168
yondashadilar. Masalan, har bir dars uchun katta ishlanma (konvert) tutadilar.
Unda dars rejasi bilan didaktik materiallar ham bo‘ladi. Kelgusi o‘quv yilida
ishlanma ko‘zdan kechirilib, unga zarur qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritiladi.
Barcha ishlanmalar sinflar bo‘yicha alohida saqlanadi. Amaliyotda dars o‘tuvchi
yuqori kurs talabalari va yosh o‘qituvchilar juda oz tajribaga ega bo‘lganlari uchun
dars konspektlari tayyorlaganlari ma’qul. Chunki ularda hali yetarli pedagogik
ko‘nikmalar shakllanmagan. Ularga rejalashtirishning quyidagi eng oddiy shaklini
tavsiya qilish mumkin:
1.Dars rejasi.
2. O‘qituvchi faoliyati.
3. O‘quvchi faoliyati.
Birinchi ustunda dars rejasi beriladi. Ikkinchi ustunda o‘qituvchi bayonining
mazmuni, suhbat, Blis so‘rovi va o‘quvchi uchun
mustaqil topshiriqlar aks
ettiriladi. Uchinchi ustunga o‘quvchilardan kutiladigan javoblar, mustaqil ish
natijalari, jadvallar, chizgilar yoziladi.
Darsni ushbu metodda amalga oshirish o‘quvchilarning bilish faoliyatini
nazorat qilishda katta rol o‘ynaydi. Maktablarda geografiya darslarini
rejalashtirishda yagona tizim yo‘q. Chunki o‘quv jarayoni mazmuni va shakllarini
tashkil qilish hamma o‘qituvchida ham bir xil emas. Geografiya ta’limida turli xil
rejalar keng tarqalgan. Ayniqsa, kurslar bo‘yicha butun o‘quv
jarayonini yirik
bilim va mavzular bo‘yicha rejalashtirish ko‘p ishlatiladi.
Geografiya darslarida tayyorlanish jarayonida mavzuli (tematik) reja keng
ishlatiladi. Bunday reja o‘qituvchiga bilimlarni tadrijiy shakllantirishni, mavzular
o‘rtasida
aloqadorlikni
o‘rnatishda,
tushunchalarni
bosqichma-bosqich
shakllantirishda, tayanch bilimlar va ko‘nikmalarni belgilashda,
amaliy ishlar
tizimini aniqlashda qanday ko‘rgazmali qurollarni ishlatish zarurligini oldindan
belgilab olish imkonini beradi. Mavzuli rejaning u yoki bu kurs bo‘yicha
darslarning turi, maqsadi, metodlari, vositalari, o‘qituvchi va o‘quvchi
faoliyatining qanday bo‘lishligini oldindan belgilab olishda ham roli katta.
Har bir dars mutloqo bir-biriga o‘xshamaydi. Chunki bu o‘quv materiali
mazmuni bilimlarni o‘zlashtirish darajasi o‘quv
ishlari metodlari, o‘quvchilar
dunyoqarashi, dars g‘oyalari mehnat, ekologik, iqtisodiy, kasb tarbiyasi kabilarni
shakllantirishda e’tiborga olish zarur bo‘ladi. Darslar tizimini rejalashtirishda
birinchi navbatda har
bir darsning didaktik maqsadi, ta’lim-tarbiyaviy vazifalari,
dars tarkibi, darsdagi bog‘liqlik e’tiborga olinishi kerak.
Darslar tizimini rejalashtirishda taxminan quyidagi bandlarni e’tiborga olish
lozim.
Dars №;
Dars mavzusi;
169
Didaktik maqsad yoki ta’lim-tarbiyaviy vazifalar;
Tayanch bilimlar;
Ta’lim vositalari;
Ta’lim metodlari va metodik tavsiyalar;
Fanlararo aloqalar;
Mustaqil va amaliy ishlar;
Uyga vazifa;
Mazkur rejalashtirishga ijodiy yondashish va o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
Darslar tizimi rejasi asosida alohida darslar rejasi tuziladi. Bu rejada
o‘qituvchi faoliyatini tashkil qilishning aniq tekshirish-yangi bilim berish-
mustahkamlash-uyga vazifa tarzida tashkil qilaverish ta’lim sifatini pasaytiradi.
O‘quvchilar faolligini fikrlashni susaytiradi. Shuning uchun ham darslarni
rejalashtirishda uning uslubiy tuzilishini doimo o‘zgartirib turishi kerak. Darslarni
rejalashtirishga qarab o‘qituvchilar ijodiga baho ham berish mumkin.
Bu yerda
o‘qituvchining ilmiy-uslubiy mahorati, topqirligi, o‘z fanini qanchalik puxta
bilishligini aniqlab olish imkoniyati tug‘iladi. Demak, darslarni rejalashtirish tartibi
bo‘yicha yagona metod bo‘lishi mumkin emas ekan. Bitta kurs bo‘yicha aynan shu
o‘qituvchi har yili turlicha darslar tarkibini tuzishi mumkin. Taxminiy dars rejasi
quyidagi bandlardan iborat bo‘lishi mumkin:
- Sinf;
-Kun;
- darsning tartib raqami va dars mavzusi;
-dars jihozlari;
- darsning borishi (mazmuni, tanlagan metodlar, har bir qismga ketgan vaqt,
qaysi o‘quvchilardan so‘ralishi, yakka va yalpi so‘rash uchun Blis so‘rov, doskaga
chizilishi, kerak bo‘lgan rasm va chizgilar);
-uyga vazifa.
Dostları ilə paylaş: