Andijon mashinasozlik instituti


-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G'arb falsafasi



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
falsafa


 
3-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G'arb falsafasi 
Reja: 
1. Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktabi. 
2. Ilk o'rta asr G'arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari.  
3. Yangi davr G'arb falsafasidagi asosiy muammolar.  
4. XX-XXI asr G'arb falsafasining oqimlari.
  
 
G‟arb  falsafasi    miloddan  avvalgi  VII-VI  asrlar  chegarasida  shahar-davlatlar  («Polislar»)da  avval  Kichik 
Osiyoning  G‘arbiy  qirg‘og‘ida  (Ioniyada),  so‘ngra  –  Sitsiliya  orolining  yunonlar  yashaydigan  shaharlarida  va 
nihoyat,  Yunonistonda  –  Afinada  (miloddan  avvalgi  V  asr)  vujudga  kelgan  va  qadimgi  dunyo  madaniyati  ravnaq 
to‘ishi  uchun  shart-sharoitlar  yaratgan  sinfiy,  quldorlik  jamiyatining  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi  bilan  bog‘liq 
bo‘lgan.. 
Antik  falsafada  Demokrit,  Geraklit,  Aflotun  va  Arastu  ta‟limotlari.            Qadimgi  Yunonistonda 
faylasuflarni  bemalol  suhbat  qurish  va  istalgan  savolga  javob  olish  imkoni  bo`lgan  donishmandlar,  hayot 
murabbiylari  sifatida  bilishgan.  Yunon  mutafakkirlari  Olam  tuzilishi  va  inson  hayoti  ma'nosini  tushuntirishga 
harakat qilib ko`rishgan. Ular o`simliklar, hayvonlar, inson tanasi, Quyosh va yulduzlarni o`rganishgan. 
Mashhur  yunon  faylasufi  Geraklit  Yyer  yuzidagi  hamma  narsa  olovdan  kelib  chiqqan  deya  uqtirar  edi. 
Geraklit  fikriga  ko‘ra, tabiat  (olov) uzluksiz  o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi.  U  rivojlanish  va  o‘zgarishlar 
manbaini ko‘radi: «Hamma narsa kurash orqali va zaruriyat tufayli yuz beradi. Har qanday hodisa o‘zining qarama-
qarshiligiga o‘tadi: sovuq narsa issiq narsaga aylanadi, issiq narsa sovuq narsaga aylanadi, ho‘l narsa quruq narsaga 
aylanadi,  quruq  narsa  ho‘l  narsaga  aylanadi».  Quyosh  har  lahzada  yangilangani  kabi,  barcha  hodisalar  ham 
o‘zgaradi.  «Ayni  bir  daryoga  ikki  marta  tushish  mumkin  emas:  ikkinchi  marta  suvga  tushayotgan  odamga  yangi 
suvlar  oqadi».  Geraklit  sifat  jihatidan  bir-biriga  zid  bo‘lgan  hodisalar  va  jarayonlarni  ko‘radi:  hayot  va  o‘lim, 
uyg‘oqlik  va  uyqu,  yoshlik  va  qarilik  va  sh.k.  «Eng  toza  va  eng  iflos  dengiz  suvi:  baliqlar  uchun  u  to‘yimli  va 
xaloskor, odamlar uchun esa u ichishga yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko‘rib turganimizdek, qadimgi yunon 
faylasufi  o‘zgarishning  umumiyligi  va  har  bir  xossaning  qarama-qarshi  holatga  o‘tishi  narsalarning  barcha 
sifatlariga nisbiy tus berishini, ya‘ni muayyan holatlarga bog‘liq qilib qo‘yishini qayd etadi. 
Frakiyalik  Demokrit  degan  faylasuf  Geraklit  fikriga  e'tiroz  bildirgan,  bizni  qurshab  turgan  hamma  narsa 
ko`zga ko'rinmaydigan maydamayda zarralar — atomlardan tashkil topgan degan ma'nodagi fikrni bayon etgan edi. 
Yunon faylasufi Diogen Insonda hech qanday ehtiyojlar bo`lmasligi shart degan fikrni o`z ta'limotiga asos 
qilib  oldi.  Hayotdagi  barcha  qulayliklardan  voz  kechgan  Diogen  bir  bochkada  kun  kechirgan.  Makedoniyalik 
Aleksandr  undan:  "Senga  qanday  yordam  berishim  mjimkin?"  deb  so`raganida,  Diogen:  "Nariroq  tursang-chi, 
quyoshni to`sib qo`yding!" deya kinoya qilgan ekan. 
Qadimgi  yunon  olimi  Aristotel  to`plangan  bilimlarni  alohida  tarmoqlarga  ajratdi  va  ularni  mustaqil  fanlar 
sifatida ta'riflab berdi. Aristotelni Sharqda «Arastu» deya aytish keyinchalik odatga aylangan. 
Barcha  zamonlarda  olimlar  ilmiy  masala  yechimini  topgan  yunon  fizigi  va  matematigi  Arximedning 
"Evrika!"  (Topdim,  topdim!")  qiyqirig`ini  takrorlab  yurishadi.  Ehtimol,  bu  bir  afsonadir,  ammo  yunonlar  to`la 
ishonch bilan Arximed ko`zgular tizimidan foydalanib yorug`likni bitta yo`nalishga jamlagani va yunonlar ustiga 
hujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya qilib berishadi. Arximed richag 
qonunini ishlab chiqdi va mashhur bo`lib ketgan bir iborani aytdi: "Menga tayanch nuqtasini topib bering,  Yerni 
o`z o`qidan chiqarib yuboraman!" 
Arximed  boshi  bilan  ilm  dengiziga  sho`ng`igan  olim  timsoliga  aylangan.  Rimliklar  uning  jonajon  shahri 
Sirakuzni bosib olganlarida qumda chizmalar chizgancha  matematikaga oid bir  masalani  yechishga  urinib o`tirgan 
ekan. Rimlik askar yetib kelganida: "Mening chizmalarimga qo'1 tekkizmagin!" deyishga ulgurdi, xolos: Arximedga 
nayza sanchilgan edi. 
      Platon  ham  ijtimoiy  muammolarni  tahlil  qilgan.  U  davlatning  mohiyati  va  shakllarini  shaxs,  ayniqsa 
podshoning  shaxsi  nuqtayi  nazaridan  o‘rgangan.  Uning  fikricha,  podsho  haqiqatparvarlik,  oqillik,  mardlik, 
adolatparvarlik  kabi  fazilatlarga  ega  bo‘lishi  lozim;  umuman  olganda,  odshoda  inson  barcha  qobiliyatlarining 
oqilona mushtarakligi mavjud bo‘lishi darkor. Platon insoniyat tarixida birinchi ideal davlat nazariyasini yaratadi. U 
davlatning uch shaklini tan oladi: monarxiya, aristokratiya va demokratiya. Bu shakllarning har biri ikki ko‘rinishda: 
qonuniy  va  noqonuniy  yoki  zo‘rlik  ishlatishga  asoslangan  ko‘rinishlarda  amal  qiladi.  Platon  davlatning  qonuniy 
shaklini ma‘qul ko‘radi. Uning fikricha, davlatni faylasuflar hammadan yaxshiroq boshqara oladilar. Platon o‘zining 
«Davlat» asarida bu haqda shunday deb yozadi: «Agar qashshoq va yo‘qsillar o‘z shaxsiy manfaatlarini qondirishni 

ko‘zlab,  jamiyatni  boshqarish  imkoniyatini  qo‘lga  kiritgan  bo‘lsalar,  bundan  yaxshi  ish  chiqmaydi:  hokimiyat 
bellashuv maydoniga aylanadi va bunday ichki urush uning ishtirokchilarini ham, qolgan fuqarolarni ham halokatga 
mahkum  etadi.  Hokimiyat  uni  sevguvchi  kishilar  qo‘liga  o‘tishi  ham  yaramaydi.  Aks  holda  ular  bilan  bu  sevgida 
raqiblar bellashadi...»
27

Aristotel ham o‘zining «Siyosat» asarida o‘z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat nima uchun vujudga 
kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning nechta turi bor?», degan savolni o‘rtaga 
tashlaydi  va  o‘zining  bu  savoliga  shunday  javob  beradi:  «Davlat  yashash  uchun  yaratilmaydi,  balki  asosan  baxtli 
yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar va jamoalar o‘rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o‘rnatilganda, 
farovon  va  o‘ziga  to‘q  mavjudlik  maqsadida  vujudga  keladi»
28
.  Davlat  hokimiyati  masalasiga  kelsak,  Aristotel 
uning  «uch  yaxshi»  va  «uch  yomon»  shaklini  qayd  etadi.  Davlat  hokimiyatining  «yaxshi»  shakli  deganda  u 
jamiyatga  xizmat  qiluvchi  hokimiyat  shakllari:  monarxiya,  aristokratiya,  «politiya»,  ya‘ni  o‘rta  sinf  hokimiyatini 
tushunadi.  Davlat  hokimiyatining  «yomon»  shakllari  qatoriga  Aristotel  tiraniya,  sof  oligarxiya  va  ashaddiy 
demokratiyani kiritadi.  
Aristotel  sababiy  bog‘lanishlarning  rang-barangligi  muammosini  ilgari  surib,  dialektikani  yanada 
rivojlantirgan. Uning to‘rt sabab: moddiy,  formal,  harakatlantiruvchi  va  yo‘naltiruvchi  sabablar haqidagi ta‘limoti 
ma‘lum.  «Narsalar  va  hodisalar  vujudga  kelishiga  sabab  bo‘luvchi  omil  (materiya,  substrat)  –  moddiy  sabab»; 
«narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani 
amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad – yo‘naltiruvchi sabab». Aristotel shakl va mazmun (materiya) dialektikasini 
tahlil qilishning o‘z  usulini taklif qildi.  Narsa  – bu shakl  va  materiyaning birligi.  Narsalarning vujudga  kelishi va 
ularning  takomillashuvi  shaklga  bog‘liqdir.  SHakl  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  faol,  materiya  esa  passivdir.  SHakl  – 
narsaning tashqi ko‘rinishi, u dunyoning rang-barangligi va borlig‘ini belgilaydi.  
G‘arb falsafasida –  Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot, 
Platon falsafasi va sh.klarda o‘z ifodasini to‘adi. Jumladan, miloddan avvalgi IV asrda yashab ijod qilgan qadimgi 
yunon  faylasufi  Platon  ikki  dunyo  –  ―g‘oyalar  dunyosi‖  va  ―narsalar  dunyosi‖  mavjudligi  haqida  saboq  beradi. 
―G‘oyalar  dunyosi‖  umumiy  tushunchalardan  iborat,  ―narsalar  dunyosi‖  esa  ―g‘oyalar  dunyosi‖ning  in‘ikosidir: 
―g‘oyalar  dunyosi‖da  ideal  mohiyatlar  mavjud,  ―narsalar  dunyosi‖  esa  bu  mohiyatlar  mahsuli  bo‘lgan  ayrim 
narsalardan iborat. Platonning g‘oyalar haqidagi ta‘limoti uning ―Bazm‖, ―Fedon‖, ―Fedr‖, ―Davlat‖ asarlarida o‘z 
aksini  topgan,  mutafakkirning  ―Teatet‖,  ―Parmenid‖,  ―Sofist‖,  ―Kritiy‖  asarlari  esa  g‘oyalarning  moddiy  dunyoga 
bo‘lgan  munosabati  muammosiga  bag‘ishlangan.  Platon  fikriga  ko‘ra,  materiya  -  g‘oyaning  sof  ―aksi‖,  uning 
―aksilmohiyati‖. Materiyaning mohiyati esa - g‘oya. Haqiqiy borliq - bu ‗iramidani eslatadigan ideal borliq. Uning 
zamirida  ―bilish  va  harakat  asosining  mohiyati‖  sifatida  amal  qiluvchi  go‘zallik  g‘oyasi  yotadi.  Uning  yonidan 
yaxshilik  g‘oyasi  va  oqillik  (haqiqat)  g‘oyasi  o‘rin  oladi.  SHunday  qilib,  Platon  ―g‘oyalar  dunyosi‖  ―narsalar 
dunyosi‖ni  vujudga  keltirishini  nazarda  tutuvchi  ob‘ektiv  idealizm  falsafiy  tizimini  yaratgan.  Platon  g‘oyalar  va 
narsalarni  bir-biridan  ajratib  bo‘lmasligini  qayd  etsa-da,  lekin  buyuk  mutafakkir  uchun  ―g‘oyalar  dunyosi‖ 
birlamchidir.  
Aristotel  ―Metafizika‖  asarida  Platonning  narsalarning  vujudga  kelish  asosi  sifatidagi  g‘oyalar  haqidagi 
ta‘limotini  rad  etadi.  U  mohiyat-g‘oyalar  hissiy  idrok  etiladigan  narsadan  tashqarida  mavjud  emas,  degan  tezisni 
ilgari suradi. Platon fikrlariga e‘tiroz bildirar ekan, Aristotel umumiylik faqat ayrim narsada mavjud deb hisoblaydi: 
―Ayrim narsa bo‘lmasa, umumiylik ham bo‘lmas edi‖. ―Metafizika‖da Aristotel falsafa borliq va uning atributlarini, 
borliqning  oliy  tamoyillari  yoki  sabablarini  o‘rganishini  qayd  etadi.  Bular  ―umumiy  metafizika‖  muammolaridir. 
Ammo  ―xususiy  metafizika‖  ham  mavjud  bo‘lib,  u  ―harakatsiz  substantsiya  yoki  birinchi  boqiy  dvigatel‖ni 
o‘rganadi
 
Xristianlik    va    Avreliy    Avgustin    falsafiy    ta‘limotining    vujudga  kelishi.
 
Xristianlik  Ikki  ming  yil 
muqaddam  Rim  hokimiyati  ostida  bo`lgan  Kichik  Osiyo  va  Falastin  yerlarida  Nazaret  shahrida  duradgor  losif  va 
rafiqasi  Mariya  xonadonida  "Xudoning  o`g`li"  nomini  olmish  Iisus  (Iso)  tug`ilgani  haqida  rivoyatlar  tarqala 
boshladi.  30  yoshida  lisus  sahroda  yashovchi  voiz  Cho`qintiruvchi  Ioann  qo`lida  lordan  daryosida  cho`qintiriladi. 
Yovuzlikni  sodir  etganlar  loannga  tavba  qilish  uchun  kelishardi.  lisus  Xristos  begunoh  bo`lsa-da,  Yaratganga  yo'l 
‗oklovchi tavba-tazarrudan boshlanishini ko`rsatib berish uchun cho`qinadi.O`n ikki nafar havoriylari bilan Falastin 
bo`ylab  sayohat  qilib,  Xudo  oyatlari  haqida  hikoya  qilib  beradi,  turli  mo`jizalar  ko`rsatadi  —  o`liklarni  tiriltiradi, 
yashashdan  umidini  uzgan  tuzalmas  xastalarni  sog`aytiradi.  Yahudiy  ruhoniylari  Iso  ‗ayg`ambarni  mavjud  diniy 
haqiqatlarni  buzib  talqin  etishda  ayblab,  uni  o`lim  jazosiga  mahkum  etadilar.  Rim  noyibi  Pontiy  Pilat  bu  hukmni 
tasdiqlashi  shart edi.  Avvaliga Pontiy Pilat bu ishni qilishdan bosh tortgan, ammo ruhoniylar tazyiqi ostida rozilik 
beradi- Iisusni Golgof tog`ida xochga tortadilar, bu yerda, rivoyatlarda aytilishicha, Yyer yuzidagi ilk inson —Odam 
ato  dafn  etilgan.  Iso  Payg`ambar  3  kunda  dahshatli  azoblar  girdobida  jon  beradi.  Vafotidan  keyin  murdasini  bir 
g`orga  qo`yishadi.  Uchinchi  kuni  dafn  etish  uchun  kelishganda  Iso  Masih  jasadi  qo`yilgan  joyida  yo`qligini 
ko`rishadi. Iso Payg`ambar qayta tirilgan va me'rojga ko`tarilgan, vafot etgan va yashayotgan odamlarning ishlarini 
baholash uchun Yyer yuziga qaytib kelishga va'da bergan. 
Iuisus  haqidagi  rivoyatlar  Yevangeliya  (Injil)  nomini  olgan,  yunonchadan  tarjima  qilganda  bu  so`z 
"Xushxabar"  ma'nosini  anglatadi.  Iso  payg`ambar  ta'limoti  izdoshlari  xristianlar  (nasroniylar)dir.  Shogirdlari 
                                                 
27
 Платон \\ Всемирная энсиклопедия.  –М.: Современний литератор, 2001. –S. 782. 
28
 Аристотел \\ Всемирная энсиклопедия.  –М.: Современний литератор, 2001. –S. 69 

apostollar  (hovariylar)dir.  Xristianlar  jamoalariga  ye‘isko‘lar  peshvolik  qiladilar.  Milodiy  birinchi  asr  xristianlik 
(nasroniylik)  vujudga  kelgan  sana  hisoblanadi.  Rim  hukmdorlari  xristianlarni  ta'qib  etadilar,  yirtqich  hayvonlar 
changaliga  tashlaydilar, turli  qiynoqlarga soladilar.Milodiy 313-yilda  imperator Konstantin  xristianlik davlatning 
boshqa dinlari bilan teng bir din deb e'lon qilingan farmon chiqardilar. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish 
va oshkora ibodat qilishga ruxsat berdi. 
 Apologetika  ortidan  «cherkov  otalari»ning  falsafiy  ta‘limoti  –  patristika  (lot.  Pater  –  ota)  paydo  bo‘lgan. 
patristikaning  eng  yorqin  vakili  Gippon  (SHimoliy  Afrika)dagi  yepiskop  Avliyo  Avgustin  (354-430)dir.  U  o‘rta 
asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko‘pgina vakillariga kuchli ta‘sir ko‘rsatgan.  
Avgustin  «haqiqiy  falsafa  va  haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u  Platon falsafasidan 
to‘ishga  harakat  qilgan.  Uning  fikricha,  Platon  g‘oyalari  –  «bu  ijodkor  ijodga  kirishish  oldidan  yuritgan 
mulohazalar»
29
dir.  Xudo  dunyoni  yo‘qlikdan  yaratgan.  Inson  panoh  to‘ishining  asosiy  yo‘li  uning  xristian 
cherkoviga  mansubligidir.  Xristian  cherkovi  «ilohiy  shahar»ning  Yerdagi  vakilidir.  Avgustin  inson  faoliyatining 
ikki  qarama-qarshi  turini  tahlil  qiladi:  birinchi  –  «dunyoviy  shahar»,  ya‘ni  «Xudoga  nisbatan  nafrat  darajasiga 
ko‘tarilgan  o‘z-o‘ziga  bo‘lgan  muhabbatga»  asoslangan  davlatchilik;  ikkinchi  –  «o‘z-o‘ziga  nisbatan  nafrat 
darajasiga  ko‘tarilgan  Xudoga  bo‘lgan  muhabbat»ga  asoslangan  «ilohiy  shahar».  Avgustinning  eng  mashhur: 
«Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba» kabi asarlari mavjud. 
Avgustin  ikki  muhim  muammo:  shaxs  dinamikasi  va  kishilik  tarixi  dinamikasi  muammolarini  yechishga 
harakat qiladi. U  «Tavba» asarida shaxsning o‘zligini, uning ruhiy holatlarini o‘rganadi. Avgustin shaxsning ichki 
dunyosini uning go‘daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga 
nisbatan zo‘rlik ishlatishning har qanday shakllarini (maktabda bolaga zo‘rlik ishlatishdan davlat darajasida zo‘rlik 
ishlatishgacha) qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar o‘tgach, ayni 
shu  muammo  ekzistentsializm  vakillarida  Avgustin  falsafasiga  nisbatan  qiziqish  uyg‘onishiga  sabab  bo‘ldi. 
Avgustin inson sub‘ektiv tarzda erkin harakat qiladi, lekin uning barcha harakatlarini u orqali Xudo bajaradi, deb 
hisoblagan.  Xudoning  borlig‘ini  insonning  o‘zligidan,  inson  tafakkurining  o‘z-o‘zi  uchun  ishonchliligidan  keltirib 
chiqarish  mumkin.  Avgustin  shaxs uchun o‘zlikning rolini ko‘rsatib berdi.  Zero  «Men»  -  tashqi dunyodan ajralib 
chiqadigan va  hatto undan  «berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson o‘z  «Meni»ni qanday kashf etadi, 
degan savolga javob to‘ishga harakat qiladi.  
Tarix  falsafasini  ishlab  chiqish  ham,  garchi  atamaning  o‘zini  Volter  taklif  qilgan  bo‘lsa-da,  Avliyo 
Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik» tushunchasi mavjud bo‘lmagan: yunonlar dunyoni estetik 
jihatdan,  mukammal  koinot  sifatida  idrok  etganlar.  Avgustin  esa  o‘tmish  –  hozirgi  davr  –  kelajakning  o‘zaro 
aloqasini  falsafiy  jihatdan  anglab  etishga  harakat  qilgan.  Hozirgi  davr  –  bir  lahza,  zero  u  o‘tmishga  chekinadi  va 
kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar» (jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi.  
Avliyo  Avgustin  asarlari  sxolastik  falsafaning  yaratilishiga  asos  bo‘lgan  va  uzoq  vaqt  mobaynida  antik 
falsafani,  asosan  Platon,  Aristotel  hamda  neoplatoniklar  –  Plotin,  Porfiriy,  Prokl,  Yamvlix  asarlarini  o‘rganish 
manbalaridan  biri  bo‘lib  xizmat  qilgan.  Plotonning  universal  triadasi  –  «yagona  –  aql  –  jon»  sxolast-faylasuflar 
e‘tiborini o‘ziga tortgan.  
  Ilk  o‟rta  asr  G‟arb  falsafasi  rivojlanishining  umumiy  belgilari. Birinchidan, o‘rta asrlar G‘arb va 
SHarq falsafasi avvalo feodal jamiyat falsafasi bo‘lib, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi. Feodal 
tuzum sharoitida feodal mulkdorlik bilan bir qatorda hunarmandlar va dehqonlarning shaxsiy mehnatiga asoslangan 
xususiy  xo‘jaligi  mavjud  bo‘lgan.  Feodal  ishchini  sotishi  va  sotib  olishi  mumkin  bo‘lgan,  lekin  ishchini  o‘ldirish 
huquqi  unga  berilmagan.  Ishlab  chiqarish  munosabatlarining  bunday  rivojlanishi  ularni  ijtimoiy-Psixologik  va 
mafkuraviy  jihatdan  mustahkamlashni  talab  qilgan.  Feodal  madaniyatni  mafkuraviy  jihatdan  ta‘minlovchi 
integratsion asos din bo‘lgan.  
Ikkinchidan,  o‘rta  asrlarda  din  G‘arbda  ham,  SHarqda  ham  feodal  jamiyatning  hukmron  mafkurasi 
hisoblangan. Bu  davrda  cherkov  eng  yirik  kuch  bo‘lgan.  SHuningdek,  u  siyosiy  jihatdan  ham  o‘ta  markazlashgan 
tashkilot  sanalgan.  Dindorlar  amalda  birdan-bir  o‘qimishli  odamlar  bo‘lgan.  YUris‘rudentsiya,  tabiatshunoslik  va 
falsafaning mazmuni cherkov ta‘limoti bilan muvofiq holatga keltirilgan.  
Muqaddas kitob aqidalari falsafiy mulohazalarning tayanch nuqtasiga aylangan. Bu davrda bilim emas, balki 
e‘tiqod,  fan  emas,  balki  din  afzal  ko‘rilgan.  Teotsentrizm,  ya‘ni  Xudoga,  uning  mohiyatiga  dunyoning  birinchi 
sababi va birinchi asosi sifatida yondashish o‘rta asrlar falsafasiga xos xususiyatdir. Masalan, o‘rta asrlarda Xitoyda 
dao  haqidagi  ta‘limot  din  ehtiyojlariga  to‘la  moslashtirilgan:  dao  tabiiy  qonun  sifatida  emas,  balki  ilohiy  qonun 
sifatida namoyon bo‘lgan.  
Buddizm  falsafasi  asosiy  e‘tiborni  borliqning  o‘tkinchiligi  va  yo‘qlikning  haqiqiyligi,  jonning  boqiyligi  va 
abadiy  ma‘naviy  dunyoni  anglab  etish  yo‘lida  o‘zlikni  kamolotga  yetkazish  orqali  uning  o‘z  shakl-shamoyilini 
o‘zgartirishi muammolarini o‘rganishga qaratgan.  
Konfutsiychilik  feodal  tuzumni  oqlash  uchun  buddizm  va  daosizmning  idealistik  va  daosizm  g‘oyalarini 
o‘zlashtirgan:  odamlar  o‘zlarining  «yomon»  niyatlarini  jilovlab,  taqdirga  bo‘ysunishlari  lozim.  Hokimiyatga 
bo‘ysunish, uni ardoqlash va hurmat qilishni talab etuvchi «Osmon qonuni» haqidagi ta‘limot konfutsiychilikda eng 
muhim ta‘limotga aylangan.  
                                                 
29
 Августин \\ Всемирная энсиклопедия.  –М.: Современний литератор, 2001. –S. 11. 

G‘arb Yevropa feodalizmi sharoitida ham xristian dini hukmronlik qilgan. U o‘zining odamlar aqli va qalbini 
nazorat qilish markazlashtirilgan tizimini ko‘p sonli tarqoq feodal davlatlarga qarshi qo‘ygan. Bu nazoratni avvalo 
Rim  papasi  boshchiligidagi  katolik  cherkovi  amalga  oshirgan.  Ayni  vaqtda  cherkov  qadimgi  dunyoning 
«majusiycha»  falsafasiga,  ayniqsa  materialistik  ta‘limotlarga  yot  ko‘z  bilan  qaragan.  SHu  sababli  antik  davrning 
falsafiy  merosini  o‘zlashtirishga  nisbatan  xolisona  yondashilmagan,  bu  meros  qismlarga  bo‘lib  o‘zlashtirilgan, 
asosan diniy aqidalarni mustahkamlovchi idealistik g‘oyalarni tarqatishga yo‘l qo‘yilgan.
 
Ilk  o‟rta  asrlar  falsafiy  tafakkur  rivojida  appologetika  va  patristika, sxolastika. 
Yevropada,  Vizantiyada,  Old  Osiyo  va  SHimoliy  Afrikaning  ellinlashgan  markazlarida  xristianlikning 
tarqalishi  boshqa  diniy  va  falsafiy  oqimlar  bilan  qattiq  kurash  jarayonida  yuz  bergan.  Bunda  xristianlikka  qarshi 
neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika, ya‘ni xristianlikni asoslash va himoya 
qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan.  
Apologetika  ortidan  «cherkov  otalari»ning  falsafiy  ta‘limoti  –  patristika  (lot.  pater  –  ota)  paydo  bo‘lgan. 
patristikaning  eng  yorqin  vakili  Gippon  (SHimoliy  Afrika)dagi  yepiskop  Avliyo  Avgustin  (354-430)dir.  U  o‘rta 
asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko‘pgina vakillariga kuchli ta‘sir ko‘rsatgan.  
 Sxolastika  (yunon.  schole  –  maktab)  –  maktab  ta‘limida  hukmronlik  qilgan  va  ilohiyotga  to‘la  bog‘liq 
bo‘lgan o‘rta asrlar xristian falsafasi. XI asrda sxolastik falsafa doirasida nominalizm va realizm o‘rtasida kurash avj 
olgan. Dastavval:  «Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudo-o‘g‘il va Xudo-muqaddas ruh, degan fikrni 
qanday tushunish  kerak?», degan  sof  sxolastik  savol o‘rtaga  tashlangan.  Ammo  bu savol atrofida  avj olgan bahs-
munozara  uning  chegarasidan  chetga  chiqqan  va  tom  ma‘noda  falsafiy  xususiyat  kasb  etgan:  amalda  yakkalik  va 
umumiylik  dialektikasining  muhokamasiga  aylangan.  Realistlar  «umuman  inson»,  «umuman  uy»  kabi  umumiy 
tushunchalar – «universaliyalar» mavjudligi to‘g‘risida so‘z yuritganlar. Ular ayrim narsalarning mohiyati sanalgan 
universaliyalar narsalargacha amalda mavjud bo‘ladi va narsalarni vujudga keltiradi, deb hisoblaganlar. Bu ashaddiy 
realizm zamirida Platonning «g‘oyalar dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta‘limoti yotadi.
 
 Nominalizm    va    realizm.    Nominalistlar  «universaliyalar  narsalardan  keyin  vujudga  kelgan  nomlardir», 
degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir, «umuman inson» yoki «umuman 
uy»  esa  faqat  so‘zlar  yoki  nomlar  bo‘lib,  ularning  yordamida  odamlar  ayrim  predmetlarni  umumlashtiradilar. 
Mo‘tadil nominalistlar insoniy tushunchalarda ayrim narsalardagi o‘xshash jihatlarning in‘ikosi sifatida umumiylik 
mavjudligini taxmin qilganlar.  
Realizm umumiylikka narsadan oldin paydo bo‘luvchi ideallik sifatida yondashgan, ya‘ni amalda umumiy va 
yakkaning  aloqasi  to‘g‘risidagi  idealistik  kontseptsiyani  ishlab  chiqqan  bo‘lsa,  nominalizm  bu  muammoni 
materialistik yo‘l bilan yechishning o‘ziga xos timsoli bo‘lgan. 
SHunday  qilib,  realistlar  va  nominalistlar  o‘rtasidagi  bahs  falsafiy  tus  olgan,  chunki  unda  umumiy  va 
yakkaning tabiati muammolari, ularning dialektikasi amalda muhokama qilingan.  
Foma    Akvinskiy    ta‟limoti.
 
Foma  Akvinskiy  (1225-1274)  katolik  teologiyani  yaratgan  va  sxolastikani 
tizimga  solgan  mutafakkir  sifatida  e‘tirof  etiladi.  Uning  eng  mashhur  asarlari:  «Teologiya  yig‘indisi»,  «Falsafa 
yig‘indisi»,  «Majusiylarga  qarshi  yig‘indi».  Ularda  muallif  asosan  Aristotel  asarlariga  tayanadi.  Foma  Akvinskiy 
Aristotel ijodi bilan SHarqqa salb yurishi chog‘ida tanishadi. Uning ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham 
amalda  mavjud  deb  qaraladi.  Borliq  -  ayrim  narsalarning  mavjudligi,  ya‘ni  substantsiyadir.  Foma  Akvinskiy 
imkoniyat  va  voqelik  kabi  kategoriyalar  bilan  bir  qatorda  materiya  va  shakl  kategoriyalarini  ilmiy  muomalaga 
kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi.  
Foma  Akvinskiy  Aristotelning  shakl  va  materiya  haqidagi  asosiy  g‘oyalaridan  foydalanib,  din  haqidagi 
ta‘limotni ularga to‘la bo‘ysundiradi. Materiya shaklsiz mavjud bo‘lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning 
shakli»  -  Xudoga bog‘liqdir. Xudo esa sof  ma‘naviy  mavjudot.  SHaklning  materiya  bilan birikuvi  moddiy dunyo 
uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) ‗assivdir. Unga shakl faol tus beradi.  
Foma  Akvinskiy  «ilohiy  borliq»,  hamonki  u  o‘z-o‘zidan  ravshan  narsa  emas  ekan,  tafakkurimiz  anglashga 
qodir  bo‘lgan  narsalar  orqali  isbotlanishi  lozim.  U  Xudo  borligining  hozirgi  vaqt  katolik  cherkovi  ham 
foydalanuvchi o‘z dalil-isbotini taklif qiladi.  
Foma  Akvinskiyning  ijtimoiy-falsafiy  qarashlari  ham  diqqatga  sazovor.  U  shaxs  -  «oqilona  tabiatdagi  eng 
olijanob»  hodisa,  deb  hisoblagan.  Uning  fikricha,  shaxs  aql-zakovat,  sezgilar  va  iroda  bilan  tavsiflanadi.  Aql-
zakovat  irodadan  ustun  turadi.  Ammo  Xudoni  bilishni  Foma  Akvinskiy  Xudoga  bo‘lgan  muhabbatdan  keyingi 
o‘ringa  qo‘yadi,  ya‘ni  sezgilar,  agar  ular  oddiy  narsalarga  emas,  balki  Xudoga  qaratilgan  bo‘lsa,  aqldan  ustun 
bo‘lishi mumkin.  
Foma Akvinskiy o‘zining «podsholar boshqaruvi haqida» asarida insonga avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida, 
davlatga esa xalq farovonligi haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u 
axloq,  xususan  yaxshilik  va  adolat  bilan  bog‘laydi  va  hatto  xalqning  adolatsiz  podsholarga  qarshi  bosh  ko‘tarish 
huquqi to‘g‘risida so‘z yuritadi.  
Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va cherkovning davlat 
va  fuqarolik  jamiyatidan  ustunligini  belgilovchi  «ilohiy  qonun»  haqidagi  muammoni  ham  muhokamaga  kiritadi. 
Uning fikricha, dunyoviy hayot bo‘lg‘usi ma‘naviy hayotga tayyorgarlikdir. Podshoning hokimiyati oliy – ma‘naviy 
hokimiyatga  bo‘ysunishi  lozim.  Bu  hokimiyatni  osmonda  –  Iso  Masih,  Yerda  –  Rim  papaasi  boshqaradi.  Foma 
Akvinskiy siyosiy hokimiyat shakllarini muhokama qilar ekan, Aristotel kabi monarxiyani afzal ko‘radi.  
Foma  Akvinskiy  falsafasi  XIV  asrdan  boshlab  dominikan  sxolastlarining  bayrog‘iga  aylandi,  XVI  asrdan 
e‘tiboran iezuitlar tomonidan targ‘ib qilina boshladi. Iezuitlarning mafkurachilari Foma Akvinskiy falsafiy tizimini 

sharhladi  va  takomillashtirdi.  XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  uning  ta‘limoti  hozirgi  vaqt  falsafiy 
tafakkurining qudratli oqimlaridan biri sanalgan neotomizm negiziga aylandi. 
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin