Andijon mashinasozlik instituti


Falsafa va  fanning  o‟zaro  mutanosibligi  va  farqi



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
falsafa


Falsafa va  fanning  o‟zaro  mutanosibligi  va  farqi. Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa, 
chunonchi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, ilmiy jabhalari, san‘at va shu kabilar bilan ham uzviy bog‘liq. Biz 
falsafa  va  fan  munosabatlarining genezisi  haqida  ularning  birligi  va  farqlarini aniqlash  maqsadida  so‘z  yuritamiz. 
Mazkur masalani mufassalroq o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo ko‘rsatilgan tushunchalarning asosiy ma‘nolari 
va mazmunlarini aniqlab olamiz. 
Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor talqinlari shakllangan.  
Keng  (yig‘ma)  ma‘nodagi  fan  –  bu  butun  inson  faoliyati  jabhasi  bo‘lib,  uning  vazifasi  borliq  haqidagi 
ob‘ektiv  bilimlarni  o‘rganish  va  ilmiy  nazariy  tizimga  solishdan  iboratdir.  Bu  yerda  ―fan‖,  ―olim‖  tushunchalari 
muayyanlashtirilmaydi  va  umumiy,  yig‘ma  tushunchalar  sifatida  talqin  qilinadi.  ―Fan‖  tushunchasi  falsafaga 
tatbiqan ko‘pincha ayni shu kontekstda qo‘llaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman o‘rinlidir.  
Muayyan  ilmiy  fanlar,  masalan,  fizika,  kimyo,  biologiya,  tarix,  matematikani  ifodalash  uchun  «fan» 
tushunchasiga  torroq,  binobarin,  izchilroq  ma‘no  yuklanadi.  Bu  yerda  fanga  aniq  ta‘rif  berilgan,  olim  esa  tor 
mutaxassis, muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, balki doim va albatta yo fizik, yo ximik, 
yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu ob‘ekti 
(hodisasi) haqidagi ilmiy bilimlarning qat‘iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.  
Bunday fanlarning har biri faqat ularning o‘zigagina xos bo‘lgan maxsus qonunlar va metodlarga, mazkur fan 
uchun  yagona  bo‘lgan  til,  kategoriyalar  a‘‘arati  va  hokazolarga  ega  bo‘ladiki,  bu  yuz  bergan  jarayonlarni  to‘g‘ri 
tavsiflash  va  tushuntirish,  hozirgi  davrni  to‘g‘ri  tushunish  va  bilimlarning  tegishli  sohasida  albatta  yuz  beradigan 
yoki  muayyan  sharoitda  yuz  berishi  mumkin  bo‘lgan  voqealar  yoki  jarayonlarni  ma‘lum  darajada  aniq  bashorat 
qilish imkonini beradi. U  yoki bu  fanning  mazmuni  ham, u erishgan  natijalar ham barcha  madaniyatlar va  xalqlar 
uchun yagona bo‘lib, ayrim olimning yondashuvi,  nuqtayi nazari yoki dunyoqarashiga mutlaqo bog‘liq emas. Ular 
mazkur sohada olg‘a siljish uchun o‘zlashtirish lozim bo‘lgan, vaqt va amaliyot sinovidan o‘tgan bilimlar yig‘indisi 
sifatida avloddan-avlodga o‘tadi.  
Falsafada  esa  qadimda  donishmandlik  muxlislarining  son-sanoqsiz  savollariga  tajriba  yo‘li  bilan  olingan 
ba‘zi  bir  oqilona  javoblar  mavjud  bo‘lgan.  Bu  javoblarni  haqqoniy,  ya‘ni  amaliyot  sinovidan  o‘tgan,  kundalik 
hayotda o‘z tasdig‘ini to‘gan, aniq bilim deb nomlash mumkin. Bunday javoblar masala «yo‘ilishi», kun tartibidan 
chiqarilishiga sabab bo‘lgan, boshqacha aytganda, aniq ta‘riflangan va boshqa javoblarni istisno etgan.  
Bunga juda ko‘p misollar keltirish mumkin. Masalan, har qanday uchburchak burchaklarining yig‘indisi 180 
gradusga tengligi yoki suyuqlikka solingan jismga siqib chiqarilgan suyuqlik og‘irligiga teng kuch ta‘sir ko‘rsatishi 
aniqlangani  zahoti  bu  masalalar  o‘zining  «ochiq»  xususiyatini  yo‘qotgan,  ya‘ni  ular  o‘zining  boshqa  variantlarni 
istisno  etadigan  aniq  yechimini  topgan.  Bu  mazkur  masalalar  atrofida  har  qanday  qo‘shimcha  mushohada  yuritish 
foydasizligi tufayli o‘zining har qanday ahamiyatini yo‘qotganligini anglatgan. Yechilgan masalalar va muammolar 
esa  aniq,  ishonchli  bilim  darajasiga  o‘tgan  va  shu  davrdan  e‘tiboran  o‘zining  falsafiy  tusini  yo‘qotgan.  XX  asrda 
taniqli nemis faylasufi K.Yaspers bu muhim qoidani ta‘riflar ekan, shak-shubhasiz asoslardan birini har kim e‘tirof 
etgudek  bo‘lsa,  u  shu  tariqa  ilmiy  bilishga  aylanadi  va  bundan  buyon  falsafa  hisoblanmaydi,  balki  bilimning 
muayyan sohalariga tegishli bo‘ladi, deb qayd etdi.  
Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular: 
-avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi; 
-o‘rganilayotgan ob‘ektlar va hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini aniqlashga qarab mo‘ljal oladi; 
-kategoriyalar  apparatini  (o‘z  tilini)  yaratadi,  o‘zlari  ilgari  surgan  qoidalarni  asoslaydi,  ularga  dalil-isbot 
keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi. 
Falsafa va fan o‘rtasidagi farq shunda namoyon bo‘ladiki: 
falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog‘lanadi, bunda uning g‘oyalari, asarlari o‘ziga to‘q bo‘lishi va 
ularga boshqa  faylasuflar qo‘shilishi yoki qo‘shilmasligiga bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Fan esa, mohiyat e‘tibori 
bilan, jamoa mehnati mahsulidir; 
                                                 
2
 Karimоv I.A. Jamiyatimiz mafkurasi хalqni – хalq, millatni – millat qilishga хizmat etsin // Biz kеlajagimizni o‘z 
qo‘limiz bilan quramiz. 7-jild. –T.: O‘zbеkistоn, 1999. –B.98 

-falsafada (muayyan fanlardan farqli o‘laroq) yagona til va yagona tizim mavjud emas. Bu yerda fikrlar rang-
barangligi  me‘yor  sanaladi.  Fanda  esa  monizm  hukm  suradi,  chunki  hech  bo‘lmasa  fanning  u  yoki  bu  muayyan 
sohasidagi  asosiy  tamoyillar,  qonunlar  va  kategoriyalar  tizimi  (til)ga  nisbatan  yondashuvlar  birligi  albatta  mavjud 
bo‘ladi; 
-falsafa  ilmiy  bilimlar  va  dalillardan  keng  foydalanadi,  biroq  uning  uzil-kesil  xulosalari  ishonchli  deb 
hisoblanishi mumkin emas, zero ular asosan faylasuflarning sub‘ektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan esa 
mohiyat  e‘tibori  bilan  isbotlangan  va  sinashta  bilimlar  olishga  harakat  qiladi,  bunda  olingan  bilimlarni  tekshirish 
yoki  rad  etish  imkoniyatining  mavjudligi  bu  bilimlar  haqiqiyligi  va  ilmiy  jihatdan  asosliligining  muqarrar  sharti 
hisoblanadi; 
-falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas (aks holda ular ilmiy bilimlarga aylanadi); 
-falsafa aniq ‗rognoz bera olmaydi, ya‘ni u ishonchli bilimlarni kelajakka tatbiq etishga qodir emas, zero unda 
bunday  bilimlar  yo‘q.  Ayrim  faylasuf  falsafiy  qarashlarning  muayyan  tizimi  yordamida  faqat  bashorat  qilishi 
mumkin, lekin u olim kabi ‗rognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas.  
Falsafa    fanining    predmeti,  funktsiyalari.  Endi  «Falsafa  nimani  o‘rganadi?»,  degan  savolni  berishimiz 
mumkin.  Falsafaning  predmeti  -  insonda  bilishga  qiziqish  uyg‘otadigan,  mifologiya,  din  yoki  fan  javoblaridan 
qoniqmagan  insonning  o‘ziga  ma‘lum  bilimlar  va  tajribaga,  muayyan  e‘tiqod,  ishonch  va  intuitsiyaga  tayangan 
holda  oqilona  asoslangan  javoblar  berishga  harakat  qiladigan,  savollar  tug‘diradigan  har  qanday  ob‘ektiv  va 
sub‘ektiv  borliqdir.  Boshqacha  aytganda,  inson  o‘z  qiziqishi  ob‘ekti  haqida  muayyan  tasavvur  hosil  qilish 
maqsadida  savol  berishga  asos  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  hamma  narsa  falsafaning  predmet  idir.  SHu  munosabat 
bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi to‘g‘risida so‘z yuritish mutlaqo o‘rinli 
bo‘ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.  
Biroq  ayni  holda  bizni  fan  sifatidagi,  ayrim  insonning  emas,  balki  butun  jamiyatning  rivojlanish  mahsuliga 
aylangan  ijtimoiy  hodisa  sifatidagi  falsafa  qiziqtiradi  va  ayni  shu  sababli  yuqorida  keltirilgan  ta‘rifda  «inson» 
tushunchasi yig‘ma  ma‘noda qo‘llanilgan. Bu yerda shuni ta‘kidlab o‘tish lozimki,  garchi falsafaning predmet iga 
biz  umumiy  nuqtayi  nazardan  ancha  keng  ta‘rif  bergan  bo‘lsak-da,  ayrim  tarixiy  davrlarda  odatda  u  yoki  bu 
sabablarga ko‘ra muayyan masalalar doirasi falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqadi.  
Masalan,  qadimgi  Yunonistonda  kosmotsentrizm  ilk  falsafiy  ta‘limotlarning  o‘ziga  xos  xususiyati  bo‘lib, 
bunda  asosiy  e‘tibor  «kosmos»,  «tabiat»ni  anglab  etishga  qaratilgan.  Keyinchalik,  qadimgi  yunon  shahar-‘olislari 
ravnaq  to‘gan  davrda  faylasuflar  diqqat  markazidan  ijtimoiy  muammolar,  axloq,  davlat  qurilishi  masalalari  o‘rin 
oldi.  Yevropada xristianlikning, SHarqda  islom dinining  keng qamrovli rivojlanishi,  dinga  e‘tiqodning kuchayishi 
va davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi natijasida o‘rta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. theos – markazdan o‘rin 
olgan xudo) xususiyat kasb etdi, ya‘ni Xudo va u yaratgan olam falsafiy qiziqishlarning asosiy predmet iga aylandi. 
Uyg‘onish  davrida  falsafa  san‘at  (estetika)ga  va  ko‘p  jihatdan  insonga  murojaat  qilindi..  yangi  davr  deb 
nomlanuvchi  XVII-XVIII  asrlarda  falsafa  tobora  kuchayib  borayotgan  fan  bilan  uzviy  bog‘landi,  natijada  falsafiy 
tadqiqotlarning diqqat markazidan bilish va ilmiy metodlar masalalari o‘rin oldi.  
XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  yuz  bergan  «klassik  falsafa»  va  oqilonalik  inqirozi  irratsionallik,  intuitivlik, 
ongsizlik  muammolarini  namoyon  etdi,  XX  asrning  birinchi  yarmida  ular  «noklassik  falsafa»  tahlilining  asosiy 
predmet iga aylandi, bu esa, o‘z navbatida, matnlar mantig‘i, tili, ularni talqin qilish va sharhlashga alohida qiziqish 
uyg‘onishiga  olib  keldi.  XX  asrning  so‘nggi  o‘n  yilliklarida  hozirgi  madaniyatdagi  inqiroz  hodisalarini  va  yangi 
axborot texnologiyalarining, shuningdek ommaviy kommunikatsiya vositalarining jadal sur‘atlarda rivojlanishi bilan 
belgilangan  muammolarni  kun  tartibiga  qo‘ygan  ‗ostnoklassik  falsafa  shakllandi.  Bu  falsafa  vakillari  «tarixiy 
rivojlanishning tugallanganligi», barcha ma‘nolar va g‘oyalar «aytib bo‘linganligi» haqida mushohada yuritib, inson 
o‘ziga  yog‘ilayotgan  axborotga  ishlov  berishga  qodir  emasligiga  e‘tiborni  qaratar  ekan,  notizimlilik,  Yevropa 
an‘anaviy falsafiy bilimining negizlari, qadriyatlari va chegaralarini o‘zgartirish g‘oyasini ilgari surdilar.  
Nihoyat,  XX-XXI  asr  chegarasida  eng  yangi  falsafada  birinchi  o‘ringa  chiqqan  va  eng  muhim  mavzular 
qatoridan o‘rin olgan  yana  bir mavzu globallashuv jarayonlarining  mohiyatini  va  ularning rivojlanish  yo‘nalishini 
aniqlashga  alohida  e‘tibor  qaratildi.  Bu  jarayonlar  hozirgi  vaqtda  jamiyat  hayotining  deyarli  barcha  jabhalarini 
qamrab  oldi  va  davrimizning  olamshumul  muammolarini  yuzaga  keltirdiki,  ularning  nazariy  va  amaliy  yechimini 
to‘ish bu muammolarni falsafiy darajada anglab etishni ham nazarda tutadi. Xalqaro miqyosda alohida e‘tibor berish 
va  kelishilgan  harakatlarni  taqozo  etuvchi  eng  muhim  muammolar  qatoriga  ekologiya,  demografiya,  xavfsizlik, 
xalqaro jinoyatchilik, energetika resurslari, qashshoqlikka chek qo‘yish muammolarini kiritish mumkin.  
Ko‘rib turganimizdek, falsafaning predmet ini qandaydir bitta, qat‘iy cheklangan, muayyan masalalar doirasi 
bilan bog‘lash mumkin emas. U vaqt omiliga va ob‘ektiv sabablar to‘plamiga qarab, doim u yoki bu muammo yoki 
ularning  muayyan  majmui tarzida  birinchi o‘ringa  chiqadi.  Ammo bu boshqa  mavzular, masalalar va  muammolar 
o‘z  ahamiyatini  yo‘qotadi  va  falsafa  chegarasidan  chetga  chiqadi,  uning  tahlil  predmeti  bo‘lmay  qoladi,  degan 
ma‘noni  anglatmaydi.  Bosh  mavzularni  ikkinchi,  uchinchi  yoki  undan  ham  keyingi  o‘ringa  surib  qo‘yadi,  ular 
muayyan davrda va  tegishli sharoitda falsafiy diqqat  markazidan o‘rin olish  yoki  falsafiy  muammolarning  ustuvor 
yunalishi bo‘ylab  yuqoriga  ko‘tarilish  uchun o‘z  vaqtini  «kutib»,  go‘yoki ‗anada  turadi,  desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. 
Ayni shu sababli biz falsafa tarixida qiziqishlardagi ustuvorliklarning muttasil o‘zgarishini, u yoki bu masala bosh 
masalaga aylanishi, falsafiy hamjamiyatning asosiy e‘tibori ma‘lum vaqt mobaynida unga qaratilishini ko‘ramiz.  
Falsafaning funksiyalari. Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni ta‘riflar 
yoki  gipotezalar,  g‘oyalar  va  nazariyalarni  ilgari  surar  ekan,  ayni  vaqtda  (ba‘zan  shu  tariqa)  har  xil  funksiyalarni 
bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy, 

aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. 
Bu funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va xususiyati 
bilan belgilanadi.  
Dunyoqarashni  shakllantirish  funksiyasi.  Falsafaning,  dunyoqarashni  shakllantirish  funksiyasi,  insonning 
dunyoga  munosabati,  uning  o‘z-o‘zini  va  o‘zini  qurshagan  borliqni  tushunishi,  shuningdek  turli  voqealar, 
hodisalarni  va  o‘z  burchini  qanday  talqin  qilishi  avvalo  va  bevosita  uning  dunyoqarashiga  bog‘liq  bo‘ladi. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, inson dunyoqarashida e‘tiqodlar va bilimlar, tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va 
irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas bog‘lanadi. Ayni shu sababli falsafasiz dunyoning yaxlit 
manzarasini  yaratish  mumkin  emas,  chunki,  «hamma  narsaga  aralashadigan»  falsafagina  dunyoqarashning  o‘zaro 
bog‘lanmagan  turli  «parchalari»ni  birlashtirib,  shu  tariqa  odamlarning  butun  borliqqa  nisbatan  umumiy,  izchil  va 
mantiqan to‘g‘ri munosabatini yaratish imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chikirlar, ahamiyatsiz tafsilotlarni 
mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va hodisalar xossalarining birligiga e‘tiborni qaratadi va shu 
tariqa o‘zining bosh funksiyasi – dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi.  
Falsafaning  gnoseologik  funksiyasi  tajribada  sinash,  tavsiflash  yoki  shak-shubhasiz  inkor  etish  mumkin 
bo‘lmagan, ya‘ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan narsalar va hodisalarni oqilona 
yo‘l  bilan  tushuntirishga  harakat  qilishdir.  Falsafa  u  yoki  bu  mohiyati  aniqlanmagan  yoki  kam  o‘rganilgan 
hodisalarni tushuntirishga nisbatan o‘z yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga 
bo‘lgan  qondirilmagan  qiziqish  o‘rnini  ma‘lum  darajada  to‘ldiradi,  shu  tariqa  mifologik  va  diniy  fantaziyalarga 
kamroq o‘rin qoldiradi.  Falsafa  gnoseologiyada  hal qiladigan boshqa  bir  muhim vazifa  «Haqiqat  nima?»,  «Uning 
mezonlari qanday?», degan masalalar bilan bog‘liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda 
haqiqatning tagiga etishga qarab mo‘ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir.  
Metodologik  funksiyasi  to‘g‘risida  so‘z  yuritganda  metod  tushunchasiga  murojaat  etish  o‘rinli  bo‘ladi.  Bu 
tushuncha  yunoncha  methodos  –  yo‘l,  tadqiqot,  tekshirish  so‘zidan  kelib  chiqqan  bo‘lib,  u  yoki  bu  maqsadga 
erishishning  muayyan  usulini,  shuningdek  borliqni  nazariy  va  amaliy  o‘zlashtirishga  qaratilgan  usullar  yoki 
amallar  majmuini  anglatadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  bu  faylasuf  yoki  olim  o‘zi  o‘rganayotgan  predmet  ning 
tadqiqot  yo‘lidir.  Odatda  metodologiya  muammolari  falsafa  doirasida  o‘rganilgan,  biroq  ayrim  fanlar  vujudga 
kelishi bilan  falsafiy (umumiy)  metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy  metodlar ham rivojlana boshladi. 
Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o‘ynaydigan 
har xil kategoriyalarni ishlab chiqishidan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham ta‘kidlab o‘tish lozimki, falsafa o‘ta 
keng tushunchalar, ya‘ni kategoriyalar bilan ish ko‘rar, ularni ta‘riflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda 
dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini ham bajaradi.  
Falsafaning integrativ funksiyasi fan bilan chambarchas bog‘liq. Real borliqning yangi va yangi ob‘ektlari va 
hodisalari  inson  nazariy  tadqiqotlari  sohasidan  o‘rin  olishi,  shuningdek  ilgari  ma‘lum  darajada  anglab  yetilgan 
narsalar  va  hodisalarni  yanada  chuqurroq  o‘rganishga  bo‘lgan  ehtiyoj  ilmiy  bilim  o‘z  rivojlanishining  dastlabki 
bosqichlaridayoq  tabaqalanishiga  turtki  beradi.  Buning  natijasida  ayrim  fanlar  paydobo‘lib,  ular  nafaqat  o‘z 
tadqiqot ob‘ekti va predmet ini ajratdi, balki o‘zining faqat mazkur fanga xos bo‘lgan tili, kagegoriyalar a‘‘arati va 
hokazolarni  yaratdi.  Ammo  bu  yo‘lda  jiddiy  xavf  ham  mavjud  bo‘lib,  u  shundan  iboratki,  fanlarning  ajralishi 
natijasida ular o‘rtasidagi aloqalar susayadi, ular murakkab kompleks vazifalarni yechishda faol o‘zaro aloqa qilish 
qobiliyatini yo‘qotadi. Qarama-qarshi jarayon – ilmiy bilimlarning integratsiyalashuvi va  u yoki bu muammolarni 
yechish uchun kuch-g‘ayratni birlashtirish jarayoni bu xavfning oldini olish imkonini beradi.  
Murakkab kompleks muammolarni tadqiq etuvchi hozirgi vaqt fanida ba‘zan ayrim ilmiy fanlarning vakillari 
boshqa fanlarning vakillarini faqat ular turli tillarda, ya‘ni har biri o‘z fanining tilida ga‘irgani bois tushunmaydi. Bu 
jihatdan  falsafa  ular  uchun  amalda  bog‘lovchi  bo‘g‘inga,  birlashtiruvchi  asosga  aylanadi,  chunki  u  o‘z  tahlilida 
fanlararo  muloqotga  va  mazmuni  ayni  bir  kontekstda  turli  fanlar  tomonidan  qabul  qilinadigan  va  qo‘llaniladigan 
fundamental tushunchalarni yaratishga qarab mo‘ljal oladi.  
Murakkab  ob‘ektlarni  kompleks  tadqiq  qilishda  har  bir  muayyan  fan  o‘z  predmet  idan  kelib  chiqadi.  Bu 
predmet    doirasi  unga  o‘rganilayotgan  ob‘ektni  yaxlit  ko‘rish,  uning  aloqalarini  aniqlash  imkonini  bermaydi.  Bu 
vazifani hal qilishga ham faqat falsafa qodir bo‘lib, u butun vaziyatni yaxlit ko‘rish imkonini beradi va bu jihatdan 
nafaqat fanlar o‘rtasida, balki inson faoliyatining ayrim jabhalari, masalan, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar bevosita yoki 
bilvosita  bog‘liq  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  huquqiy,  siyosiy,  axloqiy  faoliyat  o‘rtasida  ham  bog‘lovchi  bo‘g‘in 
hisoblanadi.  
Madaniy  funksiyasi.  Falsafa  odamlar  dunyoqarashini  kengaytirish,  ularda  bilishga  qiziqish  uyg‘otish, 
nazariy  fikrlash  madaniyatini  shakllantirish  va  rivojlantirish  orqali  madaniy  funksiyani  ham  bajaradi.  U  dunyoni 
o‘zlashtirish va bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi 
va  ularni butun insoniyat  mulkiga aylantiradi. Turli mamlakatlar va  xalqlarning falsafa tarixini o‘rganish ularning 
o‘tmishdagi  va  hozirgi  madaniyatini  yaxshiroq  tushunish  imkonini  beradi,  g‘oyalar  almashinuvi  va  madaniy 
an‘analarning  o‘zaro  ta‘siriga  ko‘maklashadiki,  bu  madaniy  meros  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lgan  ko‘pgina 
muammolarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi.  
Aksiologik funksiyasi. Falsafa hayotning ma‘nosi, o‘lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yish, u 
yoki  bu  harakat,  voqea,  hodisaga  ―yaxshi‖,  ―yomon‖,  ―muhim‖,  ―foydali‖,  ―foydasiz‖  kategoriyalari  bilan  baho 
berish  orqali–  aksiologik  (yunon.  axia  -  qadriyat)  funksiyani  bajaradi.  U  uzoq  muddatli  tendentsiyalarni  qisqa 
muddatli tendentsiyalardan farqlash, yuzaki jarayonlarni fundamental jarayonlardan, muhim narsalar va hodisalarni 
ikkinchi  darajali  narsalar  va  hodisalardan  ajratish  orqali  insonning  qadriyatlarga  munosabati  bilan  uzviy  bog‘liq 

bo‘lgan tegishli ehtiyojlarini shakllantiradi. SHu tariqa insonning muayyan qadriyatlari, mo‘ljallari va ustuvorliklari 
belgilanadi,  ya‘ni  tegishli  qadriyatlar  tizimi  tarkib  to‘adi.  Bu  tizim  odamlarning  muhim  xususiyati  hisoblanadi, 
ularning hayotga munosabatini aks ettiradi va jamiyatdagi xulq-atvorini ko‘p jihatdan belgilaydi.  
Falsafaning  axloqiy  funksiyasi  odamlar  xulq-atvori  va  u  yoki  bu  jamiyatda  yuzaga  keluvchi  munosabatlar 
bilan bog‘liq. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning tabiati, asoslari va jamiyatdagi amaliy roli falsafaning 
tadqiqot  predmeti  hisoblanadiki,  bu  jamiyatda  yuzaga  keladigan  va  tabiiy  yo‘l  bilan,  ya‘ni  real  hayot  amaliyotida 
o‘rnatiladigan me‘yorlar va qoidalarga sezilarli darajada ta‘sir ko‘rsatadi. Bunday me‘yorlar ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga  soluvchi  muhim  dastak  hisoblanadi  va  odamlarning  o‘zaro  aloqalari,  ularning  munosabatlari  va  o‘zaro  til 
to‘ish  darajasida  namoyon  bo‘ladi.  Xulosa  qilib  aytish  mumkinki,  falsafa  doimo  axloqda,  jamiyatning  barcha 
a‘zolari xulq-atvorida namoyon bo‘ladi va shu tariqa yana bir muhim funksiya – axloqiy funksiyani bajaradi.  
Falsafaning  tarbiyaviy  funksiyasi  haqida  fikr  yuritilganda  bu  masalaning  xalqaro  darajadagi  keng  va  har 
tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim 
xalqlar,  balki  butun  jahon  hamjamiyati  o‘z-o‘zini  anglab  etishga  yo‘naltirilgan  falsafaga  muhtojdir.  Buni  2002 
yildan  Yunesko  qaroriga  binoan,  butun  dunyoda  har  yili  noyabr  oyining  uchinchi  ‗ayshanbasida  o‘tkaziladigan 
―Jahon  falsafa  kunlari‖  ham,  hozirgi  kunda  dunyo  uchun  eng  muhim  masalalarga  e‘tiborini  qaratadigan  Jahon 
falsafa Kongresslari ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Fransiyada o‘tkazilgan, 
1948 yildan boshlab uni har besh yilda bir marta o‘tkazish an‘anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda Boston shahrida 
(AQSH)  bo‘lib  o‘tgan  XX  jahon  falsafa  kongressi  ―‗aydeyya:  insoniyatni  tarbiyalashda  falsafa‖  mavzusiga 
bag‘ishlangan  bo‘lsa,  Turkiyaning  Anqara  shahrida  o‘tkazilgan  XXI  Jahon  falsafa  kongressida  ―Falsafa  jahon 
muammolari bilan  yuzma-yuz‖  mavzusi atroflicha  muhokama qilindi. XXII jahon  falsafa kongressi birinchi  marta 
Osiyo mamlakati bo‘lmish Koreya Respublikasining Seul shahrida ―Hozirgi davrda falsafani qayta anglash‖ degan 
umumiy mavzu ostida bo‘lib o‘tdi. Kongresslarning mavzularidan ko‘rinib turganidek, falsafa real hayot bilan uzviy 
bog‘liq  va  eng  muhim  muammolarni  anglab  etishga  xizmat  qilib  keldi.  SHunday  muammolardan  biri  –  insonni 
shaxs sifatida tarbiyalash va kamol to‘tirishda falsafaning roli va ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta, 
qadimgi davr mutafakkirlarining asarlariga yana bir bor murojaat etish taqozo etiladi. 
Qadimgi mutafakkirlar har tomonlama ta‘lim va tarbiyani, ya‘ni o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini ro‘yobga 
chiqarishga qodir bo‘lgan jismoniy va ma‘naviy jihatdan komil insonni voyaga yetkazishni «paydeyya» (yunon. pais 
–  bola)  atamasi  bilan  ifodalaganlar.  O‘sha  vaqtlarda  paydeyya  aristokratiyaning  o‘ziga  xos  belgisi  hisoblangan; 
endilikda  faylasuflar  ta‘lim  va  tarbiya  muammolarini  yana  birinchi  o‘ringa  qo‘yib,  ularni  hal  qilishda  falsafaning 
rolini  aniqlashga  harakat  qilar  ekanlar,  bu  tushunchani  yana  esga  oldilar.  Xususan,  Boston  kongressidagi  asosiy 
ma‘ruzalarning  mualliflaridan  biri  frantsuz  faylasufi  Per  Obenk:  «Insonning  vahshiyona  tabiatidan  ma‘rifatli 
tabiatga o‘tish imkoniyati qay darajada mavjud?», degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Uning fikricha, insonning yagona 
tabiati  ikki  ma‘noli  bo‘lib,  faqat  ma‘rifat  (Paydeyya)  odamzodni  so‘zning  to‘liq  ma‘nosidagi  insonga  aylantiradi 
yoki, Platon ta‘biri bilan aytganda, Paydeyya uning ko‘zini ochadi.  
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin