Davlat qarzi



Yüklə 10,6 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü10,6 Kb.
#205554
  1   2   3   4
Davlat qarzi

Davlat qarzi

Davlat qarzi — davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. 

  • Davlat oʻz daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo boʻladi va u qarz koʻtarish yoʻli bilan qoplanadi.
  • Davlat qarzni turli qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va b. usullar bilan oladi.

Davlat qarzining turlari

To’lov davriga ko’ra

Tarkibiga ko’ra

  • Ichki qarz (davlat mamlakatning o’zidagi iqtisodiy sub’yektlardan qarzdor bo’ladi)
  • Tashqi qarz (xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va boshqalardan qarzdorlik)

Davlat ichki qarzi

  • Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish natijasida yuzaga kelgan O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari yig‘indisi davlat ichki qarzidir.
  • Davlat ichki qarzi quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
  • O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat g‘aznachilik obligatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari o‘rtasida birlamchi tarzda joylashtirish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar;
  • O‘zbekiston Respublikasi rezidentlaridan mablag‘ni kreditlar va kredit liniyalari vositasida O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar;
  • O‘zbekiston Respublikasi rezidentlaridan mablag‘ni qarz oluvchi-rezidentlar tomonidan davlat kafolati ostida jalb qilish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar.
  • Davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish O‘zbekiston Respublikasi valyutasida yoki chet el valyutalarida amalga oshirilishi mumkin.

Davlat tashqi qarzi

  • Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida yuzaga kelgan O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari yig‘indisi davlat tashqi qarzidir.
  • Davlat tashqi qarzi quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
  • O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro obligatsiyalarni (bundan buyon matnda suveren xalqaro obligatsiyalar deb yuritiladi) va davlat g‘aznachilik obligatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari o‘rtasida birlamchi tarzda joylashtirish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar;
  • O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan mablag‘ni kreditlar va kredit liniyalari vositasida O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar;
  • O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan mablag‘ni qarz oluvchi-rezidentlar tomonidan davlat kafolati ostida jalb qilish natijasida yuzaga keladigan majburiyatlar.
  • Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish O‘zbekiston Respublikasi valyutasida yoki chet el valyutalarida amalga oshirilishi mumkin.

Yüklə 10,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin