Andijon mashinasozlik instituti


Rus mumtoz nafosat falsafasi



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58
falsafa


Rus mumtoz nafosat falsafasi 
Bu  davrga  kelib  Rossiyada  ham  falsafiy  tafakkur  yuksak  darajaga  ko‘tarildi,  rus  san‘ati  ham  mislsiz 
taraqqiyotga etishdi. SHu bois XIX asr oxiri va XX asr boshlarida rus tafakkurini tom ma‘noda mumtoz deb atash 
mumkin. Ana shu mumtoz tafakkurning etakchi vakillaridan biri – shoir, ilohiyotchi, faylasuf Vladimir Sergeevich 
Solovyovdir (1853-1900)
Solovyov go‘zallikni o‘zining ziddidan, ya‘ni xunuklikdan (go‘zal insoniy vujud xunuk embriondan vujudga 
kelganidek),  bir-biriga  qarama-qarshi  ikki  ibtido  –  modda  va  nurning  o‘zaro  birikuvidan  tug‘iladi  deb  hisoblaydi. 
Qaerdaki  modda  nurafshon  bo‘lsa,  o‘sha  erda  go‘zallik  hodisasini  uchratish  mumkin.  Modda  va  nurning  uzviy 
omuxtaligi – hayot, deydi Solovyov. SHu bois qaerda hayotning ichki to‘laqonligiga erishilsa yoki uning hodisalari 
                                                 

 Qarang: Шопенгауер А. Мир как воля и представление. Т.1. Минск, Попурри, 1998. С. 312-316. 
196
 Шопенгауер А. Введение в филосифию. Новые паралипомены. Об интересном. Минск, Попурри, 2000. С. 
397. 

«jonli kuchlar o‘yini taassurotini» qoldirsa, tabiat o‘sha erda o‘zining bor go‘zalligi bilan namoyon bo‘ladi. Nur va 
hayot - tabiatdagi estetik mazmunni baholashning ikki asosiy mezoni. 
Buyuk  rus  mutaffakiri  tabiiy  go‘zallikni  uning  noorganik  dunyodan  organik  dunyoga,  undan  insonga  qarab 
taraqqiy  etib  borishida  ko‘radi.  Noorganik  dunyoda  go‘zallik  ikki  turda  mavjud  bo‘ladi;  ziyoiy  go‘zallik  (yulduzli 
osmon, kamalak, olmos) va hayotni oldindan anglatuvchi hodisalar aurasi - ufurishi (shildiragan irmoq, sharshara v.h.) 
sifatidagi  go‘zallik. Nabotot dunyosidagi estetik  makonda  hayratda qoldiradigan bezakdorlikka esa bo‘lgan  go‘zallik 
etakchilik  qiladi.  Bunday  go‘zallikning  oliy  ifodasi  gullardir.  Hayvonot  dunyosida  go‘zallik  naqshlar  (ranginlik)  va 
musiqiy shakllarda namoyon bo‘ladi. U go‘zallikni ob‘ektiv asosdan ajrata olmaydi, aksincha u, eng avvalo xususiyat, 
keyin tushuncha: «Go‘zallik, – deb yozadi V.Solovyov «Tabiatdagi go‘zallik» asarida, – haqiqiy voqelik, dunyoda ro‘y 
berayotgan tabiiy jarayonlar asaridir»

. Bu bilan u tor doiradagi «estetlar» va estetik nazariyalarga radiya bildirmoqchi 
bo‘ladi.  SHu  sababli  L.Tolstoy:  «Zero  go‘zallikka  asoslangan,  estetik  risolalarda  bayon  etilgan  va  jamoatchilik 
tomonidan ilg‘ar-ilg‘amas tarzda tushuniladigan san‘at nazariyasi, bizga, ya‘ni ma‘lum bir davradagi odamlarga nima 
yoqqan bo‘lsa va yoqsa o‘shani yaxshi deb tan olinishidan boshqa narsa emas», – deb yozadi o‘zining «San‘at nima?» 
risolasida

.  Tabiiy  go‘zallik  o‘zining  oliy  ifodasini  insonda  topadi;  u  tabiat  dunyosidagi  estetik  idealning  eng 
mukammal  ko‘rinishi;  ong  ato  etilgan  inson  tabiati  voqeligini  ijodiy  o‘zlashtirishga  qodir.  Biroq,  Solovyovning 
fikricha, so‘nggi paytlarda tabiat va inson orasida qarama-qarshilik chuqurlashib bormoqda; inson tabiatga, qandaydir 
qiyofasiz bir narsaga qaraganday munosabatda bo‘lmoqda. SHu bois faylasuf ekologik muammoni axloqiy jihatdan hal 
etishning yagona usulini go‘zallikda ko‘radi. Bu o‘rinda san‘at asosiy tarbiyachi rolini o‘taydi. 
Vladimir  Solovyov  «San‘atning  umumiy  ma‘nosi»  asarida  san‘at  oldiga  uch  yoqlama  vazifa  qo‘yadi;  1) 
tabiatning  estetik  ifodasida  ifoda  topilmaydigan  jonli  g‘oyani,  uning  ichki  mazmunini  moddiylashtirish;  2)  uning 
estetik  borlig‘ini  ruhoniylashtirish;  3)  uning  muayyan  hodisalarini  mangulikka  dahldor  hodisalarga  aylantirish.  – 
Mana shu vazifani bajarib borish jarayonida san‘at

 ilhomli kafolatga aylanadi, voqelikning o‘zida esa moddiylikni 
ma‘naviylashtirish  jarayonlari  kuchayadi.  Inson  san‘ati  insonning  o‘zini  komil  go‘zallikdan  bevosita  va  bilvosita 
ogoh  etadi.  Bevosita  ogoh  etish  musiqa  va  lirik  she‘riyatda  ifodalanadi.  Bilvosita  ogoh  etishning  shakli  ikki  xil 
bo‘ladi:  a)  tabiiy  go‘zallikni  kuchaytirish,  ideallashtirish  (me‘morlik,  rangtasvirli  manzaralar);  b)  ideal  va 
voqelikning  mos  kelmasligini  ifodalash  (qahramonlik  eposi,  fojea,  kulgi  (komediya).  Xullas,  Vladimir 
Solovyovning  san‘at  falsafasi  dunyoni  estetik  tarzda  ro‘yobga  chiqarish,  voqelikni  badiiy  jihatdan  qayta  bunyod 
etish g‘oyasiga asoslanadi. 
Biz  mumtoz  deb  atagan  rus  estetikasida  o‘nlab  ulug‘  faylasuflar  bilan  birgalikda  F.M.Dostoevskiy, 
Ya.N.Tolstoy,  I.S.  Turgenev,  A.Fet,  A.P.Chexov  singari  buyuk  yozuvchi-shoirlar  ham  o‘z  o‘rniga  ega. 
Shulardan biri – Lev Tolstoy (1828 – 1910) qarashlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Tolstoy  san‘atning  mohiyatini  aniq-ravshan  ifodalashga  yo‘l  ochish  uchun  «hamma  narsani  chalkashtirib 
yuboradigan  go‘zallik  tushunchasini»  bir  chetga  surib  qo‘yishni  taklif  etadi.  Uning  fikriga  ko‘ra,  san‘atning  nima 
ekanini aniqlab olish uchun, avvalo unga lazzat vositasi emas, balki inson hayotining shartlaridan biri sifatida qarash 
lozim. San‘at Tolstoyning ta‘biricha, shunday insoniy fazilatki, unda bir kishi ongli ravishda ma‘lum tashqi belgilar 
bilan  o‘zi  boshidan  kechirgan  hislarni  etkazadi,  boshqa  odamlar  esa  o‘sha  hislarni  o‘ziga  yuqtirib,  ularni  qayta 
ko‘ngildan o‘tkazadi. 
Buyuk rus mutafakkiri ijodning maqsadini «fikrni badiiy ifodalash» deydi. Fan va san‘at bir-biri bilan xuddi 
o‘pka  va  yurakdek  o‘zaro  bog‘liq,  agar  bir  a‘zo  buzilsa,  ikkinchisi  ham  to‘g‘ri  harakat  qilolmaydi.  Fanning  ishi 
muhim  haqiqatlarni  izlab  topish  va  ularni  kishilar  ongiga  singdirish.  San‘at  esa  ana  shu  haqiqatlarni  ilm-fan 
olamidan  hissiyot  olamiga  o‘tkazish  bilan  shug‘ullanadi.  Tolstoy  san‘atdagi  g‘oyasizlikni  inkor  etadi.  SHu 
munosabat  bilan  mazmun  va  shaklning  o‘zaro  aloqalariga  to‘xtaladi.  U  shakl  va  mazmun  yaxlitligini  tan  oladi 
hamda  bir  tomondan,  mazmunni  asosiy  hodisa  sifatida  talqin  etar  ekan,  badiiy  shaklsiz  san‘at  asarining  bo‘lishi 
mumkin emasligini ta‘kidlaydi. 
Tolstoy  Yangilikni  haqiqiy  san‘at  asarining  asosiy  belgisi  deb  ataydi.  Asl  san‘atkor  doimo  odamlarga 
noma‘lum nimadir, Yangi narsa topishga harakat qiladi. Mazmunni yorqin ifodalash uchun san‘atkor Yangi shakllar 
izlaydi.  Tolstoy  dekadansni  «bema‘nilikning  so‘nggi  bosqichi»  deb  ataydi.  Nitstsheni  dekadansning  nazariy 
yo‘lboshchisi  sifatida  tanqid  qiladi,  ularning  san‘atini,  xuddi  o‘zlaridek  tentaklardan  tashkil  topgan  kichkinagina 
to‘garak  a‘zolarigagina  yoqadigan  «ijod  mahsullari»,  deb  ataydi.  Haqiqiy  san‘at  esa  eng  keng  sohalarni  qamrab 
oladi. Inson qalbining mohiyatini o‘ziga rom etadi. YUksak va asl san‘at doimo shunday bo‘lib kelgan. 
Ko‘pchilikni hayratda qoldiradigan yana bir narsa borki, bu Tolstoyning SHekspirga munosabati. Buyuk rus 
yozuvchisi  «San‘at  nima?»  risolasi  va  «SHekspir  va  drama  haqida»  maqolasida  SHekspirni  nafaqat  tanqid  qiladi, 
balki batamom inkor etadi. Tolstoyning fikriga ko‘ra, SHekspir pesalari asosida «eng tuban, eng qabih dunyoqarash 
yotadi»,  ularda  oliy  tabaqalar  ko‘klarga  ko‘tarilib,  omma  nafratiga  munosib  qilib  tasvirlanadi,  mavjud  tuzumni 
o‘zgartirishga  bo‘lgan  har  qanday  intilish,  xususan,  insonparvarlik  yo‘nalishidagi  intilishlar  ham  qoralanadi. 
SHekspir  ijodi  aksildemokratik  mohiyatga  ega,  uning  asarlari  axloqsiz  asoslarga  qurilgan.  Ular  beistisno  tarzda 
yuqori sinflar san‘atini tashkil etadi. 
                                                 

 Соловѐв В. Сочинения в 2 т. Второе издание. Т. 2. М., Мысл, 1990. С. 359. 

 Толстой Л. Собрание сочинения в 22 т. Т. XV, М., ИХЛ, 1983. С. 74. 
 

Turkiston ma‟rifatchi-jadid mutafakkirlarining estetik qarashlari. 
Bu  harakat  ibtidosida  turganlardan  biri  buyuk  o‘zbek  shoiri  Zokirjon  Xolmuhammad  o‟g‘li  Furqatdir 
(1958-1909). Agar shoirning g‘azallari, muhammislari, musaddaslari lirik tabiatga ega bo‘lib, ularda yor go‘zalligi 
madh  etilsa,  masnaviylarida  ijtimoiy  muammolar  o‘rtaga  tashlanadi.  Masnaviylarning  bir  qismi  («Ilm  xosiyati», 
«Vistavka xususida», «Gimnaziya») ma‘rifatni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan. «Toshkent shahrida bo‘lg‘on nag‘ma 
bazmi xususida», «Nag‘ma va nag‘magar va aning asbobi va ul nag‘ma ta‘siri xususida», «Suvorov haqida», «SHoir 
ahli  va  she‘r  mubolag‘asi  xususida»  deb  atalgan  masnaviylar  esa  ma‘lum  ma‘noda  estetikaga  taalluqli.  Iste‘dodli 
filolog  olim  SHuhrat  Rizaev  ulardan  birini  –  «Suvorov  haqida»gi  masnaviyni  ilk  o‘zbek  teatr  tanqidi  namunasi, 
spektaklga she‘riy yo‘lda yozilgan taqriz deydi. Bu fikrda jon bor. Zero yuqoridagi masnaviylarni o‘ziga xos estetik 
manzumalar  deyish  mumkin.  Furqat  «Nag‘ma  va  nag‘magar  va  aning  asbobi  va  ul  nag‘ma  ta‘siri  xususida» 
masnaviysida «Toshkand shahrida bo‘lg‘on nag‘ma bazmi xususida» masnaviysidagi «taqrizchilik» doirasidan chiqib 
ketadi,  xonandalar,  sozandalar,  konstert  zali,  unga  kirish  qoidalarini  tasvirlashdan  voz  kechadi,  asosiy  e‘tiborni 
musiqadan va undan olinadigan estetik lazzat haqida fikr yuritadi.  
Anbar Otin (1870-1915) ijodida san‘atning ijtimoiylik  mohiyati birinchi o‘ringa chiqadi. YA‘ni Furqatdagi 
ibtido  Anbar  otinda  markazga,  markaziy  masalaga  aylanadi  –  Anbar  otin  badiiy  ijodga  mumtozchilik  emas, 
jadidchilik  nuqtayi  nazaridan  yondashadi:  badiiy  asar  xalqqa,  uni  milliy  ozodlikka  olib  chiqishga  xizmat  qilishi 
kerak. U bir she‘rida Kamiyga murojaat etib, shunday deydi: 
SHe‘r yozsangiz xaloyiq holidan mavzu eting, 
Ko‘p ulug‘larni madh etmoq erur bu isrof. 
Avvalo o‘ylang, el ichra zindagi qay holdadir, 
Ikki yoqlik zulmni siz aylang hamisha e‘tirof


Anbar Otin  «Qarolar falsafasi» risolasida shoirlik iste‘dodiga, shoirlar toifalariga alohida to‘xtaladi. SHoira 
ustoz  shoirlarni  yuzaki  talqin  etishga,  ular  ijodini  yor  ko‘yidagi  oh-vohlardan  iborat  deb  qarashga  keskin  qarshi 
chiqadi. Mumtoz shoirlarning fikriy-falsafiy teranligini anglashga chaqiradi:  
«Aksari  zamona  ahli  mashhur  nomvor  ustodlar  haqida  alarning  nazmi  nolalarig‘a  zohiran  baho  berib,  alar 
faqat yor ishqida ovora bo‘lub, umr o‘tkazibdur derlar...  
Haqiqatda lojaram ul g‘azallar botini hisobsiz falsafiy donish va aql gavharlari ila to‘ladur»


Anbar Otin badiiy ijod ahlida alohida, o‘ziga xos nigoh borligini, ular boshqalar ko‘rmagan narsalarni ko‘ra 
bilishlarini ta‘kidlaydi. Ana shu nigoh, iste‘dodni shoira «ko‘z» deb ataydi.  
«..Mahfiy  emaski,  –  deb  yozadi  Anbar  otin  –  har  shoirda  o‘tkir  botindagi,  ya‘ni  hayot  ichidagi  sirlarni 
ko‘radigon ko‘z bo‘lur. o‘shal o‘tkir ko‘z ilan boshqalar ko‘rmagan sirlarni mushohida qilub, adab haririg‘a burkab, 
arzi ma‘nisini nafis iboralar ilan tarannum etar. Shundoq shoirni shoir desa bo‘lur.  
Modomiki, shoir shundoq falsafiy mushohada egasi ekan, aning barcha fikri takroriy yo‘l ilan ta‘lim olishga 
sazovordir».  Ko‘rinib turibdiki, Anbar Otin shoirona nigoh bilan ilg‘ab olingan voqelikni «adab haririg‘a burkab», 
«nafis  iboralar  bilan»,  ya‘ni  yuksak  badiiyyat,  majoziy  ifoda  va  ravon  til  –  go‘zal  shakl  vositasida  o‘quvchiga 
etkazishni talab etmoqda.  
Ayni paytda, risola muallifi tushkunlik ruhidagi she‘rlarni va tarkidunyochilikni targ‘ib etuvchi asarlarni 
hamda  ularning  ijodkorlarini  qattiq  tanqid  ostiga  oladi.  Uning  fikriga  ko‘ra,  bunday  asarlar  jamiyat  uchun  zararli. 
Zero  «bu kabi shoirlar g‘azaliyotini o‘qug‘on odam umrini barham berib, tezroq dunyodin kechish fikrig‘a duchor 
bo‘lur...»

  SHoira  har  bir  badiiy  asar  hayotbaxsh  ruhga  ega  bo‘lishi  va  shu  bilan  jamiyatni  Yangilashga  xizmat 
qilishi, milliy ozodlik uchun kurashga da‘vat etishi kerak degan fikrni ilgari suradi. 
Agar biz Furqat va Anbar Otin ijodini, ma‘rifatchi-jadidchilar estetikasining dastlabki bosqichi desak, uning yuksak 
pog‘onasini Behbudiy, Fitrat, Hamza, Sadriddin Ayniy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon singari ulkan ijodkorlar qarashlarida 
ko‘rishimiz  mumkin.  Ular  orasida,  ayniqsa,  Fitrat  (1886-1938)  bilan  Cho‟lponning  (1898-1938)  estetik  qarashlari 
alohida diqqatga sazovor. Zero bu qarashlar ma‘lum ma‘noda san‘at falsafasi sifatida muayyan nazariy asoslarga qurilgan. 
SHu jihatdan Abdurauf Fitratning «Adabiyot qoidalari» risolasi e‘tiborga molik. 
Avvalo shuni aytish kerakki, «Adabiyot qoidalari»da  muallif na faqat adabiyot nazariyotchisi sifatida, balki 
keng quvvai hofizali nafosatshunos tarzida maydonga chiqadi. U badiiy adabiyotni alohida, muxtor, «katta san‘at» 
sifatida olib qaramaydi. Fitrat nazdida u ham san‘at turi, boshqa san‘at turlari bilan uzviy aloqadorlikda ish ko‘radi. 
SHu bois juda ko‘p o‘rinlarda «Adabiyot qoidalari» – misollari badiiy adabiyotdan keltirilgan estetika nazariyasiga 
aylanib ketadi. Bu tasodifiy emas. Fikrimizning isboti uchun risolaning o‘ziga murojaat qilaylik. 
Fitrat badiiy adabiyot nima ekanini anglatish, nazariy, amaliy ta‘riflash uchun eng avvalo «san‘at» va «go‘zal 
san‘atlar» iboralarini tushunib olish lozimligini aytadi. U san‘atning ikki xil – manfaatli va manfaastiz, ya‘ni hunar-
san‘at  hamda  sof-san‘at  bo‘lishini  tanbursoz  usta  bilan  «Iroq»  kuyini  chalgan  tanburchi  misolida  jonli  tushuntirib 
beradi; tanburning yaxshiligi – ishga yaraganligi, foyda keltirgani. «Iroq kuyining yoxshilig‘i esa kishiga ma‘naviy 
                                                 

 o‘sha manba, 46-47-b. 

 Anbar otin. Tanlangan asarlar. T., G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, 1970 y., 48-b. 

 O‘sha manba, 98-b. 

ta‘sir etmak... Shuning uchun buning yoxshilig‘iga, yoxshilig‘ emas go‘zallik deydilar. Bunday san‘atlarga «go‘zal 
san‘atlar» deyiladir»


Mutafakkir  adib  bu  bilan  bevosita  bo‘lmasada,  bilvosita  go‘zallikning  manfaastizlik  xususiyatini  ham 
ta‘kidlayotgani  ko‘rinib  turibdi.  Ayni  paytda  u  go‘zallik  yaratishga  qaratilgan  san‘atlarning  muayyan  madaniy 
darajaga ko‘tarilgan xalqlarda mavjud bo‘lishini va uning asosiy vazifasi idrok etuvchini bir tomondan, ovuntirish, 
ikkinchi  tomondan,  tarbiyalash  ekanini  aytib  o‘tadi:  «Miyasi  yuksalmagan  bolalar,  san‘atdan  xabarsiz  kishilar 
shodliqli, qayg‘uli tuyg‘ularini sakrab, o‘ynab, kulib, yig‘lab, talpinib jonlantiradilar, ochiqqa chiqarib boshqalarg‘a 
onglatadilar-da,  shu  yo‘l  bilan  ovuntirilg‘an  bo‘ladirlar,  san‘at  egalari  esa  turli  tovar  (material)lar  yordami  bilan 
o‘zlarining  tuyg‘ularini  jonlantirib  maydong‘a  chiqaradi.  SHu  yo‘lda  boshqalarni  o‘z  tuyg‘ulari  bilan 
tuyg‘ulantirishga tirishadirlar». San‘atning ana shu xususiyatlari va vazifalari to‘g‘risida fikr yuritib bo‘lgach, Fitrat 
yana  «go‘zal san‘atlar» ta‘rifini, lekin endi boyigan,  mukammallashgan ta‘rifini keltiradi: «Mana shunday  «yurak, 
fikr,  tuyg‘u  to‘lqunlarini  so‘z,  tovush,  bo‘yov,  shakl,  harf,  harakat  kabi  tovarlar  (materiallar)  yordami  bilan 
jonlantira chiqarib, boshqalarda ham shu to‘lqunni yaratmoq» hunariga «go‘zal san‘atlar» deyiladir». 
Shundan so‘ng Fitrat har bir «go‘zal san‘at»ning materialiga, substratiga (moddiy asosiga) qarab, ularni olti 
tur  va  ikki  xilga  (turkumga)  bo‘ladi.  U  musiqani  birinchi  o‘ringa  qo‘yadi,  undan  keyin  «rasm,  haykalchilik, 
me‘morlik,  o‘yun  (tans),  adabiyot»  keladi.  «Go‘zal  san‘atlarning  mana  shu  olti  turlari  bir-birlariga  yaqinlashmoq 
e‘tibori bilan ikki turkumga ayriladir, – deb yakunlaydi muallif o‘z xulosasini. – Adabiyot, musiqa, o‘yun (tans) bir 
turkum; rasm, haykal, me‘morlik bir turkum bo‘ladir»


«Adabiyot  qoidalari»da  Fitrat  uslub  masalasiga  ham  atroflicha  to‘xtaladi.  Uslubning  zamonga,  makonga  va 
shaxsga  xoslik  xususiyatlarini  aytib  o‘tadi,  uni  uyg‘unlik  bilan,  ohang  bilan  uzviy  bog‘liq  ravishda  tadqiq  etadi. 
Shuningdek,  muallif  kitob  oxirida,  «Adabiyotda  oqim  istilohlari»  sarlavhasi  ostida  klassistizm,  rastionalizm, 
romantizm, simvolizm, realizm, modernizm singari tarixiy va zamonaviy yo‘nalishlarning qisqacha tavsifini beradi. 
Fitratning  «Adabiyot  qoidalari»dan  tashqari  musiqamiz  tarixi  va  aruz  nazariyasiga  bag‘ishlangan  alohida-
alohida risolalari ham borki, ular ham estetika nuqtayi nazaridan qimmatlidir. 
Turkiston badiiy tafakkuriga ulkan xissa qo‘shgan yana bir jadid mutafakkiri Abdulhamid Cho‘lpondir. 
Cho‘lponning go‘zallik haqidagi tushunchasi o‘ziga xos, asosan u shoir she‘rlarida «go‘zal» so‘zi orqali aks 
etadi.  o‘z  fikrini  sho‘rolar  stenzurasidan  yashirib  ifodalash  maqsadida  shoir  «go‘zal»  so‘ziga  turli  xil  ma‘nolar 
yuklaydi:  u,  bir  tomondan,  qo‘l  etmas  go‘zal  yor,  ikkinchi  tomondan  sururiy  (romantik)  go‘zallik.  Lekin  har  ikki 
holatda ham tagma‘no tutqunlikka mahkum go‘zallikni, go‘zal Turkistonni o‘zida mujassam etadi.  
U bir tomondan go‘zal asar, ikkinchi tomondan asarda go‘zallik yaratish uchun birgina iste‘dodning kamlik 
qilishini,  qattiq  mehnat  qayta  ishlashlar  –  rejalashtirilgan  estetik  faoliyat  ham  zarurligini  ta‘kidlaydi.  Chunonchi, 
Lutfulla  Narzullaev  ijodiga  bag‘ishlangan  «Sahna  sirlariga  oshno  san‘atkor»  maqolasida  u  aktyorning  rol  ustida 
ishlashini  umumlashtirib,  uning  estetika  talabi  ekanini,  ya‘ni,  san‘at  uchun  xususiy  emas,  balki  umumiy  hodisa 
ekanini juda chiroyli ifodalaydi:  
«Har  qanday  ijodiy  asarni  ham  ishlab  pishitadilar,  –  deb  yozadi  Cho‘lpon.  –  SHoirning  she‘ri,  nasrchining 
roman  yo  hikoyasi,  bastakorning  cholg‘u  asari,  cholg‘uchining  bajarmasi,  hatto  zargarning  chiroylik  baldoq  va 
shokilasi, yo‘nmachi ustaning yo‘nmakor asari... — bular hammasi ishlanish orqasidan pishadi, etiladi, qiymatli asar 
holiga keladi»


YUqoridagi  misollardan  ko‘rinib  turibdiki,  Cho‘lpon  ham  boshqa  jadid  mutafakkirlari  kabi  millatni  estetik 
tarbiya vositasida uyg‘otishni birlamchi vazifa deb bilgan. SHu bois uning asosiy diqqati o‘sha davrlarda nisbatan 
ommaviy bo‘lgan san‘at turlari – badiiy adabiyot va teatrga qaratildi. 
Xulosa  qilib  aytadigan  bo‘lsak,  Turkiston  jadid-ma‘rifatchilari  qisqa  vaqt  ichida  nafis  san‘at  targ‘ibotini 
yo‘lga qo‘ydilar. Afsuski, Yangi mustamlakachilik siyosati asosiga qurilgan sho‘rolar davlati ularni qatag‘on qilib, 
asarlarini  ta‘qiqlab,  Turkiston  xalqlari  Uyg‘onishi  harakatiga  chek  qo‘ydi.  Shunga  qaramay,  jadidlar  qoldirgan 
meros bugungi kunda ham o‘z ahamiyati va ta‘sir kuchini yo‘qotgan emas. 
Jadidchilikdan keyingi davrlar o‟zbek estetikasi 
Sho‘rolar davri 1917 yil oktyabrda (7 noyabrda) bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan davlat to‘ntarishi 
natijasida  sobiq  chor  Rossiyasi  hududida  «proletar  diktaturasi»  nomi  ostida  totalitar  tuzum  o‘rnatildi.  Aldov  va 
firibgarlik bilan hokimiyatni qo‘lga olgan V.I.Lenin rahbarligidagi beshafqat kimsalar, o‘zlarini xalq tarafdori qilib 
ko‘rsatib, kimki qarshi tursa,  hatto o‘zlariga qo‘shilmagan  betaraflarni  ham qatag‘on qilishga kirishdilar. Lenin va 
uning  korchalonlari  maqsadini  «Novaya  jizn»  gazetasining  hammuassisi,  buyuk  rus  yozuvchisi,  ulug‘  insonparvar 
Maksim  Gorkiy  «Bemavrid  mulohazalar»  falsafiy-publististik  maqolalar  turkumida  fosh  etib  tashladi.  Gazetaning 
1917 yil 7 (20) noyabr, 74-sonidayoq «Demokratiya borasida» degan maqolasida u shunday deb yozgan edi: 
«Lenin,  Trostkiy  va  ularga  ergashgan  kimsalar  allaqachon  hukmdorlikning  chirkin  og‘usi  bilan 
zaharlanganlar, so‘z erkinligi, shaxs erkinligi va barcha huquqlar tantanasi uchun kurashgan demokratiyaga nisbatan 
ulardagi  sharmandalarcha  munosabat  shundan  shohidlik  beradi...Bu  yo‘lda  Lenin  va  uning  tarafdorlari  Peterburg 
                                                 

 Fitrat. Adabiyot qoidalari. T., o‘qituvchi, 1995, 20-b. 

 o‘sha manba, 21-b. 

 o‘sha manba, 141-b. 

ostonalaridagi odamkushlik, Moskvani xarobaga aylantirish, so‘z erkinligini yo‘qotish, bema‘ni hibslar singari Pleve 
va Stolipinlar qilgan qabihliklarga o‘xshash barcha jinoyatlarni amalga oshirish mumkin deb hisoblaydilar»


«Ishchilar  diqqatiga»  degan  maqolasida  esa  (  «Novaya  jizn»,  1917  yil  10  (23)  noyabr,  77-son)  Gorkiy 
bolsheviklar boshlagan qatag‘onlarning asl sabablarini ochib beradi:  
«...Lenin  va  Trostkiy  taqiqlar  bilan  kelishmaganlarning  hammasini  ochlik  va  qirg‘in  bilan  qo‘rqitib,  bu 
«dohiylar»  mamlakatdagi  eng  sara  kuchlar  ne-ne  qiyinchiliklarni  boshdan  kechirib,  uzoq  vaqt  qarshi  kurashgan 
hukmdorlik zulmini oqlamoqdalar. o‘zlarini sostializmning napoleonlari deb bilgan leninchilar, har hunarga tushib, 
Rossiyani xarob qilishni oxiriga etkazmoqdalar – rus xalqi hali buning uchun daryo-daryo qon bilan xun to‘laydi. 
Leninning  o‘zi,  shaksiz,  istisnoli  darajadagi  qudratli  kishi...  ayni  paytda  u  «dohiylik»ning  barcha 
xususiyatlariga, shuningdek, bu rol uchun zarur bo‘lgan axloqsizlikka va omma hayotiga haqiqiy boyvachchalarcha 
beshafqat munosabat qila bilish qobiliyatiga ega»


Biz  Sho‘rolar  o‘rnatgan  totalitar  tuzum  mohiyatini,  eng  buyuk  yovuz  insonlar  –  Lenin  va  Stalin  o‘rnatgan 
YOvuzlik  saltanatining  ijtimoiy  mohiyatini  tahlil  qilib  o‘tirmaslik  uchun  Gorkiydan  kattaroq  ko‘chirma  keltirib 
qo‘ya  qoldik.  Ma‘lumki,  Gorkiy  keyinchalik  Stalin  tomonidan  zaharlab  o‘ldirildi,  buyuk  shoir  Mayakovskiy  esa 
o‘zini  otib  tashladi.  Bu  hodisalar  totalitar  tuzum  uchun  nihoyatda  qo‘l  keldi:  Gorkiy  va  Mayakovskiy  sovet 
adabiyotining (kengroq ma‘noda san‘atining, asoschilari deb e‘lon qilindi va SHo‘rolar Ittifoqi hududida sostialistik 
realizm deb atalgan soxta metod – asar yaratish uslubi yagona, hamma san‘at turlari uchun majburiy uslub sifatida 
qonunlashtirildi. Sostialistik realizm metodi ijod erkinligi, fikr va so‘z erkinligini mohiyatan inkor etadigan hamda 
san‘atni  rus  ulug‘davlatchilik  shovinizmiga  asoslangan  sinfiylik  va  partiyaviylik  degan,  insoniylikka, 
insonparvarlikka qarshi mafkuraviy quyushqondan iborat edi. Bunga ko‘nmagan ijodkorlar otib tashlandi, qamaldi, 
surgun qilindi, Ittifoq hududidan chiqarib yuborildi. Jahonni hayratga solgan XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi rus 
san‘ati tom ma‘noda inqirozga uchradi. Milliy respublikalar san‘atida esa har bir asarda Lenin va Stalin madh etilar, 
albatta  boshqa  millatlarga  «aql  o‘rgatib  turadigan»,  «ulug‘  og‘a»  –  rus  kishisi  ishtirok  etishi  shart  edi.  Barcha 
respublikalarda  milliy  uyg‘onishga  xizmat  qilgan  oqimlar  qatag‘on  qilinganidek,  o‘zbekistonda  ham  jadidchilik 
«tag-tugi bilan qo‘porib tashlandi». 
Shunday  qilib,  XX  asrning  30-yillariga  kelib,  falsafiy  tafakkur,  shu  jumladan  estetik  tafakkur  ravnaqdan 
to‘xtadi,  aksincha  tanazzulga  qarab  yo‘l  tutdi.  Estetika  falsafiylikdan  ko‘ra,  targ‘ibotchilik  bilan  shug‘ullandi, 
mafkuraviy,  soxta  fanga  aylandi.  Yangi  nazariy  fikrlar  o‘rtaga  deyarli  tashlanmadi.  Umumjahoniy  estetik 
nazariyalarning hammasiga «reakstion burjua estetikasi» degan yorliq yopishtirilib, ulardan foydalanish ta‘qiqlandi, 
faqat  «tanqidiy  yondashib»,  ularni  inkor  etish  lozim  edi.  Estetik  tafakkur  tarixi  ham  xuddi  shunday  «tanqidiy 
o‘rganildi».  Natijada  umumbashariy  estetik  qadriyatlar,  mumtoz  estetik  tafakkur  namunalari  buzib  talqin  qilindi. 
Umumjahon  estetikasida  tamoyilga  aylangan  olimona  xolislik  –  «kosmopolitizm»,    milliy  estetik  qadriyatlarga 
e‘tibor  –  «millatchilik»  tamg‘alari  ostida  «yot  qarashlar»  deb  e‘lon  etildi,  bunday  asarlar  mualliflari  qatag‘onga 
uchradi.  «Markscha-lenincha  estetika»  degan  soxta  fan  o‘ylab  topildi,  Leninning  «Partiya  tashkiloti  va  partiya 
adabiyoti»  degan  o‘ta  ketgan  reakstion,  so‘z  erkinligi  va  fikr  erkinligini  taqiqlaydigan,  ommaviy  axborot 
vositalaridagi  erkinlikni  yo‘qqa  chiqaradigan  publististik  maqolasi  («dohiy  merosida»  estetikaga  oid  hech  vaqo 
yo‘qligi tufayli) san‘at uchun estetik asos deb e‘lon qilindi. 
Barcha milliy respublikalar uchun karvonboshi hisoblangan rus sovet estetikasida A.Losev, M.Ovsyannikov, 
M.Kagan,  V.SHestakov  singari  olimlar  qator  asarlar  va  darsliklar  yaratdilar.  Afsuski,  bu  asarlarning  ko‘pchiligi, 
mualliflarining  iste‘dodlariga  qaramasdan,  to‘laligicha  kommunistik  mafkuraga  bo‘ysundirilgani  tufayli  yuqorida 
aytib o‘tganimiz «sostialistik realizm» deb atalgan soxta metodni asoslashga qaratildi. Ularda go‘zallik va xunuklik, 
ulug‘vorlik  va  tubanlik,  fojeaviylik  va  kulgililik  tushunchalari,  estetik  anglash  unsurlari  bir  yoqlama,  sinfiylik  va 
partiyaviylik  tamoyillari  asosida  tahlil  qilindi,  mo‘‘jizaviylik  va  xayoliylik  tushunchalari  esa  asosiy  estetik 
adabiyotlardan umuman o‘rin olmadi. 
Lekin,  keyinchalik, ikki bosqichli demokratiya tufayli estetika  va san‘atda  muayyan jonlanishlar ro‘y berdi. 
XX asrning 50-yillari so‘nggi va 60-yillar boshida «Xrushchyov demokratiyasi» natijasida san‘atda ko‘tarilish ro‘y 
berdi.  Umumittifoq  miqyosida  S.Prokofev,  Kandinskiy,  M.Chyorlyonyus,  Ch.Aytmatov,  E.Evtushenko, 
o‘.Sulaymonov,  A.Voznesenskiy,  V.Tendryakov,  B.Qorieva,  A.Xachaturyan,  M.Saryan,  M.Plisestkaya, 
M.Magomaev,  A.Paxmutova,  R.Hamzatov  singari  o‘nlab  buyuk  san‘atkorlar  etishib  chiqdi.  «Falsafiy  meros»  va 
«Estetika tarixi yodgorliklar va hujjatlarda» deb atalgan nashriy turkumlarda Aflotun, Arastu, Kant, Hyum, Byork, 
Dyubo, Helvestiy, Shelling, Gegel, Houm, Zolger, Maststini singari buyuk faylasuflar hamda estetiklarning asarlari 
nashr etildi. 
Agar  «Xrushchyov  demokratiyasi»  davrida  Stalinning  Ittifoqni  o‘rab  olgan  temir  devoridan  darchalar 
ochilgan  bo‘lsa,  ikkinchi  bosqichdagi  «Gorbachyov  demokratiyasi»  yillarida  stenzura  yumshatildi,  so‘z  erkinligi, 
ijod erkinligi, qisman bo‘lsa-da yo‘lga qo‘yildi,  «sovet kishisining ichidagi qulni siqib chiqarish» boshlandi, ochiq 
jamiyat sari dastlabki qadamlar tashlandi. Avval taqiqlangan rus yozuvchilarining asarlari B.Pasternakning «Doktor 
Jivago»,  Fozil  Iskandarning  «CHegemlik  Sandro»,  «Arbat  bolalari»,  A.Axmatovaning  «Rekviem»  asarlari  e‘lon 
qilindi,  teatr,  kino,  rassomlik  va  boshqa  san‘at  turlaridagi  ma‘lum  yo‘nalishlarga  qo‘yilgan  taqiqlar  olib  tashlandi. 
Falsafa sohasida G.SHpet, Z.Mamardashvili, M.Baxtin asarlari chop etildi. Falsafa tarixidagi «oq dog‘lar» yo‘qotila 
                                                 

 Gorkiy M. Bemavrid mulohazalar. A.Sher tarjimasi. «Jahon adabiyoti» jurnali, 2000y., 6-son, 128-b. 

 O‘sha manba, 130-b. 

boshlandi  –  A.SHopenhauer,  F.Nitstshe,  Vl.Solovev,  Z.Froyd,  K.YUng,  N.Berdyaev,  N.Losskiy,  E.Fromm  va 
boshqa faylasuflar asarlari nashr qilindi. 
Bu  davrda  estetika  sohasida  A.Guliganing  «Estetik  tamoyillar»,  YU.Borevning  «Estetika»  (ikkinchi  nashri) 
asarlari  e‘tibor  qozondi.  Garchand,  ularda  markscha  yo‘nalish  saqlanib  qolgan  esa-da,  jahon  estetikasidagi 
tajribalarga  Yangicha,  ma‘lum  ma‘noda  xolisona  yondashuv  va  intilish  yaqqol  ko‘zga  tashlanib  turardi.  Ijod 
jarayonida  onglanmaganlikning  roli,  badiiy  asarda  shaklning  ahamiyati,  turli,  sostialistik  realizm  quyushqoniga 
sig‘maydigan san‘at yo‘nalishlari to‘g‘risida dastlabki fikrlar bildirila boshlandi. 
Bu  davrda  o‘zbek  estetikasida  sohaviychilik,  to‘g‘rirog‘i,  adabiyotshunoslik  va  san‘atshunoslik  hukmron 
bo‘lib, estetikaning umumnazariy  masalalari  ko‘tarilmas, hali ham  falsafiy  fanlar  «dialektik  materializm»,  «tarixiy 
materializm», «markscha-lenincha qarashlar» kabi quyushqonlardan chiqa olmas, Moskvaning «dasturlari»ga qarab 
ish ko‘rilardi: prof. M.Nurmatov madaniy merosga «lenincha milliy siyosat» nuqtayi nazaridan yondashishni targ‘ib 
qilar va o‘zbek estetikasining  muhim jihatini  milliy  kiyinish estetikasida ko‘rar, prof. T.Mahmudov esa  Leninning 
«Partiya  tashkiloti  va  partiya  adabiyoti»  maqolasini  1991  yilda  ham  («Sharq  yulduzi»,  4-son)  estetik  ko‘rsatma 
sifatida talqin qilar edi. 
o‘zbek estetikasida  mustaqillik  yillaridagina ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Dastlabki paytlarda  «sohaviylik» 
kasali  hali  ham  o‘z  kuchini  yo‘qotmasa-da,  lekin  tadqiqot  ob‘ektiga  haqiqiy  estetik  yondashuvlar  vujudga  kela 
boshladi.  Bu  davrdagi  eng  faol  estetiklar  sifatida  yuqorida  nomi  tilga  olingan  olim  T.Mahmudov  va  atoqli 
yozuvchimiz Asqad Muxtor nomlarini qayd etish mumkin. Tilab Mahmudovning rangtasvir estetikasiga doir o‘nlab 
maqolalari,  o‘zbek  va  rus  tillarida  kitoblari  chop  etildi.  Eng  muhimi,  shunda  ediki,  T.Mahmudov  zamonaviy 
rangtasvir  haqida  fikr  yuritar  ekan,  tor  san‘atshunoslik  doirasidan  chiqishga  va  muayyan  rassom  ijodi  yoki  asarga 
falsafiy-estetik  jihatdan  yondasharga:  tadqiqot  ob‘ektini  go‘zallik,  ulug‘vorlik  v.b.  estetik  tushunchalar  ziyosida 
yoritib berardi, shuningdek estetik madaniyat masalalariga ham katta e‘tibor qaratar edi. Ayniqsa, Rahim Ahmedov, 
CHingiz  Ahmarov  va  uning  shogirdlari  –  Bahodir  Jalolov,  Javlon  Umarbekov  asarlarining  tahlili  yuksak  estetik 
saviyasi  bilan  diqqatga  sazovor  bo‘ldi.  Ayni  paytda  T.Mahmudov  «San‘at»,  keyinchalik  «Nafosat»  jurnallarining 
bosh  muharriri  sifatida  o‘zbek  milliy  estetikasi  taraqqiyotiga  katta  xizmat  qildi,  hozir  ham  uning  maqolalarida  tor 
sohaviylikni emas, estetik kenglikni ko‘rish mumkin. 
Atoqli  adib  Asqad  Muxtor  sho‘rolar  davridayoq  go‘zallik  haqida,  uning  qudrati  haqida  fikrlar  bildirgan. 
Uning «Go‘zallik» degan kichkinagina maqolasida bu estetik xususiyat va tushunchani o‘ziga xos sharxlaydi. Asqad 
Muxtor sho‘rolar tuzumida go‘zallikka, estetikaga e‘tiborning etarli emasligini ro‘y-rost aytadi: 
«Go‘zallikni  ta‘rif  qila  bilmaslik  ayb  emas.  Lekin  uni  tushuna  bilmaslik,  go‘zallikka  befarqlik,  loqaydlik, 
didsizlik  bizning  davrimizda  ayb.  Hayotga  estetik  munosabatimizning  oliy  shakli  –  san‘at  asari.  Bizda  hali  san‘at 
asarining qalblarga zilzila soladigan kuchini mensimaydigan odamlar yo‘q emas. Go‘zallik hissini tarbiyalash ishlari 
uncha  yaxshi  yo‘lga qo‘yilmagan... Estetika  masalalari  yaxshi ishlanmagan, ommabop risolalar  yo‘q... Kim go‘zal 
desa – men: go‘zallikni tushunadigan odam go‘zal, deb javob berardim»


Boshqa bir maqolasida atoqli yozuvchimiz ma‘naviy va estetik komillikni yonma-yon qo‘yadi, estetik tarbiya 
insonning  tasavvurga  boy,  o‘ziga  ishonadigan  kuchli  shaxs  bo‘lib  etishuviga  ko‘maklashadi  degan  fikrni  ilgari 
suradi: 
«Ma‘naviy  va  estetik  takomil  har  qanday  kasbdagi  odamga  ham  zarur,  –  deb  yozadi  Asqad  Muxtor.  –  U 
ijodiy tasavvur kuchini oshiradi, fantaziyani kengaytiradi, eng og‘ir sharoitlarda qat‘iyatli, o‘ziga ishonchli, quvnoq 
va izchil bo‘lishga o‘rgatadi»

.  
Asqad  Muxtorning  so‘nggi  kitobi  –  «Uyqu  qochganda»  asari  asosan  falsafiy-estetik  mushohadalardan, 
qaydlardan  tashkil  topgan.  Unda  muallif  K.YUng  estetik  qarashlariga  hamohang  fikr  yuritadi:  faqat  asarni  emas, 
uning  ijodkorini  ham  o‘rganish  zarurligini  ta‘kidlaydi,  asar  ijodkordan  o‘sib  chiqishni,  ijodkor  «beixtiyor  fidoiy» 
inson  ekanini  aytadi.  SHuningdek,  uning  ijodiy  tasavvur  to‘g‘risidagi  mulohazalari  ham  diqqatga  sazovor. 
Tasavvurni  u  insonga  berilgan  ilohiy  ne‘mat  –  «oliy  savqi  tabiiy»  deb  ataydi

.  Asqad  Muxtorning  Umar  Xayyom 
ruboiylarining  mohiyati  haqidagi  fikrlari  ham  teran  falsafiy-estetik  ma‘noga  ega,  Xayyomni  tushunishda  ma‘lum 
ma‘noda kalit vazifasini o‘tashi mumkin.  
Asqad  Muxtorning  fikriga  ko‘ra,  Xayyom  o‘z  ruboiylarida  inson  umrining  absurdligini,  go‘zallikdan 
vaqtincha lazzatlanish uni qoniqtirmasligini, lekin boshqa chora yo‘qligini, faqat bita imkon borligini aytmoqchi: u 
ham  bo‘lsa  –  umid,  Mutlaq  Go‘zallikdan  umidvorlik.  SHu  bois  Xayyomning  kayfi  shodlik  qiyqirig‘ini  emas, 
fojeaviy faryodni eslatadi. 
Bu  davrda,  shuningdek,  M.Abdullaevaning  estetik  madaniyat  borasidagi,  A.Qurbonmamadovning  estetika 
tarixiga  bag‘ishlangan  tadqiqotlarini,  E.Umarovning  teatr  estetikasiga  doir  maqolalarini,  B.Husanov  kabi  yosh 
estetik-faylasuflarning faoliyatini ham ta‘kidlab o‘tish mumkin. 
SHunday  qilib,  mustaqillik  davrida  haqiqiy  milliy  estetikani  yaratishga  kirishildi,  shubhasizki,  stenzuraning 
konstitustion  va  amaliy  jihatdan  yo‘q  qilinishi,  so‘z  erkinligi,  ijod  erkinligi  o‘zbek  san‘ati  va  estetikasini 
umumjahoniy  ma‘naviy  maydonga  chiqishi  uchun  imkoniyat  yaratdi.  Bugungi  kunda  ijodkorlarimiz  va  estetik 
                                                 

 Muхtоr A. Yosh do‘stlarimga. T., Yosh gvardiya, 1971, 70-b. 

 o‘sha manba, 72-b. 

 Qarang: Muxtor A. Uyqu qochganda. T.. Ma‘naviyat, 2005, 37-39 b. 

olimlarimiz  oldida  ana  shu  imkoniyatdan  samarali  foydalanish  vazifasi  turibdi,  zero  estetik  ravnaqqa  keng  yo‘l 
ochildi. 
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin