"Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish" mavzusini o‘qitishning nazariy asoslari


Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə6/23
tarix20.11.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#163578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
БMИ Дилфуза охирги

Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi - bu ta’lim jarayoni rivojining muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Hozirgi kunga kelib Respublikamizda ta’lim jarayonining deyarli barcha bo‘g‘inlarida va fan sohalarida kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari vositalaridan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Axborotlashtirish ta’lim olish jarayoniga chuqur kirib bormoqda. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan yangi ta’lim texnologiyalari ta’lim jarayonini jadallashtirish, o‘zlashtirish tezligini oshirish, keng bilimlar omboridan axborotlarni qabul qilish, bu bilimlarni chuqur o‘rganish va o‘zlashtirish imkonini bermoqda. Bizga ma’lumki, ta’limda axborot texnologiyalari – bu axborotni tayyorlash va uni ta’lim oluvchiga kompyuter texnikasi va dasturiy vositalar yordamida uzatish jarayonidir.
Xalq xunarmandchiligi fanida axborot texnologiyalarining qo‘llanilish jarayonida o‘quv axborotini uzatishda ishtirok etuvchi ikkita komponenta mavjud: texnik vositalar (kompyuter texnikasi va aloqa vositalari) va har xil maqsadlarda yaratilgan dasturiy vositalar. Darsga tayyorgarlik va dars jarayonida kompyuterdan unumli foydalanishi uchun o‘qituvchi bu komponentalarning funksional imkoniyatlari va qo‘llanilish shartlarini juda yaxshi bilishi lozim, chunki ham texnik va ham dasturiy vositalar o‘ziga xos xususiyatlarga va o‘quv jarayoniga ta’sirga ega. Buni tushunish uchun dars jarayonida kompyuter texnikasi nima uchun qo‘llaniladi va axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanib qanday uslubiy masalalar yechiladi, degan savolga javob berishimiz lozim.
Milliylik, xalqimizga xos o‘ziga xoslik aksariyat dizaynerlar faoliyatidan mustahkam o‘rin olmoqda. Uzoq yillar davomida unutilgan milliy matolarimiz turlariga, kiyim shakllariga, bichimlariga va ulardagi jozibador naqshlarga qayta-qayta murojaat etilmoqda. Tarixiy-milliy an’analarni qayta tiklash asosida yangilik yaratish, ya’ni milliy liboslarimizni bugungi kun talablari asosida transformatsiyalash milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tibor sifatida e’zozlidir. Buyum muhitini yaratish - odamzotning azaliy muammosidir. Bu jamiyatning madaniy asosi bilan chambarchas bog‘liq va uning azallarini, madaniyat darajasini, badiiy-estetik intilishlarini va ideallarini ifodalaydigan ijtimoiy muammosidir. Buyumlami ishlab chiqishning asosiy maqsadi - aholini moddiy va ma’naviy talablarini qondirish va buyumlami ijtimoiy maqbulligidir.
Hunarmandning mahoratini faqat go‘zal buyumlami yaratishga yo‘llantirmasligi lozim. Hunarmand albatta ijtimoiy muhim, qulay, ko‘pfunksiyali, ma’lum iste’mol guruhiga mo‘ljallangan va talablarini qondiradigan buyumlami yaratishda qatnashishi zarur. Boy tarixiy urf-odatlar, madaniy meroslar, dunyo bozori tartibi va moda yo‘nalishlari, milliy an’analar va o‘ziga xoslik loyihalashga yuqori talabni shakllantira oldilar.
Milliy xarakterimizga xos bo‘lgan vorisiylik, ya’ni ajdodlarimiz tomonidan qo'lga kiritilgan ijobiy xususiyat va an’analami rivojlantirib, avloddan-avlodga yetkazish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, kiyinish madaniyati ham milliy qadriyatiaming bir bo‘lagi hisoblanib, bugungi kunda milliy liboslar asosida zamonaviy liboslarni yaratish muhim vazifalardan biridir.
Go'zal, ijtimoiy yo‘naltirilgan buyumlar yangi turmush tarzini o‘matishga imkon beradi insonning ma’naviy talablarini qondiradi, moddiy vositalami tejamlash rezerviga aylanib, mahsulotni mukammallik darajasini oshiradi. Inson atrofidagi buyum muhitini yaratish aholini, ijodkorlarni, zarshunoslami va iste’molchilami e’tiborini jalb etadi. Dizaynerlaming jamiyat oldida mas’uliyati faqat mahsulotni sifatinigina emas, balki insonni madaniy saviyasini ko‘tarishdir.
Yengil sanoat oldida turgan vazifalar quyidagilar: aholining talablarini to‘liq qondirish, bozomi kerakli mahsulotlar bilan ta’minlash, buyumlar assortimentini kengaytirish va sifatini ko‘tarish.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, xalqimiz o‘zining qadimiy milliy hunarmandchilik an’analarini tiklash va rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ayni chog‘da hunarmandchilik ishlab chiqarishini texnik jihatdan ta’minlashni o‘stirish, hunarmandlarni kasbiy qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ularni xom ashyo bilan ta’minlashni tartibga solish, hunarmandchilik mahsulotlari sifatini bozor talabiga muvofiq oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Hunarmandchilik faoliyatini qonunchilik jihatidan tartibga solish davlatning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini, jumladan, hunarmandchilik tadbirkorligining me’yoriy-huquqiy bazasi shakllanib borayotgan o‘tish davri iqtisodiyoti uchun bu, ayniqsa, muhimdir.
Kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalaridan farqli o‘laroq, hunarmandchilik korxonalarini tashkil etishning quyidagi umumiy tavsifiy belgilarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
– muayyan tarmoqqa mansublik;
– mulk va boshqaruvning bir shaxsda amaliy birikishi;
– yuridik jihatdan erkinlik;
– mahsulot sotish bozoridagi hissaning katta emasligi;
– faoliyatning ijodiy tavsifi;
– milliy an’analarga asoslanganlik;
– asosan mahalliy bozorga xizmat qilish;
– boshqaruvning rivojlangan ierarxik tarkibining yo‘qligi;
– tarmoqda hukmron mavqega ega bo‘lmaslik;
– davlat yordamining mavjudligi.
Hunarmandchilik sub’ektlari turli ko‘rinishdagi kichik korxonalar va xususiy korxonalar shaklida tashkil etilishi yoki ular yuridik shaxs tuzmasdan yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lishlari mumkin. Ya’ni, hunarmandchilik – kichik tadbirkorlik sub’ektlarining bir qismi bo‘lib, ularga yakka buyurtma bo‘yicha kichik hajmda mehnat maxsulotini tayyorlash yoki xizmat ko‘rsatish xos bo‘lib, bunda qo‘l mehnatining ulushi katta bo‘ladi hamda hunarmandlar o‘zlarining alohida bilim, ko‘nikma va mahoratlaridan ijodiy foydalanadilar. Odatda, hunarmandchilik korxonasi ichida mehnat funksional va ishlab chiqarish jihatidan taqsimlanmaydi va ishlab chiqarish vositalariga hunarmand-ustaning mulkchiligi asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, mehnat jarayonida hunarmand-usta shaxsan ishtirok etadi. Hunarmandchilik tadbirkorligini rivojlantirish har qanday mamlakat uchun muhim, chunki bu soha aholini ish bilan band etish bilan birga ularning turmush farovonligini oshirishga, o‘zlaridagi mavjud qobiliyatni yuzaga chiqarishga, shuningdek, asriy milliy urf- odat va qadriyatlarni avloddan-avlodga o‘tishiga yordam beradi.



Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin