Andijon mashinasozlik instituti


O‟rta asrlar Yevropa estetikasi



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58
falsafa


O‟rta asrlar Yevropa estetikasi 
O‘rta asrlar Yevropa falsafiy tafakkuri asosan cherkov qisuvida, nasroniylik belgilab qo‘ygan doiralarda ifoda 
topdi, unda musulmon Sharqi falsafasidagi erkinlik, teran ilmiylikni uchratish qiyin. Faqat o‘rta asrlarning keyingi 
davrlarida,  xususan,  Uyg‘onish  davrida  Yevropa  mutafakkirlari  Qadimgi  yunon  tafakkurining  tadrijiy  davomi 
bo‘lmish  musulmon  falsafasi  va  faniga  e‘tiborni  qaratdilar.  SHu  bois  o‘rta  asrlar  Yevropa  tafakkuri 
Yangiaflotunchilikka, xususan, Plotinga ergashdilar. Estetikada transstentdental, ruhoniy, ilohiy go‘zallik tan olinib, 
erdagi go‘zallikka arshdagi go‘zallikning ramziy ifodasi sifatida qaraldi. 
O‘rta asrlar Yevropa estetikasida Ilohiy Og‘ustin – Avreliy Avgustin (354 – 430) qarashlarni katta ahamiyat 
kasb  etadi.  Avgustin  go‘zallikni  shakl  bilan,    xunuklikni  shaklning  yo‘qligi  bilan  izohlaydi.  Uning  fikriga  ko‘ra, 
mutlaq  xunuklik  yo‘q,  balki  nisbatan  mukammal  tuzilmaga  va  mutanosiblikka  ega  narsalardan  shakliy  ojizligi, 
shaklsizligi  bilan  farq  qiladigan  narsalar  bor,  xolos.  Xunuklik  nisbiy  nomukammallik,  go‘zallikning  eng  quyi 
bosqichi.  YA‘ni,  yaxlit  go‘zallik  tarkibida  bo‘lgan,  lekin  undan  uzilib  qolgan  qism  o‘z  go‘zalligini  yo‘qotadi  va 
aksincha,  xunuklik  go‘zallik  tarkibiga  kirishi  bilan  go‘zallikka  aylanadi.  Faqat  pok  qalb  egalarigina  olam 
go‘zalligini ko‘ra olishi mumkin. Bu go‘zallik ilohiy go‘zallikning in‘ikosidir. Xudo – eng oliy go‘zallik, moddiy va 
ma‘naviy go‘zallikning Ilk qiyofasi. 
Avgustin go‘zallikning ikki turi haqida fikr yuritadi. Birinchisi – shakl go‘zalligi, u ko‘rish orqali, ikkinchisi 
–  harakat  go‘zalligi,  u  ko‘rish  va  eshitish  vositasida  idrok  etiladi.  Harakatdagi  go‘zallik  musiqada,  she‘rda,  jism 
harakatlarida  qisqa  va  uzun  ritmlarning  ketma-ket  kelishi  qonuniyatiga  amal  qilinishi  orqali  ro‘y  beradi.  Estetik 
kechinma  ham  ikki  xil  –  hissiy  va  aqliy  idrok  etish  orqali  yuzaga  keladi.  Estetik  kechinma  uchun  tasavvur  idrok 
etish  kabi  muhim  ahamiyatga  ega.  Moslik  go‘zallikning  asosi  sifatida  ko‘z  emas,  aql  vositasida  idrok  etiladi. 
Go‘zallikni idrok etish uchun go‘zal narsa-hodisalar bilan qalb o‘rtasida moslik, go‘zallikka manfaastiz munosabat – 
muhabbat,  nimaiki  go‘zal  bo‘lsa,  o‘shanga  moyillik  bo‘lishi  lozim.  Go‘zallikni  idrok  etishda  undagi  muhim 
xususiyat  –  ritm  katta  ahamiyatga  molik,  zero  inson  barcha  ritmlar  ichidagi  eng  muhimi  hisoblanmish  tug‘ma, 
doimiylik tabiatiga ega bo‘lgan intellektual ritm bilan ta‘minlangan, busiz u ritmlarni idrok etishi va ularni yaratishi 
mumkin emas. 
Avgustinning sonlar haqidagi ta‘limoti ham ritm bilan bog‘liq; sonlar uzun va qisqa jism harakatlari, she‘riy 
hijolar,  musiqiy  ohanglar  kabi  ritm  o‘zgarishlarini  belgilashda  muhim  ahamiyatga  ega.  SHundan  kelib  chiqib, 
mutafakkir  sonlarni  besh  turga  bo‘ladi:  1)  sado  beruvchi,  idrok  etish  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan,  faqat  tovushning 
ichidagi sonlar; 2) idrok etuvchining sezgilaridagi sonlar; 3) real tovush yo‘q va eshitish mumkin bo‘lmagan holatda 
tasavvur qilinadigan harakatdagi sonlar; 4) xotirada saqlanib qoladigan, biz eslamasak ham, yodimizda qolib ketgan 

kuydagi  sonlar;  5)  hukm  chiqaruvchi  sonlar.  Ular  orasida  eng  muhimi  –  beshinchisi,  estetik  baholash,  mezon 
vazifasini  bajaradigan,  hukm  chiqaruvchi  sonlar,  ular  orqali  onglanmagan  holda  xotirada  qolgan  to‘rt  turdagi 
sonlarning  hammasi  baholanadi:  qaysi  biri  yoqimli  deb  qabul  qilinadi,  qay  biri  yoqimsiz  sifatida  inkor  etiladi.  Bu 
sonlarning  hammasi  turli  darajadagi  o‘tkinchilik  xususiyatiga  ega  bo‘lib,  vujudga  taalluqli,  ular  odamlarda  ham, 
hayvonlarda  ham,  parrandalarda  ham  mavjud.  Chunonchi,  bulbulning  sayrashi,  mayna  va  to‘tilarning  ohanglarni 
eslab  qolishi,  fil  yoki  ayiqlarning,  o‘zlari  kuylamasalar  ham,  kuyni  yoqtirishlari  ularda  «hukm  chiqaruvchi» 
sonlarning  borligidan  dalolat  beradi.  Xuddi  shunday  tabiiy  musiqiylik  odamlarga  ham  xos.  Deylik  oddiy  odamlar 
soz chalishni, kuylashni, musiqa nazariyasini bilmaganlari holda iste‘dodli xonanda yoki sozanda bilan iste‘dodsiz 
xonanda  yoki  sozandani  yaxshi  farqlay  oladilar.  Bunday  holat  tomoshaviy  shakllarni  idrok  etishga  ham  taalluqli, 
unda ham yaxshini yomondan ajratadigan xotira, hukm chiqaruvchi sonlar ishga tushadi. 
Estetik  baho  zamirida  yotgan  onglanmagan  tarzdagi  hukm  chiqaruvchi  sonlardan  Avgustin  aqldagi  sonlarni 
farqlaydi. Aql hissiyot sezmay qolgan xatolarni ocha oladi, u harakatdagi sonlar munosabatini ongga etkazadi, ya‘ni 
estetik zavq to‘g‘risida tushuncha beradi. Masalan, biz boltani qaerga urishni «nazariy» jihatdan bilamiz, lekin faqat 
tajribali  duradgorgina  qo‘lida  mavjud  bo‘lgan  sonlar  yordamida  yog‘ochdagi  kerakli  nuqtaga  aniq  zarb  urishi 
mumkin. Aqldagi sonlar, aslini olganda, haqiqiy «hukm chiqaradigan» onglanmaganlikka emas, aqlga asoslangan, 
oqilona  baholaydigan  oliy  mezondir.  Bunday  baholash  faqat  insongagina  xos.  Estetik  zavq  beradigan  harakatlarni 
aniqlashtirar ekan, Avgustin eng avvalo bir xil uzunlikdagi qismlardan tashkil topgan (1:1, 2:2, v.h.) sonlarga e‘tibor 
beradi. Keyin noteng, biroq ko‘payuvchi qismlardan (2:4, 6:8 v.h.) iborat sonlarni hisobga oladi. Uchinchi o‘rinda 
turli tenglikdagi sonlar harakati (3:10, 4:11 v.h.) turadi. Avgustin insondagi va undan tashqaridagi ritmlar mosligini 
ana shunday o‘ziga xos va murakkab yo‘sinda tushuntirishga harakat qiladi. 
Go‘zallikning bunday aqliy tamoyillari nafaqat jism va harakatning estetik qadriyatini baholash mezoni bo‘lib 
xizmat qiladi, balki badiiy faoliyatni ham boshqarish ibtidosidir. Har bir parranda turi o‘ziga xos in quradi. Inson, 
go‘zallik tamoyillarini o‘zida mushohada qilgani holda, nafaqat hayvonotning qanday shakllarga intilishi va uni o‘z 
instinktiv ijodida qay tarzda amalga oshirishini tushunadi, balki o‘zi ham hisobsiz shakllar kashf etadi, ularni binolar 
qurishda,  boshqa  asarlarida  mujassamlashtiradi.  Ya‘ni  san‘atkor  san‘atda,  to‘g‘rirog‘i  o‘z  san‘ati  nazariyasida, 
sonlarni  mushohada  etadi.  SHunday  qilib,  aqliy  sonlar  uning  muskullarida  mavjud  bo‘ladi.  Ijod  paytida  jismida 
yashiringan va tashqariga chiqish imkoniga ega sonlar uning a‘zolari harakatida  namoyon bo‘ladi. o‘zaro kelishib 
olgan sonlardan vujudga  kelgan ushbu harakatlar natijasi o‘laroq badiiy asar vujudga  keladi.  «San‘atkorlar-barcha 
jismoniy  shakllarning  ijodkorlari  o‘z  asarlariga  asos  bo‘ladigan  san‘atdagi  sonlarga  egadirlar,  –  deb  yozadi 
Avgustin. – SHakllarni ishlar ekan, ular to sonlarning ichki ziyosiga mos tashqarida vujudga keladigan shakl zaruriy 
darajada  poyoniga  etmagunicha  va  oliy  sonlarni  mushohada  etuvchi  ichki  hakam  vositasida  o‘ziga  yoqadigan 
holatni his qilmagunicha, qo‘l va asboblari bilan harakatdan to‘xtamaydilar»
190

Shunday  qilib,  Avreliy  Avgustin  Aflotun  hamda  Yangiaflotunchilarning  ilohiy  go‘zallik  borasidagi 
qarashlariga suyanib, Xudo yaratgan olamiy yaxlitlik va tartibga asoslangan, ritmlar mohiyatini ochishga  qaratilgan 
sonlar mosligi bilan belgilanadigan murakkab estetik ta‘limotni yaratdi. Bu ta‘limot butun o‘rta asrlar estetikasining 
mohiyatini ochib beradigan o‘ziga xos va keyingi davrlar uchun ham muhim ahamiyat kasb etgan  qarashlar sifatida 
diqqatga sazovordir. 
Uyg‘onish davri. o‘rta asrlar so‘nggida G‘arbiy Yevropada Uyg‘onish davri deb atalgan madaniyat bosqichi 
vujudga keldi. Uning asosida nasroniylik olamiga kirib kelgan ilg‘or musulmon falsafiy va ilmiy tafakkurini idrok 
etish yotadi. Zero o‘rta asrlar musulmon Sharqi allomalari Yevropani uyg‘otishdek, Yevropa xalqlari uchun o‘zlari 
deyarli  unutib  yuborgan  asl  ildizlariga  –  Qadimgi  yunon  mutafakkirlari  merosiga,  erkin  tafakkurga  qaytishdek 
tarixiy imkoniyatni yaratishda muhim rol o‘ynadilar. 
Shunday  qilib,  Uyg‘onish  davri  falsafiy  va  ilmiy  tafakkurning,  san‘atning  asrlar  mobaynida  o‘z  etovida 
saqlab  kelgan  cherkov  siquvidan  ma‘lum  ma‘noda  qutilishiga,  xudoparvarlik  bilan  birga  ayni  paytda 
insonparvarlikning  ham  qaror  topishiga  olib  keladi.  Bu  davrda  Dante,  Petrarka,  Bokkachcho,  Rafael,  Rembrant, 
Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Rable, Rotterdamlik Erazm, Servantes, SHekspir singari qator daho san‘atkorlar 
va  buyuk  mutafakkirlar  etishib  chiqdi.  Biz  ulardan  biri  –  ulug‘  me‘mor  va  estetik  Leon  Battista  Alberti  (1404  – 
1472) qarashlariga to‘xtalib o‘tamiz. 
Alberti barcha  Uyg‘onish davri insonparvar  mutafakkirlari  kabi insonni ulug‘laydi,  unda hayvoniy jihatdan 
ilohiylik ustunligini ta‘kidlaydi. Uning estetik qarashlari ana shu insonparvarlik asosiga qurilgan. Alberti iste‘dodli 
me‘mor  bo‘lishi  barobarida  go‘zallik  bilan  birga  san‘at  nazariyasiga  alohida  e‘tibor  beradi.  Uning  «Rangtasvir 
xususida»,  «Me‘morlik  xususida»,  «Haykaltaroshlik  xususida»  deb  atalgan  risolalarida  estetikaning  umumnazariy 
masalalari ham o‘rtaga tashlanadi. 
Alberti  estetikasining  markazida  go‘zallik  muammosi  turadi.  U  go‘zallikka  o‘ziga  xos  yondashadi,  bu 
yondashuvda  garchand  go‘zallikka  matematik  mutanosiblik  nuqtayi  nazaridan  qarash  mavjud  bo‘lsa-da,  lekin 
dastlabki o‘rta  asrlar  mutafakkirlaridek (m.,  Avgustin) hamma  narsani sonlar bilan chegaralamaydi.  Uning fikriga 
ko‘ra,  go‘zallikning  mohiyati  uyg‘unlik  bilan  bog‘liq.  Me‘moriy  go‘zallikning  asosida  uch  unsur  yotadi:  sonlar, 
cheklanganlik,  joylashtirish.  Biroq  go‘zallik  bu  uch  unsurdan  kengroq  ma‘noga  ega:  «Boshqa  yana  kengroq 
ma‘nodagi  narsa  borki,  bu  uch  unsurning  bir-biri  bilan  moslashuvidan  vujudga  keladi,  u  go‘zallikning  bor 
ko‘rinishini mo‘jizadek nurafshon qilib yuboradi. Biz uni uyg‘unlik deb ataymiz, – deydi Alberti. – Aynan ana shu 
                                                 
190
 Августин А. Исповед. М., АСТ, 2003. С. 367. 

narsa nafislik va go‘zallikning asosidir. Zero uyg‘unlikning vazifasi va maqsadi, umuman aytganda, tabiatan har xil 
bo‘lgan  qismlarni  muayyan  mukammal  qiyoslash  orqali  tartibga  solish,  toki  ular  bir-biriga  mos  holda  go‘zallikni 
yarastinlar… Unga o‘zini namoyon etishi va taraqqiy topishi uchun keng imkoniyat maydoni mavjud: u butun inson 
hayotini  qamrab  oladi,  barcha  narsalarning  tabiatiga  singib  ketadi.  Zero  nimaniki  tabiat  yaratgan  ekan  –  hammasi 
uyg‘unlik qonuni bilan o‘lchanadi»
191

Shunday  qilib,  Alberti  nazdida  uyg‘unlik  nafaqat  san‘at  qonuni,  balki  umuman  hayot,  mavjudlik  qonuni. 
San‘atdagi  uyg‘unlik  hayotdagi  universal  uyg‘unlikning  in‘ikosidir.  U  mukammallikning  manbai  va  sharti,  usiz 
hayotda  ham,  san‘atda  ham  biror  bir  mukammallikning  bo‘lishi  mumkin  emas;  u  shunday  qismlardan  tashkil 
topganki,  bu  qismlardan  birortasini  olib  tashlashning  yoki  almashtirishning  mutlaqo  iloji  yo‘q.  Go‘zallik  ana 
shunday  moslikni  mujassam  qilgan  uyg‘unlikdan  iborat.  Uyg‘unlik  san‘at  turlarida  o‘zini  turlicha  unsurlar  orqali 
namoyon etadi: musiqada uning unsurlari – ritm, ohang, kompozistiya, haykaltaroshlikda – me‘yor, chegara v. h. 
Alberti  «go‘zallik»  tushunchasini  «bezak»  tushunchasi  bilan  bog‘lab  talqin  qiladi.  Mutafakkir  san‘atkor  bu 
ikki tushunchaning farqini so‘z bilan ifodalash qiyinligini, uni ko‘proq his etish mumkinligini aytib, shunday deydi: 
«… bezak go‘zallikning ikkinchi ziyosiga o‘xshaydi, uni go‘zallikka qo‘shimcha deyish mumkin… go‘zallik jismga 
taalluqli  va  tug‘ma,  butun  jism  bo‘yicha  qanday  go‘zal  bo‘lsa,  o‘shanday  darajada  joylashgan  hodisa,  bezak  esa 
tug‘ma emas – qo‘shimchalik tabiatiga ega»
192
. Demak, bezak go‘zallikka qandaydir tashqaridan qo‘shilgan, lekin 
go‘zallikning ajralmas qismini tashkil etuvchi hodisa, ya‘ni «go‘zallik» va «bezak» go‘zallikning ikki xil ko‘rinishi: 
biri – botiniy, ichki; ikkinchisi – zohiriy, tashqi. 
SHunday  qilib,  Alberti  «bezak»ni  go‘zallikning  nisbiy,  tasodifiy  shakli  sifatida  talqin  qiladi  va  bu  bilan 
go‘zallikni tushunishda nisbiy, sub‘ektiv erkinlik imkoni borligini ta‘kidlaydi. 
Xunuklik tushunchasi ham Alberti tomonidan o‘ziga xos talqin etiladi: go‘zallik san‘atning mutlaq predmeti. 
SHunday  ekan,  xunuklik  faqat  muayyan  xato  tarzida  namoyon  bo‘ladi.  Demak  san‘atning  vazifasi  xunuklikni 
tuzatish emas, balki tasvirlash paytida xunuk va badbashara narsalarni yashirishdan, ya‘ni go‘zal va xunuk tomonlari 
mavjud narsa-hodisaning go‘zal tomonini ko‘rsatishdan iborat. 
Alberti,  birinchilardan bo‘lib, san‘atkor shaxsi  masalasiga  jiddiy e‘tibor qaratadi.  San‘atkor har tomonlama 
kamolga  etgan  shaxs bo‘lishi lozim. Keyinchalik san‘atkorning bunday  universal  ideal darajasi to‘g‘risida  boshqa 
insonparvarlar ham mulohaza yurita boshladilar. Endi, Qadimgi dunyo yo o‘rta asrlardagidan farqli o‘laroq, siyosiy 
arbob yoki faylasuf emas, balki san‘atkor idealga aylandi. Zero san‘atkor jamiyatda egallagan mavqe  – uning aqliy 
va jismoniy mehnat o‘rtasidagi bog‘lovchi xalqa sifatidagi faoliyati shuni taqozo etardi. Har bir odam kasb, ijtimoiy 
holat nuqtayi nazaridan emas, balki qiziqish, ma‘naviy yuksalish jihatidan san‘atkorga taqlid qilishi kerak. SHu bois 
Uyg‘onish  davrida  endi  «Avliyolar  hayoti»  emas,  «San‘atkorlar  hayoti»  turkumidagi  asarlar  hammada  qiziqish 
uyg‘otdi va katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Xullas,  Alberti  ilgari  surgan  estetik  g‘oyalar  va  nazariyalar  o‘ziga  xos  ekani  barobarida  ayni  zamonda 
Uyg‘onish davri san‘ati hamda san‘atkorlar dunyoqarashi, bilimi, mahorati uchun umumiy kalit vazifasini o‘taydi, 
desak Yanglishmagan bo‘lamiz. 
Mumtozchilik.  Uyg‘onish  davridan  keyin  vujudga  kelgan  barokko,  mumtozchilik  yo‘nalishlarida  ilgari 
surilgan  estetik  g‘oyalar  va  nazariyalar  asosan  badiiy  adabiyot  (va  shu  asosda  teatr)  bilan  chegaralanib  qoldi.  Bu 
yo‘nalishlarda  xususiy  san‘at  turlariga  doir  nazariyalar  ko‘p  hollarda  umumestetik  qonun-qoidalarga  nisbatan 
ustuvorlik  kasb  etdi.  SHunga  ko‘ra,  bu  davrlar  estetik  risolalarining  mualliflari  aksariyat  shoirlar,  yozuvchilar  va 
dramaturglar  bo‘ldi.  Ayniqsa,  buni  mumtozchilik  yo‘nalishida  yaqqol  ko‘rish  mumkin.  SHu  bois  mumtozchilik 
davrini  o‘rta  asrlar  tafakkurining  intihosi  va  Yangi  davr  tafakkurining  ibtidosi  deb  aytish  mumkin.  Mumtozchilik 
davri  mutafakkirlarini  namunaviy  vakili  sifatida  franstuz  shoiri  Nikola  Bualo  (1636  –  1711)  estetik  qarashlarini 
ko‘rib o‘tamiz. Ular «Horastiyning «Pizonlarga maktub» («SHe‘riyat san‘ati») asariga ergashib yaratilgan «SHoirlik 
san‘ati» risolasida she‘riy yo‘l bilan ifodalangan. 
Xullas, mumtozchilik badiiy-estetik jihatdan avvalgi davrlarga nisbatan she‘riyatda balandparvozlik, dramada 
harakastizlik,  «g‘oyaviy»  monologlarning  o‘rin  olishi  kabi  qusurlari  bilan  bir  qatorda,  cherkov  qisuviga  qarama-
qarshi  o‘laroq,  aqliy  ustuvorlikni,  rastionallikni  targ‘ib  qilishi  tufayli  estetik  tafakkur  tarixida  o‘ziga  xos  o‘rin 
egallaydi. 
Yevropa ma‟rifatparvarlari estetikasi 
Yangi  davrdagi  Yevropa  ma‘rifatparvarlari  orasida  shotland  mutafakkiri  Deyvid  Hyum  (1711  –  1776) 
alohida  o‘rin  tutadi.  Uning  «Didning  me‘yori  xususida»,  «Fojea  xususida»,  «Skeptik»,  «San‘atlar  borasida 
takomilga  erishish  xususida»  kabi  asarlarida  estetik  muammolar  o‘rtaga  tashlangan.  U  nafosatni  bilishdan 
tashqaridagi hissiyot olamiga taalluqli deb hisoblaydi. Hyumning fikriga ko‘ra, go‘zallik asosan idrok etuvchining 
ongida,  ruhida  mavjud  bo‘ladi,  aniq  ob‘ektiv  asosga  ega  emas.  «Go‘zallik,  –  deb  yozadi  u,  –  narsalarning  o‘zida 
mavjud bo‘lgan sifat emas; u istisnosiz tarzda o‘zini mushohada etayotgan ruhda mavjud, har bir insonning ruhi esa 
go‘zallikni  boshqacha  idrok  etadi.  Boshqalar  go‘zallik  degan  narsani  birovlar  hatto  xunuklik  deb  qabul  qilishi 
mumkin,  shuning  uchun  har  bir  idrok  etuvchi  o‘zi  his  qilayotgan  holatni  o‘zgalarga  zo‘rlab  uqtirishga  intilmasligi 
kerak»
193

                                                 
191
 История эстетической мысли в 6 т. Т. 2. М., Искусство, 1985. С. 155. 
192
 O‘sha manba. S. 156. 
193
 Истории эстетической мысли. Т. 2. С. 285. 

Go‘zallikning  aniq,  ya‘ni  ob‘ektdagi  asosini  Hyum  asosan  tan  olmasa-da,  sub‘ektdan  tashqarida  ham 
go‘zallik  tuyg‘usini  uyg‘otuvchi,  «estetik  reakstiya»  qo‘zg‘atuvchi  omillar  borligini  butunlay  inkor  etmaydi. 
Maqsadga  muvofiqlikni  u  ana  shunday  asos-omil  deb  hisoblaydi.  Uning  nazdida  go‘zallik  foydalilik  va  maqsadga 
muvofiqlikni idrok etish asosida vujudga keladigan kechinmadir. 
Hyum  «Inson  tabiati  xususida»  asarida  go‘zallikni  lazzat  va  huzur  bag‘ishlovchi,  xunuklikni  yoqimsiz 
taassurot uyg‘otuvchi ruhiy-estetik hodisa  sifatida  olib qaraydi hamda  ular talqiniga  alohida  bob bag‘ishlaydi.  Bu 
ikki xususiyatni u axloqiylik bilan bog‘laydi. Chunonchi, vujudimiz go‘zalligi bizda g‘urur, xunukligi esa xoksorlik 
hissini uyg‘otadi, go‘zalligimizdan mag‘rurlanamiz, xunukligimizdan uyalamiz, zero go‘zallik ham, xunuklik ham 
bizning «men»imiz bilan mustahkam bog‘liq. «Go‘zallik, bu  – qalbimizda lazzat, huzur uyg‘otadigan qismlarning 
joylashuvi  va  moslashuvidir...  YOqimsiz  kayfiyat  uyg‘otadigan  xususiyatga  ega  xunuklikdan  uning  farqi  ana 
shunda.  Shunday  qilib,  lazzat  va  yoqimsizlik  nafaqat  go‘zallikning  zaruriy  hamrohlari  hisoblanadi,  balki  ularning 
mohiyatini ham tashkil etadi. Go‘zallikni xuddi hozirjavoblik kabi aniqlashtirishning iloji yo‘q, biroq faqat alohida 
did yoki sezgi yordamida uni ajratish mumkin, shundan kelib chiqib, biz go‘zallik lazzat bag‘ishlaydigan shakldan 
boshqa narsa emas, xunuklik esa qismlarning yoqimsiz kayfiyat uyg‘otadigan tarzda joylashuvidir... SHunday ekan, 
bu ikki sifatning barcha ta‘siri ana shu sezgilarimizdan keltirib chiqarilishi lozim...»
194

Ana  shu go‘zallikning faqat tasavvur qilish mumkin bo‘lgan ob‘ektiv asosidan Hyum estetik  did me‘yorini 
keltirib  chiqaradi.  Uning  fikriga  ko‘ra,  inson  go‘zallikning  alohida  ko‘rinishlari  va  darajalarini  o‘zaro  taqqoslash 
hamda  shu  borada  mulohaza  yuritishi  natijasida  tajribasi  oshadi,  o‘z  hissiyotini,  estetik  didini  takomillashtirib 
boradi. Did borasidagi mulohazalardan u shunday xulosa chiqaradi: birinchidan, hamma odamlarda did bir xil emas, 
ikkinchidan, shunday shaxslar borki, ular butun insoniyat tomonidan o‘zgalardan ustuvor turadigan insonlar sifatida 
tan  olinadi.  SHuningdek,  didning  har  xilligi  bir  tomondan,  alohida  odamlar  maylining  o‘zaro  farqi  bilan  bog‘liq 
bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan,  turli  zamon  va  mamlakatlarda  odatlar  hamda  tafakkur  yo‘sinining  turlichaligi  didning 
manbai hisoblanadi. 
Hyumning  nazdida  estetik  did  va  uning  xilma-xilligi  axloqiy  muhitdan  kelib  chiqadi.  Ayni  paytda  san‘at 
jamiyatning  axloqiy  hayotiga  juda  katta  ijobiy  ta‘sir  ko‘rsatadi;  u  insonparvarlikning  keng  yoyilishiga,  insonning 
hilmlashuvi  va  faollashuviga  xizmat  qiladi.  Hyum  san‘at  asarlarini  falsafiy  nazariyalar,  diniy  tizimlar  bilan 
solishtirib  san‘atga  ustuvorlik  mavqeini  beradi:  mavhumiylikka  asoslangan  falsafiy  nazariyalar  va  diniy  tizimlar 
muvaqqat ekanini, hatto bir asr mobaynida birining o‘rnini ikkinchisi, ikkinchisining o‘rnini uchinchisi egallashini, 
eskirishini  lekin  haqiqiy  san‘at  asarlari  doimo  dolzarb,  Yangi  bo‘lib  qolaverishini  ta‘kidlab  o‘tadi,  badiiy  bilishni 
hamma  bilish  turlaridan  yuksak  qo‘yadi.  Nafis  san‘at  turlarini  idrok  etish  –    hayotning  turli  hodisalari  to‘g‘risida 
mulohaza yuritish va hukm chiqarishga bo‘lgan qobiliyatimizni takomillashtiradi, didimizni charxlaydi: «Hech narsa 
she‘riyatda, 
suxandonlikda, 
musiqa 
va 
rangtasvirda 
go‘zallikni 
o‘rganish 
darajasida 
fe‘l-atvorni 
takomillashtirmaydi,  –  deb  yozadi  Hyum.  –  Bu  san‘atlar  hissiyotlarga  muayyan  nafislik  bag‘ishlaydi...  nozik, 
yoqimli  hayajon  uyg‘otadi.  Ular  ruhni  turli  tirikchilik  tashvishlaridan,  xudbinlarcha  intilishlardan  chalg‘itadi, 
tafakkur  qilishga,  orom  olishga  yo‘naltiradi,  barcha  ruhiy  holatlardan  ko‘ra  ko‘proq  muhabbat  va  do‘stlikka 
moyillikni, uyg‘otadigan yoqimli ma‘yuslikni yuzaga keltiradi»


Hyumning estetik qarashlari, ko‘rib o‘tganimizdek, muayyan nuqsonlariga qaramasdan, estetik did, go‘zallik 
va  san‘atning  inson  ma‘naviy  olamiga  beqiyos  ta‘sirini  nazariy  isbotlab  berishi  bilan  diqqatga  sazovordir.  Uning 
asarlari shuning uchun ham A.Smit, E.Byork va G.Kant kabi mutafakkirlarning ta‘limotlariga katta ta‘sir ko‘rsatdi. 
Ma‘rifatparvarlik estetikasida ingliz mutafakkiri Edmund Byork (1729 – 1797) qarashlari katta ahamiyatga ega. 
Uning  «Ulug‘vorlik  va  go‘zallik  to‘g‘risidagi  g‘oyalarimizning  falsafiy  tadqiqi»  asarida  estetikaning  asosiy 
umumnazariy  masalalari  o‘rtaga  tashlanadi.  Byork nimaiki, qandaydir darajada dahshatli bo‘lsa yoki dahshat uyg‘osta, 
o‘sha  narsa-hodisa  ulug‘vorlikning  asosiy,  manbai  hisoblanadi,  deya  ta‘kidlaydi.  Boshqa  hissiyotlarni  esa  aloqaga  nisbat 
beradi.  Aloqaning  asosida  muhabbat  yotadi.  Tor  ma‘noda  u  –  inson  zotini  davom  ettirishga  qaratilgan  jinsiy  aloqa,  keng 
ma‘noda butun borliq bilan aloqa. SHunday qilib, Byorkning fikriga ko‘ra, insonda ikki xil asosiy intilish bor: o‘zini asrashga 
va aloqaga intilish. SHunga ko‘ra, birinchisi – ulug‘vorlikning, ikkinchisi esa – go‘zallikning manbai hisoblanadi. 
Buyuk  franstuz  faylasufi,  estetik  va  adib  Deni  Didro  (1813  –1884)  Yevropaning  eng  taniqli 
ma‘rifatparvarlaridan biri  hisoblanadi. Didro estetik qarashlarining  g‘oyatda o‘ziga  xosligi  shu bilan belgilanadiki, 
uning  merosida  falsafiy  masalalar  va  badiiy  amaliyot  orasida  keskin  farq  sezilmaydi.  Uning  ba‘zi  badiiy  asarlari 
falsafiy  risolaga,  ayrim  falsafiy  asarlari  va  estetik  risolalari  esa  badiiy  asarga  o‘xshatib  yozilganini  ko‘ramiz, 
xususan, chuqur falsafiy-nazariy fikrlarini u badiiy dialoglar shaklida ifodalaydi. U san‘atga umumfalsafiy-nazariy 
jihatdan  yondashar  ekan,  ayni  paytda  o‘z  davridagi  ijodkorlar  amaliyotiga  suyanib  ish  ko‘radi:  uni  qarashlari 
alohida, sof nazariya emas, balki san‘at taraqqiyotining dolzarb masalalari bilan bog‘liq nazariy fikrlardir. 
Didro  go‘zallikni  alohida  bir  narsa  yoki  o‘z-o‘zini  tashkil  etuvchi  hodisa  sifatida  olib  qaramaydi.  Uning 
uchun  go‘zallik  munosabat  bilan  bog‘liq.  «Go‘zallikning  vujudga  kelishi  va  tabiati  to‘g‘risida  falsafiy  tadqiqlar» 
risolasida:  «SHunday  qilib,  men,  –  deb  yozadi  mutafakkir,  –  aqlimda  munosabatlar  g‘oyasini  uyg‘otadigan 
qobiliyatni  o‘zida  mujassam  qilgan  mendan  tashqaridagi  hamma  narsani  deb  atayman»

.  Bu  bilan  Didro  mutlaq 
go‘zallikning  yo‘qligini,  u  doimo  nisbiy  ekanini,  kimgadir  go‘zal  ko‘ringan  narsa  boshqa  odamga  go‘zallik  bo‘lib 
                                                 
194
 Юм. Д. Трактат о человеческой природе. Минск, Попурри, 1988. С. 350-351. 

 История эстетической мысли. Т.2. С.289. 

 Дидро Д. Эстетика и литературная критика. М.. ИХЛ, 1980. С. 117. 

tuyulmasligi mumkinligini ta‘kidlamoqchi. «SHundan kelib chiqib, – deb davom etadi u, – mutlaq go‘zal narsaning 
o‘zi  yo‘q  esa-da,  lekin  bizga  nisbatan  olganda  ikki  xil  go‘zallik  mavjud:  real  go‘zallik  va  bizning  idrokimizdagi 
go‘zallik
 
»


Didro,  falsafada  haqiqat  qanday  ahamiyatga  ega  bo‘lsa,  go‘zallik  san‘atda  xuddi  shunday  muhimligini 
ta‘kidlar ekan, bir san‘at turidagi go‘zallik ikkinchi san‘at turi uchun, bir hodisadagi go‘zallik ikkinchi hodisa uchun 
mohiyatan  bir  xil  esa-da,  bizning  narsa-hodisaga  bo‘lgan  munosabatimiz  tufayli  ularni  har  xil  nom  bilan  atashmiz 
mumkin  deydi:  axloqdagi  go‘zallik  –  axloqiy,  musiqadagi  go‘zallik  –  musiqiy,  tabiatdagi  go‘zallik  –  tabiiy  v.h. 
San‘atdagi go‘zallikning asosida badiiy haqiqat yotadi; mazmun haqqoniyligi va badiiy soddalik – mana san‘atdagi 
go‘zallikning  asosiy  sifatlari.  «Go‘zallik  ezgulik  va  haqiqat,  –  deb  yozadi  Didro  «Rangtasvir  borasidagi  tajriba» 
risolasida,  –  qo‘lni-qo‘lga  berib  bir  yo‘ldan  borishadi.  Dastlabki  ikki  sifatdan  biri  qandaydir  kamdan-kam 
uchraydigan  yoki  qanaqadir  fojeaviy  holatga  tushishi  bilanoq  –  haqiqat  go‘zallikka  aylanadi.  Agar  uch  jismli 
kompozistiyani qog‘oz  yuzidagi uch nuqtani joylashtirish bilan hal qilsangiz, u holda bu – nochor haqiqat, aqldagi 
jonsiz haqiqat. Bordiyu, shu uch jismdan biri – bizni kunduzi nurafshon etadigan quyosh, ikkinchisi – tunda yog‘du 
sochadigan oy, uchinchisi – o‘zimiz yashayotgan Er kurrasi deb tasavvur qilinsa, shu zahotiyoq bu haqiqat ulug‘vor 
va go‘zal haqiqatga aylanadi»


Didroning  mazkur  fikrlari,  ko‘rinib  turibdiki,  nafaqat  haqiqat,  ezgulik  va  go‘zallikning  o‘zaro  aloqalariga 
taalluqli, balki ularda badiiy tafakkurning ilmiy yoki odatiy jo‘n tafakkurdan farqini, bu farqda namoyon bo‘ladigan 
tasavvurning roli beqiyos ekanini anglatadi. 
Did masalasi ham Didro estetikasida muhim o‘rin tutadi. U, Hyumdan farqli o‘laroq, estetik did faqat yaxshi 
yoki  maxsus  badiiy  tarbiya  ko‘rgan  odamlardagina  mavjud  bo‘ladi,  degan  fikrni  rad  etadi,  didning  demokratik 
xususiyatini  ta‘kidlaydi.  Ayni  paytda  go‘zallik  hissining  tug‘ilishi  borasidagi  Didroning  fikrlari  ham  did  bilan 
bog‘liq,  u  Yevropa  estetikasi  tarixida  Kantdan  ancha  avval  go‘zallikning  «tahlilsiz»  (tushunchalarsiz),  to‘g‘ridan-
to‘g‘ri, did yordamida idrok etilishini aytib o‘tadi. «Go‘zallik hissi, – uzoq davom etgan kuzatishlar mevasi. Biroq 
biz bu kuzatishlarni qachon amalga oshiramiz? – deb so‘raydi va unga o‘zi javob beradi. – Har soatda, har daqiqada. 
Aynan  ana  shu  kuzatishlar  bizni  tahlil  qilish  zaruratidan  ozod  qiladi.  Did,  o‘z  hukmining  sabablarini  hali  anglab 
etmasdanoq, darhol hukm chiqaradi; ba‘zan esa bu sabablarni u samarasiz qidiradi va ularni topolmasa ham, baribir, 
o‘z  aytganidan  qolmaydi...  Did,  yaxshi  did  dunyo  kabi,  odam  kabi  va  fazilat  kabi  qadimiydir;  asrlar  uni  faqat 
takomillashtirib boradi, xolos»

.  
Didroning  san‘at  turlariga  doir  qarashlari  ularning  real  hayotda  tutgan  o‘rnidan  kelib  chiqadi.  Mutafakkir 
san‘atning  barcha  o‘ziga  xosliklari  bilan  bir  qatorda,  uning  ijtimoiy  tabiatiga  ega  ekanini  qayta-qayta  ta‘kidlaydi; 
adabiyot, teatr, umuman san‘at millat tarbiyasida nihoyatda katta rol o‘ynaydi. San‘at insoniyat taraqqiyotiga xizmat 
qilishi, xalqning ruhini ko‘tarishi kerak. San‘atkor fazilatni – yoqimli, illatni – jirkanch, kulgili narsani kulgili qilib 
tasvirlashi  lozim.  Haqiqat,  ezgulik  va  go‘zallikning  kelib  chiqishi  tajribaviylik  bilan  bog‘liq.  SHu  bois  xurofotga 
qarama-qarshi o‘laroq, axloq, san‘at, fan tabiatni, shu jumladan, o‘z tabiatimizni biz qay darajada bilishimizga qarab 
ravnaq  topadi.  Toki  inson  uchun  oliy  qiziqish  insonning  o‘zi  ekan,  san‘at  axloqiylikka,  insoniyat  jamiyatining 
ravnaqiga xizmat qilishi, ezgulik tantanasi uchun kurashishi kerak. 
Demak, san‘at har ikki tabiatga taqlidan rivojlanishi lozim, har bir san‘at turining taqlid vositasi bor: she‘riyat 
– so‘z, rassomlik – rang, musiqa – ohang bilan taqlid qiladi v.h. Ayniqsa «katta» tabiatda taqlid ob‘ektlari san‘atkor 
ko‘ziga  yaqqol  tashlanadi:  har  bir  tabiat  yaratgan  narsaning  o‘z  tabiati,  xarakteri  bor.  «Jonsiz  narsalarda  xarakter 
bo‘lmaydi  deyish  to‘g‘ri  emas.  Metall  va  toshlar  o‘z  xarakteriga  ega.  Kim  oramizda  o‘rmondagi  tolning 
egiluvchanligini,  terakning  adlligini,  qarag‘ayning  to‘g‘riligi,  emanning  ulug‘vorligini  ko‘nglidan  o‘tkazmagan? 
Gullar  ichida  esa  atirgulning  nozini,  g‘unchaning  uyatchanligini,  liliyaning  (piyozgulning)  mag‘rurligini, 
binafshaning kamtarligini, qizg‘aldoqning beparvo nazokatini kim sezmagan?»


SHuningdek, Didroning  nazdida san‘at  turlari  inson  tabiatiga, jamiyat tabiatiga o‘xshaydi.  «Spektakl, – deb 
yozadi  Didro  «Aktyor  haqida  antiqa  gaplar»  degan  mashhur  asarida,  –  har bir  a‘zosi  barcha  uchun  va  butunisicha 
jamiyat  uchun  o‘z  haq-huquqlarini  qurbon  qiladigan,  yaxshi  tashkil  etilgan  jamiyatga  o‘xshaydi.  Kim  bu  fidoyilik 
mezonini  hammadan  yaxshi  baholay  oladi?..  Jamiyatda,  bu  –  adolatli  inson,  sahnada  –  sovuq  aql  bilan  ish 
ko‘radigan  aktyor.  Sizning  ko‘chadagi  tomoshangiz  sahnasi  dramatik  sahnaga  xuddi  yovvoyilar  o‘rdasi 
stivilizastiyalashgan jamiyatga qaragandek munosabatda bo‘ladi»


Didro  «sovuq  aql  bilan  ish  ko‘rish»  deganda,  ortiqcha  yonib-jo‘shishlarga,  balandparvoz  tuyg‘ularga 
berilishni  nazarda  tutadi.  Uning  nazdida  hissiyotini  jilovlay  bilmagan  aktyor  bir  xil  darajada  rol  o‘ynay  olmaydi. 
Uning muvaffaqiyati ham, nuqsoni ham bir xildagi tasodifiylik tabiatiga ega. SHu bois Didro aktyordan o‘z roli va 
yaratayotgan badiiy qiyofasining umumiy ma‘nosidan kelib chiqqan holda, oqilonalik bilan o‘zini boshqarishni talab 
qiladi. Estetik idrok etishda ham u asarga hissiyotdan kelib chiqib baho berishni tavsiya etmaydi. Zero aql ko‘pincha 
                                                 

 O‘sha manba. S. 117. 

 Дидро Д. Салоны в двух томах. Т. 1. М., Искусство, 1989. С. 240. 

 Дидро Д. Салоны. Т.2. С. 326. 
 
 

hissiyot  sezmasdan  qoldirib  ketgan  yoki  ortiqcha  ko‘pirtirib  yuborilgan  narsalarni  topadi  va  hissiyotning  xatosini 
tuzatadi. 
Buyuk franstuz mutafakkiri va uning estetik ta‘limoti to‘g‘risida yana ko‘plab mulohazalar bildirish mumkin. 
Lekin imkon nuqtayi nazaridan xulosa yasaymiz: Didro o‘z davri ma‘rifatparvarlarining izlanishlarini umumlashtira 
olgan va san‘atga Yangicha qarashni ilgari surgan buyuk alloma. Uning aksariyat asarlari o‘z ahamiyatini hozir ham 
yo‘qotgan emas. 
Umuman  olganda,  Yevropa  ma‘rifatparvarlari  insonni  san‘at,  axloqiylik,  ilm-fan  vositasida  tarbiyalashga 
intildilar. SHu bois axloqiy-estetik omillarga  katta e‘tibor berdilar, ular orqali Yangi, zamonaviy komil insonni va 
komil  jamiyatni  yaratish  mumkin  degan  g‘oyani  o‘rtaga  tashladilar.  Ma‘rifatparvarlar  Uyg‘onish  davri 
mutafakkirlarining ishini davom ettirdilar va uni Yangi bosqichga ko‘tardilar. 
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin