Algoritmik tillar va dasturlash. Ma’ruza mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma. X. E. Xolmirzayev, M. N. Ikromova, M. M. Bahromova Annotatsiya



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə2/56
tarix19.12.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#184841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
O`quv qo`llanma11 (2)

Kirish


Raqamli texnologiyalar shu qadar shiddat bilan rivojlanmoqdaki, inson turmush tarzi va hatto tafakkurini ham butunlay o’zgartirib yubormoqda. Endilikda, bu texnologiyalarni kundalik ishlarda, ish o’rnida va ishlab chiqarishda qo’llanilishi insoniyatni to’rtinchi sanoat inqilobiga olib keldi. Bu sanoat inqilobi ishlab chiqarishni aqlli tizimlar, sun’iy intellekt, kiberfizik texnologiyalarga asoslangan butunlay avtomatlashtirilgan tizimga o’tish deganidir.
Ushbu sanoat inqilobining mahsuli bo`lgan texnologiyalar raqamli iqtisodiyotni ham rivojlantirishga asos bo`lib hisoblanadi. Rivojlangan raqamli iqtisodiyot esa, o’z navbatida davlat taraqqiyotini belgilab beradi. O’z taraqqiyot yo’lini tanlagan jamiyatimiz uchun raqamli bilimlarga, tafakkurga ega, strategik fikrlay oladigan[CITATION Заполнитель1 \l 2115 ], zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash[CITATION Заполнитель2 \l 2115 ] ustuvor yo‘nalishlardan biridir. Raqamli dunyo talablariga javob bera oladigan yoshlar qanday bilim va malakalarga ega bo’lishi kerak degan masala butun dunyo oldidagi dolzarb masaladir, chunki, jahonda raqamli texnologiyalardan nafaqat foydalanuvchi, balki ishlab chiqaruvchi tomonidan ham yuqori malakali mutaxassislarga talab juda katta.
Ko‘pchilik ilmiy adabiyotlarning tahliliga, shuningdek ilg‘or ta’lim tizimlari va xalqaro tashkilotlari(YUNESKO, IXRT, Jahon banki) fikriga ko’ra XXI asr insoni uchun ijodiy tafakkur, tanqidiy tafakkur, mantiqiy tafakkur, muammolarni hal etish, hamkorlikda ishlash kabi malakalar zarur ekanligini ko‘rsatmoqda. “Xo’sh qanday qilib ushbu barcha malaka va kompetentsiyalarni shakllantirish mumkin”- degan savol uyg’onadi. Yana jahonda olib borilayotgan ishlarni o’rganish natijasida ularni bir tushuncha “Compyutation thinking”-ingliz tilida, “Вычислительное мышление” rus tilidagi atama bilan bog’liqligi ma’lum bo’ldi. Compyutation thinking fanga birinchi kompyuterlar yaratilishi davridan “Algorithmik thinking”-algoritmik tafakkur, keyinroq sun’iy intellekt asoschilaridan biri S.Papert tomonidan kiritilgan Protsessual tafakkur atamasi bilan ma’lum bo’lgan. Protsessual tafakkurni S.Papert quyidagicha ta’riflagan: «Protsessual tafakkur protseduralarni ishlab chiqish, taqdim etish, sinovdan o‘tkazish va otladka qilishdan iborat qadamli ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi va bunday qadamli ko‘rsatmalar har biri formal shaklda tarjima qilinib, maxsus kompyuter yoki avtomat qurilmasi tomonidan bajariladi». Lekin bu tushuncha tor doirada qolib ketgan va 2006 yilga kelib J.Ving tomonidan “Compyutation thinking” atamasi bilan butun dunyo olimlarini diqqatiga sazovor bo’lgan. Uning ta’rificha, Raqamli tafakkur - tegishli soha mutaxasisi yoki kompyuter tomonidan qulay shaklda qo‘yilgan muammo va uning mumkin bo‘lgan yechimlarini hal etishga qaratilgan tafakkur jarayoni»[11] Ma’lum vaqt o‘tib, 2011 yilda J.Ving kelgusi tadqiqotlar asosida yangicha ta’rif beradi: «Raqamli tafakkur - muammolarni shakllantirish, ularni yechish, muammolar yechimini axborotni qayta ishlovchi vositalar hal eta oladigan shaklda tasvirlashda ishtirok etuvchi tafakkur jarayoni». Ta’riflardan ko’rinib turibdiki, J.Ving tomonidan tushunchaga 2011 yil berilgan ta’rif bir muncha kengaygan. Hozirda ushbu tushuncha turli soha mutaxasislari, xususan, AT sohasi mutaxassislarini, pedagog va psixologlarni qiziqtirib kelmoqda va ular bu tushunchaga o’zlarini ta’riflarini berib kelmoqdalarki, haligacha yagona ta’rifi mavjud emas. Lekin hozirda olib borilayotgan izlanishlar uni ta’riflashdan ko’ra yosh avlodga qanday singdirish yo’llarini, yani ta’lim tizimiga qanday joriy etish masalalariga qaratilgan. Compyutation thinking tushunchasi bizda mavjud axborot madaniyati, kompyuter savodxonligi tushunchalariga yaqin lekin ularga mos tushmasligi unga yangi atama va tushuncha kiritishga undadi. Yuqoridagi “Compyutation thinking”, “Вычислительное мышление” atamalarini o’zbek tiliga “Compyuter tafakkuri” va “Hisoblash tafakkuri” deb tarjima qilinar ekan, mazmun jihatdan tor va mos emasligi ko’rinib turibdi. Shuning uchun inson raqamli texnologiyalar bilan muloqoti tufayli yuzaga kelayotgan tafakkur sifatida “Raqamli tafakkur” degan atama kiritish to’g’riroq degan fikrga keldik. Tushuncha sifatida turli ta’riflarni, ilmiy manbalarni tahlil qilinganidan so`ng, quyidagicha ta’riflash mumkin. “Raqamli tafakkur- muammoni hal etish uchun masalani axborotni qayta ishlash vositalari hal eta oladigan shaklda tasvirlash va uni qo’llab natijani olish jarayonida ishtirok etuvchi tafakkur”.
Raqamli tafakkurni tashkil etuvchi komponentlari ham turli manbalarda turlicha keltirilmoqda, o’rganilgan ma’lumotlar asosida raqamli tafakkur:

        • abstraksiya - muammo yoki tizimni tushunishni yengillashtiradi, abstraksiya yanada sodda yechimlarga olib kelish usuli;

  • dekompozitsiya - masalalarni kichik va tushunarli tashkil etuvchilarga bo‘lish usuli;

  • algoritmik tafakkur - masalani yechimiga olib keluvchi ketma ket qadamlar sxemasini tuzish jarayoni;

  • avtomatlash - boshqa masalalarni unumli yechimi uchun shakllangan algoritmlarni kompyuter va texnik qurilmalarda qo‘llash;

  • umumlashtirish (baholash) -turli ko‘rinishdagi masalalarga shakllangan yechim va algoritmlarni moslash jarayoni. Avvaldan ma’lum yechim asosida yangi muammoni tez yechish usuli kabi komponentlardan iborat degan fikrga keldik.

Olib borilayotgan ko’plab ilmiy tadqiqotlar dasturlash raqamli tafakkurni shaklantirishda asosiy yondashuvlardan biri ekanligini ko’rsatmoqda. Shuningdek, ko‘plab izlanuvchilarning fikriga ko‘ra dasturlash o‘quvchilarda raqamli tafakkurning tashkil etuvchi muammolarni hal etish, tanqidiy tafakkur, ijodiy tafakkur, algoritmik tafakkur, refleksiv tafakkur, hamkorlikda ishlash, ta’lim olishni o‘rganish kabi malakalarni rivojlantiradi. Ko‘rib turganingizdek yuqorida keltirilgan barcha malakalar XXI asr insoni uchun zarur malakalardir.
Shu bilan birga kelgusida dasturlash sohasida yaxshi tayyorgarlikka ega bo’lgan mutaxassislarni yetishmasligi, 2030-yillarga kelib 57 dan ortiq kasb yo’qolib 186 ta yangi kasb paydo bo’lishini va bu kasblarning 60%i IT yechimlar uchun dasturiy vositalar yaratish malakalari bilan bo’liqligi ma’lum qilinmoqda. Shuning uchun butun dunyoda dasturlashni ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarining hatto maktabgacha ta’limdan boshlab o’quv dasturlariga fan sifatida kiritish tendensiyasi kuzatilmoqda.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin