170
5. O‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilishda o‘qituvchining
rahbarligi.
a) o‘qituvchining ish metodi, maqsadga erishishda qat’iyatliligi, o‘quvchilarga
nisbatan talabchanligi, ularni nazorat qilib turishi, o‘qituvchining nutq, madaniyati,
pedagogik mahorati va h.k.
b) darsda o‘quvchilarning mustaqil ishlashlari, darsga qiziqishi, ular bilish
faoliyatining faolligi, o‘quvchilarni bilim olishga jalb etish metodlari.
6. Dars natijasi. Ijobiy tomoni va kamchiliklari. Dars bo‘yicha umumiy
xulosa. Shu dars mavzusi bo‘yicha o‘qituvchining ishini yaxshilash, o‘quvchilar
faolligini oshirish bo‘yicha taklif va mulohazalar.
7.9. O‘qituvchi darsni kuzatish tartibi
1. Darsga tayyorlanish: darsning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati, darsning
reja-ko‘chirmasi, o‘quv qo‘llanmalari, sinf xonasini tayyorlash, o‘qituvchining
darsga tayyogarligi.
2. Darsning boshlanishi va uning tashkiliy qismi: sinf darsga tayyormi? Zarur
kartalar osilganmi? Sinf doskasi tayyormi? Texnika vositalari, kartalar tayyormi?
O‘tiladigan darsga nisbatan sinf o‘quvchilarning kayfiyati qanday?
3. Uy vazifalarini tekshirish: tekshirish metodi, tekshirish jarayonida
o‘quvchilar holati, uy vazifasini bajarmagan o‘quvchilar holati.
4. Tekshirilayotgan bilimning yangi mavzu bilan bog‘liqligi, bilimlarni
tekshirishda karta va boshqa vositalardan foydalanish ahvoli, o‘qituvchi
bahosining obyektiv qo‘yilganligi, ko‘nikmalarni egallash ahvoli.
5. Yangi materialni o‘rganish: o‘quvchilarni dars mavzusi bilan tanishtirish.
Yangi o‘quv materialining maqsadi ochib beriladimi? Yangi o‘quv materialining
ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati. O‘rganiladigan tushunchalar, atamalar va nomlar.
6. O‘rganilgan darsni mustahkamlash, yangi mavzu qaysi Blis so‘rovi
bo‘yicha mustahkamlanadi. Mustahkamlash jarayonida qanday metodlar
qo‘llaniladi. Mustahkamlashda maqsadga erishiladimi?
7. Dars davomida bajarilgan amaliy va mustaqil ishlar.
8. Uy vazifasi topshirig‘ining mazmuni, darslik va kartalardan foydalanish
ko‘rinishlari mavjudmi? Uy vazifasini bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildimi?
Dostları ilə paylaş: