Algoritmik tillar va dasturlash. Ma’ruza mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma. X. E. Xolmirzayev, M. N. Ikromova, M. M. Bahromova Annotatsiya



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə8/56
tarix19.12.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#184841
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
O`quv qo`llanma11 (2)

Leksema (token) — bu dasturlash tilining mustaqil holda biror ma’noni bildiruvchi eng kichik birligidir. Leksemening quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

  • nom yoki ism (identifikatorlar);

  • kalit so‘zlar;

  • amal belgilari;

  • ajratgichlar;

  • literallar (konstantalar).

Leksemaga misol sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin: Vasia nomli identifikator, goto kalit so‘zi,+ amal belgisi va sh.k.
Leksemalardan foydalangan holda operatorlar va ifodalar tashkil qilinadi.
Masalan: a+b ifoda, u ikki kattalikni qo‘shishni bildiradi;
int a; - bu a nomli o‘zgaruvchini e’lon qilish operatoridir.
O`zlashtirish uchun savollar

  1. C# qanday dasturlash tili?

  2. C# tilining xususiyatlarini sanang.

  3. C# tilining qanday afzalliklari bor.

  4. C# alfavitiga qanday belgilarni kiritilgan?

  5. Leksema nima?

3-Ma’ruza: Identifikatorlar, literallar, o‘zgaruvchilar va berilganlar turlari.


Reja:

  1. Identifikatorlar.

  2. Kalit (xizmatchi) so‘zlar.

  3. Amal belgilari.

  4. Literallar (konstantalar).

  5. Izohlar.

  6. C# tilining tiplari tizimi.

Tayanch so’z va iboralar: Identifikator, amal belgisi, literal, izoh, o`zgaruvchi turi, tiplar tizimi
3.1. Identifikatorlar
Nom yoki identifikatorlar – dastur obyektlariga murojaat qilish va ularni bir-biridan farqlash, ajratish uchun xizmat qiladi, qisqacha qilib aytganda identifikatsiya qiladi. Identifikatorda harflar, belgilar va ostki chiziq belgisidan foydalanish mumkin. C# dasturlash tilida katta va kichik registrdagi harflar bir biridan farq qiladi. Masalan: hacker, Hacker va hAcKeR nomlari bu 3 ta turli xil nomni bildiradi.
Identifikatorning birinchi harfi faqat belgi yoki ostki chiziq bo‘lishi mumkin lekin raqam bo‘lishi mumkin emas. Identifikator uzunligi chegaralanmagan. Identifikatorni berishda probeldan foydalanish xatolikka olib keladi.
A, a, abror, _matn, nt2, rv_1 – to‘g‘ri;
1a, afzal s_, 456 – xato.
C# dasturlash tilida identifikator sifatida krill alfavitidagi belgilardan foydalanish mumkin. Masalan: алфа yoki alpha.
Identifikatorlar o‘zgaruvchini e’lon qilishda yaratiladi va shundan so‘ng dastur qolgan qismida foydalanish mumkin.
String soz=”Salom Dostim!”; //bu yerda soz – identifikator.
Identifikator tanlashda u dasturlash tilining kalit so‘zlari bilan bir xil bo‘lib qolmasligini ta’minlash zarur.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin