Davlat yong‘in nazorati to‘g‘risida” Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizom davlat yong‘in nazorati organlari va mansabdor shaxslarining ro‘yxatini, ularning vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Davlat yong‘in nazorati davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida amalga oshiriladi.
Hukumatimiz va mutasaddi tashkilotlar tomonidan turli ko‘ngilochar tadbirlar, ayniqsa “Yangi yil bayrami” arafasida joylarda yo’l harakati va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, pirotexnika buyumlarining noqonuniy savdosiga yo‘l qo‘ymaslik ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2010 yil 22 sentyabr kuni 261-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunqabul qilindi.
Aslida bu huquqiy hujjat pirotexnika buyumlari muomalasini litsenziyalash joriy etilishini, shuningdek, pirotexnika buyumlarining noqonuniy muomalasi yuzasidan ma’muriy va jinoiy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Pirotexnika buyumlari maqsadi va qo‘llanish sharoitlariga ko‘ra, ikki guruhga: maishiy maqsaddagi buyumlar hamda maxsus va texnik maqsaddagi buyumlarga bo‘linadi.
Darhaqiqat, keyingi yillarda pirotexnika buyumlarining, asosan, maishiy maqsadlardagi pirotexnika vositalarining muomalasi keskin ko‘paydi.
Xalqaro hamda milliy tasnifga muvofiq, pirotexnika buyumlari birinchi klassga mansub portlovchi materiallar va buyumlarning alohida toifalariga kiritilgan hamda ular fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va mol-mulkni asrash manfaatlariga bevosita ta’sir etadi.
Pirotexnika buyumlarining yuqori darajada xavfliligiga qaramay, ularning asosiy qismi muomalasiga doir masalalar qonunchilik bilan yetarli darajada tartibga solinmagan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 martdagi “Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish sohasida xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyat litsenziyalanishi kerak bo‘lgan portlovchi va zaharli moddalar, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlar, shuningdek, portlatish vositalari ro‘yxati tasdiqlangan edi. Pirotexnika buyumlarining o‘ziga xos farqlanuvchi xususiyatlarga egaligi hisobga olinib, ular ushbu ro‘yxatga kiritilmagan edi.
Bundan tashqari, amaldagi qonun hujjatlarida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasidagi harakatlarning, litsenziyalardan tashqari, boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar yoxud davlat tomonidan tartibga solishning boshqacha shakllari asosida amalga oshirilishi ham nazarda tutilmagan.
Xalqaro tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, qator mamlakatlarda, jumladan, Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlar, Kanada, AQSH (ayrim shtatlarida), Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, Moldova, Latviya va Estoniyada pirotexnika buyumlari muomalasini litsenziyalash amalga oshirilmoqda.
Yuqorida qayd etilganlarni inobatga olib, bu sohaga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish maqsadida to‘rt moddadan iborat bo‘lgan mazkur Qonun qabul qilingan. Ushbu Qonunning birinchi moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi “Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi” deb nomlangan, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi 2501 -modda bilan to‘ldirildi.
Mazkur Qonunning 2-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi “Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi” deb nomlangan 1851 -modda bilan to‘ldirildi.
Bu moddadagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Negaki, ushbu modda sanksiyasi huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilishni nazarda tutadi.
Mazkur Qonunning 3-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining Ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qarorining 1-ilovasi “Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish” mazmunidagi 74-xatboshi bilan to‘ldirildi.
Qisqa qilib aytganda, Qonun pirotexnika buyumlarining muomalasi sohasida davlat tomonidan samarali nazorat o‘rnatilishiga, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning sog‘lig‘ini muhofaza etishga hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga, shubhasiz, ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”, “Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va xavfsizligi ta’minlanishini nazorat qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2010 yil 25 oktyabrdagi 234-sonli qarori qabul qilindi.
Rеspublikamizning har bir fuqarosi shaxsiy, jamoat va davlat mulkini ko’z qorachig’iday saqlashi, asrab avaylashi, atrof tabiiy muhitga yong’inlar oqibatida yetkaziladigan zararlar haqida qayg’urishi zarur. Bu esa o‘z navbatida bizga yong‘in muhofazasini tashkil qilish va texnika xavfsizligi qoidalarini yaxshi bilish hamda ularni o‘zaro uzviy bog‘lay olish vazifasini yuklaydi. Yong‘inning kelib chiqish sabablarini, yong‘inning oldini olish yoki yong‘in sodir bo’lganda uni qisqa vaqt ichida o‘chirish usullarini, yong‘inni o‘chirish vositalaridan foydalanish tartib va qoidalarini o‘rganish barchamizning vazifa va burchimizdir.
http://fayllar.org