Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   149


 


163 
 
Ekskursiya o‘quvchilarga shunchalik kuchli ta’sir etadiki, o‘qituvchining 
ta’siri shunchalik kuchli bo‘laolmaydi. O‘quvchining dalada, qirda va tog‘da 
o‘tgazgan bir kuni maktabda o‘tkazgan bir necha kundan ko‘ra samaraliroq 
bo‘lishi mumkin. Ekskursiya o‘quvchilarni tetiklashtiradi, ularning kuzatuvchanlik 
va sinchkovlik qobiliyatlarni, hayotiy faoliyatlarini oshiradi. O‘quvchilar 
ekskursiya vaqtida ma’lum darajada mehnat qiladilar, tabiat va atrof-muhit bilan 
tanishadilar, o‘z o‘lkalarini yaxshiroq o‘rganadilar, ekskursiya tufayli ularning o‘z 
Vataniga bo‘lgan muhabbati ortadi. Ekskursiya o‘qituvchi bilan o‘quvchilarni bir-
biriga yaqinlashtiruvchi vositadir. Ekskursiya ikki xil bo‘lishi mumkin: a) o‘quv 
ekskursiyalari va b) o‘lkashunoslik ekskursiyalari. 
O‘quv ekskursiyalari. 
O‘quv ekskursiyalarining maqsadi o‘quvchilarni 
o‘quv dasturi talab etgan geografik obyekt va ayrim tabiat hodisalari, shuningdek, 
aholining xo‘jalik faoliyati bilan tanishtirishdan iborat. Ekskursiya tabiatni ongli va 
to‘liq bilib olishga imkon beradi. Biron ko‘rsatmali qo‘llanma, biron badiiy tasvir 
o‘rganiladigan obyekt va hodisa haqida ekskursiyadagidek to‘liq tasavvur berishi 
qiyin. O‘quv ekskursiyalari o‘tkazish uchun o‘quvchilarni tabiatga, meteorologik 
stansiyaga, muzeylarga va mavzuli ko‘rgazmalarga olib borish kerak. 
Tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarda ko‘rilgan obyekt yoki hodisa 
shuning uchun ham ongli o‘zlashtiriladiki, ular tamg‘a bosgandek bolalar 
miyasidan qattiq o‘rin olib qoladi. 5 - sinfda yer yuzasi shakllari va ularni tashkil 
etuvchi jinslar hamda mahalliy suvlarni o‘rganish maqsadida o‘quv yili boshlarida 
ekskursiya o‘tkazish mumkin. Chunki keyingi tegishli mavzularni o‘rganishda 
mazkur ekskursiyadan olingan tushuncha va ma’lumotlarga tayaniladi. Agar o‘quv 
yili boshida ekskursiya tashkil qilinsa, bu ekskursiya o‘quvchilarni fanga bo‘lgan 
qiziqishlarini oshirib yuboradi. 
Muzeyda o‘rganiladigan buyumlar tabiiy holatda emas, balki sun’iy 
sharoitda, ko‘rgazmalarga to‘plangan eksponatlar shaklida bo‘ladi. Muzeyda juda 
ko‘p material to‘plaganligidan faqat dars mavzusiga taalluqli ko‘rgazmalargina 
o‘rganiladi. O‘lkani o‘rganish muzeylari o‘z o‘lkasini o‘rganish uchun muhim 
ahamiyatga ega. 
Ekskursiya samarali o‘tishi uchun o‘qituvchi:
a) ekskursiyaga tegishli asbob-uskunalarning tayyor ekanligini ko‘zdan kechirishi;
b) ekskursiya uyushtiriladigan joyni oldindan bilib qo‘yishi;
v) ekskursiyaning maqsadi, mazmuni va o‘tkazish usulini aniqlab qo‘yishi;
g) ekskursiya o‘tkazish rejasini ishlab chiqqan bo‘lishi lozim. 
O‘qituvchi ekskursiyaga tayyorlanar ekan, tegishli adabiyotlar bilan tanishib 
chiqqan bo‘lishi lozim. Tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyaning taxminiy rejasi 
quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
1.
Sinf, oy va kun. 


164 
2.
Ekskursiya mavzusi. 
3.
Ekskursiyaning maqsadi. 
4.
Ekskursiya uyushtiriladigan joy, marshruti va kuzatish obyektlari. 
5.
Ekskursiya uchun tegishli o‘quv qurollari. 
6.
Ekskursiyaning o‘tgazilishi:
a) o‘qituvchining axboroti;
b) o‘quvchilar olib boradigan kuzatishlar, tadqiqotlar va o‘rganadigan 
qonuniyatlar;
v) tog‘ jinsi, tuproq, o‘simlik va mayda hayvonlar namunalarini to‘plash; g) 
rasm va sxemalar chizish. 
7.Ekskursiya materiallarini ishlab chiqish:
a) ekskursiya marshrutini chizish;
b) chizma va fotorasmlarni tayyorlash;
v) o‘lkani o‘rganish muzeyi (yoki burchagi) ga material tayyorlash;
g) devoriy gazeta uchun maqola yozish. 
O‘qituvchi ekskursiyaga chiqishdan avval o‘quvchilarning qayerga qachon 
yig‘ilishlari haqida, ekskursiya vaqtida ular qanday ishlar bajarishlari, ekskursiya 
uchun zarur o‘quv qurollari va ularni ishlatish yo‘llari haqida tushuntiradi. 
O‘quvchilarni guruhlarga bo‘ladi. Agar ekskursiya marshruti va ko‘lami kichik 
bo‘lsa, barcha guruhlar o‘zlari uchun ajratilgan maydonlarga bo‘linib, 
o‘qituvchining ko‘rsatmasiga muvofiq o‘zlariga topshirilgan topshiriqlarni 
bajaradilar. Ekskursiyada mo‘ljallangan ishlar bajarilib bo‘lgach, o‘qituvchi 
o‘quvchilarni marshrut bo‘ylab olib o‘tadi. Agar ekskursiya marshruti va ko‘lami 
katta bo‘lsa, barcha o‘quvchilar bir marshrut yo‘nalishi bo‘ylab boradilar.
Ekskursiya so‘ngida yakunlovchi yig‘ilish yoki konferensiya o‘tkaziladi, 
bunda o‘quvchilar qilingan ishlar haqida axborot beradilar, to‘plangan 
materiallarni ko‘rsatadilar. Ekskursiyada to‘plangan materiallar - kolleksiyalar
gerbariylar bilan maktabning geografiya xonasini jihozlaydi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin