Algoritmik tillar va dasturlash. Ma’ruza mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma. X. E. Xolmirzayev, M. N. Ikromova, M. M. Bahromova Annotatsiya



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə7/56
tarix19.12.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#184841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56
O`quv qo`llanma11 (2)

2.2. C# tilining asosiy xususiyatlari:

  • NET Framework sinflarini to‘liq 100% ishlatish, obyektli dasturlash va sinflarni to‘la qo‘llash, avlod qoldirish, inkapsulyatsiya, polimorfizm va virtualizatsiya metodlarini qo‘llash, operatorlarni qayta yuklash va virtual funksiyalarni yaratish va foydalanish;

  • Asosiy va qo‘shimcha tiplarning to‘la to‘plami va yaratish imkoniyati;

  • integratsiyalashgan XML-xujjatlarni avtomatik generatsiya qilish imkoniyati;

  • Dinamik taqsimlangan xotirani avtomatik tozalash.

  • Sinflar va metodlarni alohida atributlar bilan belgilab qo‘yish imkoniyati, ya’ni ayrim metod va sinflar faqatgina tekshirish(otladka) rejimida kompilyatsiya qilinadi.

  • Windows API ga oson murojaat qilish imkoniyati;

  • Xotiraga va ko‘rsatkichlarga zarurat tug‘ilganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyati;

  • Xodisalarni qo‘llab quvvatlash;

  • Dinamik WEB - sahiflarni yaratish(ASP.NET) va h.

IEEE Spectrum reytingi:

2.3. Net Framework platformasi va CLR
Barcha dastur yozishga mo‘ljallangan vositalar, yozilgan dasturni to‘g‘irlovchi, mashina kodiga o‘tkazuvchi, tekshiruvchi, sozlovchi va ishga tushiruvchi qobiq dastur yoki dasturlash tili sifatida qaraladi. Dastur yozishga mo‘ljallangan dasturiy vosita quyidagilardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin:

  • dastur kodini kiritishga va to‘g‘rilashga mo‘ljallangan matnli redaktor;

  • dasturlash tilidan kompyuter tushunadigan til mashina kodiga o‘tkazuvchi kompilyator yoki interpretator;

  • yozilgan dasturni tekshiruvchi va ishga tushiruvchi;

  • dastur yozishda ko‘p marta foydalaniluvchi qism dasturlar yoki elementlarni(funksiya, prosedura va h.) o‘z ichiga oluvchi kutubxona;

  • yordam tizimi va boshqa elementlar.

Visual Studio.NET majmuasi dastur yozish uchun bir nechta dasturlash tillari(C#, VB.NET, C++, J#, F#) uchun muqobil ishlash, to‘g‘irlash, kompilyatsiya qilish, tekshirish, sozlash va ishga tushirish imkonini beruvchi dasturiy vositalar majmuini taqdim etadi.
Dasturlashga mo‘ljallangan platforma deyilganda dastur yozishga mo‘ljallangan vositalardan farqli ravishda u faqat bitta emas balki bir nechta dastur yozish vositalariga mo‘ljallangan dasturiy vosita tushuniladi. Ana shunday platformalardan biri bu .NET platformasidir (.NET FrameWork yoki dotnet deb ham ataladi).
.NET platformasi ochiq tizim hisoblanib, yuqorida nomlari keltirilgan dasturlash tillarida boshqa dasturlash tillarida ham foydalanish mumkin. .NET platformasi tarkibiga kiruvchi dasturlash tillarini o‘zaro muqobil ishlashini ta’minlash uchun dastur kodlarini bir xil tilga o‘tkazish-kompilyatsiya qilish talab etiladi. Lekin platforma dasturiy kodni aynan to‘g‘ridan to‘g‘ri mashina kodiga emas, balki operatsion tizim yoki kompyuterga bog‘liq buyruqlardan iborat bo‘lmagan oraliq til hisoblanuvchi CIL -(Common Intermediate Language, yoki shunchaki IL) kodga o‘tkazadi. Ushbu tilga o‘girilgan dasturiy kod CLR(Common Language Runtime)deb nomlanuvchi tizim yordamida ishga tushiriladi yoki interpretatsiya qilinadi.
CLR ni ixtiyoriy operatsion tizim uchun realizatsiya qilish mumkin. Buning uchun .NET FrameWork (yoki dotnet)ni o‘rnatish talab etiladi.
CIL kodidagi dastur ishga tushirilganda CLR tizimi CIL kodidagi dasturni konkret protsessor uchun shu zahoti bajariluvchi mashina buyruqlariga o‘tkazuvchi JIT(just in time)-kompilyatorini ishga tushiradi. Ushbu kompilyator CIL kodidagi dasturni ayni damda qaysi qismi bajarilishi lozim bo‘lsa o‘sha qismini kompilyatsiya qiladi. Dasturning kodining har bir qismi bir marta kompilyatsiya qilinadi va keyinchalik foydalanish uchun keshda saqlanadi. Shu sababli .NET platformasidan foydalanib yoziladigan dasturiy kodlar birinchi marta ishga tushirilayotganda bir oz yuklanishi qiyin kechadi.
Kompilyator ishga tushirishda foydalanish uchun kompilyatsiya qilingan fayl sifatida kengaytmasi .exe yoki .dll bo‘lgan faylni bizga taqdim qiladi. Ushbu fayl CIL kodidagi dastur va metama’lumotlardan tashkil topgan bo‘ladi. Dastur ishlash jarayonida CLR faqat ruxsat etilgan operatsiyalar bajarilishini nazorat qilib boradi, xotirani taqsimlanishi va tozalab turilishini ta’minlaydi va yuzaga kelgan xatoliklarni qayta ishlaydi. Bu esa, dasturning ishonchli ishlashi va xavfsizligi ta’minlanishini bir necha barobarga oshiradi.
.NET platformasi ixtiyoriy .NET tipidagi dasturlash tilida foydalanish imkonini beruvchi juda katta sinflar kutubxonasini o‘zida mujassamlashtirgan. .NET platformasi kutubxonasi sinflarini mukammal o‘rganish zarurdir, lekin anchagina mashaqqatli ish hamdir.
2.4 C# dasturlash tilining tashkil etuvchilari, til alfaviti va leksemasi;
Dasturlash tilini o‘rganishni biror bir xorijiy tilni o‘rganishga qiyoslash mumkin. Xorijiy tilni o‘rganish odatda tilning alfaviti o‘rganishdan boshlanadi, so‘ngra so‘zlarni, ularning tarjimasini o‘rganishga o‘tiladi, keyin esa ana shu so‘zlardan foydalanib jumlalar, gap tuzishga o‘tiladi va sekin astalik bilan so‘z boyligini ko‘paytirib borgan holda hamda ko‘p mashq qilish, ko‘p bora muloqot qilish natijasida ushbu tilda o‘z fikrlarini erkin ifoda etishga, tilni mukammal darajada bilishga erishiladi. Shunga o‘xshash biror dasturlash tilini o‘rganishda mana shu ketma-ketlikdan foydalanish yaxshi samara beradi.
Endi C# dasturlash tilining alfaviti bilan tanishsak. C# dasturlash tilida matnlarni yozishda Unicode kodirovkasidagi belgilardan foydalaniladi. Kodirovka – bu belgilar va unga mos keluvchi sonli kodlar jadvalidir. Unicode kodirovkasi bir vaqtning o‘zida barcha alfavitlardagi belgilardan foydalanish imkonini beradi.
C# alfaviti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • lotin alfavitlar hamda ular bilan birgalikda qo‘llash uchun ostki chiziq(_);

  • raqamlar;

  • maxsus belgilar, masalan +, *, { i & ;

  • bo‘sh va tabulyatsiya belgilari;

  • qatorni ko‘chirish belgilari.

Belgilar to‘plamidan foydalanib, leksemalar va izohlarni yoziladi.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin