Algoritmik tillar va dasturlash. Ma’ruza mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma. X. E. Xolmirzayev, M. N. Ikromova, M. M. Bahromova Annotatsiya


Protsedurali dasturlash tillari tarixi



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə4/56
tarix19.12.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#184841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
O`quv qo`llanma11 (2)

1.2. Protsedurali dasturlash tillari tarixi
Dasturlash tillari tarixida e’tiborga sazovor voqea 1971 yilda PASCAL tilining yaratilishi bo‘ldi. Uning muallifi shveysariyalik professor Niklaus Virtdir. Virt bu tilni fransuz fizigi va matematigi Blez Paskal sharafiga qo‘ydi (Blez Paskal 1642 yili hisoblash mexanizmini ixtiro qilgan). Dastlab PASCAL o‘rganish tili sifatida tuzilgan. Bu tilda dasturlashning yorqin tomonlari ochib berilgan. Amaliyotda keng qo‘llanilishi shaxsiy kompyuterlarda Turbo PASCAL versiyasidan boshlangan. C (“Ci”) dasturlash tili amaliyot tizimlari uchun ishlab chiqilgan. U UNIX amaliyotlar tizimi bilan bir vaqtda yaratilgan. Ushbu tizim va dasturlash tilining mualliflari amerikalik dasturchilar Dennis Richi va Kennet Tompsonlardir. Dastlab Kennet Tompson UNIX amaliyotlar tizimini FORTRAN tilida yozgan. Keyinchalik C tili ishlab chiqilgandan so‘ng, 1973 yilda amaliyotlar tizimining yadrosi yordamchi dasturlar bilan C tilida qayta yozildi. Bu yuqori darajali tarkibli dasturlash tilidir. Bugungi kunda bu til nafaqat amaliyot tizimlari, balki translyatorlar, tizimli va amaliy dasturlar yaratishda qo‘llaniladi.
1.3. Sun’iy intellekt tillari
O’tgan asrning 90-yillarida “Sun’iy intellekt” nomli beshinchi avlod kompyuterlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgandi. Bu ishni asosiy dasturlash tillarida amalga oshirish amrimahol edi, shu sababli loyihada sun’iy intellekt tillari sifatida LISP va PROLOG tillari tanlandi. LISP dasturlash tili (1956-1959 yillar) asoschisi Jon Makkarti bo‘lib, u sun’iy intellektning otasi hisoblanadi. Aynan u birinchi bo‘lib “sun’iy intellekt” atamasini ishlatgan. LISP tilida asosiy element rekursiv ajratilgan funksiyalarni tushuntirish bo‘lgan. Istalgan algoritm bir nechta rekursiv bilan funksiyalar to‘plami vositasida izohlanishi isbotlangan. Ushbu tilning asosiy g‘oyalari keyinroq Seymur Papert boshchiligida Masachusets texnologiyalar institutida 70-yillarda bolalar uchun ishlab chiqilgan LOGO tilida qo‘llanildi. PROLOG tili ham 1972 yilda Fransiyada sun’iy intellekt muammolarini yechish uchun ishlab chiqildi. PROLOG tili har xil fikrlarni formal ko‘rinishda tavsiflash, mantiqni muhokama qilish, kompyuterni berilgan savollarga javob berdirishga imkoniyatli hisoblanadi.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin