Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:
- mavzuni ilmiy-nazariy jihatdan dolzarbligini asoslash;
- xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan va interfaol metodlardan foydalanishning o'rni va ahamiyatini yoritish;
- xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishda va amaliyotda qo'llashning mazmunini aniqlash va ochib berish;
- xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishga oid amaliy dars ishlanmasi va texnologik xaritasi tayyorlash va mashg’ulotni o’tkazish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv malakaviy ishning yangiligi:
- mavzuni ilmiy-nazariy jihatdan dolzarbligini asoslandi;
- xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan va interfaol metodlardan foydalanishning o'rni va ahamiyati o‘rganildi;
- xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishda va amaliyotda qo'llash tajribalari aniqlandi va ochib berildi;
- xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishga oid amaliy dars ishlanmasi va texnologik xaritasi tayyorlash va mashg’ulotni o’tkazish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Bitiruv ishining ob’ekti: 5112100 – texnologik ta’lim bakalavr yo’nalishiga Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishda va innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llash jarayoni.
Bitiruv ishining predmeti: Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish metodikasining nazariy g’oyalari, ustuvor tamoyillari.
Bitiruv ishning tuzilishi: bitiruv ishi kirish, uch bob, sakkiz paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovalardan iborat bo’lib, 55 sahifani tashkil etadi.
I bob. Texnologik qism
“Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish” mavzusini o‘qitishning nazariy asoslari
Xalq hunarmandchiligi juda qadim zamonda paydo bo‘lib, hunarmandchilikning eng qadimgi rivojlangan turi bo‘lib kelgan. Qadimda xalq hunarmandchiligining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, yog‘och, tosh va suyak o‘ymakorligi, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo‘zlik, gilamchilik, kigizchilik, savatchilik, bo‘yrachilik kabi turlari haqida ma'lumotlar bugungi kunda yetib kelgan.
O‘zbek xalqining qarovsiz yot madaniy durdonalari, tarixiy yodgorliklarini saqlash va madaniy merosini to‘plashni davlatimiz, o‘z zimmasiga oldi. Madaniy yodgorliklarini saqlash jamiyati tuzildi.
Amaliy san’at va xalq hunarmandchiligining yangi turlari chinni xaykaltaroshligi, charmda minatyura ishlash, qovoq shakliga naqshlar bilan ishlov berish kabi turlari paydo bo‘ldi. Tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, dunyo miqyosida turli davlatlarda ta’lim sifati, yoshlarni kasbga tayyorlash me’yorlari, kompetentiligiga qo‘yiladigan talablar turli nufuzli tashkilotlar tomonidan maxsus o‘rganiladi, zaruriy indikatorlar belgilab boriladi. YUNESKOning “Texnikaviy kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida”gi Konvensiyasi1da taqdim etilgan yoshlarning kasb-hunar egallashida tayanilishi zarur bo‘lgan mezonlar kasb-hunar egalarining kasbiy kompetentligiga bevosita taalluqlidir. O‘zbek xalq amaliy san’atida yangidan paydo bo‘lgan yo‘nalishlar hisoblangan go‘zal xaykallar ishlash, qovoqdan ishlangan idishlarni naqshlash, charm materiallariga minatura ishlash gazmolga gul bosish, tosh o‘ymakorligi kabi san’at turlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar diqqatiga sazovordir.
Iqtisodiy islohotlar mazmuniva yo‘nalishlari, hunarmandchilik tadbirkorligi faoliyatining mohiyati, shakllari, tadbirkor-hunarmandlarga xos sifatlar, ularning ma’naviy-ahloqiy qiyofasi masalasi SH.Axunova, A.Ibrohimov, R.Ismoilov, R.Muhiddinov, X.R.Sanaqulov, K.SH.Sirojiddinov, T.Ergashev, R.R.Hakimov, J.Hasanboev va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Ta’lim tizimida iqtisodiy ta’limni tashkil etish, oila tadbirkorligi, hunarmandchilik, kasanachilikni tashkil etish shartlari, ustoz-shogird munosabatlari S.Boboqulov, B.Irisqulov, X.J.Xudoyqulov, SH.A.Eshmetov, A.Qudratov va SH.Quvondiqovlarning ishlarida tahlil qilingan.
Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga aylanmoqda. Ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan o'rni tobora yuksalmoqda va ular strategik resursga aylangan. Dunyoda jamg'arilgan axborot va bilimlarning 90% i so‘nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida. jumladan, ta ’limda ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng ko'lamda samarali foydalanishni talab etmoqda. Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, zamonaviy axborot texnologiyasi, modellash, ma’lumotlar manbayi, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta’minlash va boshqa shu kabi ilmiv tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi.
Axborot — ijtimoiy, iqtisodiy, tabiiy fanlaming, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va ma’lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida to'plagan tajribalari majmuyi demakdir. Inson axborot oqimi ichra yasharekan, turli-tuman voqea. hodisalar va jarayonlarning bir-biriga aloqadorligini, o'zaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib ko'rish niaqsadida ko'pdan ko'p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariv bilimlar amaliyot bilan birlashadi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisining birinchi o'rinbosari Sherzod Rabimqulov raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ–4539-sonli qarori, 2017 yil 17 noyabrdagi "Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni ijrosiga bag'ishlandi.
Uyushma raisining birinchi o'rinbosari o'z so'zida bir nechta masalaga alohida e'tibor qaratib, tegishli topshiriqlar berdi:
I. "Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi" doirasida amalga oshiriladigan loyihalar ijrosi natijodorligi.
II. Usta-shogird maktabi an'analari asosida ish o'rinlarini tashkil etish prognoz ko'rsatgichlari.
III. 2020-2021 yillarda hunarmandchilkni rivojlantirish strategiyalarining hududlardagi ijro holati va videoselektorda bank sohasidagi hunarmandlarning muammolari atroflicha tahlil qilindi.
Ta’lim-tarbiyada hunarmandchilik o‘ziga xos o‘rin tutadi, shuningdek, mazkur soha yoshlarni ishlab chiqarish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishlarida ham katta tarbiyaviy ta’sirga ega. R.Abdullayeva, V.Alekseev, X.Abdulqosimov, Z.Bositxonov, S.Bulatov, M.Haydarov, D.A.Zohidova, B.Irisqulov, V.A.Mazur, F.T.Davidova, R.Sarsenbayeva, S.Salaev, X.Usmonov, N.SHodiyev, M.Abdurahmonova, G.SHodieva, M.Pardayeva, F.Ergashev hamda R.Qilichevlarning tadqiqotlarida hunarmandchilik yo‘nalishlari va ularning tarixiy rivoji, milliy hunarmandchilikning o‘ziga xos jihatlari hamda tarbiyaviy imkoniyatlari, turli hududlarda rivojlangan hunarmandchilikning o‘ziga xos xususiyatlari, kasanachilikning xususiy tadbirkorlikni tashkil etishdagi o‘rni masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.
Olib borilgan tadqiqotlarga qaramasdan bugungi kunda xalq hunarmandchiligi asosida yoshlarni kasbga tayyorlash tadqiqot olib borishni taqozo etmoqda. Shu sababli ham tadqiqotimizni “Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish” deb olishimiz va bu mavzuni dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish mavzularni o‘zlashtirish jarayonidagi qo‘llanilgan innovatsion texnologiyalar orqali o‘quvchilarning fanga bo‘lgan motivatsiyalarini rivojlantirishda quyidagi jihatlar muhim axamiyat kasb etadi:
- o‘quvchilarning faoliyati davomida muvaffaqiyatga erishishlarini ta’minlovchi muxitni yaratish, ya’ni ularga berilayotgan topshiriqlarning murakkabligiga e’tiborni qaratish va albatta natijalarni baxolash;
- o‘quvchilarning qiziqishlarini orttirish uchun muammolar qo‘yish, mustaqil fikrlashlarini faollashtirishga nisbatan bo‘lgan o‘quv materiallarning barcha imkoniyatlaridan foydalanish;
- o‘quvchilarga darsda hamkorlik qilish, o‘zaro yordamni tashkil etish, umumiy holda mavzuni o‘zlashtirshsh jarayonida ijobiy munosobatni o‘rnatish.
Bugungi kunda barcha soxalarda axborot texnologiyalari borasida yetarli darajada bilimga ega bo‘lish har qanday kasb egasining asosiy mezoni hisoblanishi lozim. Shuning uchun ham xalq hunarmandchiligi fanida axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etish o‘quvchilarda nafaqat fanga bo‘lgan qiziqish, balki ijodiy fikrlash motivatsiyalarini shakllantirishga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: |