"Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish" mavzusini o‘qitishning nazariy asoslari



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə14/23
tarix20.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#163578
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
БMИ Дилфуза охирги

Polimer deganda, molekulalari yuzlab va minglab atomlarning o‘zaro valentlik bog‘lanishidan hosil bo‘lgan yuqori molekular birikma tushuniladi. Ular tabiiy, sun’iy yoki sintetik bo‘lishi mumkin.
Polimerlash deganda monomerlarning o‘zaro qo‘shimcha mahsulotlar (chiqindi) ajratmasdan birikishi jarayoniga aytiladi.
Polikondensatsiya deb esa monomerlarning o‘zaro, suv va ammiak kabi, qo‘shimcha mahsulotlar ajratib kimyoviy birikish jarayoniga aytiladi. Shuning uchun bu uslubda hosil qilingan polimerlarning kimyoviy tarkibi monomerlardan farq qiladi. Bunday polimerlarga misol qilib fenolformaldegid, fenolaldegid, mochevina-anilin-formaldegid smolalarini ko‘rsatish mumkin. Polimerlardan har xil plastmassalar, sun’iy tolalar (neylon, lavsan), laklar, kleylar, emallar va boshqa materiallar ishlab chiqariladi.

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI


O‘qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o‘qituvchiga u tomonidan bo‘lajak darsning texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga ega, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, talaba-o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Darsning texnologik xaritasini, zavodga tuproq shaklidagi chinni xom ashyoni topib kelishdan tayyor piyolagacha bo‘ladigan barcha texnologik jarayonlar ssenariysiga qiyoslash mumkin.
Texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o‘qituvchi pedagogik, psixologik, xususiy metodika va axborot texnologiyalaridan xabardor bo‘lishi, shuningdek, juda ko‘p metodlar, usullarni bilishi kerak bo‘ladi. Har bir darsning rang–barang, qiziqarli bo‘lishi avvaldan puxta o‘ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq.
Darsning texnologik xaritasini qanday shaklda tuzish, bu o‘qituvchining tajribasi, qo‘ygan maqsadi va ixtiyoriga bog‘liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo‘lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo‘lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to‘liq o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak. Texnologik xaritaning tuzilishi o‘qituvchini darsning kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining barcha qirralari o‘z aksini topgan bo‘ladi.

Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin