9-ma’ruza. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari. Reja


Yong’inni oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir



Yüklə 51,84 Kb.
səhifə3/10
tarix24.12.2023
ölçüsü51,84 Kb.
#191485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9-ma’ruza. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini t-fayllar.org

Yong’inni oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- tashkiliy tadbirlar - ko’ngilli o’t o’chiruvchi drujinalari yoki yong’indan muhofazalash drujinalari tuzish, omma orasida tushuntirish ishlari olib borish;
- texnikaviy tadbirlar ishlab chiqish - yong’in yoki portlash jixatidan xavfli xonalarga alohida konstruktsiyali elektr jixozlar o’rnatish, nosoz pechlar, mashinalar, elektr jixozlardan, shuningdek, oson alangalanadigan suyuqliklar saqlanadigan yoki ishlatiladigan joylarda olovdan foydalanishni taqiqpab qo’yish, yashin qaytargichlar o’rnatish;
- kelib chiqqan yong’inning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida ob’ektlarni o’tga chidamli materiallardan qurish;
- binolar orasidagi yong’inga qarshi oraliqlarga rioya qilish;
- yonayotgan binolardan odamlar, hayvonlar va qimmatbaho xo’jalik buyumlarini muvaffaqiyatli ravishda ko’chirishga imkon beradigan choralarni ko’rish. Bunda kerakli miqdorda eshiklar, zarur kengliqda yo’laklar qurish va ularni to’sib qo’yishni man etish;
- yong’inni o’chirishni osonlashtiradigan tadbirlarni joriy qilish. Ya’ni yong’inni o’chirish, narvonlar, yong’in kuzatish minoralari, suv havzalari va binolarga kelish yo’llari qurish, yong’inga qarshi avtomatlashtirilgan o’chirish vositalarini hamda xabar berish moslamalarini (signalizatsiya) o’rnatish.
Yong‘inlarning sinflari:
A – qattiq yonuvchi moddalar (qog‘oz, yog‘och, rezina, mato va har xil turdagi plastmassalar).
B – tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar, lak, bo‘yoqlar.
C – yonuvchi gazlar.
D – yonuvchi metallar.
E – kuchlanish ostidagi elektr qurilmalar, elektr asbob-uskunalar.
Yong‘in vaqti uch fazaga bo‘linadi:
Birinchi fazada (5 dan 30 daqiqagacha) - harorat sekin ko‘tariladi va fazaning oxirida tez ko‘tariladi. Masalan, eshik va derazalar yopiq bo‘lib havo yetishmasligi natijasida yong‘in kichik miqyosda kechadi, bunda issiqlik yig‘ila borib, keyingi fazaning boshlanishini ta’minlaydi.
Ikkinchi fazada - alanga jadal tarqalib, harorat tez ko‘tariladi (o‘zining «maximum» qiymatiga erishadi). Bunda alanga inshootning tashqari qismiga ham chiqishi kuzatiladi.
Uchinchi fazada - yonuvchi narsalarning yonib bo‘lishi oqibatida haroratning asta-sekin pasayishi kuzatiladi.
Yong‘inning tarqalish tezligi ham xar hil bo‘ladi. Yog‘ochdan qurilgan binolarda alanganing tarqalish tezligi 1-2 m/min; yonmaydigan konstruksiyalarda 0,3-0,4 m/min; yonuvchan erituvchilar yonganda 10-15 m/minutga teng bo‘ladi.
Yong‘in kengligi jihatidan uch turga bo‘linadi: kichik, o‘rta va katta hajmdagi yong’inlar.
Yong‘in natijasida quyidagi xavfli omillar paydo bo‘ladi: ochiq alanga va uchqunlar; havo va predmetlardagi yuqori harorat; yong‘indan paydo bo‘lgan o‘tkir zaharli mahsulotlar, tutun; kislorod miqdorining kamayishi, bino va inshootlarning yemirilishi va buzilishi; portlashlar sodir bo‘lishi; yong‘in bo‘lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishi; yong‘inni suv bilan o‘chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi natijasida portlashlar yuz berishi va boshqalar.
Yong’in – nazorat qilib bo’lmaydigan yonish ekan, bu jarayonga alohida to’xtalamiz.
Yonish - yonuvchi mahsulotlar bilan oksidlovchilar orasida o‘zaro ta’sir natijasida bo‘ladigan murakkab fizikaviy-kimyoviy jarayon bo’lib, bunda issiqlik va yorug‘lik nurlarining ajralishi kuzatiladi. Demak, yonish jarayonining paydo bo‘lishi uchun yonuvchi modda (qattiq, suyuq, gazsimon), yondiruvchi manba (uchqun, ochiq alanga, cho’g’langan narsa) va oksidlovchi (oddiy sharoitda oksidlovchi modda vazifasini havodagi kislorod o’tashi mumkin) bo‘lishi zarur.
Yong‘in sodir bo‘lganda yondiruvchi manbalar ochiq (uchqun, yorug‘lik kuchlari, alanga va cho‘g‘langan predmetlar) va berk holatda (ishqalanish, katta kuch bilan urish, kimyoviy reaksiyaning issiqligi, mikrobiologik jarayonlar va hokazo) bo‘lishi mumkin.
Yonuvchi materiallar - qattiq, suyuq va gazsimon bo‘lishi mumkin, masalan, taxta, kinoplyonka, nitrotseluloza, kimyoviy erituvchi suyuqliklar, vodorod, metan, propan, ko‘mir va hokazolar. O‘z navbatida yonuvchi suyuqliklar tez yonuvchan (45°C gacha) va sekin yonuvchan suyuqliklarga (45°C dan yuqori) bo‘linadi. Tez yonuvchilarga: atseton, skipidar, spirt, benzin, kerosin, serouglerod va solyar moyi, sekin yonuvchilarga esa - mineral suriluvchi moylar, tormoz suyuqliklari kiradi.
Oksidlovchilarga - kislorod, brom, xlor, natriy peroksidi, nitrat kislotasi, bertole tuzi kiradi.
Yonish paytida hosil bo‘ladigan «maximum» harorat miqdori yonuvchi material turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, qog‘ozda 510°C, suyuq yoqilg‘ida 110-1300°C, taxtada 1000°C, gazli yoqilg‘ida 1200-1300°C hosil bo‘ladi.
Havo tarkibidagi kislorod miqdori 14-16 foiz bo‘lganda yonish to‘xtaydi va tutash boshlanadi. Agar kislorod miqdori 8-10 foizga kamayganda tutash ham to‘xtaydi.
Predmetlar yonishining quyidagi turlari mavjud: alangalanish, chaqnash, portlash, o’z-o’zidan alangalanish, o‘z-o‘zidan yonish.
Alangalanish – mahalliy qizish natijasida yonuvchi moddaning (uning bug’ va gazlarning) turg’un yonishi. Alangalanishga yonuvchi moddaning alanga yoki cho’g’langan jismga tegishi sabab bo’lishi mumkin. Bunda material qaynash haroratigacha qizib, yonishda va tutashda davom etadi. Bu jarayonda ham bug‘, uchuvchan uglevodorodlar va boshqa yonuvchan aralashmalar hosil qiladi. Alangalanish harorati o‘t olish haroratidan ancha baland bo‘ladi.
Chaqnash - yonuvchi modda bug’i bilan havo yoki kislorod aralashmasining alangaga, elektr uchqunga yoki qizigan jismga tegishi natijasida tez yonib tugashi.
Portlash - moddaning bir holatdan ikkinchi holatga juda tez o’tishi (portlab yonishi) bo’lib, bunda ko’p miqdorda energiya chiqadi va ko’p miqdorda siqilgan gazlar hosil bo’ladi, bu siqilgan gazlar yemirilishga olib kelishi mumkin. Portlashda hosil bo’ladigan yonuvchi gazsimon mahsulotlar havoga tegib, ko’pincha alangalanishi va buning oqibatida yong’in chiqishi mumkin.
O’z-o’zidan alangalanish -modda ma’lum haroratgacha qizdirilganda unga bevosita tegmasdan turib sodir bo’ladi. O’z-o’zidan alangalanish harorati moddaning yong’in jihatidan xavfli xossalarini belgilovchi muhim omildir. Moddaning o’zida kechadigan fizikaviy, kimyoviy biologik jarayonlar ta’sirida va moddaning qizishi natijasida yuz beradi.O‘z-o‘zidan alangalanuvchilarga - yog‘, ko‘mir, torf, somon, sheluxa, yog‘och qipig‘i, sariq fosfor va hokazolar kiradi.
O‘z-o‘zidan yonish - bu oksidlovchilarning issiqlik jarayonlari va mikroorganizmlarning faoliyati natijasida materiallarning yonish jarayoni. Moddalarning o‘z-o‘zidan qizib, o‘t manbai ishtirokisiz to‘liq yonishi bilan yakunlanadigan ekzotermik reaksiya o‘z-o‘zidan yonish deyiladi. O‘z-o‘zidan yonish harorati past bo‘lgan moddalar juda xavfli hisoblanadi. Moddalar o‘z-o‘zidan yonishga moyilligi bo‘yicha 4 sinfga bo‘linadi:
Birinchi sinfga tabiiy o‘simliklar (pichan, qipiq, somon) kiradi. 60-70°C da biologik jarayon kimyoviy oksidlanish jarayoniga o‘tib, o‘z-o‘zidan yonish bilan yakunlanadi.
Ikkinchi sinfga torf va ko‘mir kiradi. Normal haroratda ko‘mir oksidlanib, qizib, o‘zidan-o‘zi yonib ketadi. Torf 60°C da qizib oksidlanadi.
Uchinchi sinfga yog‘ va moylar kiradi. Tarkibida to‘yinmagan karbon vodorodli birikmalar bo‘lgan o‘simlik moyi va yog‘lar oksidlanish, polimerlanish xususiyatiga ega.
To‘rtinchi sinfga kimyoviy moddalar va aralashmalar kiradi. Ular, o‘z navbatida, uch guruhga bo‘lingan:
Birinchi guruhga havo bilan to‘qnashganda alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan, oq fosfor, fosfor, fosfor vodorodi, rux va alyuminiy kukuni, arsin, stibin, fosfin, yog‘och, ko‘mir, kul, metalloorganik birikmalar. Fosfor galogenli birikmalar metall bilan birikadi, oksidlanadi. Oksidlovchi bilan aralashib portlaydi (selitra, xlorat, perekis). Kaliy, kalsiy, temir, natriy sulfidlari oksidlanib o‘zidan o‘zi yonib ketadi.
Ikkinchi guruhga suv bilan aralashib alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan, ishqoriy metallar, kalsiy karbidi, ishqoriy metallar gidridi, kalsiy va natriy fosforiti, silanlar, natriy gidrosulfidi va boshqalar suv bilan birikib, yonadigan, alangalanadigan gazlar hosil qiladi. Metall karbidlari ham xavfli hisoblanadi.
Uchinchi guruhga organik moddalar bilan qo‘shilganda alangalanishga olib keladigan oksidlovchilar kiradi. Masalan, kislorod galogenlar, azot kislotasi, bariy va natriy perekisi, kaliy permanganati, xrom angidridi, qo‘rg‘oshin oksidi, selitra, xlorat, perxloratlar, xlorli ohak va boshqalar. Atsetilen, vodorod, etilen xrom bilan aralashib, nur ta’sirida o‘zidan o‘zi yonadi va portlaydi.
Ma’lumki, yong‘in va portlashlar o‘zaro uzviy bog‘liqligi sababli ko’pchilik avariyalarda yong‘inlar natijasida portlashlar bo‘lishi yoki aksincha, portlash natijasida yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin.

Yüklə 51,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin