9-ma’ruza. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini t-fayllar.org
Majburiyatlari: - yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish;
- yong‘inni sezib qolganda bu haqda yong‘indan saqlash xizmatiga darhol xabar qilish;
- yong‘indan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarish.
Fuqarolar o‘ziga qarashli ishlab chiqarish, xo‘jalik binolarini, turarjoylarni va boshqa binolar hamda imoratlarni belgilangan tartibda yong‘in nazoratini amalga oshirish maqsadida ko‘zdan kechirish va tekshirish uchun yong‘in nazorati organlarining mansabdor shaxslariga imkoniyat berishi shart.
“Yong‘in xavfsizligini ta’minlash” nomli 3-bobni 14 modda tashkil etadi. Bular yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risidagi, sohani normativ jihatdan tartibga solish, ishlar bajarish hamda xizmatlar ko‘rsatish, yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish haqidagi, yong‘inni o‘chirishni tashkil etish, yong‘inga qarshi targ‘ibotni tashkil etish va yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlarini qo‘llashni o‘rgatish, yong‘in xavfsizligi sohasida axborot bilan hamda ilmiy-texnik jihatdan ta’minlash to‘g‘risidagi, yong‘inni va uning oqibatlarini hisobga olish, tegishli hududlarda yong‘inga qarshi alohida rejim o‘rnatilish, yong‘in-texnik mahsulotini ishlab chiqarish, yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash hamda mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish haqidagi moddalardir.
“Yong‘indan saqlash xizmati” deb nomlangan 4-bobda yong‘indan saqlash xizmatining asosiy vazifalari, yong‘indan saqlash xizmatining turlari (davlat, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatlari), Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining funksiyalari, shu jumladan, uning tegishli shtat lavozimlarida turadigan xodimlari, maxsus unvonga ega bo‘lmagan va Davlat yong‘in xizmatining operativ lavozimlarida ishlaydigan hamda yong‘inni o‘chirishda bevosita qatnashadigan xodimlardan iborat shaxsiy tarkibga ta’rif berilgan. Alohida moddalarda Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari hamda uning hayoti va sog‘ligi davlat tomonidan sug‘urta qilinishi shartligi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmati bo‘linmalarini hisobga olish, ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari ko‘rsatib o‘tilgan.
“Yong‘in nazorati” deb nomlangan 5-bob 2 moddadan iborat bo‘lib, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat yong‘in nazoratini va idoraviy yong‘in nazoratini amalga oshirish tartibi bayon etilgan.
“Yakunlovchi qoidalar” deb nomlangan 6-bobda davlat, idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmatining moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti tartibi, nizolarni hal etish tartibi, shuningdek, yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.
Mazkur qonun MDHga a’zo davlatlarda xuddi shunday munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarga qaraganda, bir muncha ijobiy jihatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, Rossiya Federatsiyasida yong‘inga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun yaxlit ko‘rinishga ega bo‘lmay, sohaning texnik qoidalariga bag‘ishlab alohida qonun qabul qilingan. Bizning qonunda esa ushbu masalalar qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinishi to‘g‘risidagi norma qonunning o‘zida aks ettirilgan.
“Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Adliya, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti” vakillari, olimlar hamda ekspertlardan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruh ishtirokida keng muhokama qilinib, ularning mulohaza va takliflari inobatga olindi.
Mazkur qonun fuqarolarimizning hayoti va sog‘ligini yong‘indan himoyalashning huquqiy kafolatini ta’minlash bilan bir qatorda, sohaga aloqador jismoniy hamda yuridik shaxslarning faoliyatini qonun yo‘li bilan yanada samarali tartibga solishga xizmat qiladi.
2013 yil 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “