Kompyuterdagi ish joyi: Radiatsiyani kamaytirish uchun monitorni orqa tomoni bilan devorga, qo'shni monitorning yoniga qo'ymaslik yaxshiroqdir.
Bir necha kishi ishlaydigan xonada kompyuterlar orasidagi minimal masofa 2 metr bo'lishi kerak.
Har bir xodim uchun kamida 4.5-6 kvadrat metr bo'lishi kerak.
Monitor ekraniga masofa kamida 70 sm bo'lishi kerak.
Qo'llaringiz charchamasligi va oyoqlaringiz xiralashmasligi uchun tirsaklar va tizzalarda to'g'ri burchaklarni ushlab turish ham muhimdir.
Xonada tabiiy va sun'iy yoritish bo'lishi kerak. Monitörün porlashiga yo'l qo'ymaslik kerak, ular ko'rish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilarning ish stantsiyalaridagi shovqin darajasi SanPiN 2.2.4 / 2.1.8.562-96 tomonidan belgilangan qiymatdan oshmasligi kerak va 50 dBA dan oshmasligi kerak. Shovqinli jihozlarni joylashtirish uchun xonalarda ish joylarida shovqin darajasi 75 dBA dan oshmasligi kerak va SN 2.2.4 / 2.1.8.566-96 3-toifaga muvofiq ruxsat etilgan qiymatlar xonalarida tebranish darajasi «B» turiga kiradi. Chalg'itadigan narsalar mavjudligida silikon naushniklar yoki naushniklardan foydalaning. Balandligi sozlanadigan stol Vaqti-vaqti bilan tik turgan holda ishlashingiz uchun sozlanishi balandlikdagi keng stoldan foydalanish tavsiya etiladi. Bu ish faoliyatini yaxshilaydi va sog'liqqa foydali ta'sir ko‘rsatadi.
X U L O S A Hunarmandchilikning turli sohalarini o‘rganishda yoshlar quyidagi bilimlarga ega bo‘ladilar: ma’lum kasb-hunar sohalarining tarixi, kelib chiqishi, etnik ildizlari, xalq ustalari va ularning ijodiy faoliyatlari; hunarmandchilikning shakl va jahon madaniyatida tutgan o‘rni, sohalarining tarqalishi, jug‘rofiyasi, turlari, ularning yo‘nalishlari; Toshkent, Samarqand, Xiva, Buxoro, Termiz, Nukus, Andijon, Fargona, Namangan, Rishton, Urgut hunarmandchilik maktablari ustalari va ularning o‘ziga xos yo‘llari; tarixiy me’morchilik obidalari, ularning qurilishi, saqlash va ta’mirlash; mahalliy mehnat va xom ashyolarining, zahiralarining manbalari, turlari, tarqalishi, ularning hunarmandchilik markazlarining shakllanishiga va rivojlanishiga ta’siri, hunarmandlar sulolalari, risolalari, xalq amaliy va tasviriy san’ati hamda hunarmandchilikning o‘zaro bog‘liqligi va aloqasi va boshqalar.
Xalq hunarmandchiligi asoslarini egallashda yoshlar quyidagi amaliy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar: turli xildagi materiallarni tanlash va ularga ishlov berish; hunarmandchilik asboblari, moslamalari bilan ishlash; ma’lum sohalarda foydalaniladigan elektr va mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalar, moslamalar va uskunalar bilan ishlash; buyumlarnihunarmandchilik asarlarini asrash, ta’mirlash va umrini uzaytirish; yulyo‘riqli, operatsiyali, texnologik va ishlab chiqarish me’yoriy xujjatlar bilan ishlash; jarayonlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida tayyorlangan buyumlarni va asarlarni iste’molga chiqarish va boshqalar.
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslarini o'rganish talabalarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashish, mavjud iqtidorlarining rivojlantirilishi uchun shart-sharoitni yaratishi bilan ahamiyatlidir. Bu esa o‘smirlarni nafaqat tadbirkorlik ko‘nikmalarini, balki mehnat faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashish, o‘zgalar mehnatini qadrlash, halol mehnat qilish kabi ma’naviy-ahloqiy sifatlarni ham tarbiyalaydi.
Bugungi kunda yosh avlodga o’zlarida kasb-hunar yuzasidan to’plagan bilimlarni o’rgatib borgan taqdirdagina shu jamiyatda rivojlanish bo’lishi mumkin. Shunday ekan, mustaqil Respublikamizda tarkib topayotgan demokratik asosdagi jamiyatni rivojlantirish yangi avlodga kasb hunar yuzasidan tajribalarni egallab olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratmoq lozim. Kasb-hunar tajribalaridan foydalanib amalda uni egallab olgan yosh avlod, uni tajribalar, kashfiyotlar va ixtirolar bilan kengaytiradi, boyitadi, rivojlantiradi va takomillashtiradi. Shu tufayli kasb hunardan tajribalar to’planib boradi, bilimlar ko’nikmalar tizimlari hosil bo’ladi. Bir avlodning boshqa bir avlodga kasbiy mehnat tajribalarini o’rgatishi kasb hunar tarbiyasi jarayonida sodir bo’ladi. Keng ma’nodagi kasb-hunar tarbiyasi deganda, biz insonning muayyan bir ijtimoiy-iqtisodiy mehnat funksiyalarini bajarishga tayyorlash uchun unga aniq bir maqsadga qaratilgan va tizimli holda ta’sir ko’rsatishini tushunamiz.
Yangi avlodlar mehnat tarbiyasi vositasida ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy hayotning turli sohalarida qatnashishga tayyorlanadilar. Fan, texnika, texnalogiya, madaniyat, ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy munosabatlarning uzviy holatda rivojlanib borishiga qarab kishilarning tajribasi ham ortib xilma-xil bo’lib borgan. Bu esa ana shu tajribani yosh avlodga o’rgatishni qiyinlashtiradi.
Yuqоridа bаyon qilingаn fikrlаrgа tаyanib, tulа аsоs bilаn аytish mumkinki, yosh аvlоdni tаrbiyalаsh, yangi shаrоitlаrdаgi hаyotgа vа mehnаtgа tаyyorlаshning tаrаqqiypаrvаr ilmiy хususiyatini tаdbiq etish, shuningdek o’quvchilаr shахsini shаkllаntirishdа хаlqning mehnаt аn’аnаlаri, urf-оdаtlаri vа mutаfаkkirlаrimizning merоslаridаn fоydаlаnish muhim vаzifаlаrdаn biridir.
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishda quyidagi holatlarga e’tiborni qaratish lozim bo’ladi:
1. Texnologik ta’lim va kasbga yo’naltirish ishlarining yangi tizimi loyihasida Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishning nazariy, ma’naviy, metodologik, tarixiy poydevor sifatida tanlab olindi.
2. Ushbu ta’lim tizimida Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishning didaktik asoslarini yaratishda:
a) Ta’lim mazmunini tanlab olish (nimani o’rgatish);
b) Shakl va uslublarini, vositalarini aniqlash-o’qituvchi vazifasini belgilash (qanday qilib o’rgatish?);
v) O’rganilgan va o’rgatilgan ta’lim mazmunining o’zlashtirish darajasini aniqlash (qanday darajada o’rgatildi?) kabi asosiy tamoyillarga diqqat e’tibor qaratildi.
3. Mehnat ta’limi, badiiy loyihalashni kreativ yondashuv ishlari va xalq hunarmandchiligini amalga oshirishda yetakchilik vazifasini bajaradigan o’qituvchi-murabbiy-ustozlarni amaliy, kasbiy, pedagogik faoliyatga tayyorlashning yaxlit texnologiyasi namunasi yaratildi va uning ba’zi qismlari amalda sinab ko’rildi.
4. Texnologik ta’lim va kasbga yo’naltirish bo’yicha o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirish darajasini, mezonlari belgilandi va bu sohada testlar uslubiyati samarali qo’llaniladi, natijalar beradi.
5.Ushbu ta’lim sohasi, boshqa fanlardan farqli ravishda, alohida o’quv, moddiy, xom ashyo ta’minotini talab etadi, ushbu ta’minotni maxalliy sharoitlarda ijobiy amalga oshirish uchun mehnat va ishlab chiqarish amaliyotlari dasturi va metodikalari ishlab chiqilsa, xorijiy adabiyotlar chuqur o’rganilib tadbiq etilsa ijobiy natijalar beradi.
6. Texnologik ta’lim va hunarmandchilik sohalarini umum ta’lim maktablarida muntazam o’rgatib borish, o’quvchilarga faqatgina ma’naviy, ma’rifiy, odob-axloq, aqliy, jismoniy, ekologik, estetik, ruhiy jihatdangina shakllanishiga yordam beribgina qolmasdan, balki ularning moddiy sharoitlarini, ta’lim muassasasining, oilaning o’z - o’zini iqtisodiy ta’minlashlarini shakl yaxshilanishiga ham yordam beradi.