Algoritmik tillar va dasturlash. Ma’ruza mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma. X. E. Xolmirzayev, M. N. Ikromova, M. M. Bahromova Annotatsiya


Zamonaviy ob’ektga yo‘naltirilgan va vizual dasturlash tillari



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə5/56
tarix19.12.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#184841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
O`quv qo`llanma11 (2)

1.4. Zamonaviy ob’ektga yo‘naltirilgan va vizual dasturlash tillari
So‘nggi yillarda kompyuterning dasturiy ta’minoti rivojlanishi asosiy yo‘nalishlaridan biri, bu ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash sohasidir. Ob’ektga yo‘naltirilgan amaliyot tizimlari (masalan, Windows), amaliy dasturlar va ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash (OYD) tizimlari ham ommaviylashdi. Birinchi OYD elementi Simula-67 (1967 yil Norvegiya) tilidir. Turbo PASCALda 5,5 versiyasidan boshlab OYD vositalari paydo bo‘ldi. Turbo PASCALning rivoji yakuni sifatida BORLAND firmasi tomonidan DELPHI dasturlash tizimi yaratildi. Ushbu tizim yordamida murakkab grafik interfeysni tez va oson dasturlash imkoniyati mavjud. 1991 yilda Visual BASICning I versiyasidan boshlab bu til to‘laligicha ob’ektga yo‘naltirildi (1997 yil). 1985 yilda Bell Labs (AQSh) laboratoriyasi C++ dasturlash tili yaratilganligi xabarini berdi. Bugungi kunda bu til OYD tillari orasida mashhurdir. Bu til yordamida istalgan mashina uchun – shaxsiydan to superkompyuterlargacha dasturlar yozish mumkin. Bu tilning asoschisi Born Straustrupdir. OYD tillaridan yana biri 1995 yilda Jeyms Gosling boshchiligida Sun Microsystems kompaniyasida yaratilgan JAVA tilidir. Uni ishlab chiqishda maxsus o‘rganish talab qilmaydigan, sodda til maqsad qilingan. JAVA tili maksimal darajada C++ tiliga o‘xshash bo‘lishi uchun yaratilgan. JAVA internet uchun dasturlar tayyorlashning ideal vositasidir. So‘ngi yillarda Microsoft kompaniyasi tomonidan C++ davomchisi sifatida C# (Ci sharp) tili yaratildi.
Dasturlash tillari orasida C# tili ham ko`p qo`llaniladigan tillardan biridir. C# tili 2000 yilda Microsoft kompaniyasining Anders Xeylsberg (Anders Hejlsberg) boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan yaratilgan. Andersom Xeylsberg IBM oilasiga mansub kompyuterlar uchun birinchi kompilyatsiya qiluvchi dasturlash tillaridan biri Turbo Pascal ni yaratgan dasturchi sifatida ko‘pchilikga tanishdir.
C# dasturlash tili va C++ ning keyingi avlodi hisoblansada, C# da yoziluvchi dasturlarning asosiy konstruksiyasi Paskal tilidagi dastur konstruksiyasiga o‘xshash bo‘lsada, C# ni ushbu dasturlash tillari bilan adashtirmaslik lozim. Quyidagi jadvalda dasturlash tillari haqida ma'lumotlar keltirilgan(1.1-jadval).
1.1-jadval
Dasturlash tillari haqida ma'lumot


Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin