Algoritmik tillar va dasturlash. Ma’ruza mashg’ulotlari uchun o’quv qo’llanma. X. E. Xolmirzayev, M. N. Ikromova, M. M. Bahromova Annotatsiya



Yüklə 2,87 Mb.
səhifə10/56
tarix19.12.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#184841
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56
O`quv qo`llanma11 (2)

3.5. Izohlar
Har bir dasturchi yozgan dasturiy kodini oradan bir qancha vaqt o‘tganda keyin ochib, unda nima ish qilganligini tushunib olishi uchun bir oz qiynalishi tabiiy xol. Odatda, mana shunday xolatlarning oldini olish maqsadida dasturchilar yozilgan kodda izohlardan foydalanadilar.
Izohlar – dasturga yoki uning qismlariga sharhlar yozish uchun qo‘llaniladi. Kompilyator dasturni kompilyatsiya qilganida avtomatik tarzda izohlarni dastur kodidan chiqarib tashlab keyin kompilyatsiyani amalga oshiradi. C# da ikki xil ko‘rinishdagi izohlar qo‘llaniladi: bir satrli va ko‘p satrli.
Bir satrli izohlar ikkita slesh(//) belgisini qo‘yib keyin yoziladi va yangi qatorga o‘tilmagunga qadar // dan keyin yozilgan barcha belgi izoh sifatida qabul qilinadi.
Ko‘p satrli izoh - /* belgilaridan boshlanib, tugashida */ belgilari bilan berkitiladi. /* va */ belgilari orasiga bir yoki bir necha qator izoh yozish mumkin.
3.6. C# tilining tiplari tizimi. Ma’lumotlarning tiplari.
Dastur ishlash jarayonida qayta ishlanayotgan yoki dasturda foydalanilayotgan ma’lumotlar operativ xotirada joylashadi. Kompilyator ushbu ma’lumotlarning operativ xotiradan qancha joy egallashi, qanday kodlanishi va ular ustida qanday amallar bajarish mumkinligini aniq bilishi lozim. Bularning barchasi ma’lumotlarni tiplar yordamida aniqlashtirib olish orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarning tiplari – ma’lumotni taqdim etilishi, uning qabul qilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar to‘plami bilan xaraterlanadi.
Dastur bajarilishi jarayonida ma’lumotlar saqlanuvchi xotira 2 ga bo‘linadi: stek(stack) va dinamik oblast(heap, kucha ham deb ataladi). Stekda kompilyator tomonidan ajaratilib, unda ma’lumot saqlanuvchi dinamik xotira adresi saqlanadi. Ma’lumotlar esa asosan dinamik xotirada saqlanadi. Vaqti-vaqti bilan ushbu xotira dastur bajarilishi jarayonida maxsus buyruq bilan tozalab turiladi.
Tiplarning klassifikatsiyasi
Tiplar ularning turli belgilariga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Tip yaratilishiga ko‘ra oddiy va strukturali turlarga, uni yaratuvchiga ko‘ra standart va dasturchi tomonidan aniqlangan turlarga bo‘linadi. Ma’lumotlarni saqlash imkoniyatiga ko‘ra tiplar: o‘lchamli(qiymatli) va ishoratli turlarga bo‘linadi.
O‘lchamli tiplar – biz avvaldan foydalanib kelganimiz standart tiplardir. Ishoratli tiplar esa – ob’ektlardir. C# da o‘lchamli tiplardan ishoratli tiplar sifatida foydalanish ham mumkin. Ya’ni ular o‘z navbatida ob’ekt sifatida ham ishlatiladi. Buning uchun System kutubxonasini proyektga bog‘lab olish lozim. C# da asosiy tiplar, butun, haqiqiy tiplar 3.4-3.6 jadvallarda keltirilgan.
3.4-Jadval
C# da asosiy tiplar (CTS- Common types System)


Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin