Andijon mashinasozlik instituti


Islom  dinining  vujudga  kelishi  va  falsafiy   ta‟limoti



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
falsafa


Islom  dinining  vujudga  kelishi  va  falsafiy   ta‟limoti. Movarounnahr  arablar  tomonidan  zabt  etilishi  
arafasida    Turk  xoqonligi  tizimiga  kirar  edi.  U  mayda  amirliklardan  iborat  bo`lib,  ular  o`rtasida  tinimsiz 
to`qnashuvlar  ro`y    berib    turar    edi.    Ayniqsa,    Turk    xoqonligi  bilan  sosniylar    Eroni   o`rtasidagi    to`qnashuvlar  
o`ta shiddatli  tusda  yuz  berar  edi.  XII  asrning  oxiri  va XIII  asrning  boshlarida  bu  xudud  arab  xalifaligi 
tomonidan  bosib  olindi.  Bunga  Movarounnahr  hududida yashovchi  xalqlar,  ijtimoiy  kuchlar  orasida siyosiy 
hamjihatlikning yo`qligi, o`zaro qirg`in-barotlarning avj olishi sabab bo`ldi.  
Movarounnahrga  arablar  bosqini  bilan  birga  islom  dini  ham  kirib  keldi.  Islom  so`zi  arabcha o`zini 
to‘shirish,  itoat,  bo`ysunish,  tinchlik  kabima`nolarini  anglatadi.  Islom  dini  bayrog`i  ostida  keng  hududda    arab  
qabilalari  birlashgan,  mavjud  tarqoqlikka  chek  qo`yilgan,  yagona  markazlashgan  arab xalifaligi tashkil to‘gan.  
Qur`on  va  hadislarda  islomiy  ta`limotning  asosi  bayon  qilingan.  Qur`on  -  muqaddas  kitob.  Unda  islom 
qoidalari, iymon-e`tiqod talablari, huquqiy va axloqiy meyorlar o`z ifodasini to‘gan. U 114 sura va ular tarkibidagi 
oyatlardan tashkil to‘gan.  
«Sunna»  esa  hadislar  majmui  bo`lib,  Qur`ondan  keyinturadi  va  uni  to`ldiradi.  Unda  Muhammad 
payg`ambarning so`zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan.  
Qur`on  va  sunnadan  keyingi  muhim  manba  -  shariatdir.  Shariat  (to`g`ri  yo`l,  ilohiy  yo`l demakdir)  -  
islomda    huquqiy,    axlog`iy    meyor    va    amaliy    talablar    tizimidir.    Islomdagi    asosiy  yo`nalishlar    -    sunniylik,  
shialik    va    xorijiylik.    Ular    diniy    ta`limot,    marosimchilik,    axloqiy-huquqiy  meyorga  oid  masalalarda  o`zaro 
faqrlanib  turadi.  Abu  Mansur  Moturidiy  kalom  ilmining  aql    maqomiga  alohida  e`tibor  qaratgan  Samarqandda 
Moturidiya maktabini yaratgan. Mu`taziliylar (ajralib chiqqanlar) yakka xudolikning  adolatli  ekanini,  Qur`onning  
tangri  tomonidan  yaratilganligini,  iroda  erkinligini  eqlab chiqqan.  Uning  asoschisi  Vosil  ibn  Atodir .  Uning  
oxirgi  vakillaridan  biri Zamahshariydir.  
Kalom  islom  ilohietining  o`ziga  xos  falsafiy  ta`limotidir.  U  diniy  aqidalarni  asoslab  berishga uringan.  
U    Qur`onga    tayanib,    jannat    va    do`zaxning    azaliy    ekanligini,    insonda    iroda    erkinligining  yo`qligini,    lekin  
insonning  Olloh  oldida  o`z  qilmishlari  uchun  mas`ul  ekanligini  asoslab  berishga harakat qilgan.  
Bunday    ma`naviy    jarayonlar    bilan    yonma-yon    islomda    mashshoiyunlar    va    tabbiiyunlarning  (Arastu  
falsafasi    va    tabiatni    o`rganishga    ahd    qilganlarning)    falsafiy    qarashlari    shakllana    borgan.    Bu  islomiy  
ma`naviyatning    dunyoviy    va    diniy    masalalarda,    jahon    falsafiy    tafakkurida    ro`y    berayotgan  jarayonlarga 
nisbatan tashabbuskor bir kuch ekanini ko`rsatib turibdi. 
  Ilk    o‟rta    asr  SHarq    falsafasi  va  uyg‟onish  davri.  Markaziy  Osiyo  –  sivilizatsiyaning  qadimgi 
o‘choqlaridan biri. VIII-IX asrlarda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Bu davrda xalifalik markazlari 
– Bag‘dod va Damashqda madaniyat va fan ravnaq to‘di.  
Xalifalar al-Mansur (754-776), Horun ar-Rashid (786-809), Ma‘mun (813-833) hukmronligi davrida hind va 
yunon adabiyotlarining tarjimalariga qiziqish ayniqsa kuchaydi, Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, Yevklid kabi 
yunon  faylasuflarining  ilmiy  merosi  o‘rganildi.  IX  asr  boshida  Bag‘dodda  «Dor  ul  hikmat»  -  «Bilim  uyi»  tashkil 
etildi. Bu dargohda xalifalikning turli shaharlaridan taklif qilingan olimlar astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya, 
kimyo, falsafa va boshqa fanlarni sinchiklab o‘rgandilar.  
  SHarq    panteizmi  va  peripatetizmi  SHarq  mutafakkirlari    (Abu    Rayhon    Beruniy,    Abu    Nasr  
Forobiy,  Ibn  Sino)ning ijtimoiy-siyosiy,   ma‟naviy-axloqiy  ta‟limotlari.   IX asrlar boshlangan arab istilosiga 
qarshi  kurash  mustaqil  davlat  qurish  va  xalifalikka  qaramlikdan  xalos  bo‘lish  uchun  kurashga  aylandi.  Natijada 
Markaziy  Osiyo  mo‘g‘ullar  istilosini  boshdan  kechirdi  va  unga  qarshi  kurash  jarayonida  XIII  asr  boshlarida  bir 
necha davlatlar – Tohiriylar, Somoniylar, Saljuqiylar va G‘aznaviylar davlatlari paydo bo‘lib, ular keyinchalik tor-
mor qilindi.  
IX  asr  boshlarida  dastlab  Somoniylar  davlati  vujudga  kelgan  bo‘lsa,  XIII  asrning  20-yillarida  Xorazmiylar 
davlati  mo‘g‘ullarning  uzluksiz  hujumi  ostida  qoldi.  Biroq,  ko‘p  asrlik  urushlarga  qaramay,  Markaziy  Osiyoda 
madaniyat, fan, san‘at va adabiyot rivojlanishda davom etdi.  
Bu  davrda  al-Xorazmiy,  Forobiy,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Ibn  Sino,  va  boshqa  buyuk  allomalar  yashab  ijod 
qildilar.  Ular  yaratgan  asarlar  ahamiyatiga  ko‘ra  o‘sha  davrni  Markaziy  Osiyo  uyg‘onish  davri  deb  nomlash 
mumkin. Uyg‘onish davri fani va madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1. Barcha odamlarni ma‘rifatli qilishga intilish, bu yo‘lda o‘tmish merosidan va qo‘shni mamlakatlarning fan, 
madaniyat yutuqlaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va ijtimoiy fanlarni rivojlantirish
2.  Tabiatni  o‘rganish,  tabiiy-ilmiy  bilimlarni  oqilonalikka  tayanib  rivojlantirish,  aqlning  kuchiga  ishonish, 
asosiy e‘tiborni haqiqatni bilishga qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb bilish; 

3. Insonga xos tabiiy, badiiy, ma‘naviy fazilatlarni yuksaltirish, insonparvarlikni ulug‘lash, barkamol avlodni 
tarbiyalashda oliy ma‘naviy qonunlarga rioya qilish;  
4.  Universalizm  –  borliq  va  ijtimoiy  hayotning  barcha  muammolariga  qiziqish,  bu  davr  madaniyatining 
muhim jihatlaridir.  
Bu davr madaniyati umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qilgan. Savdo-sotiqning rivojlanishi, 
iqtisodiy aloqalarning kengayishi, xalifalikning turli viloyatlari o‘rtasida madaniy qadriyatlar almashinuvi va uning 
boshqa mamlakatlar bilan aloqalarining kuchayishi, tabiiy va madaniy boyliklar, turli xalqlarning an‘analari, tili va 
tarixini  o‘rganish  bilishning  eng  to‘g‘ri  yo‘llari  va  usullarini  yaratish,  bilish  jarayonining  butun  a‘‘aratini 
takomillashtirishga  bo‘lgan  ehtiyojni  kuchaytirdi.  Fanning  o‘tika,  matematika,  astronomiya  kabi  tarmoqlarining 
jadal rivojlanishi tabiatni chuqur o‘rganish va tadqiqot metodlarini kengaytirishga imkoniyat yaratdi. 
O‘rta  asrlarda  SHarq  falsafasi  mifologiya  va  din  qo‘ynidagina  emas,  balki  fan  qo‘ynida  ham  rivojlanadi. 
SHarq  olimlari  matematika,  astronomiya,  geografiya,  tibbiyot,  tarix,  alximiya  sohasida  qo‘lga  kiritgan  yutuqlar 
ma‘lum.  Odatda  tabib,  munajjim,  sayyoh  bo‘lgan  SHarq  faylasuflari  asbtrakt  mulohazalardan  ko‘ra  ko‘proq 
tabiatshunoslik  va  tajribaga  tayanganlar.  SHarq  falsafiy  tafakkurining  yirik  namoyandalari  orasida  Markaziy 
Osiyolik mashhur faylasuf, qomuschi-olim, yaqin va O‘rta SHarqda aristotelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk 
faylasuf  va  tabib  Ibn  Sino  (Avitsenna),  atoqli  astronom,  matematik,  shoir  va  mutafakkir  Umar  Xayyom,  tabib  va 
faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor.  
Abu  Nasr  Muhammad  ibn  Tarxon  al  Forobiy  (870-950,  asarlari:  Kitob-ul  xuruf,  Fozil  odamlar  shahri, 
Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. 
U  fanlar  bilish  vositalari  ekanligidan  kelib  chiqqan.  Bunda  mutafakkir  nazariy  (mantiq,  falsafa,  tabiiy  fanlar)  va 
amaliy  (axloq,  siyosat)  fanlarni  farqlagan.  Fanlar  tizimida  u  insonga  haqiqiy  bilimni  soxta  bilimdan  farqlash 
imkonini  beruvchi  mantiqni  birinchi  o‘ringa  qo‘ygan.  Ayni  shu  sababli  faylasuf  inson  tafakkuriga  alohida  e‘tibor 
bergan.  Aynan  falsafa  insonga  borliqning  mohiyatini  tushunish  imkonini  beradi.  Borliq «yagona»  va  ayni  vaqtda 
«ko‘p»dir. Borliqning mazkur holati emanatsiya, ya‘ni «yagona» muhitdan borliqning turli muhitlari kelib chiqishi 
mahsulidir.  Forobiy  asarlarida  dunyo  bir-biriga  kiruvchi  to‘qqiz  gumbaz  ko‘rinishida  namoyon  bo‘ladi.  Bu 
gumbazlarda ularning Yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan jonlar yashaydi. Gumbazlar o‘z harakatini dastlabki 
turtkidan  boshlagan.  Forobiy  dunyoning  rang-barangligini  tushuntirish  uchun  Aristotelning  shakl  va  materiya 
haqidagi ta‘limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qo‘shilmagan, chunki 
uning paydobo‘lishi va o‘limi tananing paydobo‘lishi va o‘limi bilan bir vaqtda  yuz beradi, deb hisoblagan. Ayni 
shu sababli Forobiy ijodida bilish  nazariyasi Platondagi kabi xotirlash  nazariyasi emas, balki dunyoni sezgi va aql 
birligi  sifatida  anglab  etish  nazariyasidir.  Bunda  aqlli  jon  narsalar  tabiatini  sezgilar  idrokidan  foydalanib  anglab 
yetadi.  Narsalarning  mohiyati aql bilan anglab  yetiladi.  Bunda  aql avvalo  mantiqqa  tayanishi,  lekin sezgi a‘zolari 
beruvchi materialdan foydalanishi lozim.  
Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bo‘lsa-da, uning 
falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini yechishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf 
borliqning  holatlarini,  uning  shakllarini:  oddiy  elementlar  –  havo,  olov,  yer,  suvni;  shuningdek  minerallar, 
o‘simliklar,  hayvonlar,  inson  va  osmon  jismlarini  sinchiklab  o‘rganadi.  SHu  tariqa  u  tashqi  dunyoning  ob‘ektiv 
mavjudligiga urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari SHarq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta‘sir ko‘rsatdi.  
Forobiyning  gnoseologiyasi  tabiatshunoslik,  matematika,  musiqa,  tilshunoslik  va  boshqa  fanlar  sohasidagi 
bilimlarga  asoslanadi.  U  tabiat  insondan  tashqarida  va  unga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  mavjuddir,  deb  hisoblaydi. 
Farobiy fikricha, ob‘ekt sub‘ektga qadar mavjud bo‘lgan. Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo bo‘lganidek, 
bilish mumkin bo‘lgan narsalar ham bilishdan oldin paydo bo‘lgan
4
.  
Forobiy  fikricha,  inson  bilimlarni  tashqi  dunyodagi  hodisalarni  bilish  jarayonida  o‘zlashtiradi.  Bu  jarayon 
sezish,  idrok  etish,  xotira,  tasavvur  qilish  va  eng  muhimi  –  mantiqiy  mulohaza  yuritish,  tafakkur  kabi  usullarni 
qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni o‘rganadi. Forobiy «Fan va san‘atning o‘ziga xos xususiyatlari» 
asarida tabiatni bilishning uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani 
bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi yo‘l ekanligini qayd etadi.  
Forobiy  fikricha,  inson  paydobo‘lganidan  so‘ng  avvalo  «oziqlantiruvchi  kuch»  paydo  bo‘ladi  ,  uning 
yordamida  oziqlanish  jarayoni  yuz  beradi.  So‘ngra  sezgi  organlari  paydo  bo‘ladi  ,  ular  insonga  sezish,  tasavvur 
qilish  qobiliyat  va  xotirani  beradi.  SHundan  keyingina  inson  «orzu  kuchi»  yordamida  bilim  va  hunarlarni 
o‘zlashtiradi, foydali narsalarni foydasiz narsalardan farqlaydi, o‘z xulq-atvorini tartibga soladi. Forobiy insonning 
barcha kuchlari ma‘lum sezgi organlari bilan moddiy sabab orqali bog‘lanadi, bu kuchlarning birortasi ham moddiy 
sababsiz mavjud bo‘la olmaydi
5
, deb hisoblaydi.  
Forobiy  inson  ruhining  bir  tanadan  boshqa  tanaga  o‘tishini  qat‘iyan  rad  etadi  va  ruh  ham,  tana  kabi 
substantsiyalarning individual birligidan iborat, deb hisoblaydi. Uning bu fikri noizchil bo‘lgan. Bunday noizchillik 
Aristotelning bilish nazariyasida ham kuzatiladi.  
Aristotelga ergashib Forobiy ham ayrim narsalar birlamchi, mavjud tushunchalar va g‘oyalar – ikkilamchidir 
va  ular  aqlda  muayyan  narsalarning  mavhumlashishi  natijasida  paydo  bo‘ladi,  deb  hisoblaydi.  Forobiyning  bu 
                                                 
4
  Qarang:  Фароби.  Комментарии  к  категориям  Аристотеля  //  Избранние  произведения  мислителей  стран 
Ближнего и Среднего Востока. – M., 1961. – 191-b. 
5
 Qarang: Фароби. Фусус ал-Хикам. Мажему ал-Фараби. 1997. – 150-152-b 

g‘oyalari  universaliyalar  va  umumiy  tushunchalar  haqidagi  qarashlarida  yanada  aniqroq  namoyon  bo‘ladi. 
Universaliyalar mavjud bo‘lgani uchun ham umumiy tushunchalar mavjuddir, deb hisoblaydi
6
 buyuk mutafakkir. 
Bilish  bosqichlari  o‘rtasidagi  farqlarni  tushunish  Forobiyga  bilish  yo‘llari  to‘g‘risida  mulohaza  yuritish 
imkonini  beradi.  Bilishning  fiziklar  foydalanuvchi  birinchi  yo‘li  sezishdan  boshlanishi  lozim,  chunki  tana  sezgiga 
yaqinroqdir. Bu hol sezgilar muayyan narsalarni aks ettirishi bilan izohlanadi. Narsalar sezgi organlarida aks etgach, 
jismni va  uning  yuzasi, chiziqlari va nuqtalarini  mavxum  o‘rganishga o‘tishi lozim.  Matematiklar jismning  u  yoki 
bu jihatlarini teranroq bilish uchun foydalanuvchi bilishning ikkinchi yo‘li mavhumlashtirishdan boshlanishi darkor. 
Bilishni  mavhum  nuqtadan  boshlagan  aql  muayyan  jism  bo‘ylab  harakatlana  boshlaydi,  mavhum  chiziq,  yuza, 
jismni anglaydi va so‘ngra muayyan jismni tushunib yetadi.  
Ilmiy bilim va  falsafiy tafakkurning rivojlanishi bilish yo‘llariga boshqacha nazar tashlash imkonini beradi, 
biroq Forobiy ilgari surgan g‘oya Gegel falsafasida o‘zining yanada barkamolroq ifodasini to‘adi. «Vazifa bilishdan 
iborat  bo‘lgani  tufayli,  kuzatish  bilan  taqqoslash  haqidagi  masala  undan  voz  kechish  ma‘nosida  yechilgandir. 
Endilikda  masala  faqat  bilish  doirasida  nima  birinchi  bo‘lishi  va  undan  keyin  nimalar  anglab  yetilishi  lozimligi 
haqida bo‘lishi mumkin. Endi tabiatga muvofiq yo‘l emas, balki bilishga muvofiq yo‘l talab etiladi. Bilish fikrning 
muayyan mazmunidan ko‘ra, mavhum mazmunini anglab etishi osonroqdir»
7
. Binobarin, bilish masalasi borliqning 
qaysi  jihati  biluvchi  sub‘ektning  ob‘ekti  hisoblanishidan  kelib  chiqib  hal  qilinadi.  Umuman,  Forobiy  g‘oyalari 
nafaqat SHarq fanining, balki G‘arb ijtimoiy-falsafiy tafakkurining rivojida ham muhim rol o‘ynadi.  
Abu  Rayhon  Beruniy  (973-1048  yillar,  asarlari:  ―Qadimgi  xalqlardan  qolgan  yodgorliklar‖,  ―Hindiston‖, 
―Minerologiya‖), tabiat va uning ob‘ektiv qonunlari mavjudligiga shubha qilmagan. U tabiat muttasil o‘zgarish va 
rivojlanishda  bo‘ladi,  materiya  narsalar  shaklini  o‘zi  yaratadi  va  o‘zgartiradi,  jon  (tafakkur,  ma‘naviy  hodisalar) 
tananing muhim xossasidir, deb ta‘kidlagan.  
Ma‘lumki,  tajriba,  eksperiment  borliqni  bilish  usullaridan  biri  hisoblanadi.  Beruniy  shunday  deb  yozadi: 
«Mendagi  ishtibohni  faqat  tajriba  va  takroriy  sinov  bartaraf  etishi  mumkin,  ...so‘zlovchilarning  yakdilligiga 
qaramay, buning haqiqiyligi tajribada o‘z tasdig‘ini to‘magan»
8
.  
Tadqiqotchilar fikriga  ko‘ra, «Beruniyni yetarli asos bilan o‘rta asr  fanida empirik metod yaratuvchilaridan 
biri  deb  hisoblash  mumkin.  U  metallar  va  minerallarning  xossalari  va  solishtirma  og‘irligini  aniqlash  bo‘yicha  bir 
qancha tajribalar o‘tkazdi»
9
. Tajribada olingan bilimni mutafakkir ayrim me‘yorlarga muvofiq ishonchli bilim deb 
talqin  qiladi.  Ularning  orasida  ob‘ektlarning  kuzatuvchanligi,  tajribalarning  qayta  o‘tkaziluvchanligi  va 
kuzatishlarning tekshiriluvchanligini qayd etish mumkin.  
Bu mulohazalar tajriba, bilim olish va uning haqiqiyligini tekshirish metodi sifatida, o‘rta asr sharoitida ham 
ancha keng tarqalgan, deb aytish imkonini beradi.  
G‘oya ilgari surilgani va ishonchli bilimning olinishi tajriba bilan bog‘lanishi, bilimning haqiqiyligi tajribada 
sinalishi muhimdir.  
Beruniyning ijodida  kuzatish muhim o‘rin egallaydi.  Tabiatni ilmiy o‘rganishda  kuzatish bilishning boshqa 
shakllari bilan o‘zaro bog‘langan. 
Beruniy  fikricha,  kuzatuvchi  kuzatilayotgan  hodisani  u  yuz  berayotgan  joyda  idrok  etadi
10
.  Binobarin, 
kuzatish u yoki bu hodisani uning muayyan ko‘rinishida qayd etadi
11
. Kuzatishlarning eski ma‘lumotlari ob‘ektning 
haqiqiy ko‘rsatkichini ancha buzib ifodalashi mumkin.  
Beruniy tadqiqotchi o‘tkazgan tajriba va uning natijasi amalda ishonchli ekanligini qayd etadi. U «Sinovdan 
boshqa ustuvor dastur, tajribada tekshirishdan o‘zga muvaffaqiyatga eltadigan dasturilamal yo‘q»
12
, deb yozadi.  
Beruniy  astronomik  kuzatishlar  vositasida  Oy  va  Quyoshning  tutilishi,  ularning  Yerdagi  hayotga  ta‘siri, 
iqlim, tabiiy va sun‘iy tanlanish, saqlanish, rivojlanish anomaliyasi kabi murakkab muammolarni yangi ilg‘or metod 
va nazariy tamoyillar yordamida yechishga harakat qildi.  
Beruniy  SHarqda  astronomiya  kuzatish  asboblarini  yaratish  texnikasining  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi 
tarixida ham yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. U o‘sha davrda ilmiy izlanishlar olib borishda foydalanilgan eski 
asboblarni takomillashtirish va yangilarini yaratishga alohida e‘tibor bergan. Olimni o‘ta aniqligi va mukammalligi 
bilan ajralib turuvchi kuzatish asboblarini yaratish imkoniyati masalasi qiziqtirgan.  
SHunday  qilib,  samo  jismlarining  holatlarini  nafaqat  asboblar  vositasida,  balki  o‘rganilayotgan  ob‘ekt 
xususiyatiga  muvofiq  amalga  oshirishni  allomaning  ulkan  xizmatlaridan  biri  deb  hisoblash  mumkin.  Bunday 
metodologik  mo‘ljal,  ilmiy  tadqiqotlar  jabhasi  cheklanganligiga  qaramay,  ilmiy  bilishning  yangi  yo‘llari  va 
vositalarini to‘ish borasidagi izlanishlarda muhim rol o‘ynadi.  
                                                 
6
 Farabi. Kitab al-Хuruf. – Dushanbе: Ilm, 1972. – 25-b 
7
 O‘sha manba, –B. 36 
8
 Абу Райхон ал-Бируни. Избранние произведения  в 6 т. -T. 3. –T.: 1963. –S. 44. 
9
 Хайруллаев М. Философское наследие народов Средней Азии и борба идеи.- Фаргона, 1988.- С.39. 
10
 Қаранг: Абу Райхон Беруни. Избранние произведения. В 6-т. Т. 3. – Т.: 1963. – 57-б. 
11
 Абу Райхон Беруни. Избранние произведения. в 6-т. T. 3. – T.: 1963. – B.260. 
12
 O‘sha manba, -B. 340.  

Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037).  O‘rta  Osiyoning  mashhur  qomusiy  allomasi  va  faylasufidir.  Buxorolik  Ibn 
Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir. Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,‖Donishnoma‖, 
―Xay ibn yakzon‖ayniqsa keng dovruq qozongan. 
Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma‘noda qomusiy bilimlar 
egasi  bo‘lganidan  dalolat  beradi.  Ibn  Sino  fanlarning  ularni  tadqiqot  ob‘ektlariga  ko‘ra  ajratishga  asoslangan 
tasnifini taklif qilgan.  
Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi va inson ularni anglab etishga 
qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan.  
O‘sha  davrda  u  shug‘ullanmagan  fanning  o‘zi  bo‘lmagan.  Tibbiyot  bilan  bir  qatorda,  Ibn  Sino  falsafa, 
xususan bilish nazariyasini ham faol tadqiq etgan.  
Ibn  Sino  moddiy  dunyo  predmet  larini  sezgilar  manbai  deb  hisoblab,  ularning  ob‘ektiv  tabiatini  tashqi 
moddiy dunyo in‘ikosi sifatida yoritadi. Bundan tashqari, u sezgini materiyaning xossalaridan biri deb e‘tirof etadi. 
Alloma  sezgini  materiyaning  oliy  shakllari  bilan  bog‘laydi.  Ibn  Sino  mavjud  narsalarni  tasniflar  ekan,  sezgi 
hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi
13
.  
Ibn  Sino  neoplatoniklarning  jon  hissiy  narsalarni  tananing  biron-bir  a‘zosisiz  idrok  etadi,  degan  ta‘limotini 
asossiz deb hisoblaydi. «Qadimda ayrim olimlar (neoplatoniklar) jon hissiy idrok etiluvchi narsalarni hech qanday 
organlarsiz  bevosita  sezadi,  deb  faraz  qilganlar.  Muhitga  kelsak,  bu,  masalan,  ko‘rish  uchun  muhit  bo‘lib  xizmat 
qiluvchi havo, organlarga kelsak, bu, ko‘rish organi bo‘lib xizmat qiluvchi ko‘zdir. Biroq ular haqiqatdan uzoqdir, 
chunki  hissiy  idrok  etish  jonning  o‘zida  bu  organlarsiz  yuz  berganida,  mazkur  organlar  behuda  yaratilgan  bo‘lib 
chiqar,  ulardan  hech  qanday  naf  bo‘lmas  edi»,  deb  yozadi  va  so‘zining  davomida  neoplatoniklarning  qarashlari 
asossiz ekanligini ta‘kidlab, haqiqat sezgilar tana a‘zolariga muhtojligidadir,
14
 degan xulosaga keladi. 
Ibn Sino sezgilar va sezgi organlari haqida ga‘irar ekan, u yoki bu sezgining yuzaga kelish mexanizmini ilmiy 
tushuntirishga harakat qiladi. Uning fikricha, hech qanday jism o‘z holicha ovozga ega bo‘lmaydi. Ovoz ikki jism 
to‘qnashganda havo va harakatning tebranishi natijasida yuzaga keladi. Bu to‘lqinlar juda tez tarqaladi. Ular quloqqa 
yetgach, tebranuvchi  havo eshitish nervlariga tegadi va ular bundan jonni  xabardor etadi
15
. Bu tavsif ancha sodda 
bayon etilgan bo‘lsa-da, hozirgi tasavvurlarga mos keladi. SHuningdek, Ibn Sino sezgilarni hali ob‘ektiv dunyoning 
sub‘ektiv  obrazi  sifatida  idrok  etmaganidan  dalolat  beradi.  Sezgilarni  tashqi  ta‘sirning  organizmdagi  harakati 
sifatida tushuntirar ekan, Ibn Sino uni mexanik talqin qiladi.  
Ibn  Sino  ko‘rish  haqidagi  ta‘limotni  ishlab  chiqdi.  Ko‘rish  jarayonini  tushuntirar  ekan,  u  ayni  vaqtda 
Platonning  bu  boradagi  ta‘limoti  asossiz  ekanligini  ko‘rsatadi.  Ibn  Sino  yorug‘likni  ko‘rishning  asosiy  vositasi 
sifatida alohida qayd etadi
16
.  
Alloma  sezgilarni  va  tuyg‘ularning  barcha  shakllarini  o‘rganib,  ularning  fiziologik  asoslarini,  ya‘ni  miya 
tuzilishida  sezgi  markazlarining  joylashuvini  tushuntirishga  harakat  qildi.  Miyani  aks  ettirish  faoliyatining  bosh 
apparati deb talqin qilib, Ibn Sino hissiy bilish shaklini miya bilan bog‘ladi va uni idrok etish va sezish asosi
17
 deb 
e‘tirof etdi. 
Ibn  Sino  ta‘limotiga  ko‘ra,  in‘ikos  faqat  aks  ettiruvchi  tizimga  bog‘liq  emas.  Sezish  markazi  miyaning  old 
qismida,  tasavvur  qilish  markazi  –  miyaning  o‘rta  qismida,  eslab  qolish  qobiliyati  –  miyaning  orqa  qismida 
joylashgan. «Kitob un-najot» asarida Ibn Sino har bir sezgining fiziologik asoslarini tadqiq etar ekan, hissiy bilish 
jarayonida asablar muhim rol o‘ynashini qayd etadi. Uning fikricha, miya asablar vositasida sezgilar va harakatlarni 
insonning  boshqa  a‘zolariga  uzatadi.  Asablar  miya  uchun  o‘tkazgichlar  bo‘lib  xizmat  qiladi
18
.  Umumiy  ma‘lum 
tasavvurga ko‘ra, asablar bosh miyada boshlanadi va ularning tarmoqlari terining yuza tomonida tugaydi
19
. Ko‘rib 
turganimizdek, Ibn Sino hissiy bilishning fizik va fiziologik asoslarini ilmiy yo‘l bilan tushuntirishga harakat qiladi.  
Ibn Sino O‘rta Osiyoning boshqa mutafakkirlari kabi tasavvurni ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Ibn Sinoning 
falsafiy  merosini  qiyosiy  o‘rganish  tabiatni  hamda  tasavvurning  gnoseologik  funksiyasini  tushunishda  u  asosan 
yagona  yondashuvga  tayanganini  ko‘rsatadi.  Ibn  Sino  tasavvurning  kuchi  shundaki,  umumiy  sezgiga  kiruvchi 
hamma narsa bizning sezgilarimizgacha yetib boradi, deb qayd etadi
20
.  
SHunday  qilib,  Ibn  Sino  fikriga  ko‘ra,  tasavvurning  gnoseologik  funksiyasi  shundan  iboratki,  u  tashqi 
narsalarning  obrazlarini  gavdalantiradi,  hissiy  idrok  etiluvchi  narsalar  yo‘qolganidan  keyin  ham  ularni  xotirada 
saqlab qoladi.  
Ibn  Sinoning  fikricha,  mohiyat  uch  tarzda  namoyon  bo‘ladi.  Birinchi  –  narsa  sezgilarda  ularni  kuzatish 
jarayonida  aks  etadi.  Bu  yerda  narsalarning  sezgi  organlarida  bevosita  aks  etishi  nazarda  tutilmoqda.  Ibn  Sino 
in‘ikos  kontseptsiyasini  bilish  jarayoni  sifatida  qayd  etar  ekan,  bilish  darajalari  to‘g‘risidagi  masalani  ko‘taradi. 
                                                 
13
 Qarang: Ибн Сино. Трактат о разделении существующих вещей. – Т.: Шарк, 1983. – 128-б. 
14
 Ибн Сина. Книга исцеления. – Т.: Фан, 1967. – 265-266-б. 
15
 Qarang: Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан.1996 – С 260-261. 
16
 Qarang: Ибн Сина. Книга спасения. – Т.: Шарк, 1986. – S 224. 
17
 Qarang: Ibn Sina. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан, 1986. С– 38. 
18
 Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан, 1986. –С.41 
19
 O‘sha manba,  –B. 99. 
20
 Qarang: Ibn Sinо. Dоnishnоma. – T.: Fan, 1976. – 264-b. 

Ma‘lumki, bu mo‘ljal yangi davr falsafasida ishlab chiqilgan va nemis klassik falsafasida o‘zining tadrijiy yakunini 
to‘gan.  
Ikkinchi  –  ob‘ektiv  borliqda  amalda  mavjud  bo‘lmagan  narsaning  mohiyati  anglanadi
21
.  Bu  yerda  formal 
ahamiyat kasb etuvchi va moddiy borliq bilan bog‘lanmaydigan ideallashtirilgan ob‘ektlar mohiyatini bilish nazarda 
tutiladi. Bu mohiyat inson aqlining ijodiy qobiliyatini namoyon etadi.  
Uchinchi  –  narsa  obrazi  muayyan  sharoitlarda  biluvchining  jonida  aniq  aks  etishi  mumkin.  Bu  tamoyilda 
narsani sezgi bog‘liq bo‘lgan aloqalardan mavhumlashtirish imkonini beruvchi abstraktsiyaning kuchi qayd etiladi. 
Bunda narsaning obrazi uning substrati mavjud emasligiga qaramay aks etishi mumkin.  
SHundan kelib chiqib, Ibn Sino oqilona bilishda abstraktsiya muhim rol o‘ynashini qayd etadi. «Bilish narsa 
obrazini  mavhumlashtirishning  ayrim  o‘zaro  bog‘langan  bosqichlaridan  iborat  jarayon  bo‘lib,  uning  natijasida 
biluvchining  ongida  predmet  ning  mohiyati  va  xususiyatlarini  ifodalovchi  tushuncha  vujudga  keladi.  Bunday 
mavhumlashtirish bosqichlari to‘rtta». 
22
.  
Ibn Sino «umumiy sezgi»ni ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Uning fikricha, umumiy tuyg‘u – bu miyaning old 
qismida  joylashgan  kuch  bo‘lib,  u  besh  sezgida  aks  etuvchi  barcha  shakllarni  va  ular  uzatuvchi  kuchni  mustaqil 
qabul  qiladi
23
.  Binobarin,  Ibn  Sino  fikriga  ko‘ra,  sezgi  organlari  yordamida  olingan  tuyg‘ular  umumiy  sezgi 
vositasida birlashtiriladi va narsaning hissiy obrazi yaratiladi.  
Obraz  deganda  alloma  narsaning  tashqi  xususiyatlari  va  xossalari,  materiyaning  aktsidental  tomonlari 
yig‘indisini  tushunadi.  Masalan,  inson  va  uning  obrazi  haqida  so‘z  yuritar  ekan,  u  shunday  deb  yozadi:  «Uning 
obrazi bu uning uzunligi, kengligi, sifati, miqdori va uning holati, ya‘ni inson bilan bog‘liq barcha narsalardir»
24
.  
Ibn  Sinoning  yuqorida  bayon  etilgan  g‘oyalari  ilmiy  tafakkur  shakllanishining  keyingi  davrlarida 
rivojlantirildi va yangi natijalar bilan boyitildi.  
SHunday  qilib,  bilish  jarayoni  pirovard  maqsadi  ob‘ektlar  mohiyatini  bilishdan  iborat  bo‘lgan  murakkab 
jarayondir. O‘rta asr Markaziy Osiyo mutafakkirlari asosan bilish bilinayotgan ob‘ektning in‘ikosidir, degan nuqtayi 
nazardan  kelib  chiqdilar.  Bunda  insonning  sezgi  organlari  bevosita  bog‘lovchi  bo‘g‘in  hisoblanadi,  ya‘ni  sezgilar 
yordamida bilinuvchi ob‘ektiv dunyo bilish manbai sifatida amal qiladi.  
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin