II bob. Pedagogika va metodika qismi.
2.1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limi darslarida axborot texnologiyasidan foydalanish shakllari va vositalari
Xalq hunarmandchiligi bo’yicha o’tkazilayotgan mehnat amaliyotida o’quvchilar qo’yidagi texnologik yumushlar (operasiya)ni bajaradilar:
1. Turli xil materiallarni ishlov berishga tayyorlash – yog’och materiallarni zaruriy ulchamlarda qirqish, tozalash, yaltiratish, kuzlarni yunish, materiallarni tekislash, gilamchilik uchun jun va paxtalardan iplar, arqonlar tayyorlash;
2. Zaruriy jihozlarni tayyorlab olish, masalan, gilamchilikda to’quvchilar ish o’rnini, qilich, urma, ayri, urchuk, qaychi va boshqalar; ganchkorlikda xavonchalar, andovalar, skalpel, pichoq, kosacha, suv va boshqalar;
3. Rejalash yoki belgilash – yog’och uymakorligida zaruriy o’lcham va shakllarni belgilab olish, shakllarni chizib olish, shaklli buyum qismlarini tayyorlashda (masalan, xontaxta, chorpoya, kursilar tayyorlashda shaklli oyoqchalar, ustunlar, ustki taxtalar ulchamini belgilab olishda);
4. Turli xil kesib ishlash operasiyalarini bajarish – yog’och uymakorligida yog’ochlarni uyish, metall uymakorligida metall plastinkalarni, zargarlikda sim va rangli metallarni, do’ppichilik, choponlar va boshqa xil milliy kiyimlarni tikishda gazlamalarni, ipakchilikda iplarni, tunukasozlikda metall plastinkalarni va x.k.;
5. Biriktirish – egar-jabduklar tayyorlashda turli xil qismlarni, imoratsozlikda turli xil tusinlarni, yog’och qismlarni sandiqsozlikda yog’och metall qismlarni, pichoqchilikda pichoq asosini va dastalarini va x.k.;
6. Pardozlash – xalq hunarmandchiligida buyumlarni tayyorlashda yakuniy operasiyalardan hisoblanib, buyash, jilvirlash, tikish, o’lchash, silliqlash kabilar yumushlarni qamrab oladi.
Xalq hunarmandchiligida va uning turli sohalarida detallar (buyum qismlari)ga ishlov berishning aniqligiga rioya etish muhim ahamiyat kasb etadi. Biz ushbu tadqiqotimizda, xalq hunarmandchiligida uchradigan shakl va naqshlarning aniq geometrik o’lchamda emasligini turli xil egri-burchaklarga, ijodiy, milliy xarakterga ekaligini aniqladik. Xalq hunarmandchiligida uchraydigan shakl va naqshlarning aniq burchak geometrik o’lchamga ega emasligi, ijodiy va milliy xarakterdaligi detallar o’lchamiga, tayyorlanish sifatiga, aniq davlat talablari, shablonlari va standarti qo’yilmasligini olib keladi. Buyumlar sifati va o’lchamlari aniqligiga asosiy o’lchov mezoni bo’lib, mohir, yuqori malakali xalq ustalarining tayyorlagan buyumlari, tutgan yo’llari, ish uslublari xizmat qiladi. Xalq hunarmandchiligi bo’yicha tashkil etiladigan mashg’ulotlar, tugaraklar rahbarlari, shu yo’nalishdagi mehnat faoliyatining amaliy va ishlab chiqarish, qo’l mehnati mazmunida ekanligini nazarda tutib ta’lim muassasasi uslubiy kengashi bilan kelishilgan holda talablarni o’zlari belgilashlari lozim. Detallarga ishlov berish aniqligi belgilangan talablarni tuzishda ishlab chiqarish topshiriqlarining yakka xarakterdagi, o’quvchilarning yosh, aqliy, psixofiziologik xususiyatlariga mos kelishlarini e’tiborga olmoqlari lozim.
Dostları ilə paylaş: |