165
materiallaridan ham shunday foydalaniladi. Bu ekskursiya vaqti to‘plangan
materiallar asosida maktab o‘lkashunoslik muzeyini tashkil etish mumkin.
7.5. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi.
Geografiya darslarining asosiy maqsadi o‘quvchilarda yangi geografik
tasavvur va
tushunchalar, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Geografiya o‘qituvchisining eng asosiy vazifasi darsning maqsadini to‘g‘ri
aniqlashdan iborat. Buning uchun o‘qituvchi, avvalo, quyidagilarga doimo e’tibor
qilishi lozim:
1. Darsda o‘quvchilar qanday bilimlar, tushunchalar, qonuniyatlar
g‘oyalarini egallashlari;
2. Ilgari o‘quvchilar egallagan qanday ko‘nikma va malakalar bu darsda
takomillashuvi hamda qanday ko‘nikmalar birinchi marta berilishi lozimligi;
3. Dars davomida o‘quvchilarni tarbiyalay oladigan qanday ishlar bajarilishi
lozimligi;
4. Darsning maqsadiga pedagogika nazariyasi, ilg‘or o‘quvchilar va o‘zining
shaxsiy tajribasiga asoslangan ijodiy yakun deb qarash mumkinligi:
Darsning maqsadiga ko‘ra, uning mazmuni belgilanadi. Demak, dars
maqsadi qanchalik puxta belgilansa, mazmun shunchalik samarador bo‘ladi.
Quyida 5 - sinfda «Atmosfera haqida tushuncha» mavzusida dars maqsadi qanday
bo‘lishi kerakligini keltiramiz:
1. Atmosfera va uning tuzilishi haqida tushuncha hosil qilish, atmosferaning
ahamiyati, uni o‘rganish, atmosferani qo‘riqlash haqida bilim berish;
2. Darslikdagi rasmlarni bilim manbasi sifatida qo‘llab, o‘quvchilarda zarur
ko‘nikmalar hosil qilish;
3. Atmosferani qo‘riqlash inson sog‘lig‘i uchun
katta ahamiyatga egaligini
ko‘rsatib, o‘quvchilarga ekologik tarbiya berish.
Dars mazmuni belgilaydigan asosiy hujjat geografiya dasturidir.
Unda har bir kurs bo‘yicha o‘quvchilar qanday bilimlar va ko‘nikmalar
egallashi lozimligi aniq ko‘rsatilgan. Dars mazmuni darslikda berilgan
ma’lumotlarga ham bog‘liq. Imkoni boricha, darslikdagi ma’lumotlardan tashqari
yangi ma’lumot ham berilishi kerak.
O‘qituvchi darslik va dastur asosida darsga tayyorlanishda uni diqqat bilan
ko‘zdan kechirishi, qanday Blis so‘rov darsda o‘rganiladi, qaysilari uyga vazifa
qilib berilishini aniqlab olishi kerak. Dars mazmunidan kelib chiqqan holda uning
vazifalari belgilanadi. Dars vazifalari o‘quvchilarga aniq yetkazilishi lozim. Ular
darsda nimalarni egallashlarini
tasavvur qila olsagina, ko‘zlangan maqsadga
erishishi mumkin. Dars vazifalari o‘quvchilarga qisqa va aniq holda berilishi
kerak.
166
Darsning maqsadi va o‘quv materiallari mazmuni, o‘quvchilarning
tayyorgarligi (mavjud tayanch bilim va ko‘nikmalar, o‘quvchilarning
bilish
qobilyatilari) zarur ta’lim metodlari va vositalarini tanlashni taqozo etadi.
Agar o‘quvchilarda tayanch bilim va ko‘nikmalar bo‘lmasa, tasvirli
tushuntirish yoki muammoli bayon metodini qo‘llash yaxshi natija beradi.
Qachonki, o‘quvchilarda oldingi o‘rganilgan kurslardan nazariy bilim va
ko‘nikmalar bo‘lsa, birinchi o‘rinda reproduktiv va qisman izlanuvchan muammoli
metodlarni tanlash mumkin. Agar o‘quv materiali ijodiy va muammoli
topshiriqlarni
shakllantirishni talab etsa, bunday paytda ta’limning tadqiqot
metodini qo‘llagan ma’qul. Ta’lim metodlarini tanlash har bir dars uchun o‘ziga
xos xarakterga ega. Har darsda bir necha xilma-xil metodlar qo‘llaniladi.
Geografiya o‘qituvchisi o‘z imkoniyatidan kelib chiqqan holda, metod
tanlaydi. Demak, ta’lim metodlari va vositalarini belgilash
darsning maqsadi va
mazmuniga,
o‘quvchilarning bilim darajalariga, ularning o‘zlashtirish
qobiliyatlariga, shuningdek, o‘quv qurollarining mavjudligiga bog‘liq. Eng
muhimi, tanlab olingan ta’lim vositalari va metodlari bilimlarni to‘g‘ri, ilmiy
asosda o‘zlashtirilishini ta’minlashi kerak. Geografiya darslarida fanlararo aloqalar
o‘rnatish, ekologik-iqtisodiy tarbiya yo‘nalishlarini
amalga oshirish dars
samaradorligini yuqori pog‘onaga ko‘tarishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: