1.3. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limi darslarida axborot texnologiyalardan foydalanishning texnik shartlari asosida bajarilishi Nima uchun bugungi kunda axborot texnologiyalarini joriy etishning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati tug‘ildi? Birinchidan, an’anaviy o‘qitish tizimi, aytish mumkinki, yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli "axborotli o‘qitish" sifatida tavsiflanadi, chunki o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baholanmoqda. Ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Mamlakatimiz ta’lim kengliklarida ro‘y berayotgan tub burilishlar har bir ta’lim muassasasida didaktika sohasini jonlantirishni talab etadi, yangilikni joriy etish yo‘li esa har doim murakkab va uzoqdir. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, yangi axborot texnologiyalari yaqin yillar ichida didaktik yangilikka kirishishning asosiy manbai bo‘lib qoladi.
O‘zbek xalqi o‘zining qadimiy va boy madaniyati bilan jahonga mashxurdir. O‘zbekistonning qadimiy yodgorliklari va tuproq osti qismi ulkan tarixiy muzeydir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Termiz va boshqa shaharlardagi har bir arxitektura yodgorligi bir buyuk asar, nodir qo‘lyozmalar, xalq amaliy san’ati namunalari bir vaqtlar o‘zbek xalqining madaniyati naqadar yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi. Chunonchi otabobolarimiz qurgan binolar, me’morchilik bezaklarini ularning rangbarangligi, giometrik va o‘simliksimon naqshlar ularning kompozitsion tasviri zavq olishga, tarbiyalanishga, ular orqali o‘z orzu umidlarini, muhabbatlarini xalqqa izxor etishga chorlaydi. Asrlar davomida orttirilgan madaniy boyligimiz, xalq amaliy san’atining ayrim turlari, ularning o‘ziga xos tomonlar, xaqiqiy o‘zbekcha nomlari, ishlash texnologiyalari va ularni yaratgan ustalarning nomlari asta-sekin unitilib ketish arafasida. Shuning uchun xalqimizning asrlar bo‘yi qilgan ijodiy mehnati natijasida yaratilgan tarixiy yodgorliklar va boshqa amaliy san’at ko‘z qorachig‘idek saqlash, qadrlash va ulardan foydalanish hozirgi davrimizning eng muhim vazifalaridan biridir.