Algoritmik tillar va dasturlash. Ma’ruza mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma. X. E. Xolmirzayev, M. N. Ikromova, M. M. Bahromova Annotatsiya



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə6/56
tarix19.12.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#184841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
O`quv qo`llanma11 (2)

O`zlashtirish uchun savollar
1.Dastur nima?
2.Dasturlash tili deganda nimani tushunasiz?
3.Quyi darajali dasturlash tili bilan yuqori darajadagi dasturlash tillari orasidagi farq qanday?
4.Obyektga yo`naltirilgan dasturlash tillari deganda nimani tushunasiz?
5. C# qanday dasturlash tili?

2-Ma`ruza: C# va .Net Core platformasi. C# dasturlash tilining tuzilishi.


Reja:

  1. C# dasturlash tili haqida dastlabki ma’lumotlar va uning yaratilish tarixi.

  2. C# tilining asosiy xususiyatlari.

  3. .Net Framework platformasi va CLR.

  4. C# dasturlash tilining tashkil etuvchilari, til alfaviti va leksemasi;

Tayanch so’z va iboralar: kompilyatsiya, fayl kengaytmasi, direktevalar, leksemalar, izohlar, oqimli o’qish va yozish funksiyalari, til alfaviti, identifikatorlar, kalit so’zlar.
2.1. C# dasturlash tili haqida dastlabki ma’lumotlar va uning yaratilish tarixi.
C# tili 2000 yilda Microsoft kompaniyasining Anders Xeylsberg (Anders Hejlsberg) boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan yaratilgan. Andersom Xeylsberg IBM oilasiga masub kompyuterlar uchun birinchi kompilyatsiya qiluvchi dasturlash tillaridan biri Turbo Pascal ni yaratgan dasturchi sifatida ko‘pchilikga tanishdir.
C# dasturlash tili 2000 yilda ishlab chiqilgan, lekin uning rasmiy 1.0 versiyasi 2002 yilda ishlab chiqildi. Bunga sabab aynan shu yili Windowsning .NET platformasi 1.0 versiyasi ishlab chiqilganligidir.
.NET FrameWork Windows operatsion tizimi(OT) muhitida ishlovchi barcha dasturlash tillari uchun ochiq bo‘lgan va OT ning barcha komponentalariga dasturlash tili orqali murojaat qilishni ta’minlovchi dasturlash platformasi hisoblanadi. .NET FrameWork barcha dasturlash tillari uchun umumiy bo‘lgan bazaviy sinflar va ularni bajarilishini ta’minlovchi Common Language Runtime(CLR) interpretatoridan tashkil topgan. Bunda dasturlash tili tomonidan kompilyatsiya qilingan har qanday dastur ishga tushirilganda CLR tomonidan baytkodlarga o‘zgartiriladi va xuddi Assembler singari OT da ishlash xolatiga o‘tkaziladi, ya’ni interpretatsiya qilinadi. To‘g‘ri bu jarayon dasturning ishga tushishi va yuklanish jarayonini biroz sekinlashtiradi. Lekin hozirda yaratilayotgan kompyuter texnikalari uchun bu muammo emas.
C# dasturlash tili Windows ning .NET platformasi bilan birgalikda ishlashga mo‘ljallangan deyarli 100% ob’ektga mo‘ljallangan dasturlash tili hisoblanadi.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin