Bitiruv malakaviy ish mavzusinining dolzarbligi: Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish mazmuniga taalluqli dastlabki ma’lumotlarni o’rgatish, ma’lumot manbalarini axborot texnologiyalardan foydalana olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarini belgilangan talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga o’rgatish va boshqa qator vazifalarni o’z ichiga oladi.
Yoshlarning ma’naviy barkamol bo'lib yetishishida, ularda milliy ruh va iftixor hissini uyg’otishda xalq hunarmandchiligining roli beqiyosdir. Mamlakatimiz moddiy madaniyati tarixida muhim mavqeni egallagan xalq hunarmandchiligi shunday xazinaki, unda xalq hayotiga oid qimmatli ma’lumotlar aks etadi. Shu jihatdan olib qaralganda, Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishda o'quv jarayoniga yangi va samarali yondashuvlarni talab qiladi. Yangi o'quv-uslubiy yondashuvlarni izlash - bilan shug'ullanadigan zamonaviy izlanuvchilar va pedagoglarning asosiy vazifasidir.
Ishning mazmunida xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o'qitishning nazariy asoslari, ushbu fanni o'qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishning o'rni va ahamiyati, o‘quvchilarning ko'nikmalarini shakllantirishda axborot texnologiyalardan foydalanish va ushbu yondashuv asosida talabalar ko'nikmalarini shakllantirishga qo'yiladigan didaktik talablar, ulardan foydalanish amaliyoti kabi masalalar yoritilgan.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi:Dars jarayonida ta’lim oluvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, ta’limdan kutilayotgan natijaga erishishda va ularning tegishli bilim, ko’nikma, malaka va kompitentlikka ega bo’lishlarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash va mavzu yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan va interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilish, amaliy dars mashg’ulotlarini tashkil etishda innovatsion ta’lim texnologiyalari tadbiq qilish.
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanishga oid amaliy dars ishlanmasi va texnologik xaritasi tayyorlash.