Yong‘in va portlashlarning asosiy sabablari: - yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik;
- fuqarolarning loqaydligi, e’tiborsizligi;
- elektr simlarining nosozligi va elektr asboblaridan noto‘g‘ri foydalanish;
- isitish vositalardagi nosozliklar va ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik;
- bolalarning o‘t bilan o‘ynashlari;
- qasddan o‘t qo‘yishlar va boshqa sabablar.
Keyingi vaqtlarda yuzaga kelgan yong‘inlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki
35-40 foizgacha yong‘inlar odamlarni yong‘inga nisbatan bepisand munosabatidan, 20-25 foizgacha elektr tarmoqlari yoki elektr asboblari nosozliligidan, 6-12 foizgacha gaz pechkalarining nosozliligidan, 6-10 foizgacha bolalarning olov bilan o‘ynashi va 5-8 foizgacha esa qasddan o‘t qo‘yish natijasida yuzaga kelmoqda.
Yong’in kelib chiqish sabablari sifatida quyidagilarni ham ko’rsatish mumkin:
- qishloq xo’jaligi mahsulotlarining yoki yonilg’ining saqlash qoidalariga rioya qilmaslik natijasida o’z-o’zidan yonib ketishi;
- yoritish asboblarini noto’g’ri o’rnatish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish;
- yashin (chaqmoq) urishi yoki statik elektr razryadlar;
- zilzilalar, kuchli shamollar va boshqa tabiiy ofatlar.
Yong‘inning keng tus olishi sabablari: - fuqarolarning yong‘in sodir etilganda o‘z vazifalarini bilmasliklari va vahimaga tushishlari;
- yong‘in nazorati, gazdan foydalanishni nazorat qilish xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan yong‘inni oldini olish tadbirlarining o‘z vaqtida bajarilmasligi;
- yong‘in sodir bo‘lgan joylarda va uning atrofida havo haroratining o‘zgarishi;
- inshootlarni loyihasini ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar;
inshootlar qurilishida qurilish me’yorlari va qoidalari hamda davlat standartlariga rioya qilmaslik;
- yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladigan vositalarining yetishmasligi.
Bular yong‘inning birlamchi keng tus olish omillari bo‘lsa, ikkilamchisi: - yong‘in sodir bo‘lgan bino yoki inshoot devorlarining qulab tushishi;
- portlashlar sodir bo‘lishi;
- yong‘in sodir bo‘lgan joylarda turli kimyoviy va zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi;
- yong‘inni suv bilan o‘chirilganda turli kimyoviy moddalar qorishmasi hosil bo‘lishi natijasida portlashlar yuz berishi.