Portlash - bu qisqa vaqtda chegaralangan hajmdagi, katta miqdordagi quvvatning ajralib chiqishi tushuniladi yoki portlash suyuqliklarning, portlovchi moddalarning kuch yoki issiqlik ta’sirida o‘zi joylashgan hajmiga sig‘may qolishi tufayli otilib chiqadigan hodisadir.
Odatda, portlash gazlarning qattiq qizishi oqibatida, yuqori bosim hosil qilib kuzatiladi.Portlashlar asosan yong‘in va portlash xavfi bor ob’yektlarda sodir bo‘lib, uning oqibatida yong‘inlar kelib chiqishi mumkin. Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar, ular bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlar portlash xavfi bor obyektlar hisoblanadi. Bularga mudofaa, neft va neft mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi-saqlovchi, kimyoviy, gaz, paxta, qog‘oz, non mahsulotlari, yengil sanoat korxonalari, ular ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarni saqlovchi omborxonalar kiradi.
O‘zbekiston hududida 500 dan ortiq portlash va yong‘in chiqish xavfi mavjud bo‘lgan yirik ob’ektlar mavjud.
Portlashning zarar yetkazuvchi omillari: Zarb to‘lqini - yuqori bosimdagi portlashdan hosil bo‘lgan havo to‘lqinlarining kuchli ovoz chiqarib tarqaladigan havo to‘lqini tarzidagi va unga qarshi kelgan qattiq jismlarning parchalanishiga va sochilishiga olib keladi.
Siniq parchalarning sochilishi - portlash maydonlarida parchalangan buyumlar siniq parchalarining tarqalishi tushuniladi (buyum-anjomlaming, binolaming buzilishi, parchalanishiga olib keladi).
Ikkilamchi zarar beruvchi omillarga: yong‘inlar, kimyoviy va radiatsiyaviy shikastlanishlar, keng tusda to‘g‘onlarning buzilishi va suv toshqinlarining sodir bo‘lishi, binolarning qulashi va boshqa falokatlar kiradi. Demak, birinchi va ikkilamchi zarar beruvchi omillar insonlaming normal yashash va ishlash sharoitlarining buzilishiga, atrof muhitning izdan chiqishiga hamda insonlarning halok bo‘lishiga va moddiy resurslarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. Ma’lumotlarga qaraganda respublikamizda har yili 50 dan ziyod aholi yashash joylarida gazlardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida portlash sodir bo‘lib, oqibatda fuqarolar nobud bo‘ladilar va ko‘plab odamlar turli darajadagi tan jarohati oladilar.
Portlatuvchi omillar: - kimyoviy (portlovchi moddalar);
- yadroviy (yadroviy qurollar);
- mexanik uslubdagi (yuqori bosimdagi suyuqliklarni quyuvchi-tarqatuvchi idishlarning yorilishi);
- elektromagnit (uchqun razryadi, lazer uchquni va boshqalar);
- tovushli va boshqa quvvatlar.