9-ma’ruza. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari. Reja


 O‘zbekiston Respublikasi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa me’yoriy xujjatlar mazmun-mohiyati



Yüklə 51,84 Kb.
səhifə7/10
tarix24.12.2023
ölçüsü51,84 Kb.
#191485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9-ma’ruza. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini t-fayllar.org

3. O‘zbekiston Respublikasi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa me’yoriy xujjatlar mazmun-mohiyati.
O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni 2009 yil 30 sentyabr kuni qabul qilindi.
Ma’lumki, shu vaqtga qadar yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir normativ-huquqiy baza tarqoq holda bo‘lib, asosan qonunosti va idoraviy hujjatlar bilan tartibga solib kelinayotgan edi. Shu sababli mamlakatimiz hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash va unga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni qonun yo‘li bilan tartibga solish zaruriyati vujudga keldi.
Qonun loyihasini ishlab chiqishda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Moldova hamda Qozog‘iston Respublikasining yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunlari, mazkur masalaga oid xalqaro konvensiya va deklaratsiyalar, O‘zbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalari o‘rganilib, ularning muhim jihatlari inobatga olindi.
Ba’zi Lotin Amerikasi va MDHga a’zo boshqa davlatlar hududida o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lib turadi. Buning natijasida nafaqat xalq xo‘jaligiga, balki atrof-muhitga, atmosferamizning ozon qatlamiga ham jiddiy ziyon yetadi. Mazkur masala jahon hamjamiyatining e’tiborida bo‘lib, 1985 yilda Vena shahrida BMT tomonidan ona zaminimizning ozon qatlamini asrash yuzasidan maxsus konvensiya ham qabul qilingan. Bundan tashqari, BMTning 1972 yilda Stokgolm shahrida o‘tkazilgan konferensiyasi yakunida atrof-muhit muammolariga bag‘ishlangan maxsus deklaratsiyasi qabul qilindi.
Shu ma’noda, “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni nafaqat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarga mos, ayni paytda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va tamoyillari talablariga to‘liq javob beradi.
Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasida yong‘in xavfsizligini ta’minlashning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilaydi, ushbu sohada davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkiliy-huquqiy va mulk shaklidan qat’i nazar, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar, fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6 bob, 40 moddadan iborat.
Umumiy qoidalar” deb nomlangan 1-bob 4 moddadan iborat. Unda ushbu qonunning maqsadi, huquqiy bazasi, yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimi belgilab berilgan hamda “yong‘in”, “yong‘in nazorati”, “yong‘in profilatikasi”, “yong‘indan saqlash xizmati”, “yong‘in xavfsizligi”, “yong‘in xavfsizligi talablari”, “yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi”, “yong‘in-texnik mahsuloti”, “yong‘inga qarshi rejim”, “yong‘inga qarshi alohida rejim” kabi asosiy tushunchalarning mazmuni bayon etilgan.
Davlat organlari va boshqa organlarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi vakolatlari. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi ishtiroki. Tashkilotlar hamda fuqarolarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari” deb nomlangan 2-bob 7 moddadan iborat bo‘lib, ularda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, maxsus vakolatli organning, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi vakolatlatlarini, shuningdek, tashkilotlar va fuqarolarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi vakolatlari, huquq va majburiyatlari belgilab berilgan.
Fuqarolarning yong‘in xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari (11-modda): Huquqlari:
- yong‘in kelib chiqqan taqdirda o‘z sog‘lig‘i va mol-mulkining himoya qilinishi;
- yong‘in tufayli o‘ziga yetkazilgan zararning o‘rni belgilangan tartibda qoplanishi;
- o‘z sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazgan yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda ishtirok etish;
- yong‘in xavfsizligi masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda axborot olish;
- yong‘indan saqlash xizmati yetib kelguniga qadar odamlarni, mol-mulkni qutqarish va yong‘inlarni o‘chirish yuzasidan choralar ko‘rish;
- yong‘inlarni o‘chirishda yong‘indan saqlash xizmatiga ko‘maklashish;
- yong‘in xavfsizligini ta’minlashda, shu jumladan ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati faoliyatida ishtirok etish.

Yüklə 51,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin