Algoritmik tillar va dasturlash. Ma’ruza mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma. X. E. Xolmirzayev, M. N. Ikromova, M. M. Bahromova Annotatsiya



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə3/56
tarix19.12.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#184841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
O`quv qo`llanma11 (2)

1-Ma`ruza: Dasturlash tillari.


Reja:

  1. Rivojlanishning ilk qadamlari

  2. Protsedurali dasturlash tillari tarixi

  3. Sun’iy intellekt tillari

  4. Zamonaviy ob’ektga yo‘naltirilgan va vizual dasturlash tillari

Tayanch so’z va iboralar: Dastur, dasturlash tili, quyi dasturlash tili, yuqori dasturlash tili, Assembler tili Eniac, Paskal, Borland Delphi, C, C++, C#, Fortran
1.1. Rivojlanishning ilk qadamlari
Foydalanuvchi kompyuter bilan muloqot qilishi uchun kompyuter “tili” ni bilishi talab qilinadi. Kompyuter tushunadigan “til” dasturlash tili deb ataladi. Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Kompyuter dunyosida ko'plab dasturlash tillari mavjud bo'lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Biror masalani kompyuterda yechish uchun, avvalo, unga algoritm tuzilishi va bu algoritmni kompyuter tushunadigan ko`rsatmalar va qonun-qoidalar asosida yozilishi kerak bo`ladi. Bu yozuv dastur bajarishi mumkin bo`lgan ko`rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan.
Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dasturni tuzadigan kishi dasturchi deb ataladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi.
Dasturlash mashinalari ixtiro qilingan vaqtdan boshlab to bugungacha sakkiz yarim mingdan ortiq dasturlash tillari ishlab chiqilgan. Har yili ular soni yangilari bilan oshib bormoqda. Ayrim tillardan faqatgina ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari foydalansa, ayrimlari esa millionlab dasturchilar ixtiyoriga o‘tadi. Professional dasturchilar o‘z ishida o‘nlab dasturlash tillaridan foydalanadi.
Birinchi EHMlar uchun dasturlarni dasturchilar mashina kodi tilida yozganlar. Bu juda qiyin va uzoq vaqt talab etadigan jarayon bo‘lib, dastur tuzishni boshlash va ishlatib ko‘rish orasida ancha vaqt o‘tardi. Bunday muammolarni yechish faqatgina dasturlash jarayonini rivojlantirish, optimizatsiya qilish orqaligina bajarilishi mumkin edi. Dasturchilar mehnatini iqtisod qiluvchi bunday “jihoz” o‘rnini qism dasturlari egalladi. 1944 yil avgustida releli “Mark-I” mashinasi uchun Greys Xopper (dasturchi ayol, AQShning dengiz ofitseri) boshchiligida sinx ni hisoblovchi qism dasturi yozildi. Greys Xopperdan boshqalar ham bu ishdan ortda qolmadilar. 1949 yilda Jon Mouchli (ENIAK EHM ixtirochilaridan biri) yuqori darajali dasturlash tillarining dastlabkilariga asos bo‘lgan Short Code tizimini ishlab chiqdi. 1951 yilda Greys Xopper birinchi bo‘lib A-O kompilyatorini yaratdi.
Dasturlash tillari 2 ta guruhga bo'linadi, quyi va yuqori darajali dasturlash tilllari. Quyi darajali dasturlash tillari mashina tiliga yaqin til bo’lib, protsessorning buyruqlariga yo’naltirilgan va uning xususiyatlarini inobatga oluvchi tillar hisoblanadi. Ular ancha murakkab bo'lishi bilan birga protsessorning barcha imkoniyatlarini ocha oladi, dasturchidan kompyuterning tuzilishini yaxshi bilishini talab etadi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya'ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo'lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushunarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo'lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo'naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Quyi dasturlash tillari (masalan: assembler, 60 yillarda) mashina tili (010110100010101)da dastur tuzish murakkab bo’lgani uchun, dasturni o’qiy olinadigan va mazmunini kuzatish imkoniyatiga ega bo’lishi uchun belgili (simvolli) turi ishlab chiqilgan. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday dasturlash tillari kichik tizimli ilovalar, qurilmalar drayveri, nostandart qurilmalarni moslashtirish modullarini yaratishda qo’llaniladi.
Yuqori darajali dasturlash tillari kompyuter arxitekturasini inobatga olmaydigan tillar bo’lib, dastur matnlarini bir mashinadan shu dastur translyatori mavjud platformali ikkinchi mashinaga osonlik bilan ko’chirish imkoniyatini beradi. Agar algoritmik til inson tiliga qanchalik yaqin bo'lsa, unga yuqori darajali til deyiladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. Translyator dasturlarini, ya’ni, yuqori dasturlash tillaridan mashina tiliga tarjima qilib beruvchi dasturlarning yaratilishi, turli-tuman yuqori darajali tillarning yaratilishiga imkon berdi.
Ko'p ishlatiladigan dasturlash tillari. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhga mansub. Ular insonga "tushunarli" tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. tillar kiradi(ko`pchiligi hozirda deyarli qo`llanilmaydi). Dasturlash tillarini eng birinchi paydo bo`lganlaridan to hozirgi zamonaviylarigacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda (PHP, ASP.NET, JSP) ilovali dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab turishi kerak. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java, Python kabi tillarda tuziladi. Eng keng tarqalgan dasturlash tili(Windows OS ida) Microsoft Visual C++ tilidir. Ko`pchilik dasturlar hozirda shu tilda tuziladi. Umuman olganda, C ga o`xshash tillar hozirda dasturlashda yetakchi. Deyarli hamma zamonaviy tillarning asosida C yotadi. Bundan tashqari, Turli kompyuter o'yinlari tuzishda yoki kichik hajmdagi dasturlar tayyorlashda LUA script yoki JavaScript tillari ham keng ishlatilmoqda.
Birinchi yuqori darajali dasturlash tillari: COBOL va FORTRAN
O’tgan asrning 50-yillarida Greys Xopper boshchiligida yangi dasturlash tili va kompilyatori V-Oni ishlab chiqishga kirishildi. Yangi til dasturlashni ingliz tiliga yaqin tilda bajarish imkonini berdi. Bu kompilyatorda 30ga yaqin inglizcha so‘zlardan foydalanildi. 1958 yilda V-O tizimi Flow-Matic nomini oldi va tijoriy ma’lumotlarni qayta ishlashga yo‘naltirildi. 1959 yilda COBOL (Common Business Oriented Language – umumiy tijoratga yo‘naltirilgan til) tili yaratildi. Bu til mashinadan mustaqillikka ega bo‘lgan yuqori darajali biznesga yo‘naltirilgan dasturlash tilidir. Mashinadan mustaqillikka ega bo‘lgan dasturlash tillarida yozilgan dasturlar istalgan turdagi EHMda maxsus kompilyatorlar vositasida bajarilaveradi. COBOL tilini yaratishda ham Greys Xopper maslahatchi bo‘lgan. 1954 yilda FORTRAN (FORmula TRANslation) tili yaratilayotgani haqidagi xabar chop etildi. Bu dastur IBM kompaniyasining Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida yaratildi. Uni tuzuvchilardan biri Jon Bekus edi. U BNF (Bekusning normal formasi) muallifi bo‘lib, bu forma ko‘plab dasturlash tillarining sintaksisini izohlashda qo‘llaniladi. Bu vaqtda Yevropa davlatlarida mashhur til ALGOL bo‘lib, xuddi Fortran kabi u ham matematik topshiriqlarga yo‘naltirilgan edi. Unda o‘sha davrning ilg‘or texnologiyasi – tarkibli dasturlash amalda qo‘llangan. Ko‘plab dasturlash tillari o‘tgan asrning 60-70-yillarida paydo bo‘ldi. Uzoq vaqt yashagan tillar sirasiga BASIC tilini kiritish mumkin. Bu dasturlash tili 1964 yilda Jon Kemeni va Tomas Kurs boshchiligida Dartmut universitetida ishlab chiqildi. Mualliflarning fikriga ko‘ra, bu til sodda, o‘rganishga oson va murakkab bo‘lmagan hisoblashlarni bajarishga mo‘ljallangan. BASIC ko‘proq mikro EHM va shaxsiy kompyuterlarda keng tarqaldi. Dastlab bu til tarkib (struktura)li bo‘lgani uchun sifatli dasturlashni o‘rganishga qiyin bo‘ldi. 1985 yilda uning True BASIC versiyasi ishlab chiqildi. Ushbu dasturni tuzganlarning fikriga ko‘ra, bu til PASCALdan ko‘ra mukammalroq hisoblangan. 1991 yilda Visual BASICning birinchi versiyasi paydo bo‘ldi.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin