9-ma’ruza. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari. Reja


 Qurilish materiallari va binolarning o’tga chidamliligi va ularni xavfliligi bo’yicha tasnifi



Yüklə 51,84 Kb.
səhifə5/10
tarix24.12.2023
ölçüsü51,84 Kb.
#191485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9-ma’ruza. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini t-fayllar.org

2. Qurilish materiallari va binolarning o’tga chidamliligi va ularni xavfliligi bo’yicha tasnifi.
Qurilish materiallari va konstruktsiyalari o’tga chidamlilik darajasiga ko’ra uch guruhga bo’linadi:
1. Yonmaydigan materiallar va konstruktsiyalar.
2. Qiyin yonadigan materiallar.
3. Yonadigan material va konstruktsiyalar.
QM va Q P-A, 5-70 «Bino va inshootlarni loyihalashning yong’inga qarshi me’yorlari»ga muvofiq, devorlari, oraliq yopmalari va boshqa qismlari qanday material hamda konstruktsiyalardan qurilgan bo’lishiga qarab binolar besh guruhga ajratiladi.
I darajali o‘tga chidamli binolarga - yuk ko‘taruvchi devorlari temir-beton, beton, tabiiy va sun’iy toshlardan va boshqa olovda yonmaydigan ashyolardan qurilgan inshootlar kiradi.
II darajali o‘tga chidamli inshootlarga ham birinchi toifadagi bino va inshootlar kiradi, faqat farqi shundaki, bularning tomini yopishda himoyalanmagan metall qurilmalar ishlatilishi ruxsat etiladi.
III darajali o‘tga chidamli inshootlarga yuk ko’taruvchi devorlari temir-beton, beton, tabiiy va sun’iy tosh ashyolardan qurilgan inshootlar kiradi. Bularda tomyopg‘ich qurilmalarini qiyin yonadigan ashyolardan shuvoq, metall tunukalar yoki azbest plitkalar bilan himoyalash ruxsat etiladi.
IV darajali o‘tga chidamli inshootlarga yuk ko’taruvchi devorlari va tomyopg’ich qurilmalari yaxlit yoki yelimlangan yog‘ochiardan va yonadigan yoki yonmaydigan ashyolardan qurilib, suvoq yoki azbest plitalari bilan himoyalangan inshootlar kiradi.
V darajali o‘tga chidamli inshootlarga devorlari va boshqa qurilmalariga o‘tga chidamlilik bo‘yicha talablar qo‘yilmaydigan barcha inshootlar kiradi.
Istalgan o’tga chidamlilik darajasidagi binolarda quyidagilar yonadigan qilib ishlanishi mumkin:
• chordoqli binolarda stropillar;
• tomning ko’taruvchi detallari;
• pardevorlarning ayrim konstruktsiyalari;
• pollar;
deraza tavaqalari;
• shift;
• devorlarning qoplamasi;
• eshiklar (yong’inga qarshi devorlardagi eshiklardan tashqari).
Qurilmalami yong‘in sharoitida issiqlik ta’siridan yuk ko‘tarish yoki to‘sib turish qobiliyatining yo‘qolishiga sabab bo’luvchi dastlabki buzilishgacha bo’lgan vaqt oralig‘i, ularning o‘tga chidamlilik chegarasi deb ataladi va vaqt birligi soatda o‘lchanib, qurilmalarning sinov boshlangan daqiqadan to quyidagi buzilish belgilarining birortasi paydo bo‘lganiga qadar o‘tgan vaqt oralig‘i bilan ifodalanadi:
- qurilmada alanga yoki tutun o‘ta oladigan teshikning paydo bo‘lishi;
- qurilmaning yonmay turgan sirtida harorat 160°C ga ko‘tarilsa yoki uning boshqa ixtiyoriy nuqtasidagi harorat 220°C dan oshib ketsa;
- qurilmaning biror qismi qulab tushishi natijasida yuk ko‘tarish qobiliyati kamayib qolganda va h.k.
Qurilmalaming o‘tga chidamlilik chegarasi tajriba usuli bilan yoki analitik hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu usullaming asosiy shart va qoidalari Xalqaro mezonlashtirish tashkilotining tavsiyanomalarida (ISO) va mezon SEV 1000-78 yong‘inga qarshi qurilishni loyihalashtirish me’yorlarida aks ettirilgan.
Ishlab chiqarish bino va qurilmalarini loyihalashda ko’zda tutilgan yong’inga qarshi tadbirlar, eng avvalo, ishlab chiqarish jarayonining yong’in jihatidan xavflilik darajasiga bog’liq bo’ladi. QM va Q, I-M-2.72 «Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish binolari». Loyihalash me’yorlariga muvofiq, ishlab chiqarishlar yong’in jihatidan xavflilik darajasiga ko’ra oltita toifaga bo’linadi.
- A toifaga bug’larning chaqnash harorati 28°C va undan past bo’lgan juda ko’p suyuqliklar yoki pastki portlash chegarasi havo hajmiga nisbatan 10% va undan kam bo’lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan ishlab chiqarish binolari kiradi. Bu guruhga kiruvchi kimyo sanoatining atseton, oltingugurt, karbon, efir, superfosfat va boshqa moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalami misol qilib ko‘rsatish mumkin.
- B toifaga benzin, kaltsiy karbid saqlanadigan omborlar, shuningdek, bug’ining chaqnash harorati 28°C dan va pastki portlash chegarasi 10% dan yuqori bo’lgan oson alangalanuvchi suyuqliklar hamda gazlar ishlatiladigan ishlab chiqarish binolari kiradi. Bunday ishlab chiqarishlarga pichan uni tayyorlanadigan va tashiladigan sexlar, tegirmon hamda juvozxonalarning ajratish va to’kish bo’linmalari, elektrostantsiyalar yoki qozonxonalarning mazut xo’jaligi, ammiak bilan sovitish qurilmalarining apparat va mashina bo’limlari kiradi.
- C toifaga yonuvchi qattiq moddalar, shuningdek portlash chegarasi 65 g/m3 bo’lgan chang yoki tolalar ajratib chiqaradigan moddalarga yoki bug’larning chaqnash haroratidan yuqori bo’lgan suyuqliklarga ishlov beriladigan va ular ishlatiladigan ishlab chiqarishlar kiradi. Bunday ishlab chiqarishlar qatoriga: yog’och tilish, duradgorlik va omixta yem va ozuqa tayyorlash tsexlari, don saqlanadigan omborlar, tegirmonlarning don tozalash bo’limlari, zig’ir, nasha, paxtaga dastlabki ishlov berish sexlari, benzinsiz yonilg’i-moylash materiallari saqlanadigan omborlar, yopiq ko’mir omborlari, elektr taqsimlash qurilmalari kiradi. Benzinda harakatlanadigan transport vositalarini saqlash garajlari ham shu toifaga kiradi.
- D toifaga yonilg’i (shu jumladan gaz) yoqiladigan yoki yonilg’idan yonmaydigan moddalarga ishlov beriladigan ishlab chiqarishlar kiradi. Yonmaydigan moddalarga qizdirilgan yoki suyultirilgan holatda ishlov beriladi va bunda nur energiyasi ajraladi. Bunday ishlab chiqarishlarga issiqlik elektrstantsiyalaridagi qozonxonalar, temirchilik xonalari, mashina zallari, motor sinash stantsiyalari kiradi.
- E toifaga yonmaydigan moddalarga deyarli sovuq holatda ishlov beriladigan ishlab chiqarishlar, masalan, yonmaydigan suyuqliklar haydaladigan nasos stantsiyalari, sabzavotlar, sut, baliq va go’sht mahsulotlariga ishlov berish sexlari, biologik yoki texnikaviy usulda isitiladigan issiqxonalar kiradi. Gaz bilan isitiladigan issiqxonalar bundan mustasno, ular G toifaga taalluqlidir.
- F toifaga kiradigan ishlab chiqarishlarda suyuq fazasiz yonuvchi gazlar va portlovchi changlar shunday miqdorda ishlatiladiki, bunda ular hajmi xona hajmining 5% dan ko’p bo’lgan havo bilan aralashib portlovchi aralashmalar hosil qiladi. Bunda portlash texnologik jarayon shartlariga ko’ra yonishsiz sodir bo’ladi. Bu kategoriyaga, masalan, akkumulyatorlar xonalari, vodorodli yoki atsetilenli ballonlar omborini kiritish mumkin.

Yüklə 51,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin