Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishning o'rni va ahamiyati
Axborot texnologiyalarini jorii etish orqali samaradorlikga erishiladigan metodik maqsadlar Zamonaviy axborot texnologiyalari, o‘quv-tarbiya jarayonlarining barcha bosqichlarini jadallashtiradi. Bunda axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida, ta’lim jarayonining sifati va sa- maradorligi ortishi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashuvini, fanlararo aloqalarning chuqurlashuvini kuzatish mumkin. Axborot texnologiyalarini joriy etish orqali samaradorlikga erishiladigan metodik maqsadlarga:
• o‘qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalash;
• teskari aloqa b;1lan o‘quv faoliyati nazoratini olib borish;
• o‘z-o‘zini nazorat qilish;
• o‘quv materialini o‘zlashtirish jarayonida mashq qilish va mustaqil tayyorgarlikni tashkil etish;
• o‘quv vaqtini tejash;
• o‘quv axborotlarni kompyuter orqali vizuallaiggirish;
• o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish;
• kompyuterda laboratoriya mashgulotlarini bajarish;
• axborot ma’lumotlar bazasini yaratish va undan foydalanish;
• o‘qishga qiziqishni orttirish;
• o‘quvchini o‘quv materialini o‘zlashtirish strategiyasi bilan qurollantirish;
• fikrlashni rivojlantirish;
• optimal qaror qabul qilish malakasini shakllantirish;
• o‘quvchida axborot madaniyatini shakllantirish kabilarni kiritish mumkin.
Zamonaviy axborot texnologiyalari mikro va makro dunyodagi, murakkab qurilmalar va biologik tizimlardagi hodisa va jarayonlarni kompyuter grafikasi va modellapggirishidan foydalanish asosida o‘rgatish, juda katta yoki juda kichik tezlikda sodir bo‘ladigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarni qulay vaqt o‘lchamida taqdim etish kabi yangi didaktik masalalarni yechishga yordam beradi. Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalari muhitining shakllanishi fan sohalarini axborotlashtirishga, o‘quv faoliyatini intellektuallashtirishga, intefatsiya jarayonlarini tezlashtirishga, ta’lim tizimi infrasfukturasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |