Texnologik ta’limni amalga oshirishda ta’limning quyidagi tamoyillariga rioya etish talab etiladi:
I. Ta’limning asosini tashkil etuvchi tamoyillar:
- nazariy ta’limni unumli mehnat bilan qo’shib olib borilishi;
- ta’limning politexnizm asosida qurilishi;
- ta’limning kasbiy yo’naltirilganligi;
- ijodiy rivojlantirishga yo’naltirilganligi.
II.Umum didaktik tamoyillar:
- amaliyligi; ilmiyligi; tarbiyaviyligi;
- ijodiyligi;
-ko’rgazmaliligi;
- moddiy-texnika jihozlari bilan ta’minlanganligi;
- izchilligi;
- uzviyligi va boshqalar.
Texnologik ta’lim mashg’ulotlari o’zining qator xususiyatlari bilan boshqa fanlardan ajralib turadi.
1. Texnologik ta’limdan o’rganiladigan bilimlar mazmuni bir qancha umum ta’lim fanlari (tibbiyot, iqtisodiyot, atrofimizdagi olam, fizika, matematika, geometriya, jug’rofiya (geografiya), chizmachilik, kimyo, zoologiya, biologiya, anatomiya, botanika, tarix (hunarmandchilik tarixi), rasm (tasviriy san’at) va boshqalar) mazmunida yoritilgan bilimlar, g’oyalar, nazariyalar va tamoyillarga tayanadi. Shu sababli mehnat ta’limi mushg’ulotlari mavzulari ketma-ketligi yuqoridagi fanlarni o’rganish ketma-ketligiga mos holda uyg’unlashtirilmog’i lozim.
2. Texnologik ta’lim mashg’ulotlari umum ta’lim fanlaridan o’zlashtirilgan bilimlarni va talabalarning hayotiy kuzatishlarini amaliyotda, mehnat jarayonida sinab ko’rish uchun o’ziga xos amaliy laboratoriya vazifasini o’tash uchun xizmat qiladi. Bu sohadagi mukammallikni ta’minlash uchun ham mashg’ulotlar ketma- ketligini tanlashda yuqoridagi fanlarning ma’lum bosqichlarini o’rganilgandan keyingina mehnat ta’limi mashg’ulotlarini tanlash imkoniyati hisobga oilnmog’i lozim.
3. Texnologik ta’lim bir qancha umum ta’lim fanlariga amaliy laboratoriya, sinov maydonchasi sifatida xizmat qilishdan tashqari uning o’zi ham mujassamlashgan fan hisoblanadi hamda qator mustaqil fanlarni qamrab oladi. Mehnat ta’limi bevosita qamrab oladigan, tayanadigan, ba’zi qismlarni umum ta’lim maktablarida o’rganiladigan fanlar jumlasiga qo’yidagilarni keltirish mumkin: materialshunoslik, uyshunoslik, agronomiya asoslari, tuproqshunoslik, mashinashunoslik, texnika va texnologiya asoslari, xalq hunarmandchiligi (naqqoshlik, ganchkorlik, o’ymakorlik, zargarlik va boshqalar), chorvachilik, mexanizasiya, ishlab chiqarish asoslari, qishloq xo’jaligi, kasb tanlash va boshqalar.
4. Texnologik ta’limning amaliyligi va mujassamlashagan o’quv fani ekanligidan uning alohida moddiy, xom ashyo, jihozlar ta’minotiga muhtojligi, o’ziga xosligi kelib chiqadi. Ushbu ta’limning to’laqonli yo’lga qo’yilishi uchun turli asbob uskunalar, jihozlar, qurilma va moslamalar, shiyponlar, maxsus binolar avtomobil va traktorlar (agregatlar), trenajyorlar, yer maydonlari, tajriba sinov va o’quv mashg’ulot maydonlari, materiallar (metallar, metallmaslar, gazlamalar, plastmassalar va hakozo) zarurdir.
5. Ushbu ta’lim sohasi alohida o’quv, didaktik, metodik ta’minotiga egadir: Plakatlar, chizmalar, chizish, o’lchash, rejalash va moslama asboblari, operasion, yo’l-yo’riqli, xavfsizlik, yo’riqnomalar, xaritalar, pasportlar va qurilmalarning guvohnomalari, tarqatmali va ko’rsatmali didaktik vositalar, shablonlar, diafilmlar, o’quv filmlari va boshqalar.
6. Texnologik ta’limning ko’p tarmoqlilik va keng ko’lamdaliligi tufayli turli sohalar bo’yicha kasbiy pedagogik tayyorlangan mutaxassislarga muhtojligi.
7. Texnologik ta’lim mashg’ulotlari qo’yidagi tiplarga bo’linadi:
a) Nazariy bilimlarni o’zlashtirish;
b) Amaliy ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish;
v) Ishlab chiqarish mashg’ulotlari
Ushbu ta’limda keyingi ikki tip mashg’ulotlarining tashkil etilishi, yo’lga qo’yilishi, ta’minlanishi, butun ta’lim mazmunining o’zlashtirilish sifatini belgilaydi.
Qator yillardan buyon olib borgan kuzatishlar natijasida yuqorida ko’rsatib o’tilgan mehnat ta’limining asosiy xususiyatlariga qo’shimcha ravishda aytish mumkinki, ushbu sohaning har bir bosqichini, mashg’ulotini, mavzusini, mavzu qismlarini o’tishda ham o’ziga xoslik sezilib turishini ta’kidlash o’rinlidir.
Dostları ilə paylaş: |