirlash san‘ati emasmi?! YOki boshqa bir misol. Teatr, kino  – tomosha san‘ati. Lekin tasviriy san‘at turkumiga 
kiradigan  rassomlikni,  haykaltaroshlikni  tomosha  qilmaymizmi?!  YOki  bemalol  hamma  san‘at  turlarini  ifodaviy 
degan bir turkumga  kiritish  mumkin emasmi?!  Axir,  hammasi  muayyan  mazmunni  «o‘z  tili»  -  rang, ohang,  so‘z, 
substrat  v.h.  bilan  ifodalamaydimi?!  Xullas,  bunday  tasniflashtirishda  manaman  degan  estetik-faylasufning  ham, 
motorni  echib,  bir  chekkadan  ochib,  so‘ng  yiqqan  paytida  ancha  muncha  gayka,  bolt,  vint  kabi  murvatlari  ortib 
qolib, ularni qayoqqa joylashtirishni bilmay boshi qotgan haydovchining ahvoliga tushishi hech gap emas. Bizning 
nazarimizda, bu borada  mantiqiy yondashuv tamoyili yaxshi ish bermaydi.  Chunki  san‘atda shartlilik ustuvor rol 
o‘ynaydi, uning alohida o‘z mantiqi – badiiy mantiq bor, shu bois doim ham unga doir mulohazalar, oddiy mantiq 
ilmi qoidalariga amal qilavermaydi. 
Mazkur muohazalarni hisobga olgan holda, biz, san‘atning mavjudlik shartidan, ya‘ni uning ma‘naviy borliq 
sifatida  namoyon  bo‘lish  holatidan  kelib  chiqib,  ko‘pchilik  tomonidan  qabul  qilingan  makon  (me‘morlik, 
haykaltaroshlik  v.h.),  zamon  (badiiy  adabiyot,  musiqa  v.h.)  va  makon-zamon  (teatr,  stirk  v.h.)  bo‘yicha 
tasniflashtirishni  ma‘qul  deb  hisoblaymiz.  Biroq  san‘at  tarixiy  hodisa  ekanini,  u    qadimdan  tadrijiy    rivojlanib 
kelganini, taraqqiyoti mobaynida o‘zgarishlarga uchraganini va ma‘lum bir tarixiy davrda muayyan san‘at turi faol, 
etakchi  bo‘lganini  nazarda  tutib,  ayni  paytda  yuqoridagi  birgina  turkumlashtirish  hamma  tomonni  qamrab 
olomasligini  hisobga  olib,  masalaga  tarixiylik  tamoyili  asosida  yondashuvni    ham  maqsadga  muvofiq  deb 
o‘ylaymiz. Shundan kelib chiqqan holda, biz taklif etayotgan tasnif san‘at turlarini uch turkumga bo‘lib o‘rganishin 
taqozo  qiladi.  Bular:  1)  arxaik  -  endilikda  tarixga  aylangan,  hozirga  paytda  real  hayotda  amalda  bo‘lmagan;  2) 
an‘anaviy  -  qadimdan  hozirgi kungacha o‘z  o‘rnini  va  ahamiyatini  yo‘qotmay  kelayotgan; 3) zamonaviy  –  ilmiy-
texnik taraqqiyot natijasida vujudga kelgan «texnikaviy», Yangi san‘at turlari. 
Ushbu  tasnifga  ko‘ra,  arxaik  san‘at  turlari  –  badihago‘ylik  va  xattotlikni;  an‘anaviy  san‘at  turlari  –  badiiy 
adabiyot, baxshilik, me‘morlik, ko‘rgazmali amaliy san‘at, haykaltaroshlik, rangtasvir, grafika, musiqa, teatr, raqs, 
qo‘shiqchilik,  estrada,  stirk  va  askiyani;  zamonaviy  san‘at  turlari  –  fotosan‘at  (badiiy  suratkashlik),  kino, 
televidenieni o‘z ichiga oladi. 
Mazkur  ikki  yo‘nalishdagi  turkumlashtirish  ma‘lum  ma‘noda  san‘at  turlarini  tasniflashtirishni  estetik 
boshqotirmaga aylanib ketishdan saqlashga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.  

Arxaik san‟at turlari 
Arxaik turga  qaysi san‘at  turlari kirishi sizga  ma‘lum.  SHu bois to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ular, imkon doiramizdan 
kelib chiqqan holda, qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
 Badihago‟ylik. Bu san‘at turi asosan lirik yoki didaktik she‘rlarni o‘z ichiga oladi. Badihago‘ylarni ba‘zan 
maddohlar  deb  ham  atashgan.  U  asosan  Sharqda  vujudga  kelgan  va  taraqqiy  topgan.  Uni  g‘arb  adabiyotidagi 
imporovizastiya  yoki  ekspromt  san‘atkorlar  bilan  chalkashtirish  kerak  emas.  Chunki    ular  muayyan  san‘at  turi 
ichidagi hozirjavoblik, xolos. Badihago‘ylik – og‘zaki ijod qiluvchi san‘atkor. Uning baxshidan farqi o‘z mavzuiga 
ega ekanligi, she‘rlarning jamoaviy, halq og‘zaki ijodi variantlari yoki versiyalari emas, balki mustaqil asar sifatida 
idrok etish bilan bog‘liq. Badihaqigo‘y buyurtmaga binoan ko‘pincha  bozorlarda, ba‘zan saroylarda she‘r o‘qigan, 
goho she‘rni musiqiy asbob jo‘rligida ijro etgan. Badihaning bahosi uning qay darajada originalligi, tashbehlarning 
quyuqligi, buyurtma egasining qalbida etib borishi, ya‘ni ta‘sirchanligi kabi xususiyatlariga qarab belgilangan. Idrok 
etuvchi (buyurtmachi) ba‘zi misralar yoqmasa, uni badihago‘ydan o‘zgartirishni talab qilgan va uning talabi albatta 
bajarilishi kerak bo‘lgan. Bu qoidaning azaldan mavjudligini Imom G‘azzoliy  ―Ihyo ulum ad din‖ asarida Qur‘on 
oyatlari  bilan  she‘riy  misralarni  solishtirish  asnosida  misol  tariqasida  keltirganini  eslaylik.  Badihago‘ylik  faqat 
musulmon Sharqida emas, balki budhaviylik mintaqasida ham qadimdan keng yoyilgan. U nafis, inja bir san‘at turi 
tarzida  zadogonlar oilasida  katta  e‘tibor qozongan,  yuqori baholangan. SHu sababli badihago‘ylik iste‘dodiga  ega 
bo‘lgan  a‘yonlar  Xitoy  hoqonlari  saroyida  g‘oyatda  qadrlanganlar.  Biroq  yozma  adabiyotning  keng  yoyishdagi 
natijasida  badihago‘ylik  mustaqil  san‘at  turi  sifatidagi  mavqeini  asta-sekin  yo‘qota  bordi,  keyinchalik  baxshilik 
san‘ati  bilan  singishib  ketdi.  Afsuski,  u  jamoaviy  ijod  emas,  balki  individual  og‘zaki  ijod  bo‘lgani  uchun  uning 
namunalari saqlanib qolmagan, faqat tarixiy va falsafiy-tasavvufiy asarlarda uchratishimiz mumkin. 
Xattotlik.  Yozma  adbiyotning  keng  yoyilishi  bir  tomondan,  badihago‘ylik  ravnaqiga  chek  qo‘ygan  bo‘lsa, 
ikkinchi tomondan Yangi san‘at turi xattotlikning vujudga keltirdi. Xattotlik Xitoy, YAponiya, Suriya va musulmon 
mintaqasida  va  Yevropada  keng  yoyildi,  dastlab  unga  qimmatbaho  kitoblarni  chiroyli  yozuv  bilan  ko‘chirib 
ko‘paytirish  xunari  sifatida  qaralgan.  Keyinchalik  u  mustaqil  san‘at  turiga  aylandi.  Xattotlik  quroli  sifatida 
musulmon  Sharqida  qamish  qalam,  Budha  Sharqida  mo‘yqalam,  Yevropada  –patqalam  qo‘llanilgan.  Xattotlikda 
harf yoki ieroglif ham aniq, ham chiroyli yozilishi bilan go‘zallikni  namoyon etadi. Har bir xattot san‘atkor sifatida 
o‘z yozish uslubiga ega bo‘lgan. Bizning mintaqamizda ushbu san‘at tufayli arab yozuvining turli xil go‘zallashgan 
ko‘rinishi vujudga keldi. Nasta‘liq, nasx, suls, kufiy, Rayhoniy va b. shular jumlasidandir. 
Hukumdorlar  devonlaridagi  mirzalar  ham  chiroyli  yozuv  sohiblari  bo‘lgan.  Lekin  ular  farmonlar, 
ko‘rsatmalar,  rasmiy  maktublar  bilan  shug‘ullanganlar,  ularda  real,  diplomatik  talablar  ifoda  topgan.  Xattotlikda 
harflar  go‘zalligi,  birinchi  o‘rinda  turgan.  Bunga  misol  tariqasida  Sultonali  Mashhadiy  ko‘chirgan  Navoiy 
devonlarini  keltirish  mumkin.  Xattotlik  san‘atining  ravnaqi  O‘rta  asarlarga  to‘g‘ri  keladi.  Tabriziy,  Sultonali 
Mashhadiy, Majnun ibn Kamoliddin Rafiqiy, Munis Xorazmiy singari xusnixatning yirik san‘atkorlari ayni paytda 
xattotlik san‘ati to‘g‘risida estetik risolalar ham bitganlar. 
Xattotlikning  san‘at  tarixidagi  yana  bir  muhim  xizmati  shuki,  u  musulmon  Sharqida  rangtasvir  san‘ati 
rivojiga, xususan uning minatyura janri taraqqiyotiga ulkan xissa  qo‘shdi. Kitoblar nafaqat o‘simliksimon tasvirlar 
bilan  bezatila  boshlandi,  balki  ko‘chirilayotgan  asar  syujetlariga  mos  minatyuralar  ham  rusm  bo‘ldi.  Bularning 
hamasi  Navoiy  davrida  Hirotda  ―Nigoriston‖  miniatyura  maktabining  vujudga  kelishiga  olib  keldi.  SHuningdek, 
keyinchalik  Buxoro,  Hindiston,  SHeroz  minatyura  ham  paydo  bo‘ldi  va  endi  miniatyura  maktablari  alohida,  faol 
janr sifatida ma‘naviy hayotda katta o‘rin egalladi. M., SHafiiy Abbosiyning ―Uxlayotgan darvish‖ (Isfaxon, 1650), 
Mirza  Alining  ―SHaxmat  o‘yini‖  (Mashhad  1556  –  65)  Buxoro  maktabida  yaratilgan  ―Ustoz  va  shogird  kurashi‖ 
(XVIasr), ―CHashma bo‘yidagi bazm‖ (1578) kabi minatyuralar ana shunday mustaqil maktablar namunalaridir. 
Ko‘rib  o‘tganimizdek,  xattotlik    san‘ati  kitobat,  ya‘ni  kitobni  o‘quvchiga  go‘zal  shaklda  etkazish  bilan 
bog‘liq. SHu bois bosma tarzda kitob chop etish vujudga kelgach, xattotlikka ehtiyoj qolmadi va tez orada u san‘at 
sifatida  faollikni yo‘qotib, tarixga aylandi. 
An‟anaviy san‟at turlari. 
Avval  aytganimizdek,  barcha  san‘at  turlari  dastlab  vujudga  kelganida,  ularda  bevosita  manfaatdorlik, 
fidoyilik  jihatlari  ustuvor  bo‘lgan,  hunar  sifatida  qabul  qilingan:  yuqoridagi  badihago‘ylik  ham,  xattotlik  ham 
tekinga  bajarilmagan.  Keyichalik  ularda  estetik  xususiyatlar,  xususan,  go‘zallik  asosiy  maqsadga  aylangan. 
An‘anaviy san‘at turlarining ba‘zilarida ana shu ikki tomon baravar, bevosita tarzda saqlanib qolgan. Bunday san‘at 
turlari sirasiga me‘morlik va ko‘rgazmali san‘at kiradi. 
Me‟morlik.  Bu  san‘at  turining  paydo  bo‘lishi  insonning  turar  joyiga  bo‘lgan  ehtiyojidan  kelib  chiqqan  va 
odamning estetik tabiati uni tobora go‘zallashtirib borishni talab etgan. Keyinchalik bu talab o‘limdan keyingi ―turar 
joyga‖  maqbarlarga  tadbiq  etilgan.  Undan  so‘ng  hukumdorlar  saroyilari,  devonxonalar  turli  rasmiy  va  norasmiy 
xizmat  binolari,  ibodatxonalar  ham  ana  shu  go‘zallik  qonuniga  binoan  qurilgan.  Ispaniyadagi  Al-Humro  masjidi, 
Olmoniyadagi Kyoln jomesi, Xivadagi Nurillavoy saroiy v. b. shular jumlasidan. 
Me‘morlik  –  mavjudligi  makon  bilan  shartlangan  san‘at  turi.  Unda  hajm,  makonni  egallash  xususiyati 
birinchi o‘rinda turadi, deyishadi, aslida ―xajm‖ emas, mahobat atamasini qo‘llash maqsadga muvofiq, zero mahobat 
ulug‘vorlik  ifoda  topgan  hajmdir.  Me‘morlikning  san‘at  sifatidagi  estetik  mohiyati  uning  kulgililik  xususiyatini 
inkor  qilishi  va  ulug‘vorlik  xususiyatini  barqaror  etishi  bilan  bog‘liq,  hech  bir  san‘at  turida  ulug‘vorlik  bu  qadar 
o‘zini  yaqqol  namoyon  qilmaydi.  Ayni  paytda  unda  tasviriylik,  noziklik,  injalik  kabi  go‘zallik  unsurlari  katta 
ahamiyatga  ega,  ular  mahobatning  tarkibiy  qismini  tashkil  etgani  holda,  xandasaviy  yoki  bargsimon  naqshlarda, 
stirkor  narsalarda,  devoriy  yozuvlarda,  peshtoqiy  tasvirlarda  o‘z  aksini  topadi.  Masalan,  Samarqanddagi  Registon 

majmuyiga  kiruvchi  SHerdor  madrasasini  1619-1939  olib  ko‘raylik.  Madrasa  peshtoqidagi  koshinkorli  bezak 
orasida  qora  zamini  koshinga  oq  harflar  bilan  me‘mor  Abdujabbor  nomi  bitilgan.  Peshtoq  ravog‘ining  tepasida 
qizg‘ish  zarhal  tusli  sher  oq  kiyikni  quvib  bormoqda.  Quyosh  bodomqovoq,  qiyiq  ko‘zli  tarzda  tasvirlanib,  yuzi 
zarhal  yog‘duga  yo‘g‘rilgan
197
.  Binoga  sinchikovlik  bilan  qarar  ekanmiz,  uning  bir  paytlar  mulavachchalar 
(talabalar) o‘qiydigan oliy o‘quv yurtlaridagi madrasa bo‘lganiga hatto ishongingiz kelmaydi.. 
Albatta  zamonaviy  me‘morlikda  bunday  jihatlarining  hammasini,  tasviriy  to‘kiislikni  uchratish  qiyin.  
Ayniqsa sho‘rolar davridagi o‘quv yurtlari, rasmiy va turar-joy binolari qurilishlari vaqt nuqtayi nazaridan an‘anaviy 
me‘morlikdan qanchalik uzoqlashgan sari, shunchalik san‘atlik xususiyatini yo‘qotib bordi. Masalan, ikkinchi jahon 
urushi davridagi me‘morlik qurilishlari (Alisher Navoiy nomidagi katta akademik teatr binosi) bilan 60-80 yillarda 
tiklangan  binolarni  solishtirishda  bu  farq  yaqqol  ko‘rinadi.  Ayniqsa  turar  joy  binolarining  bir  xilligi,  xususan, 
to‘qqiz  qavvatli  ―quti‖larga  me‘morlik  san‘ati  haqida  o‘ylashing  o‘zi  g‘ayritabiiy  tuyuladi.  Buni  mashhur  rus 
kinorejisyori E.Razyanov o‘zining  hammamiz  yaxshi biladigan  ―Qushday engil bo‘ling‖  filmida  ko‘rsatib bergan. 
Filmning  premerasida  dastlab  ekranda  meksikancha  shlyapa  kiygan,  qo‘lida  ulkan  qamchi  tutgan,  qavog‘i  soliq  
haybatli  kishi  paydo  bo‘lgan.  U  me‘morlik  san‘ati  qo‘llangan  turli  ko‘rinishdagi  binolarni  har  qamchilaganida 
yalong‘ochlab  (avval  tomlardagi  va  peshtoqlardagi,  keyin  derazalardagi  va  devorlardagi  bezaklarni  ko‘chirib 
tushirish asnosida) bir xildagi ―quti‖larga  aylantirib chiqadi(keyinchalik  «qamchili hukmdor» olib tashlandi). Ana 
shundan so‘ng bir xildagi «qutilarga joylashgan» sovet kishilarining kulgili sarguzashtlari boshlanar edi. 
Insonga asosan ishlab chiqaruvchi  kuch sifatida qaragan, har bir shaxsning noyob  hodisa, takrorlanmas oliy 
qadriyat  ekanligi  tan olinmagan totalitar tuzum  me‘morlikka  san‘at,  ya‘ni  ma‘naviy qadriyat  tarzida  munosabatda 
bo‘lmasdi  ham.  Ne-ne  me‘moriy  yodgorliklarning  –  yuzlab  qadimgi,  takrorlanmas  sa‘nat  namunalari  hisoblangan 
madrasalar,  maqbaralar  va  cherkovlarning  portlatib  tag-tugi  bilan  yo‘q  qilib  tashlanganini  eslang.  Mustaqillikka 
erishganimizdan so‘ng me‘morlik yana o‘zining san‘atligiga qaytdi. Respublikamiz prezidenti Islom Karimovning 
tashabbusi  bilan  qator  me‘moriy  majmular,  loyihalar  yaratildi,  qadimgi  yodgorliklar  ta‘mirlandi.  Shuning  natijasi 
o‘laroq, bugun biz Imom Buxoriy me‘moriy majmui   kabi ulug‘vor san‘at namunalariga egamiz. Yakka tartibdagi 
binolar  ham,  jamoat  binolari  ham,  ishlab  chiqarish  inshoatlari  ham  endilikda  har  xil  original  loyihalar  asosida, 
me‘morlik san‘ati qoidalariga binoan bunyod etilmoqda. 
Zero har bir binoni umumiy qolip asosida emas, alohida me‘mor  – arxitektor taklif qilgan loyiha vositasida 
bunyod  etilishi  me‘morlikning  san‘at  ekanini  belgilaydigan  eng  muhim  omil  hisoblanadi.  Chunki    me‘mor  – 
quruvchi-injener    emas,  san‘atkor.  Uning  uchun  bino  loyihasi  shunchaki  hisob-kitob  qilingan  chizmalar  emas, 
ilhom, iste‘dod natijasi bo‘lgan ijodiy ish, bo‘lajak asarning g‘oyasi va rejasidir. Shu bois ba‘zi bizgacha etib kelgan 
ulug‘vor, go‘zal me‘moriy obidalar Amir Temur, (Samarqanddagi Amir Temur Jome masjidi), Ulug‘bek (Ulug‘bek 
madrasasi, Observatoriya) kabi hukmdorlar loyihalari asosida qurilgani bejiz emas. 
Hozirgi paytda zamonaviy materiallar asosida qurilayotgan binolar ham san‘atlik xususiyatiga ega ekani bilan 
diqqatga sazovor. Ularda ko‘rgazmali-amaliy san‘at, atrof-muhit go‘zallashtirish estetikasi binoning mahobati bilan 
uyg‘unlashib ketadi. Natijada bino yanada ulug‘vorroq ko‘rinish kasb etadi. M., «SHeraton» mehmonxonasi, Oliy 
Majlis binosi kabi inshootlarni shunday zamonaviy me‘morlik namunalari qatoriga kiritish mumkin. 
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin