9-ma’ruza. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini t-fayllar.org
Xavfliligi bo’yicha barcha moddalar quyidagi turlarga bo’lish mumkin: 1. Yonmaydigan moddalar.
2. Yonish xavfi mavjud moddalar.
3. Yonish va portlash xavfi mavjud moddalar.
4. Portlash xavfi mavjud moddalar.
Yonmaydigan moddalar yonish yoki yong’inni uzatish xususiyatlari yo’q. Masalan, g’isht, metall, beton va boshqalar.
Yonish xavfi mavjud moddalar havoda yonish va yong’inni uzata olish xususiyatiga egadir. Masalan, yog’och, qog’oz, paxta tolasi, mazut va portlash xossasiga ega bo’lmagan changlar.
Yonish va portlash xavfi mavjud moddalar, qattiq va suyuq yonuvchi moddalar bilan birikkanda bir zumda alangalanib ketish xossasiga ega. Bunday moddalarga vodorod angidridi, azot kislotasi va boshqalar hamda yonuvchi moddalar bilan aralashganda o’zidan kislorod ajratib chiqaruvchi kislota ta’sirida, qizdirilganda yoki mexanik ta’sir ostida portlovchi birikmalar kiradi. Masalan, paxta yoki tamaki changi bilan selitra aralashganda shu hol ro’y berishi mumkin. Shu bilan birga havoda tarqalgan holda portlovchi aralashmalar hosil qiluvchi changlar ham bunga mansubdir. Yonish va portlash xavfi mavjud moddalarga o’zi yonmaydigan, lekin suv bilan aralashganda parchalanib, gaz ajratib chiqaruvchi va bu gaz havo bilan birikkanda portlovchi birikma hosil qiluvchi moddalar ham kiradi (kaltsiy karbid).
Portlovchi moddalarhavo bilan aralashib, portlovchi birikmalar (yonuvchi gaz, vodorod, atsetilen) hosil qiladi. Portlash xavfi mavjud moddalarga yonuvchi gazlar bilan aralashganda portlash xavfini vujudga keltiradigan yonmaydigan gazlar ham kiradi (kislorod yonuvchi gaz bilan aralashganda portlashga olib keladi). Ayrim holda yonmaydigan va yonishni ta’minlay olmaydigan portlovchi gazlar ham bo’lishi mumkin. Masalan, ballonlarda siqilgan holda saqlanuvchi karbonat angidrid gazi. Portlovchi moddalarga, shuningdek, havo bilan aralashgan holdagi noorganik moddalar ham (alyuminiy, magniy va boshqa moddalar kukunlari) kiradi.
Yuqorida aytilgan barcha xavfli moddalar turiga qarab omborlarda alohida saqlanishi va ko‘rsatmalarga asoslanib ishlatilishi talab qilinadi.