3-Amaliy Kuch transformatorlarnig sovitish tizimi



Yüklə 324,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix08.12.2022
ölçüsü324,08 Kb.
#73260
  1   2   3
3-Amaliy -- (1)



3-Amaliy 
Kuch transformatorlarnig sovitish tizimi. 
Transformagorning ishlash jarayonida uning chulg‘amlari va magnit 
o‘tkazgichi ulardagi energiyaning isrof bo‘lishi hisobiga qiziydi. Transformator 
qismlarining qizish chegarasini izolyasiya cheklaydi, chunki uning ishlash muddati 
qizish haroratiga bog‘liq. Transformator quvvati qancha katta bo‘lsa, sovitish tizimi 
shuncha intensivroq bo‘lishi kerak. 
Transformatorlarni havo bilan tabiiy sovitish. Bunday transformatorlar 
«quruq» nomini olgan. Havo bilan tabiiy sovitish shartli ravishda quyidagicha 
belgilanadi: ochiq tayyorlanganida C, himoyali tayyorlanganida CZ; germetik 
tayyorlanganida SG. 
«Quruq» transformator chulg‘ami haroratining sovituvchi muhit haroratidan 
yo‘l qo‘yiladigan oshish chegarasi izolyasiyaning qizishga chidamliligi sinfiga 
bog‘liq va standartlarga muvofiq A sinfi uchun 60
o
S; E sinfi uchun 75
o
S; B sinfi 
uchun 80
o
C; C sinfi uchun 100
o
C; N sinfi uchun 125
o
C dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. 
Sovitishni 
ng bu tizimi 
kam samarali 
bo‘lganligi 
sababli 
kuchlanishi 15 
kV gacha, 
quvvati 
1600 kVA 
gacha 
bo‘lgan 
3.4-rasm. DS tizimi sovitgichning prnsipial sxemasi: 1–transformator 
transformatorlar
baki; 2-elektr nasosi; 3- adsorb filtr; 4-sovitkich; 5-puflash ventilyatori.
uchun qo‘llaniladi.
Moy bilan tabiiy sovitish (M) 16000 kVA va undan kam quvvatli 
transformatorlar uchun qo‘llaniladi. Bunday transformatorlarda chulg‘am va magnit 
o‘tkazgichda ajralgan issiqlik ular atrofidagi moyga beriladi, bu moy bak va radiator 
kuvirlarida aylanib, uni atrofdagi havoga beradi. Transformator yuklamasi nominal 
bo‘lganda moyning harorati yuqorigi eng qizigan qatlamlarida yo95
o
C dan 
oshmasligi kerak.
Atrofga issiqlikni yaxshi tarqatish uchun transformatorlar baki, quvvatga 
qarab, qovurg‘alar, sovitish kuvirlari yoki radiatorlari bilan jihozlanadi.
Moyni puflash va tabiiy sirkulyasiyash yo‘li bilan sovitish (D) quvvati katta 
transformatorlarda qo‘llaniladi. Bu holda radiator kuvirlaridan tashkil topgan osma 


sovitgichlarga ventilyator o‘rnatiladi. Ventilyator pastdan havoni so‘radi va 
trubalarning yuqorigi qizigan qismiga haydaydi. Ventilyatorlarni ishga tushishi va 
to‘xtashi transformatorning yuklamasi va moyning qizish haroratiga qarab, 
avtomatik amalga oshirilishi mumkin.
Moyni puflash va moyni havo sovitgichlar orqali majburiy sirkulyasiyalash 
yo‘li bilan sovitish (DS) quvvati 63000 kVA va undan katta bo‘lgan transformatorlar 
uchun qo‘llaniladi.
Sovitgichlar tashqarisiga ventilyator havo haydaydigan qirrali yupqa trubalar 
tizimidan tashkil topgan. Moy trubasi ichiga joylashtirilgan elektr nasoslari moyning 
sovitgichlar orqali uzluksiz majburan sirkulyasiyasini hosil qiladi (3.4-rasm). Moy 
katta tezlikda sirkulyasiyalanishi, sovitish yuzalari kattalashgani va jadal puflash 
hisobiga sovitgichlar issiqlikni ko‘p uzatadi va ixchamdir. Sovitishning bunday 
tizimiga o‘tish transformatorlarning o‘lchamlarini ancha kamaytirish imkoniyatini 
beradi.
Sovitgichlar transformatorlar bilan bir poydevorga yoki transformatorning 
baki yonidagi alohida poydevorga o‘rnatilishi mumkin.
Moy majburan sirkulyasiyalanadigan moy-suvli sovitish (S) prinsipial jihatdan
DS tizimiga o‘xshash tuzilgan faqat farqi shundaki, undagi sovitgichlar trubalardan 
iborat bo‘lib ular ichida suv aylanadi, trubalar orasida esa moy yuradi.
Transformatorning moy tizimiga suv tushishining oldini olish uchun moy 
sovitgichlardagi moy bosimi ularda aylanuvchi suv bosimidan kamida 0,02 MPa (2
N/sm
2
) ga ortiq bo‘lishi kerak. Sovitishniig bu tizimi samarali, biroq konstruksiyasi 
jihatidan ancha murakkab bo‘lib, gidrostansiya va yopiq xonalarga o‘rnatiladigan 
(100 MVA va undan yuqori) quvvatli transformatorlarda ishlatiladi.
DS va S sovitish tizimli transformatorlarda moyni majburan sirkulyasiyalash 
qurilmasi traisformator ishga tushishi bilan bir vaqtda avtomatik ulanishi va 
transformatorning yuklanishidan qat’iy nazar uzluksiz ishlashi kerak. Shu bilan 
birga, ishga tushiriladigan sovitgichlar soni transformatorning yuklanishisiga qarab 
aniqlanadi. 
Bunday 
transformatorlar 
moyning 
va 
sovituvchi 
suvning 
sirkulyasiyalanishini to‘xtatish, ventilyatorni to‘xtatish kerakligi haqidagi 
signalizatsiyaga ega bo‘lishi kerak.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, hozir chulg‘amlari juda ham past haroratgacha 
sovitiladigan transformatorlarning yangi konstruksiyalari ishlab chiqilmoqda. 
Metall past haroratda o‘ta o‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo‘lib, chulg‘am kesimini 
keskin kamaytirish imkonini beradi. O‘ta o‘tkazuvchanlik prinsipidagi 
transformatorlar kriogenli transformatorlar quvvati 1000 MVA va undan yuqori 
bo‘lishiga qaramay kichik og‘irlikka ega.
Har bir transformator qo‘yida ko‘rsatilgan tartibdagi shartli harfiy belgilarga 
eta:
1) fazalar soni (bir fazali uchun-0, uch fazali uchun-T);
2) sovitish turi - yuqorida keltirilgan tushuntirish asosida;


Z) turli kuchlanishli tarmoqlarda ishlaydigan chulg‘amlar soni (agarda u 
ikkitadan ortiq bo‘lsa); uch chulg‘amli transformatorlar uchun T, ajratilgan 
chulg‘amli transformator uchun P (fazalar sonidan keyin ko‘rsatiladi);
4) 
chulg‘amlardan biri RPN qurilmasi bilan tayyorlangan bo‘lsa, 
qo‘shimcha N harfi bilan belgilanadi;
5) 
avtotransformatorlarni belgilash uchun birinchi o‘rinda A harfi 
qo‘iiladi.
Harfiy belgidan keyin nominal quvvat va kuchlanish sinfi ko‘rsatiladi. Bir xil 
parametrli, bir xil konstruksiyali turli korxonalarda ishlab chiqariladigan 
transformatorlar uchun, shu konstruksiyadagi transformatorlar qaysi yildan boshlab 
ishlab chiqarilishi ko‘rsatiladi.
Masalan: TMN-10000/110 - 67 - uch fazali, ikki chulg‘amli, moy bilan tabiiy 
sovitiluvchi, RPN li nominal quvvati 10000 kVA, 110 kV klassli, 1967 yilda 
yaratilgan konstruksiyali transformator.

Yüklə 324,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin