Andijon mashinasozlik instituti


Hozirgi    davrda  milliy    falsafani    rivojlantirish    muammolari,    uning    xalqaro    aloqalarni  tashkil



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
falsafa


 Hozirgi    davrda  milliy    falsafani    rivojlantirish    muammolari,    uning    xalqaro    aloqalarni  tashkil 
etishdagi ahamiyati. Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo‘qmi? 
Uzluksiz  axborot  oqimi  va  surunkali  vaqt  tanqisligi  sharoitida  muayyan  bilim  falsafani  siqib  chiqarmaydimi? 
Bunday  savollar  mutlaqo  o‘rinlidir,  lekin  ularga  javobni  hayotning  o‘zi  beradi,  u  hozirgi  vaqt  odami  oldiga  ko‘p 
sonli, shu jumladan ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo‘yadi.  
Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va Yerda hayotning davom etishi uchun 
o‘z  javobgarligini  tobora  teranroq  anglagan  holda  qarshi  oldi.  Ayni  shu  sababli  insonning  barkamol  rivojlanishi, 
odamlar,  xalqlar  o‘rtasida,  shuningdek  jamiyat  va  tabiat  o‘rtasida  insoniy,  yaxshi  qo‘shnichilik  munosabatlarini 
o‘rnatish  masalalari  azaliy  falsafiy  mavzular  bilan  bir  qatorda  falsafiy  tadqiqotlarda  birinchi  o‘ringa  chiqmoqda. 
SHu  munosabat bilan faylasuflar avvalo Yyer  yuzida ta‘limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda 
ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko‘pgina faylasuflar fikriga ko‘ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida aynan 
qoniqarsiz ta‘lim va lozim darajadagi tarbiyaning yo‘qligi yotadi. Bu muammolarni yechishda falsafa ham o‘z rolini 
o‘ynashi lozim.  
Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati 
falsafaga, o‘zining hayotdagi o‘rni va vazifasini falsafiy anglab etishga ayniqsa muhtojdir. 
Falsafa real hayot bilan uzviy bog‘liq va doim inson borlig‘ining eng muhim muammolarini anglab etishga 
qarab mo‘ljal oladi. Ayni shu sababli hozirgi davrning muhim muammosi – globallashuv va uni falsafadagi butunlay 
yangi  mavzu  sifatida  falsafiy  anglab  etish  muhim  ahamiyatga  ega.  Falsafa  predmeti  va  muammolarini  muhokama 
qilishda  alohida  diqqatga  loyiq  bo‘lgan  boshqa  bir  mavzu  insonni  shaxs  sifatida  tarbiyalash  va  kamol  to‘tirishda 
falsafaning roli va ahamiyatidir.  
Hozirgi vaqt faylasuflari bunday muammolarni yechish ustida ishni davom ettirar ekanlar, ―Falsafa nima? U 
kimga va nima uchun kerak?‖, ―Falsafaning vazifasi nimadan iborat?‖, ―Falsafadan qanday, qaysi yoshdan va nima 
maqsadda  tahsil  berish  lozim?‖  qabilidagi  bir  qarashda  allaqachon  o‘z  yechimini  to‘gan  masalalarni  yana  kun 
tartibiga qo‘ymoqdalar. Bu haqda ko‘p va atroflicha so‘z yuritilgan jahon kongresslari dunyoda falsafa predmet iga, 
shuningdek u ijtimoiy rivojlanishga izchil ta‘sir ko‘rsatishga qodir yoki qodir emasligiga, agar qodir bo‘lsa, buni u 
qay  tarzda  amalga  oshirishi  mumkinligiga  nisbatan  yagona  yondashuv  avvalgidek  mavjud  emasligini  tasdiqlaydi. 
Fikrlarning  bunday  rang-barangligi,  yuqorida  qayd  etib  o‘tilganidek,  falsafaning  o‘ziga  xos  xususiyati,  ya‘ni  u 
fikrlar plyuralizmi, har xil fikrlash imkoniyati bor joydagina mavjud bo‘lishi mumkinligi bilan belgilanadi.  

Falsafaning  unga  yaxlit  ta‘limotga  aylanish  va  tilning  birligiga,  umumiy  qonunlar  va  metodologiyaga 
tayanish  imkonini  bermaydigan  bu  kamchiligi  ayni  vaqtda,  u  fanlararo  kompleks  muammolarni  yechish  talab 
etiladigan murakkab tizimlar bilan ish ko‘rgan holda uning afzalligiga aylanadi. 
Quyidagilar hozirgi vaqtda insoniyat uchun eng muhim fanlararo kompleks muammolar hisoblanadi: barqaror 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishni  ta‘minlash;  ekologiya  muammolari;  jamiyat  hayoti  barcha  jabhalarining 
globallashuvi.  Bu  muammolarni  falsafiy  nuqtayi  nazardan  anglab  etish  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Ilmiy 
yondashuvlardan  farqli  o‘laroq,  muammoga  nisbatan  falsafiy  yondashish dalillarni talqin qilishda  ko‘proq erkinlik 
berilishi, ilgari surilayotgan qoidalarni isbotlashga nisbatan yengilroq talablar qo‘yilishi, mushohadaga asoslangan 
ta‘riflar berish, sub‘ektiv baholash huquqi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Bunday tadqiqotlar bir qarashda uncha 
katta ahamiyatga ega emasdek bo‘lib tuyulishi ham mumkin. Lekin amalda bunday emas.  
Birinchidan, falsafiy tadqiqot oqilona bilishning fanda olingan natijalarni tekshirish (verifikatsiya qilish) yoki 
rad etish (falsifikatsiya qilish) imkoniyati yo‘qligi tufayli lozim darajada samara bermagan yoki umuman ojiz bo‘lib 
chiqqan sohasida amalga oshiriladi. Insoniyat oqilona bilishning bundan boshqa usullariga ega emas.  
Ikkinchidan, falsafiy refleksiya muammoni ko‘rish ufqini kengaytiradi, uni tadqiq etishga nisbatan yangicha, 
o‘ziga xos yondashuvlarni taklif qiladi, shu jumladan fanga bunday yondashuvlarni ilgari surishga ko‘maklashadi. 
Zero,  aniq  ta‘riflar  va  ishonchli  dalillarga  tayanadigan  fan  o‘z  fikrlari  va  xulosalarida  bunday  erkinliklarga  yo‘l 
qo‘ya  olmaydi.  Vaholanki,  falsafiy  tafakkur  mulohaza  yuritish  va  baholashlarga  nisbatan  erkin  yondashuvsiz 
o‘zining betakrorligini yo‘qotadi. 
Hamonki plyuralizm falsafada me‘yor hisoblanar, har bir alohida miyada esa monizmga, ya‘ni qarashlarning 
tartibga  solingan,  yaxlit  va  nisbatan ziddiyatlardan  xoli tizimiga  kelish lozim ekan,  falsafani qanday o‘zlashtirish, 
undan qanday saboq berish mumkin?  
Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni shu masala qiziqtiradi. Xususan Suqrot, Seneka 
va  o‘tmishning  boshqa  mutafakkirlari  tajribasiga  tayangan  holda:  Falsafa  faktlarni  eslab  qolishni  o‘rgatmasligi, 
balki mulohaza yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har 
bir masala yuzasidan mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan, o‘zi mustaqil o‘ylashni va o‘z aqliga quloq solishni 
o‘rganishini nazarda tutmog‘i darkor. Ayni shu sababli falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni o‘rgatish, u 
o‘z  shaxsiyatining  ahamiyatini  ko‘rsatishga  emas,  balki  haqiqatning  tagiga  etishga  harakat  qilishiga  erishishdan 
iborat. Bu, o‘z navbatida, barcha odamlar o‘ziga atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini nazarda tutadi.  
Bu  juda  to‘ib  aytilgan  so‘zlar  falsafani  fan  sifatida  o‘rganish,  uni  bilimlar,  tayyor  qoidalar  va  ta‘riflarning 
muayyan  yig‘indisi  sifatida  o‘zlashtirish  mumkin  emas,  degan  fikrni  yana  bir  karra  tasdiqlaydi.  Insonga  ta‘lim 
berishda  ‗aydeyya  yo‘lini  tanlash  –  unga  «nimani  ko‘rish  lozimligi»ni  emas,  balki  «qaerga  va  qanday  qarash 
kerakligi»ni  o‘rgatish  lozim.  O‘z-o‘zidan  ravshanki,  mazkur  vazifani  ijodiy  yondashuvsiz,  o‘quvchi  va 
o‘qituvchining  qiziquvchanligi  va  intiluvchanligisiz  hal  qilib  bo‘lmaydi,  falsafa  esa  o‘zining  sof  ko‘rinishida 
yo‘qoladi,  «havoga  sovuriladi»,  pirovard  da  kimdir  bayon  etadigan,  kimdir  ―o‘tishi‖,  o‘rganishi  va  qolaversa, 
imtihon to‘shirishi lozim bo‘lgan ―fan‖gina qoladi. Boshqacha aytganda, falsafadan ta‘lim berish va uni o‘zlashtirish 
zamirida ham, albatta ijod yotishi lozim.  
 
2-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi 
Reja: 
1. Qadimgi Sharq falsafasining vujudga kelishi va xususiyatlari.  
2. Qadimgi Hindiston, Xitoy va Markaziy Osiyoda falsafiy qarashlar. 
3. O'rta asr Sharq falsafasi rivojlanishining umumiy belgilar.  
4. O'rta asr Sharq falsafasi. Markaziy Osiyo falsafasi.  
 
Qadimgi  Sharqda  asotiriy  tasavvurlar  va  falsafiy  bilimlarning  paydo  bo‘lishi.  Sharq    qadimiy    madaniya  
o`chog`i    va    jahon    sivilizatsiyasining    beshigi    deya    bejiz  ta`riflanmagan.  G`arb  madaniyati  tarixini 
o`rganishjarayonida Ovrupasentrizm  nazariyasi og`ib  ketish g`ayriilmiy  bo`lgani   kabi,   masalaning  Sharq  bilan  
bog`lik  jihatinin  tahlil  etganda  ham  Osiyosentrizm g`oyalari ta`siriga tushmaslik lozim.  
Shu    bilan    birga,    Sharqninng    o`ziga    xosligi,    unga    mansub    bo`lgan    madaniy    taraqqiyot    jahon 
sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo`shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning  
barcha    xolis    mutaxassis    olimlari    tomonidan    e`tirof    etiladi.    Qolaversa,    Vatanimiz  sivilizatsiyasining  Sharq 
sivilizatsiyasi  quchog`ida  voyaga  yetgani  va  uning  qadriyatlarini  o`zida  aks  ettirganini,  unga  va  butun  dunyo 
madaniyatiga ulkan ta`sir ko`rsatganini doimo esda tutish darkor.  
Sharq    madaniyati    taraqqiyotining    ilk    davrlari    deganda,    ko`pgina    mutaxassislar    bizninng  Vatanimiz 
o`tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo`lgan Shumer davrlarini esga 
oladi.  Bularning  har  biri  insoniyat  tarixida  jamiyat  hayoti,  qadriyatlar  tizimining  o`ziga    xosligi,    boshqarish    va  
iqtisodiy    jarayonlarning    muayyan    tarzda    namoyon    bo`lishi    bilan  tavsiflanadi.    Ushbu    madaniyat    o`choqlari  
haqida  maktab  ta`limi  jarayonida  «Eng  qadigi  tarix» darsliklari orqali ma`lumot berilgan. Zukko talabalar o`sha 
davrlarda  qanday  siyosiy  jarayonlar  kechgani,  qanday  podsholik  va  imperiyalar  bo`lganini  yaxshi  biladi.  Qadimgi 
SHarq falsafasi insoniyatning ilm, fan, m‘naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o‘ziga 
xosligi va betakrorligidan qat‘iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega. 

Birinchidan,  falsafiy  tafakkur  SHarqda  ijtimoiy  ongning  dastlabki  shakli  sifatidagi  mifologiya  negizida 
vujudga  kelgan.  Mifologiya  inson  o‘zini  atrof  muhitdan  ajratishga  va  hodisalarni  tabiiy  sabablarga  muvofiq 
tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar 
harakati  bilan  tushuntiradi.  Ammo  mifologiyada  insoniyat  tarixida  ilk  bor  bir  qancha  falsafiy  masalalar  ham 
qo‘yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o‘lim nima va h.k.  
Ikkinchidan, SHarq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‘lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga 
kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari 
shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan.  Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish 
jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va 
siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.  
 Misr  va  Bobil  falsafiy  maktablari. Eramizdan avvalgi turtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming 
yillik  boshlarida  qadimgi  Misr  va  Bobil  hududida  dastlabki  diniy-falsafiy  fikrlar,  olam  haqidagi  fanlar,    ya`ni  
astronomiya,  kosmologiya,  matematika, mifologiyaga  oid  qarashlar  birmuncha  rivoj to‘gan.  Tabiy-ilmiy,  diniy-
falsafiy   fikrlarning   yuzaga    kelishi   ikki    yo‘nalishda  borgan.   Birinchi  yo`nalish olam haqidagi  tasavvurlarning 
astronomiya,  kosmologiya,  riyoziyot  fanlari  rivoji  bilan  bog`liqekanini,  ikkinchi  yo`nalish  esa,  bu  tasavvurlarning 
mifologiya bilan bog`liq bo`lganini ko`rsatadi.  
Birinchi  holda,  asosan,  tabiy  bilimlarga  tayanilgan,  kundalik  hayotda  duch  kelinadigan  voqea hodisalar 
aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o`rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan.  Bu - o`sha  davr  uchun  tabiiy  
hol    edi,    ya`ni    u    -    davrning  inson    ongida    aks    etishi,    kundalik    turmush  hodisalarining  oddiy  bir  tarzda 
mfodalanishi  edi.  Aynan  ana  shu  hol  tabiiy  bilimlar  rivojiga,  garchand  sodda  tarzda  bo`lsa-da  aksariyat 
hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab bo‘lgan.  
Ikkinchi  holatda  esa,  hali  tabiat  kuchlarining  qarshisida  nihoyatda  ojiz  bo`lgan  odamzod,  albatta,  tevarak 
atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga, odamning mavjudlik xossalarini 
va  olam  qonuniyatlarini  ilmiy  tushunish  ko`nikmasi  hali  shakllanib  ulgurmagan  o`sha  qadim  zamonlarda,  afsona 
hamda  rivoyatlarga  asoslanib  fikr  yuritmaslikning  imkoni  ham  yo`q  edi.  Bu  -  o`sha  davrlardan  qolgan  yozma 
manbalarda,    xususan,    «Xo‘jayinning  o`z  quli  bilan  hayotining  mazmuni    haqida    suhbati»,    «Arfist    qo`shig`i»,  
«O‘z    hayotidan    hafsalasi    pir    bo`lgan    kishining    o`z    joni  bilan    suhbati»    kabi    bitiklari    yaqqol    namayon  
bo`lgan.  Ularda  hayotning,  umrning  mazmuni,  o`sha  davrdagi odamlarga xos tuyg`ular bayon qilingan. 
  Qadimgi    Hindistonda  falsafiy    maktablar.  Qadimgi    Hindiston    ham    insoniyat    madaniyatining  
beshiklaridan    biridir.  Unga  xos  dastlabki  ta`limotlar  yozma  manba  -  «Veda»larda  o`z  aksini  to‘gan.  «Veda»lar 
eramizdan bir yarim  ming  yil  oldin  yozilgan  bo`lib,  mutaassib  dindor  hindu  uchun  oliy  muqaddas  ilm  va  
bashorat kitobidir.  Hindular  «Veda»ni  oliy  tangri  Braxma  tomonidan  aytilgan  so`zlar  deb  biladi.  «Veda»da 
hindularning  qadimgi  tarixi,  iqtisodiyoti,  dini,  falsafasi,  axloq  va  nafosatiga  oid  fikrlari  aks  etgan. 
«Veda»lar  bizgacha  to`rtta  to`‘lam  (samxitlar)  shaklida  etib  kelgan.  Bular  «Rigveda»,  «Samaveda», 
«Yajurveda», «Adxarvaveda»dir.  
Hind  falsafasi  asoslari  «Upanishadalar»  nomi  bilan  mashhur  bo`lgan  manbalarda  ham  o`z  aksini  topgan.  
«Upanishadalar»    sirli    bilim    degan    ma`noni    anglatib.    «Veda»larning    falsafiy    qismini    tashkil  etadi. 
«Upanishadalar»  yaxlit  kitob  eki  falsafiy  risola  bo`lmay,  balki  turli  vaqtda  turli  mavzuda  ijod  etgan  noma`lum 
mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir.  
      Qadimgi    hind    falsafiy    maktablar    ikki    guruhga    bo`linadi.    Hindistonlik    faylasuflar    bu  guruhlarni  
astika  va  nastika  deb  ataydi.  Vedanta,  sank`ya,  yoga,  vaysheshika,  n`yaya  va  mimansa   - astika  guruhiga  
kiruvchi  falsafiy  maktablar.  Ushbu  maktablarning  tarafdorlari  «Veda»ning muqaddasligini  tan  olib,  birdan-bir  
haqiqat  undagina  ifodalangan,  deyishadi.  Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm - nastika guruhiga kiradi.  
  Chorvaka-loyata,    tarafdorlari    materialistik    ta`limotni    ilgari    surganlari    uchun      «Veda»ning  
muqaddasligini    tan    olishmaydi    hamda    olam    ilohiy    kuch    tomonidan    yaratilmagan,    «Veda»    haqiqiy  bilim 
bermaydi,  deb  ta`kidlashadi.  Buddizm  va  Jaynizm  diniy-falsafiy  maktablar  bo`lishiga  qaramay,  ular  ham 
«Veda»ning  muqaddasligini  tan  olmagan.  Sankx`ya  qadimgi  Hindistondagi  dualistik  falsafiy  maktab  bo`lib,  olam 
asosida  modiy  unsur  (prakriti)  modda  va  ruh  (purusha)  etadi,  deb  hisoblaydi.  Bu  yo`nalishga,    asosan,    olamdagi  
barcha  narsalar  ikki  unsurning  turli  teng  miqdorda  (proportsiyada) birikishidan  yuzaga  keladi,  olam  sababiyat  
orqali  rivojlanadi,  olamda  uchta  sabab  mavjud,  deyiladi. Ular quyidagilardir:  moddiy sabab, yaratuvchi sabab 
aloqador bo`lmagan sabab. 
 «Upanishada»da deyarli har qanday hodisa harakat va qarama-qarshilik nuqtayi nazaridan qaraladi. Braxman 
ikki qiyofa: jismoniy va jismsiz, o‘ladigan va o‘lmas, harakatsiz va harakatchan ko‘rinishlarga ega. «Upanishada»da 
Atman – bu ham tana, ham individual jon. Braxman va atman bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq «Hamma narsa Braxman, 
Braxman esa atmandir», deyiladi. Atman o‘zgaruvchan, uning turli holatlari mavjud: uyg‘oqlik; tushli uyqu; tushsiz 
uyqu; turiya (atman hech narsani his qilmaydigan, o‘z-o‘ziga teng bo‘ladigan holat).  
Markaziy  Osiyoda  “Avesto”  ta‟limotidagi  falsafiy fikrlar. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII 
asrlarigacha bo`lgan davr mahsuli bo`lgan diniy-falsafiy ta`limotlardan biri zardo`shtlikdir.  
Bu  ta`limotga   Zardo`sht  asos  solgan   bo`lib,   Sharq  va  G`arbda   Zaratushtra,   Zaroastr  nomlari bilan  
mashhurdir.    Manbalarga    ko`ra,    Zardo`sht,    eramizdan    avvalgi    VI    asrning    birinchi    yarmida  yashagan.  Lekin 

uning tarixiy yoki afsonoviy shaxs ekanli haqida aniq bir to`xtamga kelingan yo`q. U o`zini payg`ambar deb e`lon 
qilgan. Lekin uning payg`ambarligi ilohiy asosga ega. Ya`ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o`z  tasdig`ini to‘magan.  
Keyingi    yillarda    olib    borilgan    tadqiqotlar    shuni    ko`rsatmoqdaki,    bu    ta`limot    Vatanimiz  hududida,  
xususan,  Xorazm  zaminida  paydo bo`lgan.  U o`z  davrida  xalqni  ezgulik  va  adolat g`oyalariga  da`vat  etish,  
hayotbaxsh  an`analarni  shakllantirish,  dehqonchilik  va  shahar  madaniyatini rivojlantirishda  muhim  ahamiyatga  
ega  bo`lgan,  uning  g`oyalari  bilan  bog`liq  qadriyatlar  bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush 
tarzining o`ziga xos xususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda.  
Zardushtiylikning  bosh  kitobi  «Avesto»dir.  Unda  qadimgi  xalqlarning  dunyo  to`g`risidagi tasavvurlari,  
o`ziga    xos    qadriyat    va    urf-odatlari    aks    etgan.    Unda    olamning    azaliy    qarama-qarshi  kuchlari-yaxshilik  va 
yomonlik, yorug`lik va zulmat,  issiqlik  va  sovuqliq,  hayot  va  o`lim  borasidagi qarashlar  o`z  ifodasini  topgan.  
«Avesto»da,  shuningdek,  tabiat  falsafasi,  tarix,  etika,  tibbiyotga  oid ma`lumotlar ham berilgan.  
Falsafa  tarixida  makedoniyalik  Aleksandr  (eski  o`zbek  tilida  Iskandar  deyilgan)  istilosi  va  Grek  Baqtriya  
davri    falsafasi    ham    xalqimizning    taraqqiyot  tarixida    muhim    o`rin    tutgan.    Manbalarda  Aleksandr    qo`shini  
mahalliy    xalqlarning    qattiq    qarshiligiga    uchragani,    u    «Avesto»ning    ko`pgina  qismini    yondirib    yuborgani  
haqida  ma`lumotlar  bor.  Bugungi  kungacha  ham  ayirim  tarixchilar Aleksandr  «Avesto»ning  tilini  bilmagani,  
uni    o`qiy    olmagani    sababli    bu    kitobning    qadr-qimmatini  tushunmagan    va    uni    eqish    to`g`risida    ko`rsatma  
bergan,    degan    fikrlarni    baen    etadilar.    Aslida    unday  emas.  Bu  -  tarixiy  haqiqatni,  garchand  u  kimlar  uchundir 
achchiq  va kimlar  uchundir ibratli bo`lsa-da haspo`shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki,  Aleksandr o`z 
zamonida fanlarning otasi nom olgan falsafani fan darajasiga ko`targan, buyuk donishmand sifatida etti iqlimda tan 
olingan  Arastudan  20  yil  mobaynida  muttasil  ta`lim  olgan  edi.  Binoborin,  Shoh  Filippning  o`g`li  Aleksandrni 
savodsiz,  kitobning  qadrini  tushunmaydigan  bir  kimsa  deb  ta`riflash  tarix  haqiqatiga  to`g`ri  kelmaydi.  Qadimgi 
manba ―Avesto‖da ko‘rsatilgani kabi ―qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so‘zlash va yaxshi ish ko‘rish mumkin‖, 
degan  savolga  javob  to‘ishga  harakat  qiladi.  Bu  noyob  mevalardan  bahramand  bo‘lish  uchun  inson  falsafiy 
donishmandlikni  o‘zlashtirishi  lozim:  u  dunyo  va  uni  anglab  etish,  inson  va  tabiat,  inson  hayotining  mazmuni  va 
boshqa shunga o‘xshash muammolarda mo‘ljal ola bilishi kerak.  
 Zardo‟sht  ta‟limotida  ―Axriman‖  va  ―Axuramazda‖  yaxshilik  va  yomonlikning  abadiy  kurashi  va  bunda 
yaxshilikning g‘alabasini ifodalaydi. Zardo‘shtiylik falsafasiga ko‘ra, yaxshilik va  yomonlik kishilarning botinida-
ichki dunyosida yashaydi. Inson Axriman yoki Axuramazda tarafida bo‘lishi mumkin, chunki Ezgulik farishtasi uni 
hamisha  yaxshilik  qilishga,  lekin  yovuz  Axriman  uni  yomonlik  qilishga  undaydi  va  bu  tortishuv  inson  hayotining 
oxirigacha davom etadi.  
―Avesto‖da esa insonning haq-huquqlari, burch va mas‘uliyati haqida fikr bildirilgan. Jumladan, agar odam 
olgan  qarzini  o‘z  vaqtida  qaytarib  bermasa,  u  tunda  birovning  uyiga  o‘g‘irlikka  kirgan  odam  bilan  barobardir. 
SHuningdek  unda  qarindoshlarning  o‘zaro  oila  qurishi  taqiqlangan,  avlodlarning  sog‘lom,  benuqson  tug‘ilishiga 
e‘tibor qaratilgan. Bordi-yu erkak zurriyot qoldirishga qobiliyati bo‘lib, so‘qqa bosh bo‘lib yursa, uning ‗eshonasiga 
tamg‘a bosish yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur ekanligi belgilangan.  
SHarq falsafasida qonun muammosiga  ham ko‘p e‘tibor beriladi. Ayrim faylasuflar uni rad etgan, ayrimlar 
esa  unga  tayangan.  Xalq  va  podsho  muammosi  ham  SHarq  falsafasining  muhim  muammolaridan  biri  hisoblanadi
Jumladan,  ―Avesto‖  da  huquqiy  masalalar: jinoyat  va  jazo, oila va  nikoh,  mulk bilan bog‘liq  masalalarni  tartibga 
soluvchi qoidalar o‘z ifodasini to‘gan. Oilaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalarda er xotinning 
bir-biriga  xiyonati  yoki  nikohsiz  er-xotinlik  munosabatlarida  bo‘lgan  kishilar  tan  jazosini  olgan.  ―Venidat‖ 
(Devlarga  qarshi  kurash  qonuni)  ning  13,  14  boblarida  suvni  tejash,  uni  qadrlash,  undan  unumli  foydalanish 
haqidagi  qoidalar  bitilgan.  Unda  har  kuni  ekinni  ikki  marta  sug‘orish  mumkinligi,  har  bir  kunda  ekuvchi  bir 
belkurak  kenglik  va  chuqurlikdagi  ariqqa  sig‘adigan  suv  olishga  haqli  ekanligi,  suvni  taqsimlash  bilan  kohinlar 
shug‘ullanishi,  suvni ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar belgilagan. Bu qoidalarni buzganlarga  nisbatan  majburiy 
mehnatga jalb qilish jazosi belgilangan
3
. 
Konfutsiy va Lao Szi ta‟limoti.  Qadimgi  Xitoyda  fan  va  madaniyat  o`ziga  xos  shaklda  rivojlangan. 
Eramizdan  avvalgi  ikki  minginchi  yilning  o`rtalariga  kelib,  Yuan-in  davlatida  muayyan  xo`jalik shakli yuzaga 
kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo`liga o`tgan. Bu hokimiyat 
eramizdan avalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va 
tabiatning  paydo bo`lishini o`ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o`z ta`sirini o`tkazgan.  
Bunday    ruhdagi    falsafiy    g`oyalar    ayniqsa    qadimgi    Xitoy    donishmandi    Konfutsiy    (551-479)  ijodida 
yaqqol  aks  etgan.  Uning  «Hikmatlari»,  ya`ni  aforizmlari  juda  mashhur.  Konfutsiy  ta`limotida  umuminsoniy 
qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida o`ziga xos tarzda namoyon bo`lishi, bu xalqqa xos  ma`naviy  mezonlar  
aks  etgan.  Bu  ta`limot  bir  necha  asrlar  davomida  ushbu  hududda  milliy g`oyalar majmui, millatning mafkurasi 
sifatida  odamlarning  ma`naviy  ongi  va  qiyofasi  shakllanishiga  ta`sir  ko`rsatgan.  U  hozirgi  Xitoyda  ham  o`zining 
muayyan ahamiyatini saqlab qolgan.  
Konfutsiy    fikricha,    olamni    osmon    boshqaradi.    Osmon    irodasi    -    taqdirdir.    Biz    yashab    turgan  olam,  
undagi    tartib    osmon    hukmdori    tomonidan    yuborilgan.    Jamiyat    hayotidagi    tartibga    qattiq    amal  qilish  talab 
etiladi.  Tartib,  Konfutsiy  nuqtayi  nazariga  ko`ra,  ilohiy  mazmunga  ega  va  uning  mohiyatini  «Li»    tushunchasi  
belgilaydi,  u,   ya`ni  tartib  dunyoning   mohiyatini  aks   ettiradi.  Binobarin,  jamiyatdagi barcha harakatlar unga 
                                                 
3
 Qarang: Sulaymоnоva F. SHarq va G‘arb. -T.: O‘zbеkistоn, 1997. –B.25-26. 

binoan amalga oshishi lozim. 
Konfutsiyning    qarashlari    keyinchalik    jahon    falsafasida    axloqiy    tamoyillar    rivojida,   adolat, birodarlik,  
erkinlik  g`oyalari  takomilida  muhim  o`rin  tutgan.  Bu  ta`limot  Xitoyda  ikki  ming  yil davomida davlat dini 
darajasiga ko`tarilgan va xalq hayotida muhim ahamiyat kasb etgan.  
Qadimgi  Xitoyning  ko`zga  ko`ringan  faylasuflaridan  biri  Lao-Tszidir  (VI-V  asrlar).  Uning ta`limotiga 
ko`ra,  olam,  jamiyat  va  inson  hayoti  Dao  qonuniga  bo`ysunmog`i  lozim.  Daosizm  ta`limoti  ana  shu  tariqa 
shakllangan.  Dao  qonuni  -  tabiatningyashash  qonunidir,  undagi  rang-baranglik  kurashi  va    uyg`unligi  
abadiyligining  e`tirof  etilishidr.  Bu qonunga  ko`ra,  olamning  asosini  tashkil  etuvchi «Tsi»,  ya`ni beshta unsur - 
olov, suv,  havo,  yer va   yog`och  yoki  metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda  ularning  yuzaga 
kelishini ta`minlaydi. 
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin