Texnologik xarita
Mavzu
|
Polimer materiallarga ishlov berish texnologiyasi.
|
Maqsad, vazifalar
|
O‘quvchilarning polimer materiallar tarixi, turlari hamda texnologiyasi haqidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish. Mavzuga oid tarqatilgan materiallarni talabalar tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat–munozara orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish, ularning bilimini baholash.
|
O‘quv jarayonining mazmuni
|
Polimer deganda, molekulalari yuzlab va minglab atomlarning o‘zaro valentlik bog‘lanishidan hosil bo‘lgan yuqori molekular birikma tushuniladi. Ular tabiiy, sun’iy yoki sintetik bo‘lishi mumkin. Guruhlarga amaliy topshiriqlar beriladi: 1. Tabiiy polimelarga nimalar kiradi? 2. Sun’iy polimerlar nima? 3. Polimerlash deganda nima tushuniladi? 4. Polikondensatsiya nima? Savollarga rasm, diagramma va turli ko‘rinishlarda izoh berish mumkin. O‘qituvchi qo‘shimcha izoh beradi, kimyoviy moddalar haqida videorolik namoyish etiladi.
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Metod: Og‘zaki bayon qilish, suhbat–munozara. “Bumerang” texnologiyasi.
Forma: Amaliy mashg‘ulot, kichik guruhlarda va jamoada ishlash.
Vosita: Tarqatma materiallar: matnlar, ariza, ma’lumotnoma, habarnoma blankalari.
Usul: Tayyor yozma materiallar va chizmalar asosida
Nazorat: Og‘zaki nazorat, savol–javoblar, kuzatish, o‘z – o‘zini nazorat qilish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 balli sistema asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
O‘qituvchi:
- Mavzu qisqa vaqt ichida barcha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishiga erishiladi. O‘quvchilar faolligini oshiradi. O‘quvchilarda darsga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik talabalarni baholaydi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi.
O‘quvchi:
Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo‘lib ishlashni o‘rganadi. Nutq rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. O‘z–o‘zini nazorat qilishni o‘rganadi. Qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)
|
O‘qituvchi:
Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish. O‘z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog‘lash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O‘quvchi:
Matn bilan mustaqil ishlashni o‘rganish. O‘z fikrini ravon bayon qila olish. Shu mavzu asosida qo‘shimcha materiallar topish, ularni o‘rganish. O‘z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir yechimga kelish malakasini hosil qilish
|
Texnologik xaritaning o‘quvchining imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta’limning markaziga olib chiqadi. Bu esa o‘qitishning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
O‘qitish jarayonida o‘quvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashish, mas’uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o‘qishga, fanga, pedagogik va o‘zi tanlagan kasbga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Bunday natijaga erishish o‘quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo‘llanilishini taqozo etadi. Ular juda xilma-xil bo‘lib, biz ulardan ba’zilari xaqida to‘xtalib o‘tamiz va ularni o‘tkazish tartibi haqida uslubiy ko‘rsatma beramiz. Ushbu metodik ko‘rsatmada keltirilgan zamonaviy metodlar yoki o‘qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar talaba-o‘quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardosh, yetuk mutaxassis bo‘lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo‘lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Texnologik ta’limda xalq hunarmandchiligi fanini o'qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish asosida talabalarning ko'nikmalarini shakllantirishga qo'yiladigan didaktik talablarni quyidagi vazifalarni hal etishni taqozo etadi:
- o’quvchilarda bilim va mehnatga muhabbat, mehnat hodimlariga hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, vatanga sadoqat, do’stlik, o’zaro hurmat ruhida tarbiyalash;
- o’quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, xaridorgir iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirishga odatlantirish, o’zlari yetishtirgan mahsulotlarni o’zlari iste’molchiga yetkazishlariga o’rgatish, ish boshqaruvchilik (menejmentlik), homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini singdirib borish va rivojlantirish.
Texnologik ta’limni o’rganish jarayonida talabalar, xalqimiz ruhiyatini yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish maqsadida xalq hunarmandchiligining kiritilishi milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq ustalarining ko’p qirralari boy merosini o’rganish, o’zlashtirish va amaliy faoliyatlariga qo’llash vazifasini hal etadilar.
Texnologik ta’limning amaliy va ishlab chiqarish mazmunidagi an’anaviy sinf- dars mashg’ulotlariga nisbatan shogird-ustoz tizimi tarbiyaviy mahsuldorligi, samaradorligini, bo’lg’usi hunarmandning shaxsiy xislatlarini shakllanishida, ularning oilalarini moddiy ta’minlanishida hamda tarixiy qadriyatlarning yanada boyishida ijobiy ta’sir ko’rsatadi. “Ustoz-shogird” tizimi mashg’ulotlarini tashkil etishni oliy o’quv yurtlaridagi musiqa ta’limida talabalar bilan o’qituvchilarning yakka tartibdagi mashg’ulotlar o’tkazishi bilan taqqoslash mumkin.
Texnologik ta’limda elektron hisoblash texnikasi, mexanizasiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan qurilmalar va avtomatikaning qo’llanilishini o’rganish, talabalarning hozirgi zamon ishlab chiqarishidagi avtomatik va dasturli boshqarish tizimlari, robot texnika va ishlab chiqarish texnikasini, texnologiyasini ta’limning davr talablari darajasi va jahon andozasiga mos holda o’rganilishini ta’minlaydi.
Keyingi vaqtlarda kam e’tibor berilayotgan, xatto yo’qolib borayotgan turli xildagi ta’lim-tarbiyaviy tadbirlar: talabalar ishlab chiqarish jamoalari, maktablararo o’quv ishlab chiqarish markazlari, talabalar mehnat jamoalari, mavsumiy ishlarida va otaliq korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatida qatnashishlari va boshqalar mazmunan va shaklan qayta ko’rib chiqilib, qayta ishlab, zamon ruhiga moslashtirilishi va ta’lim tizimi amaliyotiga qo’llanilishi, mehnat ta’limining maqsad, vazifalarini amalga oshirishda asosiy shart- sharoitlardan hisoblanadi.
Texnologik ta’limni amalga oshirishda maktablar, maktabdan tashqari tarbiyaviy muassasalar, oila, jamoatchilik, ishlab chiqarish korxonalari, xalq hunarmandlarining tajribalari hamda o’zaro hamkorlikdagi munosabatlari tiklanib, o’quv jarayonida foydali mahsulot-tovar moddiy ne’matlar yetishtirilib, ta’lim muassasalarining bozor iqtisodiyotini amalga oshirishda qatnashishida erishish ham dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |