Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
falsafa


Raqs san‟ati. Bu san‘at turi Yevropada xoreografiya deb ataladi va raqsning barcha turlarini o‘z ichiga oladi. 
Raqs qo‘l  va  oyoq  harakatlariga  asoslanadi,  lekin bu harakatlar ritm,  muqom va badanning plastik egiluvchanligi 
vositasida shiorona  xayolot parvozini ifodalaydi. Bu vositalarning hammasi musiqa  yordamida (juda bo‘lmaganda 
bir  musiqiy  asbob  ishtirokida)  umumiy  bir  uyg‘unlikni  tashkil  etadi,  ana  shu  uyg‘unlik  raqsning  san‘at  sifatidagi 
mohiyatini anglatadi. Raqsning ham o‘z ichki turlari ko‘p, diniy-falsafiy raqslar, mehnat raqslari yoki kasbiy raqslar
sof  o‘yindan  iborat  raqslar,  insoniy  kayfiyatni  anglatadigan  raqslar,  maxsus  sstenariy  (libretto)  asosida 
sahnalashtiriladigan va uzoq vaqt davom etadigan raqslar v.h. M., hind mumtoz raqslarida diniy-falsafiy mazmunni 
ifodalash birinchi o‘rinda turadi, qo‘llar, oyoqlar, qosh-ko‘z harakatlari olamning vujudga kelishidan tortib, qadimgi 
Hindiston  ma‘budlarining  hayotigacha  aks  ettiradi.  Bu  raqslar  daqiqalar  emas,  soatlar  mobaynida  ijro  etiladi. 
Zamonaviy balet ham mazmunni aks ettirishda hind raqslariga o‘xshab ketadi, lekin bu erda asarni sahnalashtirish – 
teatrlashtirish  muhim  o‘rin  egallaydi.  O‘zbek  xalq  raqslarida  esa  egiluvchanlik,  o‘yin  unsuri  bo‘rtib  ko‘zga 
tashlanadi va butun xatti-harakat asosan tomoshabin qalbiga quvonch hamda zavq berishga yo‘naltiriladi. Unda ayol  
latofatining  she‘riyati,  nozikligi,  noz-karashmasi  erkaklarning  mardona  ulug‘vorligi,  qudrat  ramzini  anglatuvchi 
harakatlari aks etadi. Kasbiy raqslarda esa muayyan mehnat turining shoirona tasviri o‘z ifodasini topadi («CHo‘pon 
raqsi», «Terimchi raqsi» v.h.). 
Raqs  san‘ati,  yuqorida  aytganimizdek,  folklorning  uzviy  qismi  tarzidagi  va  sahnaviy  –  teatrlashtirilgan 
ko‘rinishlarga egaligi bilan birga, mintaqaviy-mahalliylik xususiyatiga  ham ega. M., o‘zbek raqsida uch yo‘nalish 
mavjud:  Toshkent-Farg‘ona,  Xorazm  va  Buxoro  yo‘llari  (ba‘zan  usullari  ham  deyiladi).  Ular  bir-biridan  ifodaviy 
usullarning    o‘ziga  xosligi  bilan  farqlanadi,  ayni  paytda  har  bir  raqqosa  yoki  raqqosning  o‘z  uslubi  bor.  M., 
Mukarrama  Turg‘unboeva  bilan  Galiya  Izmaylovaning  raqslari  bu  san‘atning  buyuk  namunalari  bo‘lgani    holda, 
uslubiy jihatdan bir-biridan farq qiladi. 
So‘nggi paytlarda raqs san‘ati bizda keng yoyildi va unda havaskorlik unsurlari shu qadar ko‘payib ketdiki, 
natijada  istagan  qo‘shiqchi  o‘zi  raqqosalik,  raqqoslik  qila boshladi,  raqsning  san‘at  turi  sifatidagi  qonun-qoidalari 
tan olinmay qo‘yildi. Goho bir qo‘shiqchi 6-8 nafar raqqosani, ba‘zan esa ayollar  ayollarni  «o‘ynatadi». Bunday  
hol professional san‘at  havaskorlik darajasiga  tushirishga,  uning  tanazzulga  uchrashiga xizmat qilmoqda. O‘zbek 
milliy raqsi an‘analari, haqiqiy san‘at «erkin», «ommaviy raqs bo‘tqasi» ichida asl yuzini yo‘qotib bormoqda. Shu 
sababli, ming afsuski, hozirgi paytda kechagina sahnada bo‘lgan qizlarxon Do‘stmuhamedova, Malika Ahmedova, 
Rushana  Odamboeva  kabi  san‘atkorlarning  o‘rnini    bosish  u  yoqda  tursin,  ularning  yoniga  yaqin  keladigan 
raqqosalar yo‘q.  
Teatr.  Insoniyat  ma‘naviy  hayotida  Teatr  san‘ati  juda  qadamdan  o‘z  o‘rnini  yo‘qotmay  keladi.  Bundan  bir 
necha  ming  yillar  avval  qadimgi  Hindiston,  qadimgi  Xitoy  va  qadimgi  Yunonistonda  dastlab  teatr  bir    kishilik 
sahnadan  iborat  bo‘lgan,  keyinchalik  ikki  kishilik  sahnadan,  undan  keyingina  jamoviy  san‘at  turiga    aylangan. 
YA‘ni  spektakl  jamoaviy  ijod  mahsuli  –  rejissyor,  dramaturg,  aktyor  va  rassomning  ijodiy  izlanishlari  natijasi 
o‘laroq yuzaga keladi. Ayni paytda unda bir necha san‘at turi omuxta tarzda namoyon bo‘ladi: me‘morlik, rassomlik 
(dekorastiya),  musiqa  va  notiqlik  san‘atining  hamkorligi  spektaklning  sahnaviy  asosini,  dinamik  tarzda  rivojlanib 
boradigan dramatizm esa uning badiiy – estetik mohiyatini  belgilab beradi. 
Har bir spektaklning muvaffaqiyatli chiqishi rejissyor va aktyorlik iste‘dodi, mahorati bilan bog‘liq. Rejissyor 
ham, aktyor ham ijodkor. Rejissyor butun spektaklning ibtidodan intihosigacha yaxlit asar tarzida tasavvur qiladi va 
o‘z  g‘oyaviy  niyatini    aktyorlar  ovozi,  harakati  hamda  sahnaviy  ko‘rinishlardagi  moddiy  ashyolar  orqali  ro‘yotga  
chiqaradi.  U  drama  yoki  dramalashtirilgan  epik  asar  (roman,  qissa)  asosida  undan  ma‘lum  ma‘noda  farqlanadigan 

o‘zining  badiiy-estetik  talqinidagi  Yangi  asarni  taqdim  etadi,  ya‘ni  drama  yozuvchining,  spektakl  esa  asosan 
rejissyorning  asari.  Rejissyorning  mahorati,  aktyor  va  rassom  ko‘magida  sahnani  o‘ziga  xos  olamga  aylantiradi: 
unda  biz  o‘z  zamonamizni  ham,  kechmish  zamonlarni  ham  ko‘ramiz,  ularning  eng  muhim,  xarakterli  jihatlarini 
ilg‘ab olamiz. 
Rejissyor  o‘ylagan  g‘oyani  aktyorlar  amalga  oshiradi.  Aktyor  –  sahnaning  joni,  uning  har  bir  holati,  yuz 
ifodasi,  ovozidagi  ohang,  monolog  va  dialog  paytlaridagi  qo‘l  harakatlari  badiiy  qiyofani  yaratadi.  Zero 
spektaklning o‘zi  boshdan-oyoq dinamik harakat mahsulidir. Shu bois ham aktyor mahorati, iste‘dodi sahna asari 
darajasini belgilaydigan asosiy omillardan. M., Otello rolini buyuk aktyor Abror Hidoyatov bilan ijro etgan spektakl 
orasida T. Azizov garchand u ham iste‘dodli aktyor bo‘lsa-da juda katta, qiyoslab bo‘lmaydigan darajada farq bor. 
Teatr  san‘atining  yana  bir  o‘ziga  xos  jihati  shundaki,  unda  sahna  asari  tomoshabin  oldida  yaratiladi,  o‘sha 
rejissyor, sahnaga qo‘ygan o‘sha aktyorlar o‘ynagan bugungi  spektakl kechagidan farq qiladi.  Bu sahna san‘atining  
doimiy ijodiyligini ko‘rsatadi, bugungi ijroga aktyor nimanidir qo‘shadi yoki undan olib tashlaydi. Bu uning ruhi, 
ijodiy kayfiyati, ikki  yoki uch kunlik o‘sishi bilan bog‘liq. 
Teatrning  turlari  ko‘p:  yoshga  qarab    bo‘linadigan  yoshlar  teatri,  bolalar  teatri,  jonli  aktyor  ishtirok 
etmaydigan  qo‘g‘irchoq  teatri  bor.  SHuningdek,  musiqadan  juda  keng  foydalanadigan,  butun  boshli  piesa  yoki 
librettoga  bastakor  alohida,  davomli,  kuy  bastalaydigan  balet  musiqali  drama,  operetta,  opera  singari  estetik 
mohiyatiga    qarab  ajratiladigan  teatr  turlari  ham  mavjud.  Lekin  qaysi  turdagi  teatr  san‘ati  bo‘lmasin,  u  millat  va 
shaxs estetik didini yuksaltirishda katta ahamiyatga ega. 
O‘zbek  milliy  teatri  qadim  zamonlarda  avval  qo‘g‘irchoq  («chodir  xayol»)  tarzida  mavjud  edi.  Faqat 
keyinchalik, XX asr boshlarida milliy drama paydo bo‘lgach (M.Behbudiy, «Padarkush»), zamonaviy teatr vujudga 
keldi,  deb  aytishimiz  mumkin.  Teatr  jadidchilik  harakati  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lib,  favqulodda  juda  tez  va  keng 
yoyildi. O‘zbekiston hududida XX asr 10-yillarining o‘zida  Samarqandda, Toshkentda va Qo‘qonda teatr truppalari 
paydo bo‘ldi, o‘zbek xalqi ma‘naviyati xazinasi yana bir go‘zal san‘at bilan boyidi. Behbudiy, Avloniy, Hamza kabi 
buyuk  ziyolilar  bunda  katta  xizmat  qildilar.  Keyinchalik  Mannon  Uyg‘ur,  Etim  Bobojondek  ulkan  rejissyorlar, 
Abror  Hidoyatov,  Obid  Jalilov,  SHukur  Burxon,  Olim  Xo‘jaev,  Sora  Eshonto‘raeva,  Nabi  Rahimov,  Hamza 
Umarov,  Rahim  Pirmuhamedov  kabi    buyuk  dramatik  aktyorlar  etishib  chiqdi.  Karim  Zokirov,  Halima  Nosirova, 
Bernora  Qorieva,  Soadat  Qobulova,  Muyassar  Razzoqova,  Guli  Hamraeva  singari  opera  va  baletning  mumtoz 
ustalari  jahonga  tanildilar.  Hozirgi  o‘zbek  teatri  ma‘naviy-axloqiy  maskan,  haqiqiy  ibratxona  sifatida  diqqatga 
sazovordir. «Chunki  sahna san‘atining odamlarga  nafaqat zavq-shavq baxsh etishi. ayni paytda milliy g‘urur, milliy 
iftixor manbai, qudratli tarbiya vositasi ham bo‘la olishi – bu isbot talab qilmaydigan haqiqatdir»
201
.  
Sirk. Sirk eng qadimgi an‘anaviy  san‘at turlaridan biri. U Sharqda vujudga  kelgan va dorbozlik san‘ati deb 
ham atalgan, ko‘chma tomosha sifatida xalq orasida shuhrat qozongan. Unda dorda langar bilan yurishdan tashqari, 
dorboz havo gimnastikachisi (chig‘iriqda) vazifasini ham bajargan. Pastda albatta nog‘ora dorbozning harakatlariga 
mos  ohangda  yangrab  turgan.  Ayni  paytda  pastda  qiziqchi,  ko‘zboylog‘ich,  akrobat  (besuyak),  ayiq  o‘ynatuvchi 
ishtirok etgan, ba‘zan askiyadan ham foydalanilgan. 
Hozirgi paytda zamonaviy stirk o‘sha unsurlarni asosan saqlab qolgani holda, yanada murakkablashgan inson 
dovyurakligini,  tanasining  eguluvchiligini,  erishib  bo‘lmaydigan  darajadagi  epchillikni    aktyor  mahorati  orqali 
namoyon  etadi,  unutilmas  badiiy  qiyofa  yaratadi.  Endilikda  buning  uchun  maxsus  aylana  shaklida  qurilgan, 
tomoshabinlar o‘rindiqlari ham aylana qilib joylashtirilgan bino va arena deb ataladigan aylana o‘yin maydonidan 
foydalaniladi. Undagi tomoshalarda inson tanasi go‘zalligini kuzatish bilan birga  biz aktyor harakatlaridan vujudga 
kelgan  insoniy  mo‘‘jizalarni  ham  ko‘ramiz.  STirk  insonning  nafaqat  o‘z  a‘zolari  va  hissiyotlari,  balki  hayvonlar,  
o‘yin asbobi bo‘lmish narsalar, makon, tomoshabinlar hissiyotlari, atrof-muhit ustidan, kengroq ma‘noda olganda, 
dunyo  ustidan  cheksiz  hukumronligini  namoyish  etishi  bilan  bizni  doimo  xavotirdan  hayratga  aylanadigan  estetik 
idrok  etish  jarayonini  boshdan  kechirishimizni  ta‘minlaydi.  Zero  stirk  «sof  estetik»    san‘at,  unda  bevosita  
manfaatdorlikni  uchratmaymiz.  M.,  bir  shlyapa  ostida  ko‘zboylog‘ich  uchirgan  besh  yoki  o‘nta    kaptardan,  olov 
halqa    ichidan  arslonning  sakrab  o‘tishidan,  hech  qaysi  sportchi  bajarolmaydigan  chig‘iriq  (gimnastik)  yoki 
akrobotik  (belsuyak)  o‘yinlardan  qanday  manfaat  bo‘lishi  mumkin?  Chunki    stirkda  respublika  yoki  jahon 
birinchiligi uchun (manfaatli) musobaqa o‘tkazilmaydi, umuman, stirk musobaqa degan tushunchani inkor etadi. 
Sirkning yana bir o‘ziga xos xususiyati, unda doimiy masxaraboz-qiziqchining ishtirok etishi, ya‘ni kulgililik 
xususiyatining  doimiy  mavjud  bo‘lishi  bilan  belgilanadi.  Masxaraboz  faoliyati  stirkdagi  barcha  narsalarni 
(namoyishlarini), sirtdan bo‘lsa-da, bog‘lab turadigan,  tomoshabinni bir hayratlanarli keskin kechinmali, havotirli 
holatdan  ikkinchisiga  o‘tishi  uchun  kulgili    tanaffusni,  muayyan  ma‘nodagi  forig‘lantirishni  o‘z  ichiga  oladi. 
Masxaraboz  mantiqiylik  ustidan nomantiqiylikning, absurdning shartli ravishdagi g‘albasini   ko‘rsatadigan  va  shu 
bilan  tomoshabinda  kulgi  uyg‘otadigan,  har  bir  davr  uchun  zamonaviy  bo‘lgan,  ya‘ni  har  bir  zamonning  «o‘z 
kulgisini» topa oladigan o‘lmas badiiy qiyofa. 
Shuningdek,  sirk  san‘atida  vorisiylik  birinchi  navbatda  oilaviy  san‘atkorlik,  qolaversa  ustoz-shogirdlik 
an‘analari  hukumron.  M.,  o‘zbek  stirkida  Toshkenboevlar  oilasi  bu  san‘atning,  deyarli  barcha  sohalarida  faoliyat 
ko‘rsatdilar va  ko‘rsatmoqdalar, hozir biz stirkka  kirsak,  «nevara  va evara  san‘atkorlar» namoyishlaridan estetik 
zavq olamiz.  
                                                 
201
  Karimоv.I.A. Хavfsizlik va tinchlik uchun kurashmоq kеrak. T., O‘zbеkistоn, 2002 y., 55–56-b.  

Umuman  olganda,  stirk  san‘ati  millatni,  ayniqsa  yoshlarni  mo‘‘jizaviylikdan  hayratlanib,  kulgililikdan 
forig‘lanib-jismonan baquvat, epchil, o‘z ruhi a‘zoi badani ustidan hukumronlik qila oladigan, katta tabiatining bir 
qismi bo‘lmish hayvonlar tabiatidan xabardor shaxs sifatida kamol topishida muhim ahamiyatga ega. 
Askiya.  Baxshilik  san‘atiga  o‘xshab,  askiya  ham  xalq  og‘zaki  ijodi  mahsuli.  U  arab  tilidagi  «o‘tkir  zehnli» 
ma‘nosini  anglatadigan  «zakiya»  (ko‘pligi  –  «azkiya»)  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  qadimgi,  xalq  sevgan  san‘at 
turlaridan biri. U – ikki va undan ortiq  kishi tarafma-taraf bo‘lib, davrada, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, tomoshabinlar olqishi 
shaklidagi baholash usulida o‘tkaziladigan so‘z o‘yini. 
Ammo askiya oddiy so‘z o‘yinidan qat‘iy belgilangan mavzui bilan ajralib turadi. Uning bu xususiyati payrov 
janrida  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Bu  janr  nihoyatda  izchillikni  talab  etadi,  payrovdan  chiqish,  chetga  uni  chala 
qoldirib ketish, mumkin emas. «To‘laqonli adabiy asarda, masalan, tabiat manzaralari, kishilar obrazi va xarakteri, 
ularning  hayotga  munosabatlari,  voqealarning  rivojlanishi  va  tugallanishi,  g‘oya  va  harakatni  to‘lduruvchi  detallar 
tasvir etilganday, - deb yozadi askiyashunos R.Muhammadiev, - payrovda ham bu talablar amalga oshirilishi shart, 
aks  holda  u  «chala»,  «xom»  bo‘lib  qoladi.  SHu  jihatdan  qaraganda  payrov  syujetli  yaxlit  badiiy  asar 
hisoblanadi»
202
.   M., «Imorat»  payrovida olingan eru poyolvorga qazilgan chuqurlindan boshlab, to tom yopilib, 
imorat uvog‘u bo‘yoqdan chiqqunicha bo‘lgan jarayon aks etishi kerak. 
Payrovdan  farqli o‘laroq, o‘xshatdim, bo‘lasizmi,  gulmisiz, rayhonmisiz  qofiya, radif, kabi kichik janrlarda 
askiyachi  o‘z  raqibining  ba‘zi    sifatlarini,  xislatlarini  boshqa  narsalarga    o‘xshatish,  nisbat  berish  orqali  kulgi 
uyg‘otadi. Bunda, R.Muhammadiev ta‘kidlaganidek, ikki tarafning har safargi savol-javobdan keyin mavzu tugashi 
va ikkinchi savol-javobida boshqa mavzuga o‘tish mumkin. 
Askiyaning  hamma  janrlarida  ham  so‘z  qo‘llashdagi  mohirlik,  mubolag‘a,  kinoya,  kessatiq,  qo‘l,  yuz 
harakatlari  singari  vositalardan  foydalanish  katta    ahamiyatga  ega.  Lekin,  eng  muhimi,  bu  san‘at  turining  hamma 
janrlarida belgilovchi xususiyatlardan  biri –hozirjavoblik. Raqib tomonning savoliga yoki sifatlashiga sayoz, kulgi 
uyg‘otmaydigan  tarzda  javob  bergan,  «hujum»ni  munosib  rad  etolmagan  tomon  engilgan  hisoblanadi,  zero 
favqulodda    ko‘chma    ma‘no,  majoziylik  qonuniyatiga  binoan  izchil  va  nozik  fikrlash  hozirjavoblikning  moyasi 
hisoblanadi. 
Askiyaning  yaxlit  san‘at  turi  sifatidagi  yashash  sharti  –  bu  uning  erotik  tabiatga  egaligi.  Unda    mazmun 
mehnat turlariga,  kasbga, muomalaga doir so‘z va atamalarga nihoyatda nozik, pardali tarzda jinsiy ma‘noni jolash 
orqali  ochiladi.  Aynan  ana  shu  ko‘chma  ma‘no  tinglovchi  hozirjavobligi  tomoshabinda  kulgi  uyg‘otadi.  Zero 
hozirjavoblik  erotik-seksual  urg‘uga  ega  bo‘lsagina,  askiyaga  aylanadi,  aks  holda  u  topib  aytilgan  hazildan  nariga  
o‘tmaydi.  Ayni  paytda  askiyada  laqab  ishlatish  ham  o‘ziga  xos  o‘rin  egallaydi.  Lekin  laqab  askiyada  shaxsning  
jismoniy  nuqsini  ochish,  hajv  uchun  emas,  balki  zaminida  mehr  yotgan  hazil  tariqasidagi  latifa  so‘z  o‘yinlari 
vositasida kulgi qo‘zg‘otish uchun qo‘llaniladigan usul hisoblanadi. 
Askiya  o‘zbeklarda  urug‘chilik-qabilachilik  davrida  vujudga  kelgan  degan  faraz  bor.  Zotan,  darslikning 
tarixiy  qismida  ko‘rib  o‘tganimizdek,  SHrayber-Froyd  nazariyasiga  binoan  qadimgi  odam  jinsiy  munosabatlarga  
doir so‘zlarni  mehnat  turlariga  qo‘llab, og‘ir  mehnatga  huzurbaxshlik berishga  intilgan.  Askiyaning  kelib chiqishi 
ham ehtimol  shundadir. Bu san‘at turining eng ravnaq topgan davri  ilmda  XIV-XV  asrlar deb tan olingan. O‘sha 
davrda  mavlono Burhon lang, Said G‘iyosiddin Sharfa, Mavlono Xalil Sahof, Mavlono Abdulvose‘ munshiy kabi 
askiyachilar bu boradagi eng kuchli san‘atkorlar hisoblangan. Keyingi davrlarda ham askiya o‘zbek xalqining to‘y-
tomoshalari, tantanali marosimlarida o‘z o‘rniga ega nazokatli san‘at sifatida taraqqiy topib bordi. Biroq sho‘rolar 
davrida u  «qayta ishlandi», ya‘ni uning erotik san‘at turi sifatidagi xususiyati inkor etildi. Natijada askiya zo‘raki 
kulgi asosiga qurilgan jiddiy «xalq og‘zaki ijodi janri»ga aylandi. M., biz iqtibos keltirgan «Askiya» kitobida o‘sha 
davrlarda  yozib  olingan  va  «Mushtum»  jurlarida  e‘lon  qilingan  payrovlar,  askiyaning  kichik  janrlari, 
askiyachilarning  mahoratiga qaramasdan,  yoniningizda birov qitiqlab tursa  ham, sizda  kulgi qo‘zg‘otishi  mushkul. 
Chunki    mazmunan  sostialistik,  shaklan  milliy  bo‘lgan  bu  askiyalarda  o‘q  tomir  –  nihoyatda  nozik  pardalangan 
erotik xususiyat yo‘q. Aynan ana shu xususiyat tufayli boshqa san‘at turlariga (M.,  badiiy adabiyotga, teatrga v.b.) 
o‘xshab  bolalar  askiyasi,  o‘simirlar  askiyasi,  yoki  yoshlar  askiyasi  degan  tushuncha  qo‘llanilmaydi.  Askiya  faqat 
balog‘atga  etgan  kishilar  uchun  mo‘ljallangan  san‘at  turi.  Lekin  alohida  ayollar  askiyasi,  erkaklar  bilan  ayollar 
yonma-yon ishtirok etgan askiyalar mavjud. M., mohir askiyaboz Muhabbatxon Yo‘ldosheva, Muhiddin Darvishov, 
Zaynobidin  va  Madaminjon  YUsupovlar,  Abdulhay  mahsum  Qozoqov  kabi  erkak  askiyabbular  davrasida  ulardan 
qolishmagan holda ishtirok etib keladi. 
Hozir  Mustaqillikdan  keyin  askiya  yana  o‘z  asl  qiyofasiga  qaytdi.  Haqiqiy  askiyani  keyingi    paytlarda 
askiyabozlar  musobaqalarida,  respublika  miqyosida  katta  tantanalarda,  teleekranda  tinglab,  tomosha  qilyapmiz. 
Bunday askiyalardagi kulgi o‘ziga xos tanqidiy ruhga ega. U jamiyatimizning yanada  ravnaq topishi, estetik didni 
yuksaltirish  uchun  xizmat  qilib  kelayotgan  san‘at  turi.  Lekin  ba‘zi  bir  bizning  mashhur  «profesional» 
qiziqchilarimizning azbaroiy odamlarni kuldiraman deb bachkanalikka, bepardalikka yo‘l qo‘yayotgan holatlari ham 
uchrab  turishi  kishida  afsus  yug‘otadi.  Vaholanki  askiya,  bir  suhbatda  ulkan  yozuvchimiz  Abdulla  Qahhor 
aytganidek,  usti  bir  qavat  yupqa  tuproq  bilan  yopilgan  bir  uyum  go‘ng  ustida  o‘sgan  atirguldek  go‘zal,  uning 
rangidan,  hididan  bahramand  bo‘lish  lozim,  tagidagi  tuproqni  ochib,  go‘ngni  titish  kerak  emas.  Aks  holda 
askiyaning bor  go‘zalligiyu, nozikligi, hayo pardasi yo‘qoladi, u so‘kish va so‘kinishning madaniylashgan shakliga 
aylanadi-qoladi. 
                                                 
202
 Askiya G‘. G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, T., 1970 y., 6–b. 

Estrada.  Qadimda  estrada  bilan  stirk  yaxlit  bir  san‘at  turi  hisoblangan.  XIX  asrga  kelib,  estrada  stirkdan 
mustaqil tarzda  faoliyat  ko‘rsata  boshlagan. O‘zbekistonda  u Qo‘qon xonligida  XIX  asr  boshlarida  tashkil etilgan 
keyinchalik «qiziqchilar» teatri deb atalgan.
203
   Umuman olganda, u an‘anaviy san‘atlar ichida nisbatan Yangisi va 
ba‘zi  jihatlari  bilan  zamonaviy  –  texnikaviy  san‘at  turlariga  ma‘lum  ma‘noda  yaqinligi  bor  (estrada  musiqasining 
zamonaviyligi, elektron asboblar ijrosi v.h.). 
San‘at turi sifatida estrada omuxtalik tabiatiga ega, unda teatr, musiqa, stirk, askiya unsurlari yaqqol ko‘zga 
tashlanadi.  M.,  drama  va  komediyaning,  kichik  shakllari,  intermediyalar,  akrobotika,  pontomima,  janglyorlik, 
qo‘shiq,  badiiy  o‘qish  v.b.  janrlar  muvafaqiyatli  ijro  etiladi.  Unda  zamonaviy  muammolarning  ko‘ngil  ochish 
usullari  va  kulgi  vositasida  ifodasini,  xilma-xil  tanqid  yo‘llarini  ko‘rish  mumkin.  Falsafiylik,  ijtimoiy-siyosiy 
mavzular,  estradada  qisqa,  lo‘nda,  qiziqarlili  tarzda  ochib  beriladi.  Estrada,  sahnaviy  san‘at  bo‘lsa-da,  teatrdan 
aynan  ana  shu  «engilligi»,  «ko‘ptomonlamaligi»  bilan  farq  qiladi.  Mashhur  rus  estrada  aktyori  E.Petrosyan  shuni 
nazarda tutgan holda, bu san‘at turini «san‘atdagi jurnalistika» deb ataydi. 
Estrada  namoyishlarini  (nomerlarini)  ko‘pincha  konferense  bir  tizimga  solib  turadi.  Ba‘zan  esa  buni 
aktyorning  o‘zi  amalga  oshiradi,  estradada  aktyor  mahorati,  uning  xatti-harakatlari,  yuz  ifodasi,  zarur  paytdagi 
pauzasi  v.b. hodisalar  muvafaqqiyatning asosiy omili  hisoblanadi. Estrada aktyori tomoshabin bilan  uzviy aloqada 
bo‘ladi:  sahna  va  zal  ba‘zan  bir-birini  to‘ldiradi.  SHu  o‘rinda  yana  E.Petrosyanni  eslashga  to‘g‘ri  keladi,  mening 
bosh rejissyorim, tomoshabin u menga nima qilish kerakligini aytib berib turadi, deydi buyuk aktyor. 
Hozirgi  paytda  maxsus  «estrada  teatrlari»  mavjud.  Rus  va  jahon  estradasida  aktyorlar  asosan  yozuvchilar 
maxsus  yozib  borgan  yoki  matbuotda  e‘lon  qilingan  eng  yaxshi  hajviyalar  asosida  ish  ko‘radi.  Afsuski,  bizning 
aktyorlar  «Obid  A»  teatrida  ham  «Mirza»  teatrida  ham  asosan  matnlarni  o‘zlari  to‘qiydilar  va  jahon  latifalarini 
o‘zbekchalashtirib  tomoshabinga  taqdim  etadilar.  Natijada  aktyorlarimiz  qanchalik  iste‘dodli  bo‘lmasin,  (ularning 
ko‘pi haqiqatan ham iste‘dodli), chiqishlari qiziqchidan ko‘ra, ko‘proq bachkanalikka aylanib ketadi.  
XX  asrda  jahon  estradasida  o‘ziga  xos  estrada  qo‘shiqchiligi  maxsus  janr  sifatida    keng  yoyildi.  Jahonga 
mashhur  estrada  guruhlari  va  qo‘shiqchilari  katta  shuhrat  qozondilar  («AVVA»,  «Yalla»,  Jekson,  Tarkan  v.b.), 
ulkan  stadionlarda  o‘tkaziladigan  «gala  konstertlar»    paydo  bo‘ldi.  Bularning  hammasi  estradaning  zamon 
talablariga, jurnalistlar tili bilan aytganda, «operativ» javob beradigan jurnalistik ruhdagi san‘at turiga aylanganini 
ko‘rsatadi.  SHundan  kelib  chiqadigan  bo‘lsak,  bizning  estradamizga    qo‘yiladigan  talablar  hozirgidan  bir  necha 
barobar yuksak bo‘lishi kerak. 
Zamonaviy san‟at turlari 
Texnikaviy yutuqlar asosida vujudga kelgan zamonaviy san‘at turlari insonning har qanday qulay sharoitdan 
Yangi  san‘at  turi  yoki  asarlarini  yaratish  uchun  foydalanishini  ko‘rsatadi,  insondagi    san‘atga  bo‘lgan  azaliy  va 
abadiy intilishidan dalolat beradi. Bir paytlar, o‘ta rastional, san‘at bilan sig‘ishmaydigan, qo‘pol deb hisoblangan 
texnikadan  hozirgi  paytda  inson  ildizi  norastionallikka  borib  taqaladigan  badiiy  qiyofa  yaratish  uchun 
foydalanmoqda.  SHuning  natijasi  o‘laroq,  keyingi  bir  yarim  asr  ichida  bir  necha  zamonaviy  (texnikaviy)  san‘at 
turlari paydo bo‘ldi va rivojlandi. Endi shularni qisqacha ko‘rib o‘tamiz. 
Fotosan‟at.  XIX    asrning  20-30-yillarida  franstuzlar  J.Nens,  L.Dager,  ingliz  U.Tolbot  tomonidan  shahar 
manzaralari,  mevalarning  rassomlik  san‘atidagi  ko‘rinishlarini    optika  va  kimyo  yordamida  suratga  ko‘chirish 
amalga  oshiriladi.  Uni  dastlab  «fotogeniya»,  «fotogenik  san‘at»  deb,  keyinroq  esa,  uni  rassomlik  san‘atidagi 
rangtasvir  va  grafikaga  yaqinligi  nazarda  tutib,  «fotografiya» degan  nom bilan atashdi.  Muhimi shundaki,  suratga 
tushirishni badiylashtirish, fototexnika asosida san‘at asari yaratish boshlandi. Ayni paytda, endi rangtasvirning kuni 
bitdi, degan, shoshib aytilgan fikrlar ham o‘rtaga tashlandi. 
Lekin  tez  orada  uni  rangtasvirning  raqibi  emas,  balki  janrlaridan  biri  sifatida  qabul  qilish  odat  tusiga  kirdi. 
Nihoyat, XX asrning dastlabki yillaridayoq u o‘ziga xos tasviriy imkoniyatlarga ega alohida san‘at  turiga aylandi. 
Ayniqsa chex foto san‘atkori Frantshek Drtikol (1883-1961) ijodi jahon madaniyatida alohida iz qoldirdi. U badiiy 
suratkashlikning Rafeli degan nom oldi.  
Keyingi  davrlarda,  fototexnika  taraqqiyoti  natijada,  A.Stilist  (AQSH),  E.Atje  (Franstiya),  A.Jumaev 
(O‘zbekiston),  M.Rodchenko,  (Rossiya)  v.b.  badiiy  suratkashlik  san‘ati  namoyandalari  asarlari  har  qanday 
rangtasvir  bilan  bellashadigan  darajaga  ko‘tarildi.  Bu  san‘atkorlarda  endi,  Drtikoldan  farqli  o‘laroq,  rangtasvir 
uslublaridan foydalanish o‘rnini bir lahzalik fototasvirning ifodaviy vositalaridan kelib chiqqan holda, fotosan‘atga  
nurtasvir san‘ati sifatida qarash ijodiy tamoyil tusiga kirdi. Bunda suratkash lahzalik sahnaning rejissyori bo‘lishi, 
ob‘ektdan  badiiy  qiyofaga  aylanishi  mumkin  bo‘lgan  xusususiyatni  topishi,  eng  mos  rakkurs  va  suratga  olish 
nuqtasini  tanlashi,  kompozistion  miqyosni  ilg‘ashi  muhim.  O‘shanda  fotosan‘atkor  «mangu  lahza»ni  tasvirga 
tushirishga, ya‘ni lahzani mangulashtirishga erishishi mumkin.  
Badiiy suratkashlikning, ya‘ni nurtasvirning rangtasvirdan farqi va eng muhim belgisi  – bu uning hujjatlilik 
xususiyati, undagi har bir suratga olingan hodisa real asosga ega. Rassom o‘zi tanlagan syujet tasvirida tasavvur va 
xayolotga keng o‘rin beradi, fotosan‘atkorda bu imkoniyat yo‘q, u tasvir ob‘ektini real, hayotdagi holatida qanday 
bo‘lsa, shunday suratga tushiradi. Lekin u ob‘ektning «yalt» etgan jonli ko‘rinishini topa bilishi va o‘sha jonlilikni 
saqlab  qoladigan  nuqtadan  turib  ijod  qilishi,  ba‘zan  ob‘ektning  ishiga  aralashishi,  uni  muayyan  ruhiy  yoki 
manzaraviy holatga kelishi uchun ko‘maklashishi kerak bo‘ladi. Biroq u rassomning erkin aralashuvi imkoniga ega 
emas.  SHu  bois  biz  fotosan‘atda  eng  yuksak  darajadagi    jonlilikni  ko‘ramiz,  tom  ma‘nodagi  real  borliqning 
                                                 
203
 Qarang: O‘sha manba, 129-b. 

qo‘shig‘ini  tinglaymiz.  Kinoshunos  Z.Krakauer:  «Fotografiya  bilan  bir  qatorda  kino  ham  materialni  nisbatan  qo‘l 
tegmagan  ko‘rinishda  etkazib  beradigan  yagona  san‘at  turidir...  Suratga  tushirilgan  tasvirni  idrok  etar  ekan, 
tomoshabin  ba‘zan  haqiqiy  reallikning  ovozini  –  «borliqning  shivirini»  tinglaydi»,  –  deganida  haqiqatni  aytgan 
edi.
204
 
Fotosan‘atning ham turli janrlari mavjud, ularning ko‘pi rassomlikdan «o‘tgan»: portret, manzara, natyurmort 
v.h.  Ammo har ikki san‘at turidagi bir xil janr o‘ziga  xos  tafovutga  ega. M., portret  janrida  rassomlik san‘ati har 
qanday syujetdan yiroq, o‘z dunyosiga o‘zi  sho‘ng‘igan individual  inson tasvirini  beradi. Badiiy suratkashlikdagi 
portret  esa  aynan  «odam  ishtirokidagi  syujetni»  aks  ettiradi,  undagi  individ  o‘z  dunyosidan  chiqib  ketadi  va  o‘zi 
ishtirok etayotgan jarayonning bir qismi sifatida gavdalanadi. Ya‘ni fotosan‘atda insonning o‘zi emas, uning tashqi 
dunyoga munosabati birinchi o‘rinda turadi. 
Fotosan‘atda montaj katta ahamiyatga ega. Montaj orqali badiiy qiyofa yaratish imkoni nihoyatda keng. Fan 
va  texnikaning  ravnaqi  tufayli  u  «mo‘‘jizaviy»  darajaga  ko‘tarildi.  Hozirgi  kunda  tasvir  tayyorlashning 
kompyuterlashtirilishi  natijasida  badiiy  suratkashlik  eng  qamrovli  san‘atga  aylanib  bormoqda  va  boshqa  san‘at 
turlariga  tobora  katta  ta‘sir  ko‘rsatmoqda.  Ayni  paytda  fotoreklama  va  fototanqiddagi  o‘ziga  xos  go‘zallik  hamda 
go‘zallikka  aylanishi  kerak  bo‘lgan  xunuklikning  badiiy  qiyofalar  darajasidagi  tasviri  ham  jamiyat  taraqqiyotida 
muhim ahamiyatga ega. 
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin